Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Loenzar-Sanovel kaps.30 mg №14
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Лансопразол
Страна производитель
Турция
Дозировка
30 мг
Производитель
Sanovel Ilac Sanayi ve Ticaret AS
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Капсулы
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Loenzar-Sanovel
Ta'sir etuvchi modda (XPN) lansoprazol
Dori shakli
kapsulalar
Tarkibi
Bir kapsula quyidagilarni saqlaydi
faol modda lansoprazol 30 mg;
yordamchi moddalar magniy karbonati, mikrogranulalar aralashmasi (saxaroza, kraxmal), (NRS-31) gidroksipropil sellyuloza, (NRS-L) gidroksipropil sellyuloza, tozalangan suv, metakrill kislotasini sopolimeri, tal'k, titan dioksidi, polietilenglikol 600, polisorbat 80, kolloidli kremniy dioksidi.
Ta'rifi enterik qobiq bilan qoplangan oq yoki deyarli oq ranglimikrogranulalar saqlovchi qattiq jelatin kapsulalar.
Farmakoterapevtik guruhi
me'da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligiga qarshi preparat – proton nasosi ingibitori.
ATX kodi A02VS03
Farmakologik xususiyatlari
Lansoprazol N+-K+-ATF-azani spetsifik ingibitsiya qilib, xlorid kislotasi sekretsiyasini susaytiradi. Lansoprazol xlorid kislotasi sintezining yakuniy bosqichini susaytiruvchi proton nasosi ingibitori sifatida xarakterlanadi.
Lansoprazol 30 mg dozada butun kun davomida xlorid kislotasi sintezini tez ingibitsiya qiladi. Tadqiqotlar 30 mg lansoprazol qabul qilingandan keyin 2 soat o‘tgach xlorid kislotasining sintezi 97% ga kamayishi, 24 soatdan keyin xlorid kislotasining ko‘rsatkichlari davolashgacha bo‘lgan ko‘rsatkichlardan 50% ga pastligi namoyish qilgan.
Davolashning birinchi xaftasi oxirida xlorid kislotasi sekretsiyasi 90% ga kamayadi. Me'da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligini sutkada 30 mg lansoprazolbilan davolashning ikkinchi xaftasi oxirida endoskopik ko‘rsatkichlar 75% ga, to‘rtinchi xafta oxirida – 80,8% ga, sakkizinchi xafta oxirida – 95% ga o‘zgaradi.
Farmakokinetikasi
So‘rilishi xlorid kislotasi lansoprazolga ta'sir ko‘rsatganligi tufayli, uni enterosolyubil mikrogranulalar ko‘rinishida qabul qilinadi. Preparat ichga qabul qilingandan keyin tez so‘riladi, plazmadagi maksimal kontsentratsiyasi 1-2 soatdan keyin kuzatiladi. Ovqat bilan bir vaqtda qabul qilish preparatning biokiraolishligini pasaytiradi.
Chiqarilishi yarim chiqarilish davri 1,4 soatni tashkil qiladi. Davolash davomiyligiga qarab yarim chiqarilish davri o‘zgarmaydi. Ko‘p qismi organizmdan safro bilan, 15-30% metabolitlari ko‘rinishida siydik bilan chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Preparat kattalarda quyidagilarda ko‘rsatilgan
-o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligini qisqa muddatli davolash;
-me'daning xavfsiz yarasini qisqa muddatli davolash;
-NYAQV qabul qilish bilan bog‘liq me'da va 12-barmoq ichak shilliq qavatini shikastlanishlarini oldini olish va davolash;
-reflyuks-ezofagit va eroziv ezofagitni qisqa muddatli davolash;
-gipersekretor holatlarni, shu jumladan Zollinger-Ellison sindromini uzoq vaqt davolash;
-H.Pylori chaqirgan o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligini davolashda qo‘llanadi.
1 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalarda reflyuks-ezofagitni qisqa muddatli simptomatik davolash va eroziv ezofagitni davolash uchun preparatni qabul qilish tavsiya etiladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalarda
O‘n ikki barmoq ichak yara kasalligini qisqa muddatli davolash
Tavsiya etiladigan doza 4 xafta davomida ovqatlanish vaqtida sutkada 30 mg ni tashkil qiladi.
Me'daning xavfsiz yarasini qisqa muddatli davolash
Tavsiya etiladigan doza 8 xafta davomida sutkada 30 mg ni tashkil qiladi.
NYAQV qabul qilish bilan bog‘liq me'da va 12-barmoq ichak shilliq qavatini shikastlanishlarini oldini olish va davolash
Tavsiya etiladigan doza 8 xafta davomida sutkada 30 mg ni tashkil qiladi.
Reflyuks-ezofagit va eroziv ezofagitni qisqa muddatli davolash
Tavsiya etiladigan doza 8 xafta davomida sutkada 30 mg ni tashkil qiladi. Bu muddat davomida sog‘ayish simptomlari kuzatilmaganida davolash yana 8 xafta davom ettiriladi.
Gipersekretor holatlar (Zollinger-Ellison sindromi)
Boshlang‘ich doza – 60 mg ni tashkil qiladi. Dozani keyingi o‘zgartirish davolash natijalariga ko‘ra amalga oshiriladi. Davolash klinik yaxshilanishgacha davom ettiriladi. Preparatni sutkada 2 marta 90 mg gacha qabul qilgan holatlar mavjud. 120 mg dan yuqori sutkalik dozani ikkita pastroq dozalarga bo‘lib qabul qilish kerak.
H.Pylori chaqirgan o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligini davolash
Preparat quyida keltirilgan tegishli antibiotik bilan majmuada buyuriladi
Lansoprazol/Amoksitsillin
Tavsiya etilgan doza 14 kun davomida 8 soat interval bilan kuniga 3 marta 30 mg lansoprazol va 1 g amoksitsillin.
Lansoprazol/Amoksitsillin/Klaritromitsin
Tavsiya etilgan doza 10-14 kun davomida 12 soat interval bilan kuniga 2 marta 30 mg lansoprazol va 1 g amoksitsillin va 500 mg klaritromitsin.
Preparatni och qoringa qabul qilish kerak. kapsulalardagi mikrogranulalarni chaynash yoki maydalash mumkin emas. o‘ram ochilgandan keyin ichidagisini 12 oy davomida ishlatish kerak. qolgan kapsulalarni qabul qilish mumkin emas. har bir ishlatilgandan keyin butilkani zich yopish kerak.
1 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalarda
Reflyuks-ezofagitni qisqa muddatli simptomatik davolash va eroziv ezofagitni davolash
Tana vazni 30 kg dan yuqori bo‘lgan bemorlarda tavsiya etiladigan doza 12 xafta davomida sutkada 30 mg ni tashkil qiladi.
Kapsulani yutishda qiynalayotgan bemorlarda kapsulani ochish va preparatni quyidagi sxema bo‘yicha qabul qilish tavsiya etiladi
1)Kapsula ochiladi. Olmali sous, yogurt yoki nokli pyureli qoshiqda mikrogranulalar aralashtiriladi va darhol yutiyu yuboriladi.
2)Kapsula ochiladi. Oz miqdordagi (taxminan 60 ml) olma, apelsin yoki tomat sharbatli stakanga mikrogranulalar qo‘shiladi, biroz aralashtiriladi va darhol yutib yuboriladi. Qabul qilinayotgan preparatning dozasida yo‘qotishlardan saqlanish maqsadida stakanga ikki yoki undan ortiq marta ko‘p miqdordagi mevali sharbat bilan to‘ldiriladi, biroz chayqatiladi va ichidagisi ichiladi.
Klinik tadqiqotlar o‘tkazilmaganligi tufayli, boshqa turdagi ichimliklar yoki ovqat bilan bir vaqtda qabul qilish tavsiya etilmaydi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Lansoprazol odatda yaxshi o‘zlashtiriladi.
Qisqa (8 xaftagacha) davolash kursi davomida ko‘pincha quyidagi nojo‘ya ko‘rinishlar rivojlanadi diareya, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi, qabziyat.
Eroziv ezofagit, me'da va o‘n ikki barmoq ichak yara kaalligini samarani bir maromda ushlab turuvchi davolashda 12 oy davomida 15 mg yoki 30 mg lansoprazol qabul qilgan 2% dan ko‘proq patsiyentlarda quyidagi nojo‘ya ko‘rinishlar kuzatilgan
-qorinda og‘riq, bosh og‘rig‘i, bel va ko‘krak sohasida og‘riq, infektsiyalar, to‘satdan lat yeyishlar;
ovqat hazm qilish yo‘llari tomonidan diareya, poliplar, qusish, tish kasalliklari, ko‘ngil aynishi, gastroenteritlar, rektal buzilishlar;
tayanch-harakat apparati tomonidan artralgiya.
1% dan kamroq holatlarda quyidagi nojo‘ya ko‘rinishlar kuzatilgan
-anafilaksiya reaktsiyalari, asteniya, belda og‘riq, shish, isitma, og‘izda yoqimsiz hid, infektsiyalar, toliqish;
yurak-qon tomir tizimi tomonidan yurak sohasida og‘riq, gipertenziya, gipotenziya, insultlar, miokardial infektsiyalar, yurak urib ketishi, shok (tomir yetishmovchiligi), vazodilatatsiya;
ovqat hazm qilish tizimi tomonidan anoreksiya, kardiospazm, yot jismlar, o‘t-tosh kasalligi, qizilo‘ngach yarasi, ezofagit, rangsiz axlat, meteorizm, me'da tugunlari, ishtahani oshishi, so‘lak ajralishini kuchayishi, rektal qon ketishi, stomatit, tenezmlar, yarali kolit, qusish;
endokrin tizimi tomonidan qandli diabet, bo‘qoq, gipoglikemiya, giperglikemiya;
qon yaratish va limfatik tizim tomonidan agranulotsitoz, anemiya, aplastik anemiya, gemoliz, gemolitik anemiya, leykopeniya, neytropeniya, trombotsitopeniya, trombotsitopenik purpura;
oziqlanish va metabolizm buzilishlari podagra, tana vaznini o‘zgarishi;
tayanch-harakat apparati tomonidan artrit/artralgiya, mialgiya, suyak-mushakda og‘riq;
nerv tizimi tomonidan qo‘zg‘alish, amneziya, xavotirlik, apatiya, tirishish, depressiya, bosh aylanishi/hushdan ketish, gallyutsinatsiyalar, gemiplegiya, dushmanlik, libidoni oshishi/pasayishi, paresteziya;
nafas tizimi tomonidan bronxial astma, bronxitlar, yo‘tal, burundan qon ketishi, hiqichoq, pnevmoniya, yuqori nafas yo‘llarining infektsion-yallig‘lanish kasalliklari;
teri va yumshoq to‘qimalar tomonidan husnbuzar, alopetsiya, toshma, qichishish, eshakemi;
sezgi a'zolari tomonidan karlik, ko‘rishni noaniqligi, ko‘zlarda og‘riq, ko‘ruv maydoni nuqsoni, o‘rta quloqni yallig‘lanishi, ta'm bilishni yo‘qolishi, nutq nuqsoni.
siydik tanosil tizimi tomonidan hayz siklini buzilishlari, albuminuriya, ginekomastiya, ko‘krakni yuqori sezuvchanligi, gematuriya, impotentsiya, buyrakda toshlar, siydikni tutilishi.
Laborator tahlil ma'lumotlaridagi o‘zgarishlar
Nojo‘ya samaralar sifatida ta'riflangan laborator tahlil ma'lumotlarida quyidagi o‘zgarishlar aniqlangan jigar funktsiyasi tahlil natijalarida og‘ishlar, AST darajasini oshishi, kreatinin, ishqoriy fosfotaza, globulin, glutarilgamatranspeptidaza darajasini oshishi, leykotsitlar darajasini oshishi/kamayishi/o‘zgarishi, albumin-globulin nisbatida og‘ishlar, eritrotsitlar darajasini oshishi, bilirubinemiya, eozinofiliya, giperlidemiya, elektrolitlar darajasini oshishi/kamayishi, xolesterin darajasini oshishi/kamayishi, glyukokortikoidlar darajasini oshishi, LDG darajasini oshishi, trombotsitlar darajasini oshishi/kamayishi/o‘zgarishi, gastrin darajasini oshishi.
Kutilmagan samaralar yuzaga kelganda shifokorga murojaat eting.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
-lansoprazolga yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
-o‘tkir buyrak yetishmovchiligi;
-homiladorlik;
-kreatinin klirensi minutiga 30 ml dan kam bo‘lganda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Lansoprazol sitoxrom R450 tizimi tomonidan metabolizmga uchrashi ma'lum. Sog‘lom ko‘ngillilarda o‘tkazilgan tadqiqotlar lansoprazolni ushbu tizim tomonidan metabolizmga uchraydigan preparatlar, aynan varfarin, antipirin, indometatsin, ibuprofen, fenitoin, propranolol, prednizolon, klaritromitsin yoki diazepam bilan biron-bir klinik ahamiyatli o‘zaro ta'sir yo‘qligini namoyish qilgan.
Lansoprazol va teofillinni bir vaqtda qo‘llash teofillinning klirensi darajasini biroz (10%) oshirishi mumkin. Ushbu samarani oldini olish uchun lansoprazol va teofillinni bir vaqtda qabul qilayotgan bemorlarni kuzatish kerak.
Sukralfat va lansoprazolni bir vaqtda qo‘llash lansoprazolning biokiraolishligini 30% ga kamaytiradi. Shuning uchun lansoprazolni sukralfat qabul qilishdan kamida yarim oldin qabul qilish kerak.
Lansoprazol me'da kislotasi sekretsiyasini ingibitsiya qiladi, buning oqibatida ketokonazol, ampitsillin efirlari, temir tuzlari va digoksin kabi biokiraolishligi me'daning rN ga bog‘liq bo‘lgan dori preparatlari bilan bir vaqtda qabul qilish tavsiya etilmaydi.
Lansoprazolni antatsid preparatlar bilan bir vaqtda qabul qilish mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
1 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalarda reflyuks-ezofagitni simptomatik davolash va eroziv ezofagitni qisqa muddatli davolaganda lansoprazolning samaradorligi va xavfsizligi aniqlangan.
Preparatni keksa patsiyentlarga buyurganda dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.
Homiladorlik va laktatsiya
Homilador va emizikli ayollarda lansoprazolning xavfsizligi aniqlanmagan. Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar vaqtida lansoprazol teratogen ta'sir ko‘rsatmaganligiga qaramasdan, ehtiyotkorlik chorasi sifatida uni homiladorlik vaqtida buyurish mumkin emas.
Preparat jigar funktsiyasini yaqqol buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Bunda sutkalik doza 30 mg dan oshmaydi.
Ovqat bilan bir vaqtda qabul qilganda me'da-ichak yo‘llaridan so‘rilishi va biokiraolishligini pasayishi mumkinligi tufayli, lansoprazolni ovqatlanishdan oldin qabul qilish tavsiya etiladi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Lansoprazolga spetsifik antidoti mavjud emas. Dozani oshirib yuborganda simptomatik davolash ko‘rsatilgan.
Chiqarilish shakli
Kapsulalar. O‘ramda mikrogranulali 14 yoki 28 kapsulalar, silikogel qopqoqchali yuqori zichlikdagi polietilen plastik flakonda.
Saqlash sharoiti
Preparatni 25°S dan yuqori bo‘lmagan hona haroratida saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Preparat retsept bo‘yicha beriladi.
Ishlab chiqaruvchi
Sanovel İlaç Sanayi ve Ticaret A.Ş.
Chanta shahri, Kartaltepe qishlog‘i, Ye-5 avtotrassasi yonida, Silivri/Istambul
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.