Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Afala tab. №100
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Антитела к простатоспецифическому антигену аффино очищенные
Страна производитель
Россия
Дозировка
0,003 г
Производитель
ООО "НПФ Материя Медика Холдинг"
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Таблетки для рассасывания
Ko'rsatmalar
Preparatning savdo nomi
Afala
Dori shakli
shimish uchun gomeopatik tabletkalar
Tarkibi
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol modda prostatospetsifik antigenga affin tozalangan antitelolar – 0,003 g*;
yordamchi moddalar laktoza monogidrati, mikrokristall sellyuloza, magniy stearati.
* ta'sir etuvchi modda faol shaklining 10-15 ng/g dan ko‘p bo‘lmagan miqdorida suv-spirt aralashmasi shaklida laktoza monogidratga qo‘shiladi.
Ta'rifi oq rangdan deyarli oq ranggacha bo‘lgan, riskali va faskali yassi-tsilindrsimon shakldagi tabletkalar. Riskali yassi tomonida “MATERIA MEDICA” yozuvi, ikkinchi yassi tomonida “AFALA” yozuvi qayd etilgan.
Farmakoterapevtik guruhi
prostataning kasalliklarini davolash vositasi.
ATX kodi G04SX.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Prostata bezida yallig‘lanish va shish holatlarini kamaytiradi, uning funktsional holatini me'yorlashtiradi. Urodinamikani yaxshilaydi, qoldiq siydik hajmini kamaytiradi, siydik yo‘llari quyi bo‘limlari tonusini me'yorlashtiradi, dizurik buzilishlarni kamaytirishga yordam beradi.
Farmakokinetikasi
Zamonaviy fizika-kimyoviy tahlil usullari (gaz-suyuqlik xromatografiyasi, yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi, xromato-mass-spektrometriya) sezuvchanligi biologik suyuqliklar, organlar va to‘qimalardagi ta'sir etuvchi moddalar tarkibini baholash imkonini bermaydi, shu tufayli Afala preparati farmakokinetikasini o‘rganishning texnik jihatdan imkoniyati yo‘q.
Qo‘llanilishi
I va II bosqichdagi prostata bezining xavfsiz giperplaziyasi.
O‘tkir darajali va surunkali prostatitning majmui terapiyasi tarkibida – yallig‘lanishga qarshi va og‘riqsizlantiradigan preparat sifatida.
Dizurik buzilishlar (tez-tez qistashlar, shu jumladan tungi qistashlar, siyishda qiynalish, chot sohasida og‘riq yoki noqulaylik), shu jumladan birga kechadigan I va II bosqichdagi prostata bezining xavfsiz giperplaziyasi; o‘tkir darajali va surunkali prostatit.
Qo‘llanish usuli va dozalar
Ichga qabul qilinadi. Bir marta qabul qilish uchun 2 ta tabletka (og‘izda to‘liq erib ketgunigacha ushlab turish kerak – ovqatlanish vaqtida qo‘llanilmasligi kerak). Preparatni kuniga ikki marta, kechki payt va ertalab (uxlashga yotgungacha va uxlab turgandan so‘ng) qabul qilish kerak. Tavsiya etiladigan preparat qabul qilinishini davom ettirish muddati – 16 hafta.
Yaqqol ifodalangan og‘riq sindromida va dizurik buzilishlarda terapiyaning dastlabki 2-3 haftasida preparatni bir sutkada 4 martagacha qabul qilish tavsiya etilgan.
Zarur hollarda, shifokorning tavsiyasiga asosan 1-4 oydan so‘ng takroriy davolash kursini o‘tkazish mumkin.
Nojo‘ya ta'sirlari
Preparat tarkibiy moddalariga yuqori individual sezuvchanlik reaktsiyalari bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparat tarkibiy moddalariga yuqori individual sezuvchanlik. 18 yoshgacha bo‘lgan patsiyentlar uchun preparatning samaradorligi va xavfsizligiga doir ma'lumotlar yetarlicha emasligi tufayli ushbu yoshdagi patsiyentlarda qo‘llanilishi tavsiya etilmaydi.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Hozirgi vaqtgacha boshqa dori preparatlari bilan birga qo‘llanishi mumkin bo‘lmagan holatlar qayd etilmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparat tarkibida laktoza monogidrat mavjudligi tufayli tug‘ma galaktozemiya, glyukoza yoki galaktoza malabsorbtsiyasi sindromi yoxud tug‘ma laktaza yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarga ushbu preparatni buyurish tavsiya etilmaydi.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanilishi
Afala preparati ayollarda qo‘llanilish uchun mo‘ljallanmagan.
Transport vositalarini boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Afala preparati transport vositalarini va boshqa potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir etmaydi.
Dozaning oshirib yuborilishi
Doza oshirib yuborilgan holatda dori shakli tarkibiga kiradigan yordamchi moddalar bilan bog‘liq dispepsik holatlar bo‘lishi mumkin.
Ishlab chiqarish shakli
Shimilish uchun gomeopatik tabletkalar.
Polivinilxlorid plyonka va alyuminiy folgadan tayyorlangan konturli yacheykali o‘ramda 20 tadan tabletka. Kartonli qutida davlat va rus tillarida tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnoma bilan birga 5 tadan konturli yacheykali o‘ram joylashtirilgan.
Saqlash sharoiti
25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Preparat qo‘llanilish davri davomida konturli yacheykali o‘ram ishlab chiqaruvchi tomonidan nazarda tutilgan kartonli qutida saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Yaroqlilik muddati
tugaganidan so‘ng qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Qayd etish guvohnomasi berilgan yuridik shaxs
«NPF «MATERIA MEDIKA XOLDING» MChJ;
Rossiya, 127473, Moskva sh., “3-Samotechniy” ko‘chasi, 9-uy.
Tel./faks +7 (495) 684-43-33.
«Bevosita liniya» telefon raqamlari +7 (495) 681-09-30, +7 (495) 681-93-00.
E-mail hotline@materiamedica.ru
Dori preparati ishlab chiqariladigan joy manzili
Rossiya, 454139, Chelyabinsk sh., “Buguruslanskaya” ko‘chasi, 54-uy.
O‘zbekiston Respublikasi hududida dori preparatlarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar)ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
«NPF «MATERIA MEDIKA XOLDING» MChJ Vakolatxonasi;
O‘zbekiston Respublikasi, 100090, Toshkent sh., Yakkasaroy tumani, Tarobiy ko‘chasi, 11-uy.
Tel. +998712544057.
E-mail uz@dep.materiamedica.ru
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.