Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Vis-nol 120 mg №100
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Висмута трикалия дицитрат
Страна производитель
Украина
Дозировка
120 мг
Производитель
Фармак
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Vis-nol
Ta'sir etuvchi modda (XPN) vismut subtsitrati (bismuth subcitrate)
Dori shakli
kapsulalar
Tarkibi
1 kapsula quyidagilarni saqlaydi
faol modda 120 mg Vі2O3 ga qayta hisoblanganda 499,8 mg kolloid vismut subtsitrati;
yordamchi moddalar kartoshka kraxmali, kaltsiy stearati.
Ta'rifi korpusi oq rangli, qopqog‘i sariq rangli, № 1 silindrik shakldagi qattiq jelatinli kapsulalar.
Kapsula ichidagisi - oq rangli yoki biroz sarg‘ish tusli oq rangli kukunsimon granulalangan aralashma, ammiak hidiga yo‘l qo‘yiladi.
Farmakoterapevtik guruhi
Peptik yara va gastroezofageal reflyuksli kasallikni davolash uchun vositalar. Vismut subtsitrati.
ATX kodi A02V X05.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Gastroprotektor ta'sirga ega. Me'daning kislotali muhitida kolloid vismut subtsitrati yaralar va eroziyalar yuzasida himoya plyonkasini hosil qiladi, bu ularning chandiq hosil qilib bitishiga yordam beradi va shilliq qavatni me'da shirasi ta'siridan saqlaydi. Preparat Ye2 prostaglandini sintezini rag‘batlantiradi, mutsin hosil bo‘lishini va gidrokarbonat sekretsiyasini ko‘paytiradi, nuqson zonasida o‘sishning epidermal omilini to‘planishiga olib keladi, pepsin va pepsinogen faolligini pasaytiradi.
Preparat Helicobacter rylori ga nisbatan mikroblarga qarshi faollikka ega.
Farmakokinetikasi
Kolloid vismut subtsitrati me'da-ichak yo‘llarida deyarli so‘rilmaydi, faol moddaning faqat uncha katta bo‘lmagan miqdori qonga o‘tadi va siydik bilan chiqariladi, bunda qon plazmasida vismut kontsentratsiyasi davolash tugaganidan keyin tezda pasayadi. Asosan ahlat bilan chiqariladi.
Qo‘llanilishi
-Me'da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi, gastrit, shu jumladan Helicobacter rylori tomonidan chaqirilgan gastrit (xelikobakteriyaga qarshi davolash sxemalari tarkibida);
-surunkali gastrit va zo‘rayish bosqichidagi, shu jumladan Helicobacter rylori tomonidan chaqirilgan gastroduodenit.
Qo‘llash usuli va dozalari
Oz miqdordagi suv bilan birga ichga qabul qilinadi.
Kattalar va 14 yoshdan boshlab bolalarga sutkada 4 marta 1 kapsuladan ovqatlanishdan30 minut oldin va kechasiga yoki sutkada 2 marta 2 kapsuladan ovqatlanishdan 30 minut oldin buyuriladi.
8 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga sutkada 2 marta 1 kapsuladan ovqatlanishdan 30 minut oldin buyuriladi.
4 yoshdan 8 yoshgacha bo‘lgan bolalarga sutkada 8 mg/kg dozada, sutkalik dozani 2 marta qabul qilishga bo‘lib, lekin sutkada 2 kapsuladan oshmagan holda buyuriladi.
Davolash kursining davomiyligi - 4-8 hafta. 8 hafta davomida tarkibida vismut saqlovchi preparatlarni qabul qilmaslik kerak.
Helicobacter rylori mavjud bo‘lganida xelikobakteriyaga qarshi davolash sxemalarida Vis-Noldan foydalanish shifokor tomonidan buyuriladi. Kvadroterapiyada Vis-Nolni sutkada 4 marta 120 mg dozada qabul qilishni tetratsiklin bilan sutkada 4 marta 500 mg dozada, metronidazol bilan sutkada 3 marta 500 mg dozada va proton pompasi ingibitori (omeprazol, lanzaprozol, pantaprazol yoki ezomeprazol) bilan sutkada 2 marta standart davolash dozasida birga amalga oshirish tavsiya etiladi. Majmuaviy davolash davomiyligi - 10-14 kun.
Yara nuqsoni regeneratsiyasini yaxshilash uchun Vis-Nol bilan keyingi davolashni amalga oshirish sutkada 4 marta nonushta, tushlik va kechki ovqatlanishdan 30 minut oldin, va to‘rtinchi marta uyqudan oldin 1 kapsuladan. Vis-Nol bilan davolashning umumiy davomiyligi - 6 haftagacha (eng ko‘pi bilan 8 hafta).
Nojo‘ya ta'sirlari
Ovqat hazm qilish yo‘llari tomonidan ahlatni qora rangga bo‘yalishi, ko‘ngil aynishi, qusish, qabziyat, diareya.
Teri va teri osti to‘qimasi tomonidan toshma, qichishish.
Immun tizimi tomonidan anafilaktik reaktsiyalar.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
Og‘ir buyrak yetishmovchiligi.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Vis-Nolni qabul qilishga qadar yarim soat oldin va qabul qilingandan keyin yarim soat keyin hech qanday boshqa dorilarni, ovqat yoki ichimliklarni, sut antatsidlari, mevalar yoki meva sharbatlarini iste'mol qilish mumkin emas, chunki ular preparat ta'sirini o‘zgartirishi mumkin.
Preparat tetratsiklinlarni so‘rilishini kamaytiradi; tarkibida vismut saqlovchi preparatlar (vikalin, vikair, roter) ni bir vaqtda qabul qilish qonda vismut kontsentratsiyasi haddan ziyod oshib ketish xavfini oshiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparat qo‘llanilganida ahlat qora rangga bo‘yalishi mumkin. Bunday holda shifokorga maslahat uchun murojaat qilish zarur.
Preparatni qabul qilishdan yarim soat oldin va qabul qilingandan keyin yarim soat keyin antatsid preparatlarini qabul qilish va sut ichish mumkin emas, chunki mavjud me'da shirasi himoya qatlamini shakllantirish uchun zarur bo‘ladi.
Kam hollarda entsefalopatiya yuzaga kelishi tufayli, vismut birikmalarini uzoq muddat davomida qabul qilish tavsiya etilmaydi. Preparatni tavsiya etilgan qabul qilish tartibiga rioya qilinganida ushbu nojo‘ya ta'sir yuzaga kelishi xavfi juda ham kam. Biroq Vis-Nolni qabul qilish davomida tarkibida vismut saqlovchi boshqa preparatlarni qabul qilish tavsiya etilmaydi.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanilishi.
Tavsiya etilmaydi.
Bolalar.
Vis-Nolni bolalarda 4 yoshdan boshlab qo‘llanadi.
Avtotransportni yoki boshqa mexanizmlarni boshqarishda reaktsiya tezligiga ta'sir qilish qobiliyati.
Vis-Nolni reaktsiya tezligiga salbiy ta'siri haqidagi ma'lumotlar yo‘q. Biroq preparatning bunday ta'siri ehtimoli kam.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Preparatning katta dozalari tez-tez qabul qilinganida doza oshirib yuborilishi mumkin bo‘lib, u 10 kundan keyin buyrak yetishmovchiligi uchun xos bo‘lgan simptomlar (qon plazmasida vismut darajasining oshishi) bilan ifodalanishi mumkin.
Qon plazmasida vismut yuqori miqdorda bo‘lishi bilan kechuvchi buyrak faoliyatini buzilishida kompleks hosil qiluvchi birikmalar – dimerkaptoqahrabo va dimerkaptopropansulfon kislotalari qo‘llaniladi.
Davolash me'dani yuvish va so‘ngra faollashtirilgan ko‘mir hamda osmotik surgi vositalarini qabul qilishdan iborat. Qo‘shimcha davolash sifatida vismut absorbtsiyasi majburiy emas. Buyrakning og‘ir kasalliklari bilan kechganida gemodializni o‘tkazish lozim.
Chiqarilish shakli
10 kapsuladan blisterda. 3 yoki 10 blisterdan qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
4 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
«Farmak» JAJ.
Ukraina, 04080, Kiyev sh., Frunze ko‘ch., 63.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.