Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Rabemak 20mg №14
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Рабепразол в комбинации с другими препаратами
Страна производитель
Индия
Дозировка
20 мг
Производитель
Macleods Pharmaceuticals Ltd
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Rabemak
Ta'sir qiluvchi modda (XPN) rabeprazol
Dori shakli
ichakda eruvchan qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Tarkibi
Har bir tabletka saqlaydi
Faol modda rabeprazol natriy - 10 mg yoki 20 mg
Yordamchi moddalar mannitol (181,5 mg/171,5 mg), quyimolekulyar gipromelloza
(30,0 mg/30,0 mg), magniy oksidi (55,0 mg/55,0 mg), etiltsellyuloza (5,5 mg/5,5 mg), talk (5,0 mg/5,0 mg), magniy stearati (3,0 mg/3,0 mg).
Ichki qobiq etiltsellyuloza (1,34 mg/1,34 mg).
Ichakda eruvchan qobiq metakril kislotasining sopolimeri A turi (10,22 mg/10,22 mg), dietilftalat (2,05 mg/2,05 mg), talk (2,98 mg/2,98 mg), titan dioksidi (2,58 mg/2,58 mg), magniy stearati (0,85 mg/0,85 mg).
Plyonka qobiq gipromelloza (3,42 mg/3,42 mg), propilenglikol (2,75 mg/2,75 mg), dietilftalat (0,33 mg/0,33 mg), talk (0,55 mg/0,55 mg), titan dioksidi (0,80 mg/0,80 mg), temir II oksidi bo‘yovchisi (10 mg li tabletkalarda 0,13 mg), temir III oksidi bo‘yovchisi
(20 mg li tabletkalarda 0,13 mg).
Ta'rifi
10 mg dozali tabletkalar dumaloq, ikki yoqlama qavariq, sariq rangli qobiq bilan qoplangan, ikki tomoni silliq yuzali tabletkalar. Ko‘ndalang kesimda tabletkalarning rangi - oq.
20 mg dozali tabletkalar dumaloq, ikki yoqlama qavariq, jigarrangroq-qizil rangli qobiq bilan qoplangan, ikki tomoni silliq yuzali tabletkalar. Ko‘ndalang kesimda tabletkalarning rangi - oq.
Farmakoterapevtik guruhi
me'da bezlarining sekretsiyasini pasaytiruvchi vosita - proton nasosining ingibitori.
ATX kodi A02VS04
Farmakologik xususiyatlari
Proton nasosi ingibitorlari (N+/K+-ATF-aza) guruhiga mansub me'da va o‘nikki barmoq ichak yarasiga qarshi vosita. Me'daning pariyetal xujayralarida metabolizmga uchraydi va faol sulfonamid hosilalarini hosil qiladi, ular N+/K+-ATF-aza sulfgidril guruhlarini faolsizlantiradi. Ta'sirlovchining tabiatidan qat'iy nazar, bazal va rag‘batlantirilgan sekretsiya miqdorini pasaytirib, xlorid kislotasining sekretsiyasini yakuniy bosqichini bloklaydi. Yuqori lipofillikka ega, me'daning pariyetal xujayralariga yengil kiradi va sitoprotektor ta'sir ko‘rsatib va gidrokarbonatning sekretsiyasini oshirib, ularda yig‘iladi. 20 mg peroral qabul qilinganidan keyin antisekretor samarasi 1 soat davomida yuz beradi va 2-4 soat o‘tgach maksimumga yetadi; birinchi doza qabul qilinganidan keyin kislotani bazal va ovqat bilan rag‘batlantirilgan sekretsiyasini susayishi muvofiq 62 va 82% ni tashkil qiladi, ta'sir davomiyligi - 48 soat. Preparatni qabul qilish to‘xtatilganidan keyin sekretor faollik 2-3 kun davomida normallashadi. Davolashning birinchi 2-8 haftasi davomida qon zardobida gastrinning kontsentratsiyasi oshadi va bekor qilinganidan keyin 1-2 hafta davomida dastlabki darajalariga qaytadi. Helicobacter pylori ga qarshi faollikka ega MPK 4-16 mkg/ml. Qator antibiotiklarning antixelikobakter faolligini namoyon bo‘lishini tezlashtiradi. Markaziy nerv tizimiga, yurak-tomir va nafas tizimiga ta'sir qilmaydi. Preparat qalqonsimon bezi faoliyatiga, uglevodlarning metabolizmiga, qondagi paratireoid gormoni, kortizol, estrogen, testosteron, prolaktin, xoletsistokinin, sekretin, glyukagon, follikulostimullovchi gormon, lyuteinlovchi gormon, renin, aldosteron va somatotrop gormonining kontsentratsiyasiga ta'sir qilmaydi.
Farmakokinetikasi
So‘rilishi. Rabeprazol ichakdan tez so‘riladi, doza qabul qilinganidan keyin plazmadagi maksimal kontsentratsiyasiga (TSmax) erishish vaqti taxminan 3,5 soatni tashkil qiladi. 10 dan 40 mg gacha dozalar diapazonida plazmadagi rabeprazolning maksimal kontsentratsiyasining egri chizig‘i (Smax) va farmakokinetik egri chiziq ostidagi maydoni (AUC)ning qiymatlari orasidagi bog‘liq bir tekis xarakterga ega. Rabeprazolni so‘rilishi ovqat qabul qilish yoki preparatni qabul qilish vaqtiga qarab o‘zgarmaydi. Preparat jigarda sitoxrom CYP2C9 va CYP3A izofermentlari ishtirokida metabolizmga uchraydi. 20 mg peroral qabul qilinganidan keyin biokiraolishligi asosan jigar orqali birinchi o‘tish metabolizmi tufayli, taxminan 52% ni tashkil qiladi. Bundan tashqari, rabeprazol ko‘p marta qabul qilinganida biokiraolishligi o‘zgarmaydi.
Taqsimlanishi, metabolizmi va chiqarilishi. Rabeprazolning plazma oqsillari bilan bog‘lanish darajasi taxminan 97% ni tashkil qiladi. Asosiy metaboliti tioefiri (1) va karbon kislotasidir (M6), past kontsentratsiyalarda mavjud bo‘lgan ikkinchi darajali metabolitlari esa, sulfon (M2), demetiltioefiri (M4) va merkaptur kislotasining kon'yugatidan (M5) iborat. Faqat dimetil metaboliti (M3) kuchsiz antisekretor faollikka ega, lekin u plazmada topilgan emas. 20 mg nishonlangan 14S rabeprazol bir marta qabul qilinganidan keyin preparatni o‘zgarmagan xolda siydik bilan chiqarilishi aniqlanmagan. Rabeprazolning taxminan 90% siydik bilan ikki metaboliti mekaptur kislotasi kon'yugati (M5) va karbon kislotasi (M6) ko‘rinishida va taxminan 10% - ahlat bilan chiqariladi.
Jins. Sog‘lom ko‘ngillilar tomonidan 20 mg rabeprazol bir marta qabul qilinganidan keyin tana vazni va bo‘yi bir xil bo‘lgan patsiyentlarning farmakokinetik parametrlarida jinsga bog‘liq xech qanday axamiyatli farqlar aniqlanmagan.
Buyrak yetishmovchiligi. Gemodializga muhtoj bo‘lgan (kreatinin klirensi minutiga 5 ml dan kam) turg‘un terminal buyrak yektishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda rabeprazolning yarim chiqarilish davri (T1/2) gemodializ vaqtida 0,95 soatni va gemodializdan keyin 3,6 soatni tashkil qiladi. Sog‘lom ko‘ngillilardagi 0,82 soat bilan solishtirganda, 0,82 soat. Bu patsiyentlarda AUC va Cmax qiymatlari sog‘lom ko‘ngillilardagiga qaraganda taxminan 35% ga past.
Jigar yetishmovchiligi. Surunkali jigar yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda 20 mg rabeprazol bir marta qabul qilinganidan keyin AUC qiymati ikki barobar oshadi, T1/2 2-3 marta oshadi. Lekin rabeprazolni sutkada 20 mg dan 7 kun davomida qabul qilinganidan keyin AUC faqat 1,5 marta, Cmax esa - 1,2 marta oshadi. Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda rabeprazolning T1/2, jigar faoliyati normal bo‘lgan patsiyentlardagi 2,1 soatga nisbatan 12,3 soatni tashkil qiladi. Farmakodinamik javob (me'dadagi rN nazorati) ikkala guruhda bir xil.
Keksa patsiyentlar. Keksa patsiyentlarda rabeprazolni chiqarilishi sekinlashgan. Sutkada 20 mg rabeprazolni 7 kunlik qabul qilishdan keyin keksa shaxslarda AUC taxminan ikki barobarga, Cmax esa - 60% ga oshadi. Lekin rabeprazolning kumulyatsiyasini belgilari aniqlanmaydi.
CYP2C19 polimorfizmi. CYP2C19 metabolizmi sekinlashgan patsiyentlarda sutkada 20 mg dozada rabeprazol 7 kun qabul qilinganidan keyin, “tez metabolizatorlar” dagi shu parametrlar bilan solishtirilganda, AUC 1,9 marta, T1/2 esa - 1,6 marta oshadi, shu vaqtning o‘zida Cmax esa 40% ga oshadi.
Qo‘llanilishi
Zo‘rayish bosqichidagi o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi.
Zo‘rayish bosqichidagi me'da yara kasalligi.
Gastroezofagal reflyuks kasalligi (GERK) eroziv reflyuks ezofagit (davolash), GERK simptomatik davolash (shu jumladan NERK - noeroziv reflyuks kasalligi).
Zollinger-Ellison sindromi yoki patologik gipersekretsiya bilan ifodalanuvchi boshqa holatlar.
Antibakterial vositalar bilan majmuada quyidagi holatlarda ishlatiladi
- me'da yara kasalligi yoki surunkali gastriti bo‘lgan patsiyentlarda Helicobacter pylori eradikatsiyasi;
- Helicobacter pylori bilan bog‘liq bo‘lgan yara kasalligi bo‘lgan patsiyentlarda yaraning qaytalanishlarini davolash va oldini olish.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga, tabletkani chaynamasdan va maydalamasdan butunligicha yutiladi.
Zo‘rayish bosqichidagi me'da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligida ichga 1 tabletka
(20 mg) dan sutkada 1 marta ertalab 4-6 hafta davomida qabul qilish tavsiya etiladi.
Gastroezofagal reflyuks kasalligi (GERK) bo‘lgan patsiyentlarga 20 mg li 1 tabletkadan sutkada 1 marta 4-8 hafta davomida qabul qilish tavsiya etiladi.
GERK da tutib turuvchi davolash uchun preparat 10 mg yoki 20 mg dozada kuniga 1 marta (patsiyentning javobiga qarab) buyuriladi.
Ezofagiti bo‘lmagan patsiyentlarda GERK ni simptomatik davolash uchun preparat 10 mg dozada kuniga 1 marta 4 hafta davomida buyuriladi. Agarda o‘tkazilgan davolash kursidan keyin simptomlar yo‘qolmasa, patsiyentni qo‘shimcha tekshiruvini o‘tkazish kerak.
Zollinger-Ellison sindromi va patologik gipersekretsiya bilan ifodalanuvchi boshqa xolatlarni davolash uchun doza shaxsiy ravishda tanlanadi. Boshlang‘ich doza - kuniga
60 mg, so‘ngra u oshiriladi va bir marta qabul qilishda preparat kuniga 100 mg gacha dozada yoki 60 mg dan kuniga 2 marta buyuriladi. Ayrim patsiyentlar uchun preparatni bo‘lib dozalash afzalroq hisoblanadi. Davolash klinik zaruratga qarab, davom etishi kerak. Zollinger-Ellison sindromi bo‘lgan ayrim bemorlarda rabeprazol bilan davolashning davomiyligi bir yilgachani tashkil qilgan.
Helicobacter pylori bilan infektsiyalanish bilan bog‘liq bo‘lgan o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi yoki surunkali gastritni davolash uchun, shifokorning tavsiyasi bo‘yichaantibiotiklarning muvofiq majmuasini ishlatish bilan eradikatsiyani bir necha variantlari ishlatiladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Me'da-ichak yo‘llarining a'zolari tomonidan diareya, ko‘ngil aynishi, qusish, qorin og‘rig‘i, qabziyat, meteorizm, jigar transaminazalari faolligini oshishi, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatini quruqligi; kam hollarda- ishtahani pasayishi, stomatit.
Nerv tizimi va sezgi a'zolari tomonidan bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, uyquchanlik, asteniya; kam - depressiya, ko‘rish va ta'm hissini buzilishi.
Yurak-tomir tizimi va qon (qon yaratilishi, gemostaz) tomonidan trombotsitopeniya, leykopeniya.
Tayanch-harakat apparati tomonidan mialgiya, boldir mushaklarini tirishishlari, artralgiya, uzoq muddat katta dozalar qabul qilinganida son, bilak va umurtqa pog‘onalarini sinishi xavfi yuqori bo‘ladi.
Respirator tizimi tomonidan faringit, rinit; kam hollarda - yo‘tal, sinusit.
Allergik reaktsiyalar teri toshmasi.
Boshqalar orqada og‘riq, grippsimon sindrom, isitma; kam hollarda - tana vaznini oshishi, kuchli terlash.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
-rabeprazol yoki almashingan benzimidazollarga o‘ta yuqori sezuvchanlik;
-homiladorlik va laktatsiya davri
-bolalik yoshi.
Ehtiyotkorlik bilan
-buyrak va jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan bemorlarda.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Rabeprazol jigarda mikrosomal oksidlanish yo‘li bilan metabolizmga uchraydigan ayrim dori preparatlarini (diazepam, fenitoin, bilvosita antikoagulyantlar) chiqarilishini sekinlashtiradi.
Ketakonazolning kontsentratsiyasini 33% ga, digoksinning kontsentratsiyasini - 22% ga pasaytiradi.
Rabeprazol ampitsillin va varfarin, fenitoin, teofillin va diazepam kabi CYP450 tizimi fermentlari tomonidan metabolizmga uchraydigan boshqa dorilar bilan klinik axamiyatli o‘zaro ta'sirga kirishmaydi. Bir vaqtda qabul qilinganida plazmada rabeprazol va klaritromitsinning faol metaboliti muvofiq 24 va 50% ga oshadi.
Tadqiqotlarda preparatni suyuq antatsid preparatlar bilan o‘zaro ta'siri aniqlanmagan.
Rabeprazolni ovqat bilan klinik ahamiyatli o‘zaro ta'siri aniqlanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Davolashni boshlashdan oldin me'dani xavfli o‘smasini istisno qilish kerak (rabeprazol bilan davolash fonidagi simptomatik yaxshilanish o‘z vaqtida tashxis qo‘yishni qiyinlashtirishi mumkin).
Buyrak va jiga faoliyatini buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda va keksa patsiyentlarda rabeprazolni birinchi buyurishda ehtiyotkorlikka rioya qilish tavsiya etiladi.
Rabeprazol bilan bir vaqtda ketokonazol yoki digoksin olayotgan patsiyentlar, qo‘shimcha kuzatuvga muhtojdirlar (ko‘rsatilgan preparatlarning dozasini to‘g‘rilash talab qilinishi mumkin).
Proton nasosining ingibitorlari davomli qo‘llanganida katta dozalarda yoki uzoq vaqt qabul qilinganida son, bilak va umurtqa pog‘onalarini sinish xavfi bo‘lishi mumkin. Shifokor mumkin bo‘lgan xavfning hisobi bilan preparatning optimal dozasi va davolash kursining davomiyligini tanlashi kerak.
Preparat birinchi marta qabul qilinganda yoki u bekor qilinganida ta'sirini o‘ziga xos xususiyatlariga ega emas. 20 mg rabeprazol qabul qilinganidan keyin antisekretor samara 1 soat davomida paydo bo‘ladi va 2-4 soat o‘tgach maksimumiga yetadi. Rabeprazol natriyning kislota sekretsiyasiga ingibirlovchi samarasi 1 tabletka preparatni har kuni qabul qilish jarayonida biroz kuchayadi, sekretsiyani turg‘un susayishiga prepartni qabul qilish boshlanganidan keyin 3 kun o‘tgach erishiladi. Rabeprazolni qabul qilish tugaganidan keyin sekretor faollik 2-3 kun o‘tgach tiklanadi.
Bir dozani qabul qilish o‘tkazib yuborilganida, preparatning navbatdagi dozasini belgilangan vaqtda qabul qilish kerak, preparatning ikki barobar yuqori dozasini qabul qilish kerak emas.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi
Rabeprazolni homilador ayollarga buyurish mumkin emas. Preparatni homiladorlik vaqtida qo‘llash oqibatidagi ta'sirini o‘rganish bo‘yicha tekshirishlar o‘tkazilmagan.
Davolash vaqtida emizishni to‘xtatish kerak. Rabeprazolni ko‘krak suti bilan chiqarilishi noma'lum. Emizuvchi ayollarda muvofiq tadqiqotlar o‘tkazilmagan.
Transport vositalarini va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Davolanish davrida diqqatni yuqori jamlashni va psixomotor reaktsiyalar tezligini talab qiluvchi potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishdan saqlanish kerak.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Rabeprazolning dozasini oshirib yuborilishini simptomlari ta'riflanmagan, hozirgi kungacha qasddan dozani oshirib yuborilish hollari haqida ma'lumotlar tushmagan.
Davolash Spetsifik antidoti noma'lum. Rabeprazol plazma oqsillari bilan yaxshi bog‘lanadi, shuning uchun dializ yordamida chiqarilmaydi. Simptomatik va tutib turuvchi davolashni o‘tkazish tavsiya qilinadi.
Chiqarilish shakli
Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar 10 mg yoki 20 mg.
10 tabletka alyumin folga striplarda; 3 strip qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
7 tabletka alyumin folga striplarda; 2 strip qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan ximoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
Macleods Pharmaceuticals Ltd.,
304, Atlanta Arkade, Marol Chach Roud, Anderi (Ist), Mumbay - 400059
HINDISTON
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.