Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Ranitidin tab. 150mg №20 Irbitskiy XFZ
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Ранитидин
Страна производитель
Украина
Дозировка
150 мг
Производитель
Здоровье,фармацевтическая компания,ООО,Украина
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Ranitidin
Ta'sir etuvchi modda (XPN) ranitidin
Dori shakli
qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Tarkibi
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi
yadroning tarkibi ranitidin gidroxloridi 0,168 g ranitidinga qayta hisoblanganda - 0,15 g;
yordamchi moddalar mikrokristall sellyuloza, povidon (tibbiy quyimolekulyar polivinilpirrolidon), magniy stearati, oydragit Ye 100, polietilenglikol 4000, talk, titan dioksidi.
Ta'rifi oq yoki och-sariq tusli oq rangli, qobiq bilan qoplangan, dumaloq, ikki yoqlama qavariq tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
me'da bezlarining sekretsiyasini pasaytiruvchi vositalar - N2-gistamin retseptorlarining blokatori.
ATX kodi A02VA02
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Ranitidin - me'da shilliq qavatining pariyetal hujayralari N2-gistamin retseptorlarining blokatoridir. Baroretseptorlarni ovqat yuklamasi, gormonlar va biogen rag‘batlantiruvchilar (gastrin, gistamin, pentagastrin) yordamida ta'sirlanishi natijasida chaqirilgan xlorid kislotasining bazal va rag‘batlantirilgan sekretsiyasini pasaytiradi. Ranitidin me'da shirasining hajmini va undagi xlorid kislotasining miqdorini kamaytiradi, me'da ichidagisining rN oshiradi, bu pepsinning faolligini pasayishiga olib keladi. Terapevtik dozalarda peroral qabul qilingandan keyin prolaktinning darajasiga ta'sir qilmaydi. Mikrosomal fermentlarni ingibitsiya qiladi.
Bir marta qabul qilinganidan keyin ta'sirining davomiyligi 12 soatgacha davom etadi.
Farmakokinetikasi
Tez so‘riladi, ovqat qabul qilish so‘rilish darajasiga ta'sir qilmaydi. Ichga qabul qilinganida ranitidinning biokiraolishligi taxminan 50% ni tashkil qiladi. Plazmadagi maksimal kontsentratsiyasiga qabul qilingandan so‘ng 2-3 soat o‘tgach erishiladi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi 15% dan oshmaydi. Jigarda dismetilranitidinning hosil bo‘lishi bilan biroz metabolizmga uchraydi. Jigardan «birinchi o‘tish» samarasiga ega. Chiqarilish tezligi va darajasi jigarning holatiga kam darajada bog‘liq. Ichga qabul qilinganidan keyingi yarim chiqarilish davri 2,5 soat, kreatinin klirensi minutiga 20-30 ml bo‘lganida – 8-9 soat. Asosan siydik bilan o‘zgarmagan holda, ozroq miqdori – ahlat bilan chiqariladi. Gematoentsefalik to‘siq orqali yomon o‘tadi. Yo‘ldosh orqali o‘tadi. Ko‘krak suti bilan chiqariladi (ayollarda laktatsiya davrida ko‘krak sutidagi kontsentratsiyasi plazmadagidan yuqori).
Qo‘llanilishi
Me'da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligini zo‘rayishini; nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar (NYaQP) ni qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lgan me'da va o‘n ikki barmoq ichak yarasini zo‘rayishini davolash va oldini olish; reflyuks-ezofagit, eroziv ezofagit; Zollinger-Ellison sindromi; me'da-ichak yo‘llarining yuqori bo‘limlarining operatsiyadan keyingi «stress» yaralarini davolash va oldini olish; me'da-ichak yo‘llarining yuqori bo‘limlaridan qon ketishini oldini olish; umumiy anesteziya ostidagi operatsiyalarda me'da shirasini tiqilib qolishi (Mendelson sindromi) ni oldini olish uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga, ovqat qabul qilishdan qat'iy nazar chaynamasdan, oz miqdordagi suyuqlik bilan birga qabul qilinadi.
Me'da va o‘n ikki barmoq ichakning yara kasalligi. Zo‘rayishlarini davolash uchun 150 mg dan sutkada 2 marta (ertalab va kechqurun) yoki 300 mg dan kechasiga buyuriladi. Zarurati bo‘lganida – 300 mg dan sutkada 2 marta. Davolash kursining davomiyligi – 4-8 hafta. Zo‘rayishni oldini olish uchun 150 mg dan kechasiga buyuriladi, chekuvchi patsiyentlarga – kechasiga 300 mg.
NYaQP qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lgan yaralar. 150 mg dan sutkada 2 marta yoki kechasiga 300 mg dan 8-12 hafta davomida buyuriladi. NYaQP qabul qilinganida yaralar hosil bo‘lishini oldini olish uchun – 150 mg dan sutkada 2 marta buyuriladi.
Operatsiyadan keyingi va «stress» yaralari. 150 mg dan sutkada 2 marta 4-8 hafta davomida buyuriladi.
Eroziv reflyuks-ezofagit. 150 mg dan sutkada 2 marta yoki 300 mg dan kechasiga buyuriladi. Zarurati bo‘lganida dozani 150 mg dan sutkada 4 martagacha oshirish mumkin. Davolash kursi 8-12 hafta. Uzoq muddatli profilaktik davolash – 150 mg sutkada 2 marta.
Zollinger-Ellison sindromi. Boshlang‘ich doza 150 mg dan sutkada 3 martani tashkil qiladi, Zarurati bo‘lganida dozani oshirish mumkin. Davolash davomiyligi – zaruratga ko‘ra.
Qaytalanuvchi qon ketishlarini oldini olish. 150 mg dan sutkada 2 marta. Davolash davomiyligi – zaruratga ko‘ra.
Mendelson sindromining rivojlanishini oldini olish. Umumiy anesteziyadan 2 soat oldin 150 mg dozada buyuriladi, shuningdek umumiy anesteziya arafasida kechqurun 150 mg buyurish yaxshiroq.
Jigar faoliyatini yondosh buzilishi bo‘lganida dozani pasaytirish talab qilinishi mumkin.
Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarga kreatinin klirensi minutiga 50 ml dan kam bo‘lganida tavsiya qilinadigan doza sutkada 150 mg ni tashkil qiladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Ovqat-hazm qilish tizimi tomonidan ko‘ngil aynishi, og‘izni qurishi, qabziyat, qusish, diareya, abdominal og‘riqlar; kam hollarda - gepatotsellyulyar, xolestatik yoki aralash gepatit, o‘tkir pankreatit.
Qon yaratish tizimi tomomonidan leykopeniya, trombotsitopeniya, agranulotsitoz, pantsitopeniya, suyak ko‘migining gipo- va aplaziyasi, immun gemolitik anemiyasi.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan arterial bosimni pasayishi, bradikardiya, aritmiya, atrioventrikulyar blokada.
Nerv tizimi tomonidan kuchli toliqish, uyquchanlik, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi; kam hollarda - ongni chalkashishi, quloqlarda shovqin, ta'sirchanlik, gallyutsinatsiyalar (asosan keksa patsiyentlar va og‘ir bemorlarda), ixtiyorsiz harakatlar.
Sezgi a'zolari tomonidan ko‘rishning noaniqligi, akkomodatsiya falaji.
Tayanch-harakat apparati tomonidan artralgiya, mialgiya.
Endokrin tizimi tomonidan giperprolaktinemiya, ginekomastiya, amenoreya, libidoni pasayishi, impotentsiya.
Taxikardiya, vaskulit, gipertermiya, uyqusizlik, emotsional labillik, bezovtalik, xavotirlik, depressiya, asabiylik, kam hollarda - ongni chalkashishi, quloqlarda shovqin, qichishish, eksfoliativ dermatit, toksik epidermal nekroliz.
Allergik reaktsiyalar eshakemi, teri toshmasi, angionevrotik shish, anafilaktik shok, bronxospazm, ko‘p shaklli ekssudativ eritema.
Boshqalar alopetsiya, giperkreatininemiya, glutamattranspeptidazaning faolligini oshishi, o‘tkir porfiriya.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Ranitidinga va preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Homiladorlik, laktatsiya, 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Ehtiyotkorlik bilan
Buyrak va/yoki jigar yetishmovchiligi, anamnezdagi portotizimli entsefalopatiyali jigar sirrozi, o‘tkir porfiriya (shu jumladan anamnezdagi); immunitetni susayishida ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Chekish ranitidinning samaradorligini pasaytiradi.
Qon zardobida metoprololning kontsentratsiyasini 50% ga oshiradi, bunda metoprololning yarim chiqarilish davri 4,4 dan 6,5 soatgacha oshadi.
Me'da ichidagisining rN ni oshishi oqibatida bir vaqtda qabul qilinganida intrakonazol va ketokonazolning so‘rilishini kamayishi mumkin. Intrakonazol va ketokonazolning so‘rilishini ahamiyatli kamayishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun N2-gistamin retseptorlarining blokatorlarini, ularni qabul qilgandan so‘ng 2 soat o‘tgach qabul qilish lozim.
Jigarda fenazon, aminofenazon, diazepam, geksobarbital, propranolol, lidokain, fenitoin, teofillin, aminofillin, bilvosita antikoagulyantlar, glipizid, buformin, metronidazol, kaltsiy antagonistlarining metabolizmini susaytiradi.
Suyak ko‘migini susaytiruvchi dori vositalari neytropeniya xavfini oshiradi.
Antatsidlar, sukralfat bilan bir vaqtda yuqori dozalarda qo‘llanganida ranitidinning so‘rilishini sekinlashishi mumkin, shuning uchun bu preparatlarni qabul qilish orasidagi tanaffus kamida 2 soat bo‘lishi kerak.
Maxsus ko‘rsatmalar
Ranitidin bilan davolash me'da kartsinomasi bilan bog‘liq bo‘lgan simptomlarni niqoblashi mumkin, shuning uchun davolashni boshlashdan oldin rak-yarani istisno qilish kerak.
Ranitidinni boshqa barcha N2-gistamin blokatorlari kabi, keskin bekor qilish mumkin emas («rikoshet» sindromi).
Kam quvvatli bemorlarni stress sharoitida uzoq muddatli davolashda keyinchalik infektsiyani tarqalishi bilan me'daning bakterial shikastlanishi yuz berishi mumkin.
12 yoshdan kichik bolalarda ranitidinning xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan.
Ranitidinni o‘tkir porfiriya xurujlarini chaqirishi mumkinligi to‘g‘risida xabarlar bor.
Davolanish davrida diqqatni yuqori jamlashni va tezkor psixomotor reaktsiyalarni talab qiluvchi potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishdan saqlanish kerak.
Glutamattranspeptidaza faolligini oshirishi mumkin.
N2-gistamin retseptorlarining blokatorlari pentagastrin va gistaminni me'daning kislota hosil qilish faoliyatiga qarshi ta'sir qilishi mumkin, shuning uchun test o‘tkazilishidan oldingi 24 soat davomida N2 gistamin retseptorlarining blokatorlarni qo‘llash tavsiya qilinmaydi.
N2-gistamin retseptorlarining blokatorlari gistaminga bo‘lgan teri reaktsiyasini bostirishi va shu tariqa soxtamusbat natijalarga olib kelishi mumkin (darxol tur teri allergik reaktsiyalarini aniqlash uchun diagnostik teri sinamalarini o‘tkazishdanoldin N2-gistamin retseptorlarining blokatorlarini qo‘llashni to‘xtatish tavsiya qilinadi).
Davolash vaqtida me'da shilliq qavatining ta'sirlanishini chaqirishi mumkin bo‘lgan ovqat mahsulotlari, ichimliklar va boshqa dori vositalarini iste'mol qilishdan saqlanish kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari tirishishlar, bradikardiya, qorinchalar aritmiyalari.
Davolash simptomatik. Tirishishlar paydo bo‘lganida – vena ichiga diazepam, bradikardiya yoki qorinchalar aritmiyalarida – atropin, lidokain.
Gemodializ - samarali.
Dozani oshirib yuborilishi
da birinchi yordam peroral qabul qilinganida qusishni qo‘zg‘atish yoki/va me'dani yuvish ko‘rsatilgan.
Chiqarilish shakli
Qobiq bilan qoplangan tabletkalar 150 mg.
10 tabletkadan kontur uyali o‘ramda
2 kontur uyali o‘ramdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
«Irbitskiy ximiko-farmatsevticheskiy zavod» OAJ,
623856, Sverdlov viloyati, Irbit sh, Kirov ko‘ch., 172
Tel. (34355) 3-61-01, faks (34355) 3-60-90
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.