Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Аspan tab. 40 mg №28
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Пантопразол
Страна производитель
Турция
Дозировка
40 мг
Производитель
ASAL DIS TICARET A.S., Tурция произведено: Drogsan Ilachlari San. ve Tidj. A.Sh.
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Aspan
Ta'sir etuvchi modda (XPN) pantoprazol (pantoprazole)
Dori shakli
ichakda eruvchan qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Tarkibi
Ichakda eruvchan qobiq bilan qoplangan har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol modda 40 mg pantoprazol (45,1 mg natriy pantoprazol seksvigidrati shaklida);
yordamchi moddalar tal’k, suvsiz natriy karbonati, krospovidon, mannitol, povidon K90, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, kaltsiy stearati, sariq akril polimerpolimetilmetakrilat (Acryl-Eze 93032417 Yellow), xinolin sarig‘i, oq Opadry OY-D-7233.
Ta'rifi ichakda eruvchi qobiq bilan qoplangan dumaloq, sariq tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
me'da va o‘n ikki barmoq ichak yarasi kasalligini davolash uchun vosita (proton pompa ingibitori).
ATX kodi A02VS02.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Pantoprazol proton pompaning ingibitori hisoblanadi. Pariyetal hujayralarning proton nasosiga spetsifik ta'siri tufayli tuz kislotasining sekretsiyasini susaytiradi.
Pariyetal hujayralarning kislotali muhitida faol shaklga aylanadi va xlorid kislotasi sekretsiyasining N+/K+ATFaza fermenti yakunlovchi bosqichini susaytiradi. Susaytirish dozaga bog‘liq hisoblanadi va tuz kislotasining bazal va rag‘batlantirilgan sekretsiyasiga ta'sir qiladi. Boshqa proton pompa ingibitorlari va N2retseptorlari kabi, pantoprazol me'daning kislotali muhitini kamaytiradi. Me'dani kislotali muxitini kamayishi proportsional ravishda gastrin ajralib chiqishini oshishiga olib keladi. Gastrinning darajasini oshishi qaytuvchandir. Pantoprazol hujayra retseptori darajasida ferment bilan distal bog‘langanligi sababli, atsetilxolin, gistamin, gastrin kabi boshqa birikmalar bilan rag‘batlantirilishidan qat'iy nazar, tuz kislotasining sekretsiyasiga ta'sir qiladi.
Peroral va vena ichiga yuborilganida bir xil ta'sir kuzatiladi.
Farmakokinetikasi
Pantoprazol ichakda eruvchan tabletkalar shaklida chiqariladi, shuning uchun pantoprazolni so‘rilishi u me'dani tark etganidan keyin boshlanadi. 10 mg dan 80 mg gacha bo‘lgan dozalar diapazonida pantoprazolning farmakokinetikasi peroral qabul qilingandan keyin ham, hamda vena ichiga yuborilgandan keyin ham to‘g‘ri proportsionalligicha qoladi. Har kungi takroriy dozalarni qabul qilganda pantoprazol to‘planmaydi va farmakokinetik parametrlari o‘zgarmaydi.
So‘rilishi
Pantoprazol 40 mg dozada bir marta yoki ko‘p marta ichga qabul qilinganida tez so‘riladi. 2,5 mkg/mg ga teng plazmadagi maksimal kontsentratsiyasiga taxminan 2,5 soatdan so‘ng erishiladi. Ichga qabul qilinganda to‘liq so‘riladi, birlamchi o‘tish ta'siriga uchraydi. Mutloq biokiraolishligi 77% ni tashkil qiladi. Antatsidlar bilan bir vaqtda qo‘llanilishi pantoprazolni so‘rilishiga ta'sir qilmaydi. Ovqat qabul qilish so‘rilishini 2 yoki undan ortiq soatga sekinlashtirishi mumkin, lekin AUC va Cmax ko‘rsatkichlariga ta'sir qilmaydi.
Taqsimlanishi
Taqsimlanish hajmi taxminan 1123,6 l ni, klirensi taxminan soatiga 0,1 l/kg ni tashkil qiladi, asosan hujayradan tashqi suyuqligida taqsimlanadi. Plazma oqsillari bilan 98% bog‘lanadi.
Metabolizmi
Pantoprazol asosan R450 fermentlarining tizimlari bilan metabolizmga uchraydi. Pantoprazolning metabolizmi yuborish yo‘liga (peroral yoki vena ichiga) bog‘liq emas. Asosan CYP2C19 fermenti bilan metil guruhini yo‘qolishiga duch kelib metabolizmga uchraydi. Metabolizmining boshqa yo‘li CYP3A4 fermenti bilan oksidlanishdir. Pantoprazolning bironta metaboliti ham ahamiyatli farmakologik faollikka ega emas.
Chiqarilishi
Peroral qabul qilinganidan keyin yarim chiqarilish davri taxminan 1 soat. Bir marta peroral yoki vena ichiga yuborilgandan keyin taxminan 71% siydik bilan va taxminan 18% axlat bilan chiqariladi.
Bemorlarning maxsus guruhi bilan bog‘liq bo‘lgan qo‘shimcha ma'lumotlar
Geriatrik guruh
6476 yoshdagi ko‘ngillilar ishtirokida o‘tkazilgan tadqiqotlarda, ichga takroran qabul qilgandan keyin yosh ko‘ngillilarga nisbatan AUC va Cmax darajalarining ahamiyatli oshishi kuzatilmagan. Keksa yoshdagi patsiyentlar uchun dozaga tuzatish kiritishga zarurat yo‘q.
Pediatrik guruh
18 yoshdan kichik bemorlarda pantoprazolning farmakokinetikasi tekshirilmagan.
Jins
Dozaga tuzatish kiritishga zarurat yo‘q.
Buyrak yetishmovchiligi
Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda pantoprazolning farmakokinetik parametrlari sog‘lom ko‘ngillilarniki bilan o‘xshash bo‘lgan. Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlar va gemodializdagi bemorlar uchun dozaga tuzatish kiritish zarurat yo‘q.
Jigar yetishmovchiligi
Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda preparatni kuniga 1 marta ko‘p marta qabul qilinganda dori vositasini to‘planishi minimal darajada bo‘lgan. Maxsus doza tanlashning zarurati yo‘q. Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda kuniga 40 mg dan ortiq dozani qo‘llash tekshirilmagan.
Qo‘llanilishi
H. pylori (Helicobacter pylori) tomonidan chaqirilgan me'da va o‘n ikki barmoq ichak yarasi kassalligida ushbu mikroorganizmning eradikatsiyasi uchun qaytalanishlarni kamaytirish maqsadida ikkita antibiotik bilan majmuada qo‘llanadi
Peptik yara (me'da va o‘n ikki barmoq ichak yarasi kasalligi);
O‘rta va og‘ir shakldagi gastroezofageal reflyuks;
ZollingerEllison sindromi va gipersekretsiyaning boshqa patologik holatlarda.
Qo‘llash usuli va dozalari
Agar shifokor tomonidan boshqa tartibda buyurilmasa, quyidagi ma'lumot e'tiborga olinadi. Qo‘llash bo‘yicha qoidalarga rioya qilinmasa, kutilgan samaraga erisha olmaslik mumkin.
Tabletkalarni bo‘lish va chaynash mumkin emas. Nonushtadan 1 soat oldin butunligicha ko‘p bo‘lmagan miqdordagi suv bilan qabul qilinsin.
Me'da va o‘n ikki barmoq ichakning H. Pylori - pozitiv yarasi bo‘lgan bemorlarda patogenning to‘liq eradikatsiyasi uchun majmuaviy terapiyani qo‘llash kerak. H. Pylori ning eradikatsiyasida rezistentlikni oldini olish uchun quyidagi majmualar taklif qilinadi
a) Aspan 40 mg ichakda eruvchi tabletkalari kuniga 2 marta
+ amoksitsillin 1000 mg kuniga 2 marta
+ klaritromitsin 500 mg kuniga 2 marta buyuriladi.
b) Aspan 40 mg ichakda eruvchi tabletkalari kuniga 2 marta
+ metronidazol500 mg kuniga 2 marta
+ klaritromitsin 500 mg kuniga 2 marta buyuriladi.
v) Aspan 40 mg ichakda eruvchi tabletkalari kuniga 2 marta
+ amoksitsillin 1000 mg kuniga 2 marta
+ metronidazol500 mg kuniga 2 marta buyuriladi.
Agar majmuaviy terapiyaning zarurati bo‘lmasa, masalan, bemor H. Pylori salbiy bo‘lmasa, Aspanpreparati bilan monoterapiya quyidagi dozalarda qo‘llaniladi. O‘n ikki barmoq ichak, me'da yarasida va gastroezofageal reflyuksda ko‘p hollarda bir Aspantabletkasi kuniga bir marta 48 hafta davomida qo‘llaniladi. Alohida hollarda, shu jumladan boshqa davolash turlari samara bermagan hollarda, doza ikki marta oshirilishi mumkin (kuniga 2 Aspantabletkasi).
Keksalarga va buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan bemorlarga pantoprazolning 40 mg dozasini oshirmaslik kerak. Keksa bemorlarga H. Pylori ning eradikatsiyasi uchun majmuaviy terapiyada pantoprazolning odatdagi dozasini (40 mg dan kuniga 2 marta) bir hafta davomida berish bundan mustasno.
Nojo‘ya ta'sirlari
Klinik tadqiqotlarning natijalari bo‘yicha ma'lumotlarga ko‘ra pantoprazolni gastroezofageal reflyuks sababli olayotgan bemorlarning 1% yoki undan ortig‘ida yuzaga kelgan dori vositasini qabul qilish bilan ehtimol bog‘liq bo‘lgan yoki muayyan bog‘liq bo‘lgan kutiladigan nojo‘ya samaralar quyidagilardir bosh og‘rig‘i, diareya, meteorizm, qorinda og‘riq, toshma, kekirish, uyqusizlik va giperglikemiya.
Klinik tadqiqotlarning natijalari bo‘yicha ma'lumotlarga ko‘ra pantoprazolni gastroezofageal reflyuks sababli olayotgan bemorlarning 1% yoki undan kamida kutiladigan nojo‘ya samaralar quyida keltirilgan, biroq bu yerda sanab o‘tilgan nojo‘ya samaralarni pantoprazol bilan bog‘liqligi aniq isbotlanmagan.
Umumiy abstsess, allergik reaktsiyalar, kista, yuzda shish, haroratni oshishi, umumlashgan shish, issiq urishi, churra, laborator ko‘rsatkichlarni o‘zgarishi, charchoq hissi, kandidoz, o‘sma, nospetsifik dori reaktsiyalari, foto sezuvchanlik reaktsiyalari.
Yurakqon tomir tizimi tomonidan stenokardiya, aritmiya, yurak bo‘lmachasi fibrillyatsiyasi/lipillashi, EKG ni o‘zgarishi, to‘sh ortidagi og‘riqlar, dimlangan yurak yetishmovchiligi, qon ketishi, arterial gipertenziya, arterial gipotenziya, miokard ishemiyasi, yurakni tez urishi, to‘r parda tomirlarini buzilishi, hushdan ketish, taxikardiya, tromboflebit, tromboz, vazodilatatsiya.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan anoreksiya, aftoz stomatit, kardiospazm, kolit, og‘izni qurishi, duodenit, disfagiya, enterit, qizilo‘ngachdan qon ketishi, ezofagit, me'daichak kartsinomasi, me'daichakdan qon ketishi, me'daichak yo‘llarining kandidozi, gingivit, glossit, og‘izdan noxush hid kelishi, qonli qusish, ishtahani oshishi, melena, og‘iz bo‘shlig‘ining kandidozi, og‘iz bo‘shlig‘ining yarasi, periodontal abstsess, periodontit, rektal qon ketishi, me'da yarasi, tilni rangini o‘zgarishi, yarali kolit.
Endokrin tizim tomonidan qandli diabet, glyukozuriya, bo‘qoq.
Gepatobiliar tizim tomonidan o‘t pufagi sanchiqlari, bilirubinemiya, xoletsistit, xolelitiaz, xolestatik sariqlik, gepatit va ishqoriy fosfatazaning darajasini oshishi, gammaglutamiltranspeptidazalar, AST (SGOT).
Qon yaratish va limfatik tizim tomonidan anemiya, ekximoz, eozinofiliya, gipoxrom anemiya, temir tanqisligi anemiya, leykotsitoz, leykopeniya, trombotsitopeniya.
Modda almashinuvi va oziqlanish tomonidan degidratatsiya, shish, podagra, periferik shish, chanqoq, tana vaznini oshishi yoki kamayishi.
Skeletmushak tizimi tomonidan artrit, artroz, suyak og‘riqlari, bursit, suyaklarda va bo‘g‘imlarda diskomfort, mushak spazmlari, ensa mushaklarini taranglashishi, mialgiya, tenosinovit.
Nerv tizimi tomonidan tush ko‘rish, ongni chalkashishi, tirishishlar, depressiya, og‘izni qurishi, dizartriya, emotsional o‘zgaruvchanlik, gallyutsinatsiya, giperkineziya, libidoni pasayishi, zo‘riqish, nevralgiyalar, nevritlar, paresteziyalar, reflekslarni pasayishi, uyquni buzilishi, somnolentsiya, normal bo‘lmagan hayollar, tremor, bosh aylanishi.
Nafas tizimi tomonidan bronxial astma, burundan qon ketishi, hiqichoq, laringit, o‘pkalarda diskomfort, pnevmoniya, ovozni o‘zgarishi.
Teri va teri osti tomonidan akne, alopetsiya, kontakt dermatit, ekzema, zamburug‘li dermatit, qon ketishi, oddiy gerpes, o‘rab oluvchi temiratki, lixenoid dermatit, makulopapulyoz toshma, qichishish, eshakemi.
Sezgi a'zolari tomonidan ko‘rishni buzilishi, ambliopiya, katarakta, eshitishni yo‘qotilishi, diplopiya, quloqda og‘riq, ekstraokulyar falaj, glaukoma, tashqi otit, ta'm bilishni o‘zgarishi, quloqlarda shovqin.
Siydik-tanosil tizimi tomonidan albuminuriya, balanit, ko‘krak bezlarida og‘riq, sistit, dismenoreya, dizuriya, epididimit, gematuriya, impotentsiya, buyrakda toshlar, buyrakda og‘riq, nikturiya, prostata bezlarida diskomfort, piyelonefrit, moyakni shishi, siydik yo‘lida og‘riq, uretrit, siydik yo‘llarida diskomfort, vaginit.
Noxush samaralar paydo bo‘lganida shifokorga murojaat qiling.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Aspan preparatining tarkibiga kiruvchi moddalarga yoki u bilan majmuada qo‘llanuvchi dori vositalariga yuqori sezuvchanligi bo‘lgan bemorlarda preparatni qo‘llash mumkin emas. Samaradorligi va xavfsizligi bo‘yicha ma'lumotlar yetarli emasligi sababli o‘rta yoki og‘ir darajadagi jigar yoki buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda Aspanni
H. pylori ning eradikatsiyasini majmuaviy davolash uchun qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Aspan jigarda asosan CYP2C19 izofermenti tomonidan, kam darajada CYP3A4, CYP2D6 va CYP2C9 tomonidan metabolizmga uchraydi. Sog‘lom ko‘ngillilarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda ushbu fermentlar tomonidan metabolizmga uchrovchi diazepam, fenitoin, nifedipin, midazolam, klaritromitsin, metoprolol, diklofenak, naproksen, piroksikam, teofillin preparat bilan bir vaqtda qo‘llanganda pantoprazolning farmakokinetik parametrlarini ahamiyatli o‘zgarishini chaqirmagan (o‘zgartirmagan). Shuningdek pantoprazol ham bir vaqtda qo‘llanganda CYP2C19, CYP3A4, CYP2S6, CYP1A2 fermentlari tomonidan metabolizmga uchraydigan teofillin, diazepam (va desmetildiazepamning faol metaboliti), fenitoin, varfarin, metoprolol, nifedipin, karbamazepin va oral kontratseptivlarning kinetikasiga ahamiyatli ta'sir ko‘rsatmagan. Pantoprazol bilan bir vaqtda qo‘llanganda bu dori vositalarining dozasiga tuzatish kiritishning zarurati yo‘q. In vivo sharoitidagi boshqa tadqiqotlarida digoksin, etanol, gliburid, antipirin va kofein pantoprazol bilan klinik o‘zaro ta'sir qilmasligi aniqlangan.
Antatsidlar bilan bir vaqtda qo‘llaganda o‘zaro ta'sir kuzatilmagan.
Aspan ketokonazol kabi, biokiraolishligi rN bilan bog‘liq bo‘lgan dori vositalarining so‘rilishini kamaytirishi mumkin.
Klaritromitsin, metronidazol va amoksitsillin bilan klinik o‘zaro ta'siri kuzatilmagan.
Alkogol bilan bir vaqtda qabul qilish mumkin emas, chunki bu me'daning shilliq qavatini qo‘zg‘alishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Majmuaviy davolashda boshqa dori vositalarini qo‘llash bo‘yicha ma'lumotlarni e'tiborga olish kerak. Davolashni boshlashdan oldin me'dada va qizilo‘ngachda xavfli o‘sma bo‘lishi mumkinligini istisno qilish kerak, chunki pantoprazolni qo‘llash simptomlarning yaqqolligini kamaytirishi va to‘g‘ri tashxis qo‘yishni kechiktirishi mumkin. Pantoprazol nevrogen dispepsiya kabi yengil me'daichak ko‘rinishlarni davolash uchun mo‘ljallanmagan.
Gastroezofageal reflyuks tashxisi majburiy endoskopik tasdiqni talab qiladi.
Davolash davrida alkogol iste'mol qilishdan saqlanish kerak, chunki alkogol me'daning shilliq qavatini ta'sirlanishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Sichqonlarda o‘tkazilgan eksperimental tadqiqotlarda, pantoprazol uzoq muddat davomda qo‘llanganida me'daichak o‘smalarining kam uchraydigan turi hosil bo‘lganligi kuzatilgan.
Odamlarda o‘smalarni hosil bo‘lishi yuzasidan ma'lumotlar ma'lum emas.
Kislota sekretsiyasi blokatorlari bilan uzoq vaqt davolash gipo va axlorgidriya bilan bog‘liq bo‘lgan V12 vitamini tanqisligiga (tsianokobalamin) olib kelishi mumkin. Bunday holatni boshqa klinik simptomlar borligida ham e'tiborga olish kerak.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanilishi
Homiladorlik (V toifasi)
Hayvonlarda homiladorlikka va/yoki embrional/homila rivojlanishiga va/yoki tug‘ruq va/yoki postnatal rivojlanishga preparatning ta'siri bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar yetarli emas. Preparatning inson uchun potentsial xavfi ma'lum emas. Homilador ayollarga buyurilganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Laktatsiya
Pantoprazolni ko‘krak sutiga o‘tish yoki o‘tmasligi ma'lum emas. Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda pantoprazol ko‘krak sutiga o‘tishi tasdiqlangan. Emizishni to‘xtatishni yoki Aspan preparati bilan davolashni hal qilishdan oldin bola uchun emizishni afzalligi va emizikli ona uchun Aspan preparati bilan davolashdan kutilgan foydasi hisobga olinishi kerak.
Bolalarda qo‘llanilishi
Bolalarda qo‘llash tajribasi yo‘q.
Transport vositalarini haydash va boshqa potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Transport vositalarini haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborish bilan bog‘liq zaharlanish simptomlari paydo bo‘lganida simptomatik va tutib turuvchi davolashni o‘tkazish kerak. Organizmdan dializ yo‘li bilan chiqarilmaydi.
Chiqarilish shakli
Aspan 40 mg ichakda eruvchi tabletkalari blisterlarda. 2 blisterdan (28 ichakda eruvchi tabletkalar) qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
25°S yuqori bo‘lmagan haroratda, original o‘ramida saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha beriladi.
Ishlab chiqaruvchi
Drogsan Ilachlari San. ve Tidj. A.Sh.
06760 Chubuk/Anqara/Turkiya
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.