Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Lansol kaps. 30 mg №10
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Лансопразол
Страна производитель
Грузия
Дозировка
30 мг
Производитель
GM Pharmaceuticals Ltd
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Капсулы
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Lansol
Ta'sir etuvchi modda (XPN) lansoprazol
Dori shakli
kapsulalar
Tarkibi
Bir kapsula quyidagilarni saqlaydi
faol modda 8,5% li lansoprazol mikrogranulalari (30 mg lansoprazol xisobida) 352,9 mg.
Ta'rifi №1 o‘lchamli qattiq jelatin kapsulalar. Korpusi – yashil, qopqog‘i – yashil.
Kapsula ichidagisi – oq rangli mikrogranulalar.
Farmakoterapevtik guruhi
me'da va o‘n ikki barmoqli ichak yarasiga qarshi vosita
ATX kodi A02VS03
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Lansol me'dada xlorid kislota sekretsiyasini susaytiradi. Benzimidazol hosilasi hisoblanadi. Ta'sir mexanizmi N+-K+-ATF-aza ingibitsiya qilishi bilan bog‘liq. Preparat me'daning pariyetal xujayralarida faol sulfonamid hosilalarigacha metabolizmga uchraydi. Bu metabolitlar N+-K+-ATF-azaning sulfongidril guruhlarini faolsizlantiradi, shunday qilib xlorid kislotasi sekretsiyasini yakuniy bosqichini bloklaydi. Ko‘proqdarajada kechasiga qabul qilinganida, pepsin ishlab chiqarilishini tormozlaydi. Me'da shilliq qavatining oksigenatsiyasini oshirib va bikarbonatlar sekretsiyasini ko‘paytirib, shuningdek himoyalash ta'sirini ko‘rsatadi. Lansol ovqatn hazm bo‘lish jarayoniga ta'sir qilmaydi, biroq yaqqol antixelikobakter faollikka ega.
Farmakokinetikasi
Qabul qilinganidan so‘ng Lansolning plazmadagi maksimal kontsentratsiyasi 1,5-2,2 soat davomida aniqlanadi. Ovqat qabul qilish preparatni so‘rilishi va biokiraolishligini pasaytiradi, biroq preparatning me'da sekretsiyasiga tormozlovchi ta'siri ovqat qabul qilishgacha va keyin bir xil bo‘lib qolaveradi. Lansol jigar orqali birinchi o‘tishda faol metabolizmga uchraydi va organizmdan siydik va ahlat bilan chiqariladi.
Qo‘llanilishi
- zo‘rayish bosqichidagi me'da va o‘nikki barmoq ichakning yara kasalligi;
- reflyuks-ezofagit;
- Zollinger-Ellison sindromi;
- stress yaralar;
- me'da va o‘nikki barmoq ichakning yara kasalligi bo‘lgan infektsiyalangan bemorlarda me'da shilliq qavatida Helicobacter pylori eradikatsiyasida qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
O‘nikki barmoqli ichakning yara kasalligida va stress yaralarda sutkada 30 mg dozada (1 qabul ertalab) 2-4 hafta davomida buyuriladi.
Me'daning yara kasalligida va eroziv-yarali ezofagitda sutkada 30 mg dan 4-8 hafta davomida buyuriladi. Og‘ir hollarda preparatning dozasi sutkada 60 mg gacha oshiriladi.
Me'da shilliq qavatida Helicobacter pylori aniqlanganida 30 mg dan sutkada 2 marta antibiotiklar (klaritromitsin yoki amoksitsillin) bilan 10-14 kun davomida buyuriladi.
Zollinger-Ellison sindromida preparat dozasi kislota ishlab chiqarilishining bazal darajasi soatiga 10 mmoldan kamroqqa erishilgunicha shaxsiy tanlanadi.
Kapsulalarni chaynamasdan yutish kerak.
Nojo‘ya ta'sirlari
Diareya, qorinda og‘riq, kam hollarda - qabziyatlar, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, kam hollarda – faringitlar, rinitlar, teri toshmalari, depressiyalar, mialgiyalar kuzatilishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- preparatga yuqori sezuvchanlik;
- homiladorlik;
- laktatsiya davrida qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Alyuminiy va magniy gidroksidlarini saqlovchi antatsidlarni, Lansol qabul qilgandan keyin kamida 2 soat o‘tgach qabul qilish kerak.
Klinik tadqiqotlarda Lansolni diazepam, propronalol, varfarin, prednizolon, fenitoin yoki teofillin metabolizmiga qanday bo‘lmasin ahamiyatli ta'siri kuzatilmagan. Preparatni peroral kontratseptivlar bilan birga qo‘llash endogen gormonlar darajasining o‘zgarishini chaqirmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Xavfli o‘sma borligini istisno qilish uchun davolash oldidan va davolash tamom bo‘lganidan keyin, albatta endoskopik nazorat kerak, chunki Lansol bilan davolash simptomatikasini niqoblashi va to‘g‘ri tashxisni orqaga surishi mumkin.
Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarga preparatni ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.
Bolalarda preparatni qo‘llashning samaradorligi va xavfsizligi haqida klinik ma'lumotlar yo‘q.
Homiladorlik va laktatsiya davri
Preparatni homiladorlikning birinchi uch oyligida va laktatsiya davrida (emizish) qo‘llash mumkin emas.
Preparatni homiladorlik vaqtida (II va III uch oyligi) ehtiyotkorlik bilan buyurish lozim.
Avtotransportni xaydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Preparatni psixomotor reaktsiyalar tezligiga va e'tibor kontsentratsiyasiga noxush ta'siri xaqida ma'lumotlar yo‘q. Biroq, alohida hollarda nojo‘ya samaralar chegaralangan psixofiziologik qobiliyatlarni chaqirishi mumkin.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
600 mg lansoprazolni bir marta qabul qilganda dozani oshirib yuborilishining klinik ko‘rinishlari kuzatilmaydi. Lansoprazol bilan dozani oshirib yuborilishida bemorni kuzatib turish, tutib turuvchi va simptomatik davolashni o‘tkazish tavsiya etiladi. Gemodializ samarasiz.
Chiqarilish shakli
Kapsulalar 30 mg dan, o‘ramda 10 kapsula
Saqlash sharoiti
10-250S haroratda saqlansin
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Shifokor retsepti bo‘yicha!
Ishlab chiqaruvchi
GM pharmaceuticals Ltd
Gruziya, Tbilisi sh., Ponichala 65
Tel. +995 32 2404801/02; Faks +995 32 2404803
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.