Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Ran-Dit 150 tab. 150mg №100
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Ранитидин
Страна производитель
Индия
Дозировка
150 мг
Производитель
Combitic Global Caplet Pvt. Ltd
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Ran-Dit 150.
Ta'sir qiluvchi modda (XPN) ranitidin gidroxloridi
Dori shakli
plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Tarkibi
Plyonka qobiq bilan qoplangan bir tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol modda ranitidin gidroxloridi (ranitidinga qayta hisoblanganda) – 150 mg;
yordamchi moddalar makkajo‘xori kraxmali, ikki asosli kaltsiy fosfati, mikrokristall sellyuloza, natriy kraxmal glikolyati, kolloid kremniy dioksidi, tozalangan tal’k, magniy stearati.
qobig‘ining tarkibi gidroksipropilmetiltsellyuloza), tozalangan tal'k, titan dioksidi, propilenglikol 6000, Sunset Yellow Lake bo‘yovchisi.
Ta'rifi dumaloq, ikki tomonlama qavariq, zarg‘aldoq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
me'da-ichak yarasiga qarshi vosita (N2-gistamin retseptorlari blokatori).
ATX kodi A02VA02
Farmakologik xususiyatlari
N2-gistamin retseptorlarini II avlod blokatoridir. Ta'sir mexanizmi me'da shilliq qavatidagi pariyetal xujayralar membranalaridagi N2-gistamin retseptorlarini bloklash bilan bog‘liq. Kunduzgi va tungi, shuningdek bazal va rag‘batlantirilgan HCl sekretsiyasini susaytiradi, ovqat yuklamasi sababli me'dani cho‘zilishi, gormonlar ta'siri va biogen rag‘batlantiruvchilar (gastrin, gistamin, atsetilxolin, pentagastrin, kofein) chaqirgan me'da shirasining hajmini kamaytiradi. Sitoxrom R450 bilan bog‘liq “jigar” fermentlarini deyarli susaytirmay, me'da shirasida HCl miqdorini kamaytiradi, plazmada gastrin kontsentratsiyasi va shilliq ishlab chiqarilishiga ta'sir qilmaydi. Pepsinning faolligini kamaytiradi.
Qon zardobida Sa2+ kontsentratsiyasiga ta'sir qilmaydi. Terapevtik dozalarda peroral qabul qilinganidan keyin, prolaktinning kontsentratsiyasiga ta'sir qilmaydi (ranitidinni 100 mg va undan ko‘proq dozada vena ichiga yuborilganidan keyin qon zardobida prolaktinning kontsentratsiyasi ahamiyatsiz darajada o‘tkinchi oshishi mumkin).
Gipofiz gormonlarini gonadotropin, tireotrop gormoni va somatrop gormonini chiqarilishiga ta'sir qilmaydi. Kortizol, aldosteron, androgenlar yoki estrogenlar kontsentratsiyasiga, spermatozoidlarning harakatchanligiga, spermaning miqdori va tarkibiga ta'sir qilmaydi, shuningdek antiandrogen ta'sir qilmaydi.
Vazopressinni ajralishini susaytirishi mumkin.
Me'da shilliq qavatining himoya mexanizmlarini kuchaytiradi va me'da shirasini hosil bo‘lishini oshishi, unda glikoproteinlar miqdorini oshishi, me'da shilliq qavati tomonidan gidrokarbonat sekretsiyasini, undagi endogen Pg sintezini va regeneratsiya tezligini rag‘batlantirish yo‘li bilan HCl ta'siri bilan bog‘liq (shu jumladan, me'da-ichak yo‘llaridan qon ketishini to‘xtashi va stress yaralarini chandiqlanishi) uning shikastlanishlarini bitishiga yordam beradi. 150 mg dozada 8-12 soat davomida me'da shirasi sekretsiyasini susaytiradi. Mikrosomal fermentlarni ingibirlaydi (tsimetidindan sustroq).
Farmakokinetikasi
Tez so‘riladi, ovqat qabul qilish so‘rilish darajasiga ta'sir qilmaydi. Biokiraolishi – 50%. Maksimal kontsentratsiyasi – 150 mg ranitidin; maksimal kontsentratsiyasiga erishish uchun zarur vaqt – 2-3 soat. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi – 15%. Gematoentsefalik to‘siq orqali yomon o‘tadi; yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi va ona sutiga kiradi (ayollarda laktatsiya davrida ona sutidagi kontsentratsiyasi plazmadagi kontsentratsiyasidan yuqori). Jigarda ahamiyatsiz darajada metabolizmga uchraydi va dezmetilranitidin va ranitidinning S-oksidini hosil qiladi. Jigardan “birinchi o‘tish” samarasiga ega. Chiqarilish tezligi va darajasini jigarning holatiga bog‘liqligi kam. Kreatinin klirensi (KK) normal bo‘lganida yarim chiqarilish davri -2,5 soat, KK minutiga 20-30 ml bo‘lganida – 8-9 soatni tashkil qiladi.
60-70% buyrak orqali (asosan o‘zgarmagan shaklda 35%) va ichak orqali chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Davolash va oldini olishda – me'da va 12-barmoq ichak yara kasalligi, NYaQP-gastropatiya, jig‘ildon qaynashi (giperxlorgidriya bilan bog‘liq), me'da shirasini gipersekretsiyasi, simptomatik yaralar, me'da-ichak yo‘llarining stress yaralari, eroziv ezofagit, reflyuks-ezofagit, Zollinger-Ellison sindromi, tizimli mastotsitoz, poliendokrin adenomatoz; ovqat qabul qilish bilan bog‘liq yoki uyquni buzuvchi epigastral yoki to‘sh orti og‘riqlari bilan xarakterlanadigan, ammo yuqoridagi holatlarga bog‘liq bo‘lmagan dispepsiya; me'da-ichak yo‘llarining yuqori sohalaridan qon ketishi, operatsiyadan keyingi davrda me'dadan qon ketishini oldini olish; umumiy anesteziya ostida operatsiya o‘tkaziladigan bemorlarda me'da shirasi aspiratsiyasini (Mendelson sindromi) oldini olish, aspiratsion pnevmonit (profilaktika), revmatoid artrit (yordamchi davolash sifatida).
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga. Me'da va 12-barmoq ichak yara kasalligi (zo‘rayish bosqichi), operatsiyadan keyingi yaralarda – 150 mg dan sutkada 2 marta yoki kechqurun 300 mg dan 4-8 hafta davomida. Ushbu muddatda chandiqlanishi kuzatilmagan patsiyentlarda – keyingi 4 hafta davomida davolash davom ettiriladi.
Qaytalanishlarni oldini olish – kechqurun 150 mg; chekuvchi patsiyentlarga – kechqurun 300 mg.
NYaQP-gastropatiya – 150 mg dan sutkada 2 marta yoki kechqurun 300 mg dan 8-12 hafta davomida; profilaktika – 150 mg dan sutkada 2 marta buyuriladi.
Eroziv reflyuks-ezofagit - 150 mg sutkada 2 marta yoki kechqurun 300 mg dan 8 hafta davomida; zarurati bo‘lganida davolash kursini 12 haftagacha uzaytiriladi. Reflyuks-ezofagitning II-III og‘irlik daradasida dozani 12 hafta davomida 4 qabulda sutkada 600 mg gacha oshiriladi. Uzoq muddatli profilaktik davolash – 150 mg sutkada 2 marta.
Zollinger-Ellison sindromi – boshlang‘ich doza 150 mg sutkada 3 marta; zarurati bo‘lganida – sutkada 6 g gacha.
Dispepsiyaning surunkali epizodlarida – 150 mg dan sutkada 2 marta 6 hafta davomida.
Peptik yarani davolash uchun bolalarga – 2-4 mg/kg sutkada 2 marta; reflyuks-ezofagitda – 2-
8 mg/kg sutkada 3 marta; maksimal sutkalik doza – 300 mg.
Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarga dozalash tartibini to‘g‘rilash talab etiladi. KK minutiga 50 ml dan kam bo‘lganida – sutkada 150 mg. Yo‘ldosh jigar faoliyatini buzilishi bo‘lganda dozani keyinchalik kamaytirish talab etilishi mumkin.
Gemodializda bo‘lgan bemorlarga navbatdagi dozani gemodializ tugaganidan keyin darhol buyuriladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan ko‘ngil aynishi, og‘izni qurishi, qabziyat, qusish, diareya, qorinda og‘riq, sariqlik, “jigar” transaminazalari faolligini oshishi, kam – gepatotsellyulyar, xolestatik yoki aralash gepatit, o‘tkir pankreatit.
Qon yaratish a'zolari tomonidan leykopeniya, trombotsitopeniya; agranulotsitoz, pentsitopeniya, neytropeniya, immun gemolitik va aplastik anemiya.
Yurak-tomir tizimi tomonidan arterial bosimni pasayishi; bradikardiya, taxikardiya, vaskulit, aritmiya, atrioventrikulyar (AV) blokada.
Nerv tizimi tomonidan bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, gipertermiya, yuqori charchoqlik, uyquchanlik; uyqusizlik, emotsional labillik, bezovtalik, xavotirlik, depressiya, asabiylik, kam- ongni chalkashishi, quloqni shang‘illashi, ta'sirchanlik, gallyutsinatsiyalar (asosan keksa yoshli va og‘ir darajali kasalligi bo‘lgan patsiyentlarda), beixtiyor harakatlar.
Sezgi a'zolari tomonidan ko‘rishni noaniqligi, akkomodatsiya falaji.
Tayanch-harakat apparati tomonidan artralgiya, mialgiya.
Endokrin tizimi tomonidan giperprolaktinemiya, ginekomastiya, amenoreya, potentsiyani va/yoki libidoni pasayishi.
Allergik reaktsiyalar eshakemi, teri toshmasi, qichishish, angionevrotik shish, anafilaktik shok, bronxospazm, ko‘p shaklli ekssudativ eritema, shu jumladan Stivens-Djonson sindromi, eksfoliativ dermatit, toksik epidermal nekroliz.
Boshqalar alopetsiya.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
O‘ta yuqori sezuvchanlik, laktatsiya davrida qo‘llash mumkin emas.
Ehtiyotkorlik bilan
Buyrak va/yoki jigar yetishmovchiligi, entsefalopatiya bilan jigar sirrozi (anamnezida), o‘tkir porfiriya (shu jumladan anamnezidagi), immunitetni susayishi, bolalar (12 yoshgacha), homiladorlik.
Homilaga ta'sir qilish toifasi – V (hayvonlarda reproduktivlikka o‘tkazilgan tadqiqotlarda homilaga nohush ta'siri xavfi aniqlanmagan, homilador ayollarda adekvat va qat'iy nazoratlangan tadqiqotlar o‘tkazilmagan).
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Metoprololning “kontsentratsiya-vaqt” egri chizig‘i ostidagi maydoni (AUC) va qon zardobidagi kontsentratsiyasi ortadi (80 va 50% muvofiq), bunda metoprololning yarim chiqarilish davri 4,4 dan 6,5 soatgacha oshadi.
Itrakonazol va ketokonazolni so‘rilishini kamaytiradi.
Fenazon, aminofenazon, diazepam, geksobarbital, propranolol, metoprolol, nifedipin, varfarin, diazepam, lidokain, fenitoin, teofillin, aminofillin, bilvosita antikoagulyantlar, glipizid, buformin, metronidazol, “sekin” kaltsiy kanallari blokatorlari (SKKB) ning jigarda metabolizmini susayiradi.
Prokainamidning kontsentratsiyasini oshiradi.
Antatsidlar, sukralfat ranitidinni so‘rilishini sekinlashtiradi (bir vaqtda qo‘llashda antatsidlar va ranitidinni qabul qilishlar orasidagi tanaffus kamida 1-2 soat bo‘lishi kerak).
Suyak ko‘migini susaytiruvchi dori vositalari neytropeniya xavfini oshiradi.
Chekish ranitidinning samaradorligini kamaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
12-barmoq ichak yara kasalligining simptomlari 1-2 hafta davomida yo‘q bo‘lishi mumkin, endoskopik yoki rentgen tekshirish ma'lumotlari bilan chandiqlanish tasdiqlanmagunigacha davolashni davom ettirish kerak.
Me'da kartsinomasi bilan bog‘liq simptomlarni niqoblanish mumkin, shuning uchun davolashni boshlashdan oldin xavfli o‘sma mavjudligini inkor qilish kerak.
Ranitidinni to‘satdan to‘xtatish maqsadgi muvofiq emas (“rikoshet” sindromi).
Stress holatida xolsizlangan bemorlarni uzoq muddatli davolashda me'dani bakterial shikastlanishi va keyinchalik infektsiya tarqalishi mumkin.
Itrakonazol yoki ketokonazolni so‘rilishini ahamiyatli darajada kamayishidan saqlanish uchun N2-gistamin retseptorlarining blokatorlarini ularni qabul qilgandan 2 soatdan keyin qabul qilish kerak.
Siydikda oqsil sinamasini o‘tkazishda soxta musbat reaktsiyani sababi bo‘lishi mumkin.
Qon zardobida kreatinin, gamma-glutamintransferaza (GGT) va transaminazalarning miqdorini oshiradi.
Me'daning kislota hosil qiluvchi faoliyatiga pentagastrin va gistaminning ta'siriga qarshilik qiladi, shuning uchun sinama o‘tkazilishidan 24 soat oldin uni qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Gistaminga teri reaktsiyasini susaytiradi, shu tariqa soxta musbat reaktsiyalarga olib keladi (tezkor turdagi allergik teri reaktsiyasini aniqlash uchun diagnostik teri sinamalarini o‘tkazishdan oldin preparatni qo‘llashni to‘xtatish tavsiya etiladi).
Preparatning me'dada kislota tungi sekretsiyasini ingibirlash samaradorligi chekish natijasida kamayishi mumkin.
Davolash vaqtida me'da shilliq qavati ta'sirlanishini chaqirishi mumkin bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari, ichimliklar va boshqa dori vositalarini iste'mol qilishdan saqlanish kerak.
Yaxshilanish kuzatilmaganida shifokorga murojaat qilish kerak.
Davolash davrida avtotransportni haydash va diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaktsiyalarning tezligini talab etuvchi potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari tirishishlar, bradikardiya, yurak qorinchalari aritmiyalari.
Davolash simptomatik. Peroral qabul qilinganda qusishni chaqirish va/yoki me'dani yuvish buyurilgan. Tirishishlar rivojlanganida – diazepam v/i, bradikardiyada – atropin, yurak qorinchalari aritmiyalarida – lidokain. Gemodializ samarasiz.
Chiqarilish shakli
10 tabletkadan alyumin folgali kontur uyasiz o‘ramda.
10 kontur uyasiz o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
Quruq, salqin, yorug‘likdan himoyalangan joyda, saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
“Combitic Global Caplet Pvt. Ltd.”, Hindiston.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.