Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Omemaks-Ultra kaps. 20mg №100
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Омепразол
Страна производитель
Узбекистан
Дозировка
20 мг
Производитель
Ultra Health care,СП,ООО,Узбекистан
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Капсулы
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
- Kam hollarda quyidagi nojo‘ya ta'sirlar kuzatilishi mumkin
Preparatning savdo nomi
OMEMAKS-ULTRA
Ta'sir etuvchi modda (XPN) omeprazol
Dori shakli
kapsulalar
Tarkibi
Har bir kapsula quyidagilarni saqlaydi
faol modda omeprazolning 7,5% ichakda eruvchan granulalari - 20mg;
yordamchi moddalar sukroza, mannitol, natriy lauril sulfat, suvsiz natriy gidrogen fosfat, gidroksipropilmetil sellyuloza Ye-5, metakril kislota ko-polimer, natriy gidroksidi, PEG-6000, titan dioksidi, tozalangan talk, tvin-80, tozalangan suv.
Ta'rifi ichida oq granulalarni saqlovchi qattiq jelatinli kapsulalar.
Farmakoterapevtik guruhi
me'da va o‘n ikki barmoqli ichak yarasiga qarshi vositalar (N+K+ATF-AZЫ ingibitori).
ATX kodi A02VS01.
Farmakologik xususiyatlari
Xlorid kislotasi sekretsiyasining oxirgi bosqichini katalizatsiya qiluvchi ferment N+- K+-ATFazali proton nasosini ingibitsiya qilish orqali pariyetal hujayralaridan xlorid kislotasining sekretsiyasini kamaytiradi. Bunda preparat kislotaning asosiy va rag‘batlantirilgan sekretsiyasini ingibitsiya qilishga yordam beradi. Kislotani sekretsiyasini ingibitsiya qilishi bir marta qabul qilingandan so‘ng 24-72 soat davom etadi. Preparatni qabul qilish to‘xtatilganda sekretor faollik 3-5 kundan so‘ng asta-sekin dastlabki xolatiga qaytadi. Pepsinning sekretsiyasini susaytirmaydi, gastrinning zardobdagi miqdorini oshiradi, u preparat bilan davolash to‘xtatilgandan keyin 1-2 hafta davomida dastlabki ko‘rsatkichlariga qaytadi.
Farmakokinetikasi
Me'da-ichak yo‘llarida tez so‘riladi, plazmada kontsentratsiyasining cho‘qqisiga 0,5-1 soat davomida erishiladi. Sog‘lom shahslarda plazmadan yarim chiqarilish davri (T1/2) 0,5-1 soatni tashkil qiladi. Biokiraolishligi 30-40% ni tashkil qiladi. Qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanishi taxminan 90% ni tashkil qiladi.
Jigarda metabolizmga uchraydi va qabul qilingan dozaning katta qismi (70-80%) siydik bilan, qolgan qismi ahlat bilan chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Kattalarda
-me'da va o‘n ikki barmoqli ichak yarasi kasalligi (davolash va xurujlarni oldini olish);
-me'da va o‘n ikki barmoqli ichak yarasi kasalligi bilan kasallangan bemorlarda Helicobacter pylori ni eradikatsion davolash (boshqa dori vositalar bilan birga davolashda);
-nosteroid yallig‘lanishga qarishi vositalarni qabul qilish tufayli kelib chiqqan me'da va o‘n ikki barmoqli ichak yarasi kasalligi, stress tufayli kelib chiqqan yaralar (davolash va oldini olish);
-reflyuks-ezofagit;
-gastroezofageal reflyuks (shu jumladan simptomatik);
-Zollinger-Ellison sindromi.
1 yoshdan katta va tana og‘irligi 10 kg dan kam bo‘lmagan bolalar reflyuks-ezofagitni davolash; jig‘ildon qaynashini cimptomatik davolash va gastroezofageal reflyuks kasalligida kislotani regurgitatsiya qilish.
4 yoshdan katta bolalar Helicobacter pylori chaqirgan o‘n ikki barmoqli ichak yarasi kasalligi (kompleks davolash tarkibida) qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga, oz miqdordagi suyuqlik bilan birga qabul qilinadi (kapsulani butunligicha, ochmasdan va chaynamasdan yutish lozim).
O‘n ikki barmoqli ichak yarasi kasalligining zo‘rayishi vaqtida — sutkada 1 kapsuladan (20 mg) 2–4 hafta (rezistent holatlarda – sutkada 2 kapsuladan).
Me'da yarasi kasalligining zo‘rayishi vaqtida va eroziv-yarali ezofagitda — sutkada 1-2 kapsuladan 4–8 hafta davomida.
Nosteroid yallig‘lanishga qarishi preparatlarni qabul qilish oqibatida kelib chiqqan MIY dagi yaralar — sutkada 1 kapsuladan 4–8 hafta.
Helicobacter pylori ning eradikatsiyasi — antibakterial vositalar bilan sutkada 2 marta 1 kapsuladan 7 kun davomida.
Me'da va o‘n ikki barmoqli ichak yarasi kasalligining qaytalashini oldini olishda — sutkada 1 kapsuladan.
Reflyuks-ezofagitni qaytalashini oldini olishda — sutkada 1 kapsuladan uzoq vaqt davomida (6 oygacha).
Zollinger-Ellison sindromida doza me'da suyuqligining ajralishiga qarab individual ravishda tanlanadi, sutkada 60 mg dozadan boshlanadi. Kerak bo‘lgan taqdirda dozani doza sutkada 80–120 mg gacha oshiriladi, bunda dori 2 marta qabul qilinadi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Kam hollarda quyidagi nojo‘ya ta'sirlar kuzatilishi mumkin
Ovqat hazm qilish tizimi va tomonidan diareya yoki qabziyat, ko‘ngil aynishi, qusish, meteorizm, qorin og‘rig‘i, og‘iz qurishi, ta'm sezishni o‘zgarishi, stomatit, plazmada jigar fermentlarining darajasini tranzitor oshishi, og‘ir jigar hastaliklari bor bemorlarda – gepatit (shu jumladan sariq kasal bilan), jigar funktsiyasining buzilishi.
Nerv tizimi tomonidan bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, qo‘zg‘aluvchanlik, uyquchanlik, uyqusizlik, paresteziyalar, depressiya, gallyutsinatsiyalar, og‘ir somatik hastaliklari, og‘ir jigar hastaliklari bo‘lgan bemorlarda – entsefalopatiya.
Tayanch-harakat apparati tomonidan mushaklarning kuchsizligi, mialgiya, artralgiya.
Qon yaratish tizimi tomonidan leykopeniya, trombotsitopeniya, alohida holatlarda – agranulotsitoz, pantsitopeniya.
Teri reaktsiyalari qichishish, kam hollarda – fotosensibilizatsiya, ko‘p shaklli eritema, alopetsiya.
Allergik reaktsiyalar eshakemi, angionevrotik shish, bronxospazm, interstitsial nefrit va anafilaktik shok.
Boshqa reaktsiyalar ko‘rishni buzilishi, periferik shishlar, kuchli terlash, isitma, ginekomastiya; kam hollarda – uzoq vaqt davolashda me'da grandulyar kistasi hosil bo‘ladi (me'da shirasini ajralishini ingibitsiya qilinishi natijasida, qaytuvchan xavfsiz xarakterga ega).
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
• preparatga yuqori sezuvchanlik;
• bolalarda;
• homiladorlik;
• laktatsiya davrida qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Omeprazolni sutkada 1 marta 20 mg dozada uzoq muddat davomida kofein, teofillin, piroksikam, diklofenak, naproksen, metoprolol, propranolol, etanol, siklosporin, lidokain, xinidin va estradiol bilan birga qo‘llash ularning plazmadagi kontsentratsiyasini o‘zgarishiga olib kelmadi.
Antatsidlar bilan birga qo‘llanilishi qo‘rsatilmagan.
So‘rilishi rN ko‘rsatkichiga bog‘liq bo‘lgan istalgan dori vositasining biokiraolishligini o‘zgartiradi (masalan temir tuzlarini).
Maxsus ko‘rsatmalar
Davolashni boshlashdan oldin me'dada kechishi havfli bo‘lgan hastaliklar (ayniqsa me'da yarasi) borligini istisno qilish lozim, chunki preparat kasallik simptomlarini niqoblashi mumkin, bu esa to‘g‘ri tashhis qoyishni kechiktiradi.
Ovqat bilan birga qabul qilish dori samaradorligiga ta'sir qilmaydi.
Butun kapsulani yutish qiyinchilik tug‘dirgan vaziyatda kapsulani ochib, ichidagi granulalarni ozini yoki kapsulani shimib yutish mumukin, yana kapsula ichidagi granulalarni sharbat yoki yogurt bilan aralashtirib, hosil bo‘lgan aralashmani 30 minut ichida qabul qilish mumkin.
Og‘ir jigar yetishmovchiligi bilan hastalangan bemorlarda sutkalik doza miqdori 20mg dan oshmasligi lozim.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanilishi
Homiladorlik va emizish vaqtida qo‘llanilmasin.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari - ko‘rishni buzilishi, uyquchanlik, qo‘zg‘alish, ongni chalkashishi, bosh og‘rig‘i, kuchli terlash, og‘iz qurishi, ko‘ngil aynishi, aritmiya.
Davolash simptomatik. Masus antidot yo‘q. Gemodializ yetarli samara bermaydi.
Chiqarilish shakli
10 kapsula ilyumin folgali stripda, 10 strip qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
ULTRA LABORATORIES PVT.LTD
Plot No 102-B & 102-B (P-1), SEZ Pharma,
KIADB Industrial Estate, Hassan-Dist, Karnataka, India-573201.
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
Toshkent sh., Yakkasaroy tumani, Sh.Rustaveli ko‘ch., 53B uy
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.