Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Omeprazol kaps. 20mg №30 (Sintez)
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Омепразол
Страна производитель
Россия
Дозировка
20 мг
Производитель
Синтез,ОАО, Россия
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Капсулы
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Omeprazol
Ta'sir etuvchi modda (XPN) omeprazol
Dori shakli
kapsulalar
Tarkibi
1 kapsula quyidagilarni saqlaydi
faol modda omeprazol – 20 mg.
pelletning yordamchi moddalari kaltsiy karbonati, kaliy gidrofosfati (ikki almashingan kaliy fosfati), gipromelloza (gidroksipropilmetiltsellyuloza), mannitol, qand upasi [saxaroza, kraxmal patokasi] (qand pelletlari), qand qiyomi [saxaroza, suv], makrogol-6000 (polietilenglikol-6000), povidon-K30 (polivinilpirrolidon-K30), natriy gidroksidi, natriy laurilsulfati, talk, titan dioksidi, polisorbat-80 (tvin-80).
Pellet qobig‘ining tarkibi metakril kislotasi va etilakrilatning sopolimeri (akril qobig‘i L30D).
Jelatin kapsulaning tarkibi titan dioksidi, jelatin, xinolin sarig‘i bo‘yovchisi (sariq xinolin), sariq shafaq bo‘yovchisi (shafaq-sariq), metilparagidroksibenzoat (metilgidroksibenzoat), propilparagidroksibenzoat (propilgidroksibenzoat), sirka kislotasi.
Ta'rifi oq korpusli, sariq qopqoqli №2 jelatin kapsulalar. Kapsula ichidagisi – oq yoki deyarli oq sferik shaklli pelletlar.
Farmakoterapevtik guruhi
me'da bezlari sekretsiyasini pasaytiruvchi vositalar (proton nasosi ingibitori).
ATX kodi A02VS01
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Omeprazol – me'da va o‘n ikki barmoq ichak yarasiga qarshi preparat bo‘lib, N+/K+-adenozintrifosfat (ATF)-faza fermentining ingibitoridir. Me'daning pariyetal xujayralarida N+/K+-adenozintrifosfat (ATF)-faza (N+/K+-adenozintrifosfat) – (ATF)-faza, ya'ni “proton nasosi”) faolligini tormozlaydi, shu yo‘l bilan vodorod ionlarini o‘tkazilishini va me'dada xlorid kislotasi sintezining yakuniy bosqichini bloklaydi. Omeprazol olddori hisoblanadi. Pariyetal xujayralar kanalchalarining kislotali muhitida omeprazol sulfenamid faol metabolitiga aylanadi, u disulfid ko‘prikcha hisobiga membrananing N+/K+-adenozintrifosfat (ATF)-fazasi bilan birikib, uni ingibitsiya qiladi. Bu bilan sulfenamid hosil bo‘lishi uchun mavjud bo‘lgan muhit aynan pariyetal xujayralarga omeprazolni tanlab ta'sir qilishi bilan tushuntiriladi. Omeprazolni sulfenamidga biotransformatsiyasi tez (2-4 minut o‘tgach) amalga oshadi. Sulfenamid kation hisoblanadi va so‘rilmaydi.
Omeprazol xlorid kislotasining bazal va har qanday ta'sirlovchi yordamida rag‘batlantirilgan sekretsiyasini yakuniy bosqichida susaytiradi. Me'da sekretsiyasining umumiy xajmini kamaytiradi va pepsinni ajralib chiqishini susaytiradi. Omeprazolda gepatoprotektor faollik aniqlangan, uning mexanizmi noma'lum. Kaslaning ichki omilini ishlab chiqarilishi va ovqat massasini me'dadan o‘n ikki barmoq ichakka o‘tish tezligiga ta'sir qilmaydi. Omeprazol atsetilxolin va gistamin retseptorlari ta'sir qilmaydi.
Omeprazol kapsulalari qobiq bilan qoplangan mikrogranulalar saqlaydi, omeprazolni asta-sekin ajralib chiqishi va ta'sirini boshlanishi qabul qilgandan 1 soatdan keyin boshlanadi, 2 soatdan keyin maksimumga yetadi, 24 soat va undan ko‘proq saqlanadi. 20 mg preparatni bir marta qabul qilgandan keyin maksimal sekretsiyani 50% ga ingibitsiya qilishi 24 soat davom etadi.
Sutkada bir marta qabul qilish kunduzgi va tungi me'da sekretsiyasini tez va samarali susayishini ta'minlaydi, u 4 kun davolashdan keyin maksimumga erishadi. O‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi bo‘lgan bemorlarda 20 mg omeprazolni qabul qilish me'da ichida rN=3,0 ni 17 soat davomida tutib turadi. Preparatni qabul qilishni to‘xtatishdan keyin sekretor faollik 3-5 sutka o‘tgach to‘liq tiklanadi.
Omeprazolning antibakterial preparatlar bilan birga ta'siri Helicobacter pylori ning eradikatsiyasiga olib keladi, bu kasallik simptomlarni tez bartaraf etish, shikastlangan shilliq qavatni yuqori darajada bitishi, barqaror uzoq muddatli remissiyaga erishish va me'da-ichak yo‘llaridan qon ketishi rivojlanishi ehtimolini kamaytirish imkonini beradi, shuningdek uzoq vaqt davolash zarurati bartaraf etiladi.
Farmakokinetikasi
So‘rilishi – yuqori. Biokiraolishligi – 30-40% (jigar yetishmovchiligida deyarli 100% gacha yetadi), keksa yoshdagi odamlarda va jigar funktsiyasini buzilishi bo‘lgan bemorlarda ortadi, buyrak funktsiyasini yetishmovchiligi ta'sir ko‘rsatmaydi. Maksimal kontsentratsiyasiga erishish uchun zarur vaqt (TSmax) – 0,5-3,5 soatni tashkil qiladi. Yuqori lipofillikka ega bo‘lib, me'daning pariyetal xujayralariga oson kiradi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi – 90-95% (albumin va kislotali alfa1-glikoprotein).
Yarim chiqarilish davri (T1/2) – 0,5-1 soat (jigar yetishmovchiligida – 3 soat), klirensi – minutiga 500-600 ml CYP2C19 ferment tizimi ishtirokida jigarda deyarli to‘liq metabolizmga uchraydi va 6 farmakologik nofaol metabolitlarini (gidroksiomeprazol, sulfid va sulfon hosilalari va boshqalarni) hosil qiladi. CYP2C19 izofermentining ingibitori hisoblanadi. Metabolitlari shaklida buyrak (70-80%) va safro (20-30%) bilan chiqariladi.
Surunkali buyrak yetishmovchiligida chiqarilishi kreatinin klirensini pasayishiga proportsional ravishda pasayadi. Keksa yoshdagi patsiyentlarda chiqarilish kamayadi.
Qo‘llanilishi
Kattalar
-me'da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi (zo‘rayish bosqichida va qaytalanishga qarshi davolashda), shu jumladan Helicobacter pylori chaqirgan (majmuaviy davolash tarkibida);
-gastroezofagel reflyuks kasalligi, reflyuks-ezofagit, shu jumladan, eroziv (zo‘rayish bosqichida va qaytalanishga qarshi davolashda);
-gipersekretor holatlar (Zollinger-Ellison sindromi, me'da-ichak yo‘llarining stress yaralari, poliendokrin adenomatoz, tizimli mastotsitoz);
-Nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlarni (NYaQP) qabul qilish chaqirgan me'da va o‘n ikki barmoq ichakni eroziv-yarali shikastlanishida qo‘llanadi.
Bolalar
-2 yoshdan oshgan bolalarda gastroezofagel reflyuks kasalligi.
-4 yoshdan oshgan bolalarda Helicobacter pylori chaqirgan o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kapsulalarni odatda ertalab, chaynamasdan, ko‘p bo‘lmagan miqdordagi suv bilan (ovqatdan bevosita oldin) ichga qabul qilinadi.
Kattalar
Me'da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligini zo‘rayishi, reflyuks-ezofagit va nosteroid yallig‘lanishga qarshi qarshi preparatlarni qabul qilish oqibatidagi gastropatiyalarda – 20 mg sutkada 1 marta buyuriladi. Reflyuks-ezofagitni og‘ir darajali kechishi bo‘lgan patsiyentlarda dozani sutkada 1 marta 40 mg gacha oshiriladi.
O‘n ikki barmoq ichakning yara kasalligini davolash kursi – 2-4 hafta, zarurati bo‘lganida – 4-5 hafta; me'da yara kasalligi, reflyuks-ezofagit, nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlarni qabul qilish oqibatidagi me'da-ichak yo‘llarining eroziv-yarali shikastlanishlarida – 4-8 hafta davomida davom ettiriladi.
Kasallik simptomlarini kamayishi va yarani chandiqlanishi ko‘pgina hollarda 2 hafta davomida yuz beradi. Ikki xaftalik davolash kursidan keyin yarani to‘liq chandiqlanishi amalga oshmagan patsiyentlarga, davolashni yana 2 hafta davom ettirish kerak.
Me'da va o‘n ikki barmoq ichak yarasiga qarshi boshqa dori vositalari bilan davolashga rezistent bemorlarga, sutkada 40 mg buyuriladi. O‘n ikki barmoq ichakning yara kasalligida davolash kursi – 4 hafta, me'da yara kasalligi va reflyuks-ezofagitda – 8 hafta.
Zollinger-Ellison sindromida – odatda 60 mg dan sutkada 1 marta; zarurati bo‘lganida dazani sutkada 80-120 mg gacha oshiriladi (dozani 2 qabulga bo‘linadi).
Me'da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligini qaytalanishini oldini olish uchun – 10 mg dan sutkada 1 marta buyuriladi.
Helicobacter pylori ni eradikatsiyasi uchun “uchtalik” davolash (1 hafta davomida omeprazol 20 mg, amoksitsillin 1 g, klaritromitsin 500 mg – sutkada 2 marta; yoki omeprazol 20 mg, klaritromitsin 250 mg, metronidazol 400 mg – sutkada 2 marta; yoki omeprazol 40 mg sutkada 1 marta, amoksitsillin 500 mg va metronidazol 400 mg – sutkada 3 marta) yoki “ikkitalik” davolash (2 xafta davomida omeprazol 20-40 mg va amoksitsillin 750 mg – sutkada 2 marta yoki omeprazol 40 mg- sutkada 1marta va klaritromitsin 500 mg – sutkada 3 marta yoki amoksitsillin 0,75-1,5 g – sutkada 2 marta) o‘tkaziladi.
Alohida holatlarda. jigar yetishmovchiligida 10-20 mg dan sutkada 1 marta buyuriladi (og‘ir darajali jigar yetishmovchiligida sutkalik doza 20 mg dan oshmasligi kerak); buyrak funktsiyasini buzilishida va keksa yoshdagi patsiyentlarda dozalash tartibiga tuzatish kiritish talab etilmaydi.
Bolalar
2 yoshdan oshgan bolalarda (tana vazni 20 kg dan yuqori) gastroezofageal reflyuks kasalligida 20 mg dan sutkada 1 marta buyuriladi. Zarurati bo‘lganida doza sutkada 1 marta 40 mg gacha oshirilishi mumkin. Davolash davomiyligi 4-8 xaftani tashkil etadi. 4 yoshdan oshgan bolalarda Helicobacter pylori chaqirgan o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligida (majmuaviy davolash tarkibida)
Tana vazni 15-30 kg bo‘lgan bolalarga 1 xafta davomida omeprazol 10 mg, amoksitsillin 25 mg/kg, klaritromitsin tana vazniga 7,5 mg/kg – sutkada 2 marta (bunda kapsula ichidagisi 50 ml ichimlik suviga qo‘shiladi, aralashtiriladi, yarmi o‘lchanadi va bolaga beriladi);
Tana vazni 31-40 kg bo‘lgan bolalarga 1 xafta davomida omeprazol 20 mg, amoksitsillin 750 mg, klaritromitsin tana vazniga 7,5 mg/kg – sutkada 2 marta;
Tana vazni 40 kg dan yuqori bo‘lgan bolalarga 1 xafta davomida omeprazol 20 mg, amoksitsillin 1000 mg, klaritromitsin 500 mg – sutkada 2 marta buyuriladi.
Butun kapsulani yutish bilan bog‘liq muammolar bo‘lganida uni ochib ichidagisini yutish yoki kapsulani shimish, shuningdek kapsula ichidagisini nordon suyuqlik (sharbat, yogurt) bilan aralashtirish va hosil bo‘lgan suspenziyani 30 minut davomida ishlatish mumkin.
Nojo‘ya ta'sirlari
Noxush nojo‘ya reaktsiyalarning Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining tavsiyalariga muvofiq rivojlanish tez-tezligi bo‘yicha tasnifi
Juda tez-tez – 1/10 buyurishlar (≥10%); tez-tez – 1/100 buyurishlar (≥1%, <10%); tez-tez emas – 1/1000 buyurishlar (≥0,1%, <1%); kam hollarda - 1/10000 buyurishlar (≥0,01%, <0,1%); juda kam hollarda (shu jumladan alohida holatlar) – 1/10000 dan kam (<0,01%).
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan tez-tez – qorinda og‘riq, diareya, qabziyat, ko‘ngil aynishi, qusish, meteorizm (ko‘pgina hollarda sanab o‘tilgan ko‘rinishlarning yaqqolligi davolash davom ettirilganda oshib boradi); tez-tez emas – “jigar” fermentlarining faolligini oshishi (qaytuvchan xarakterda); kam hollarda – mikroskopik kolit, til rangini jigarrang-qora ranggacha o‘zgarishi va klaritromitsin bilan bir vaqtda qo‘llaganda so‘lak bezlarining xavfsiz kistalarini paydo bo‘lishi (ko‘rinishlar qaytuvchan xarakterga ega va davolash to‘xtatilgandan keyin yo‘q bo‘ladi); juda kam hollarda – og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatini qurishi, stomatit, kandidoz, pankreatit, jigarning og‘ir kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarda – gepatit (shu jumladan sariqlik bilan kechuvchi), jigar funktsiyasini buzilishi.
Nerv tizimi tomonidan tez-tez – bosh og‘rig‘i, uyquchanlik, xolsizlik (uzoq vaqt davolaganda og‘irlashadi); tez-tez emas – bosh aylanishi, uyqusizlik, vertigo; kam hollarda – paresteziya, ongni chalkashishi, gallyutsinatsiyalar, ayniqsa keksa patsiyentlarda yoki kasallik og‘ir kechganda; juda kam hollarda – bezovtalik, qo‘zg‘alish, depressiya, ayniqsa keksa patsiyentlarda yoki kasallik og‘ir kechganda, jigarning og‘ir kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarda – entsefalopatiya.
Sezgi a'zolari tomonidan tez-tez emas – ko‘rishni buzilishlari, shu jumladan ko‘rish maydonini qisqarishi, ko‘rish o‘tkirligi va ko‘rish aniqligini pasayishi, eshitishni buzilishi, shu jumladan “quloqlarda shang‘illash” (odatda davolash to‘xtatilgandan keyin o‘tib ketadi); kam hollarda – ta'm bilishni buzilishi (odatda davolash to‘xtatilgandan keyin o‘tib ketadi).
Tayanch-harakat apparati tomonidan tez-tez emas – umurtqa pog‘onasi, bilak suyaklari, son suyagi boshchasini sinishi (“
Maxsus ko‘rsatmalar
” bo‘limiga qarang); kam hollarda – mialgiya, artralgiya; juda kam hollarda – mushak kuchsizligi.
Qon yaratish a'zolari tomonidan bolalarda gixrom mikrotsitar anemiya; juda kam hollarda – qaytuvchan trombotsitopeniya, leykopeniya, agranulotsitoz, pantsitopeniya.
Teri qoplamalari tomonidan tez-tez emas – eshakemi, teri toshmasi va/yoki qichishishi, fotosensibilizatsiya, ko‘p shaklli eritema, alopetsiya, ko‘p terlash; juda kam hollarda – Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz.
Allergik reaktsiyalar juda kam hollarda – toshma, angionevrotik shish, tana haroratini oshishi, isitma, bronxospazm, allergik vaskulit, anafilaktik reaktsiyalar/shok.
Siydik chiqarish tizimi tomonidan kam hollarda – interstitsial nefrit.
Boshqalar tez-tez emas – periferik shish (odatda davolash to‘xtatilgandan keyin o‘tib ketadi), kam hollarda – lohaslik, giponatriyemiya; juda kam hollarda – ginekomastiya; tez-tezligi noma'lum – gipomagniyemiya (“
Maxsus ko‘rsatmalar
” bo‘limiga qarang).
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Omeprazol yoki preparatning har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlik; fruktozani o‘zlashtiraolmaslik, saxaroza/izomaltaza tanqisligi, glyukozo-galaktoz malabsorbtsiya; atanazanavir, dalachoy, erlotinib va pozakonazol bilan bir vaqtda qabul qilish; jigar yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda klaritromitsin bilan bir vaqtda qo‘llash.
2 yoshdan kichik va/yoki tana vazni 20 kg dan kam bo‘lgan bolalar (gastroezofageal reflyuks kasalligini davolaganda).
4 yoshdan kichik bolalar (Helicobacter pylori chaqirgan o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligini davolaganda).
Gastroezofageal reflyuks kasallik va Helicobacter pylori chaqirgan o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligidan tashqari barcha ko‘rsatmalar uchun 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Ehtiyotkorlik bilan.
Buyrak va/yoki jigar yetishmovchiligi; osteoporoz; klaritromitsin, klopidogrel, intrakonazol, varfarin, silostazol, diazepam, fenitoin, sakvinavir, takrolimus, vorikonazol, rifampitsin bilan bir vaqtda qo‘llaganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Omeprazol bilan bir vaqtda qo‘llanilganda ketokonazolning so‘rilishi pasayishi mumkin.
Me'da shirasining kislotaligini pasaytiruvchi boshqa preparatlar kabi omeprazol bilan davolash ketokonazol, itrakonazol, pozakonazol va ergotinibning so‘rilishini pasayishiga, shuningdek digoksin kabi preparatlarning so‘rilishini oshishiga olib kelishi mumkin. Sutkada 1 marta 20 mg dozada omeprazol va digoksinni birga qabul qilish digoksinning biokiraolishligini 10% ga oshiradi (20% patsiyentlarda digoksinning biokiraolishligi 30% gacha oshgan).
Omeprazol uzoq vaqt davolaganda V12 vitaminining so‘rilishini pasaytirishi mumkin.
Yaqqol klinik ahamiyatli o‘zaro ta'siri tufayli, omeprazolni dalachoy preparatlari bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin emas.
Omeprazolni klaritromitsin yoki eritromitsin bilan birga qabul qilinganda omeprazolning qon plazmasidagi kontsentratsiyasi oshadi.
Omeprazol bilan bir vaqtda qo‘llanilganda atanazavirning “kontsentratsiya-vaqt” egri chizig‘i ostidagi maydon 75% ga kamayadi, shuning uchun ularni bir vaqtda qo‘llash mumkin emas.
Omeprazol sitoxrom R450 ingibitori bo‘lib, varfarin, klomipramin, sitalopram, geksabarbital, disulfiram (tsitoxrom CYP2C19 ishtirokida jigarda metabolizmga uchraydigan dori vositalari) ning kontsentratsiyasini oshirishi va chiqarilishini kamaytirishi mumkin, bu ayrim hollarda ushbu dori vositalarining dozasini kamaytirishni talab etishi mumkin.
Metotreksatni proton pompa ingibitorlari bilan bir vaqtda qo‘llaganda ayrim patsiyentlarda qon plazmasida metotreksatning kontsentratsiyasini ahamiyatsiz oshishi kuzatilgan. Metotreksatning yuqori dozalari bilan davolaganda omeprazolni qabul qilishni vaqtincha to‘xtatish kerak.
Omeprazolni amoksitsillin yoki metronidazol bilan bir vaqtda qabul qilish omeprazolning qon plazmasidagi kontsentratsiyasiga ta'sir ko‘rsatmaydi.
Omeprazolni kofein, teofillin, piroksikam, diklofenak, naproksen, metoprolol, propranolol, etanol, siklosporin, lidokain, xinidin, fenatsetin, budesonid, antatsidlar, estradiol bilan birga qo‘llaganda klinik ahamiyatli o‘zaro ta'sirlar aniqlanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Davolashni boshlashdan oldin xavfli o‘sma jarayoni (ayniqsa me'da yarasida) mavjudligini inkor qilish kerak, chunki davolash simptomatikani niqoblab, to‘g‘ri tashhis qo‘yishni kechiktirishi mumkin.
Ovqat bilan bir vaqtda qabul qilish preparatning samaradorligiga ta'sir qilmaydi.
Me'da kislotaligini pasayishi, shu jumladan proton pompa blokatorlarini qo‘llaganda me'da-ichak yo‘llarida bakteriyalarning soni oshadi, bu me'da-ichak infektsiyalarini yuzaga kelishini oshiradi. Xlorid kislotasi sekretsiyasini pasayishi oqibatida xromogranin A (CgA) kontsentratsiyasini oshiradi. Qon plazmasida CgA kontsentratsiyasini oshishi neyroendokrin o‘smalarni aniqlash yuzasidan o‘tkaziladigan tekshiruvlarning natijalariga ta'sir ko‘rsatishi mumkin. Ushbu ta'sirni oldini olish uchun CgA kontsentratsiyasini aniqlash tekshiruvini o‘tkazishdan 5 kun oldin omeprazolni qabul qilishni vaqtincha to‘xtatish kerak.
Jigar funktsiyasini yaqqol yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda omeprazol preparati bilan davolash vaqtida “jigar” fermentlari ko‘rsatkichlarini muntazam nazorat qilish kerak.
Preparat saxaroza saqlaydi, shuning uchun uglevod almashinuvining tug‘ma buzilishlari (fruktozani o‘zlashtiraolmaslik, saxaroza/izomaltoza yetishmovchiligi, glyukozo-galaktoz malabsorbtsiyasi) bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llash mumkin emas.
NYaQP ni qabul qilish bilan bog‘liq eroziv-yarali shikastlanishlarni davolaganda yaraga qarshi davolashning samaradorligini oshirish uchun NYaQP bilan davolashni cheklash yoki to‘xtatish masalasini sinchkovlik bilan ko‘rib chiqish kerak.
Preparat natriy saqlaydi, buni natriy nzoratlangan parhezga rioya qilayotgan patsiyentlarda e'tiborga olish kerak. Omeprazol preparati bilan samarani bir maromda ushlab turuvchi uzoq vaqt (1 yil ko‘p) davolashning fotsla va xavfini muntazam baholash kerak. Asosan keksa patsiyentlarda, shuningdek moyil omillari bo‘lgan patsiyentlarda umurtqa, bilak suyaklari, son suyagini sinishlari yuzaga kelishi xavfini oshishi haqida ma'lumotlar bor. Osteoporoz rivojlanishi xavfi bo‘lgan patsiyentlarda D vitamini va kaltsiyni adekvat iste'mol qilishini ta'minlash kerak.
Proton nasos ingibitorlari, shu jumladan omeprazol bilan uzoq vaqt davolanayotgan patsiyentlarda, ayniqsa digoksin yoki qon plazmasida magniyning darajasini pasaytiruvchi boshqa preparatlar bilan birga qo‘llanilganda magniyning darajasini muntazam nazorat qilish kerak.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi
Tadqiqot natijalari homiladorlikni kechishi, homilani va yangi tug‘ilgan chaqaloqning sog‘lig‘iga noxush ta'siri yo‘qligini namoyish etadi. Omeprazolni homiladorlik va emizish davrida qo‘llash mumkin. Omeprazol ko‘krak suti bilan ajraladi, lekin terapevtik dozalarda qo‘llanilganda bolaga ta'sir ko‘rsatishining ehtimoli kam.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari ongni chalkashishi, ko‘rishni noaniqliligi, uyquchanlik, og‘izni qurishi, ko‘ngil aynishi, taxikardiya, aritmiya, bosh og‘rig‘i.
Davolash simptomatik. Gemodializ yetarli darajada samarali emas.
Spetsifik antidoti mavjud emas. Davolash simptomatik.
Chiqarilish shakli
Kapsulalar 20 mg.
10 kapsuladan kontur uyali o‘ramda.
3 kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
/Iste'molchilardan e'tirozlarni qabul qiluvchi tashkilot
“Aktsionernoye Kurganskoye obщestvo meditsinskix preparatov i izdeliy «Sintez» ochiq aktsionerlik jamiyati (“Sintez” OAJ).
640008, Rossiya, Kurgan sh., Konstitutsiya prospekti, 7
tel/faks (3522) 48-16-89
e-mail ontir@kurgansintez.ru
Ishlab chiqaruvi-korxonaning internet-sayti http//www.kurgansintez.ru
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.