Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Kardura tab 2mg №30
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Доксазозин
Страна производитель
Германия
Дозировка
2 мг
Производитель
Pfizer HCP Corporation, CША произведено: R-Pharm Germany GmbH
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
- Tez-tez emas
- Kam hollarda
- Juda kam hollarda
Preparatning savdo nomi
Kardura
Ta'sir etuvchi modda (XPN) doksazozin
Dori shakli
tabletkalar
Tarkibi
Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol modda doksazozin mezilati 1,213 mg / 2,430 mg / 4,850 mg (1 mg, 2 mg, 4 mg doksazozinga ekvivalent)
yordamchi moddalar
1 mg va 2 mg li tabletkalar
1,200 mg karboksietilkraxmal natriy, 40,000 mg laktoza monogidrati, 76,382 mg/75,170 mg mikrokristall sellyuloza, 1,080 mg magniy stearati, 0,120 mg natriy laurilsulfati.
4 mg li tabletkalar
Karboksietilkraxmal natriy 2,400 mg, laktoza monogidrati 80,000 mg, mikrokristall sellyuloza 150,350 mg, magniy stearati 2,160 mg, natriy laurilsulfati 0,240 mg.
Ta'rifi
1 mg li tabletkalar oq, dumaloq, ikki tomonlama qavariq tabletkalar, bir tomonida – “CN 1” gravirovkasi, boshqa tomonida – Pfizer gravirovkasi bor.
2 mg li tabletkalar oq, oval, ikki tomonlama qavariq tabletkalar, bir tomonida – “CN 2“gravirovkasi va riskasi, boshqa tomonida – Pfizer gravirovkasi bor.
4 mg li tabletkalar oq, rombsimon, ikki tomonlama qavariq tabletkalar, bir tomonida – “CN 4” gravirovkasi va riskasi, boshqa tomonida – Pfizer gravirovkasi bor.
Farmakoterapevtik guruhi
alfa1-adrenoblokator
ATX kodi S02SA04
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Prostata bezining xavfsiz giperplaziyasi
Prostata bezining xavfsiz giperplaziyasi (PBXG) ning simptomlari bo‘lgan bemorlarga doksazozinni buyurish, urodinamika ko‘rsatkichlarini ancha sezilarli yaxshilanishiga va kasallik simptomlarini yaqqolligini susayishiga olib keladi. Preparatning bu ta'sirini prostata bezining stromasi va kapsulasi, qovuq bo‘yinchasida joylashgan α1-adrenoretseptorlarini selektiv blokadasi bilan bog‘liq deb hisoblaydilar.
Doksazozin prostata bezida joylashgan α1-adrenoretseptorlarining taxminan 70% tashkil qiluvchi α1-adrenoretseptorlarining 1A kichik guruhining samarali blokatori ekanligi isbotlangan. Uning PBXG bo‘lgan patsiyentlardagi ta'siri aynan shu bilan tushuntiriladi.
Doksazozin bilan davolashning bir maromda ushlab turuvchi samarasi va uning xavfsizligi preparat uzoq muddat (masalan, 48 oygacha) qo‘llanganida isbotlangan.
Arterial gipertenziya
Arterial gipertenziyasi bo‘lgan bemorlarda doksazozinni qo‘llash umumiy periferik qon tomirlar qarshiligini pasayishi natijasida arterial bosimni (AB) ancha ahamiyatli pasayishiga olib keladi. Bu samarani paydo bo‘lishini qon tomirlar to‘rida joylashgan α1-adrenoretseptorlarini selektiv blokadasi bilan bog‘liq deb hisoblaydilar. Preparat sutkada 1 marta qabul qilinganida klinik ahamiyatga ega bo‘lgan gipotenziv samara 24 soat davomida saqlanib turadi, AB asta-sekin pasayadi maksimal samara odatda preparat ichga qabul qilinganidan keyin 2-6 soatdan so‘ng kuzatiladi. Arterial gipertenziyasi bo‘lgan bemorlarni doksazozin bilan davolashda AB “yotgan” va “turgan” holatda bir xil bo‘lgan.
Noselektiv α-adrenoblokatorlardan farqli ravishda doksazozin bilan uzoq muddatli davolashda preparatga tolerantlik rivojlanmasligi aniqlangan. Samarani bir maromda ushlab turuvchi davolashni o‘tkazishda qon plazmasida reninning faolligini oshishi va taxikardiya kam uchraydi.
Doksazozin qonning lipid profiliga ijobiy ta'siri yuqori zichlikdagi lipoproteidlarning umumiy xolesteringa nisbatini ahamiyatli oshirishi va umumiy triglitseridlar va umumiy xolesterin miqdorini ahamiyatli pasaytirishi bilan ifodalanadi. Shu boisdan u ko‘rsatilgan ko‘rsatkichlarga ijobiy ta'sir qilmaydigan diuretiklar va β-adrenoblokatorlarga nisbatan afzallikka ega. Arterial gipertenziya va qonda lipid profilini yurak ishemik kasalligi bilan aniqlangan bog‘liqligini hisobga olib, doksazozinni qabul qilish fonida AB va lipidlar miqdorini normallashishi yurak ishemik kasalligini rivojlanish xavfini pasayishiga olib keladi.
Doksazozin bilan davolash, chap qorincha gipertrofiyasini regressiyasiga, trombotsitlar agregatsiyasini susayishiga va plazminogenning to‘qima aktivatorining faolligini kuchayishiga olib kelishi kuzatilgan. Bundan tashqari, doksazozin glyukozaga tolerantlikni buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda insulinga sezuvchanlikni oshirishi aniqlangan.
Doksazozin nojo‘ya metabolik samaralarga ega emas va bronxial astma, qandli diabet, yurakning chap qorinchasi yetishmovchiligi va podagrasi bo‘lgan bemorlarda qo‘llanishi mumkin.
In vitro sharoitdagi tadqiqotlar doksazozinning 6’ va 7’- gidroksimetabolitlarini 5 mikromol kontsentratsiyada antioksidantlik xususiyatlarini ko‘rsatdi.
Arterial gipertenziyasi bo‘lgan bemorlarda o‘tkazilgan nazoratli klinik tadqiqotlarda doksazozin bilan davolash erektil funktsiyani yaxshilanishi bilan kechgan. Bundan tashqari, doksazozin qabul qilgan bemorlarda erektil funktsiyani qayta buzilishlari, antigipertenziv vositalarni qabul qilgan patsiyentlarga nisbatan kamroq aniqlangan.
Farmakokinetikasi
Doksazozin terapevtik dozalarda ichga qabul qilinganidan keyin yaxshi so‘riladi; uning qondagi kontsentratsiyasi taxminan 2 soatdan keyin maksimumga yetadi.
Doksazozin qon plazmasi oqsillari bilan taxminan 98% ga bog‘lanadi.
Doksazozinning birlamchi metabolizmining yo‘llari O-demetilizatsiya va gidroksilizatsiya hisoblanadi.
Qon plazmasidan chiqarilishi 22 soatlik yakuniy yarim chiqarilish davri bilan ikki fazali bo‘ladi, bu preparatni sutkada 1 marta buyurish imkonini beradi. Doksazozin faol biotransformatsiyaga uchraydi; faqat dozaning 5% dan kamrog‘i o‘zgarmagan holda chiqariladi.
Maxsus patsiyentlar guruhida qo‘llanilishi
Keksa patsiyentlar va buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda o‘tkazilgan farmakokinetik tadqiqotlarning ma'lumotlari bo‘yicha preparatning farmakokinetikasi yosh va buyrak funktsiyasi normal bo‘lgan bemorlarnikidan sezilarli farq qilmaydi.
Faqat jigar funktsiyasini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda va jigar metabolizmini o‘zgartirish qobiliyatiga ega preparatlar (masalan, simetidin) ta'sirini o‘rganishda olingan cheklangan ma'lumotlargina bor. Jigar funktsiyasini o‘rtacha buzilishi bo‘lgan 12 nafar bemorda o‘tkazilgan klinik tadqiqotlar doksazozinni bir marta qo‘llash “kontsentratsiya/vaqt” egri chizig‘i ostidagi maydonni (AUC) 43% ga oshishi va haqiqiy peroral klirensini 40% ga kamayishi bilan kechgan. Jigar funktsiyasini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda, jigarda to‘liq biotransformatsiyaga uchraydigan boshqa dori vositalari kabi doksazozinni buyurishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak (“
Maxsus ko‘rsatmalar
” bo‘limiga qarang).
Qo‘llanilishi
• Prostata bezining xavfsiz giperplaziyasi;
• siydik oqimini tutilishini va PBXG bilan bog‘liq simptomlarni davolash uchun;
• arterial gipertenziyada (majmuaviy davolash tarkibida) qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kardura preparati ertalab ham, kechqurun ham buyurilishi mumkin va ichga qabul qilish uchun mo‘ljallangan.
Prostata bezining xavfsiz giperplaziyasi
Postural gipotenziya va/yoki sinkopal holat (hushdan ketish) rivojlanishini minimumga yetkazish uchun Kardura preparatini tavsiya qilingan boshlang‘ich dozasi sutkada 1 marta 1 mg ni tashkil qiladi (“
Maxsus ko‘rsatmalar
” bo‘limiga qarang). Urodinamika ko‘rsatkichlarining individual o‘ziga xos xususiyatlari va PBXG simptomlarining mavjudligiga qarab, dozani 2 mg gacha, so‘ngra 4 mg gacha va tavsiya qilingan maksimal 8 mg dozagacha oshirish mumkin. Dozani oshirish uchun tavsiya qilingan interval 1-2 haftani tashkil qiladi. Odatda tavsiya qilingan doza sutkada 1 marta 2-4 mg ga teng.
Arterial gipertenziya
Dozalash sutkada 1 mg dan 16 mg gacha o‘zgarib turadi. Postural gipotenziya va/yoki sinkopal holat (hushdan ketish) (“birinchi doza” fenomeni) rivojlanishini minimumga yetkazish uchun davolashni 1 yoki 2 hafta davomida sutkada 1 marta 1 mg dan boshlash tavsiya qilinadi (“
Maxsus ko‘rsatmalar
” bo‘limiga qarang). Birinchi doza qabul qilinganidan keyin patsiyent 6-8 soat davomida AB ni monitoringini o‘tkazishi lozim. Bu, “birinchi doza” fenomeni rivojlanishi, ayniqsa bundan avvalgi diuretiklarni qabul qilish fonidagi yaqqol fenomenni rivojlanishi mumkinligi tufayli talab etiladi.
Keyingi 1 yoki 2 hafta davomida doza sutkada 1 marta 2 mg gacha oshirilishi mumkin. AB ni istalgan pasayishiga erishish uchun, agar zarurati bo‘lsa, patsiyentni preparat qabul qilishga bo‘lgan reaktsiyasining yaqqolligiga qarab, qabul qilishdagi bir xil intervallarga amal qilib, sutkalik dozani asta-sekin 4 mg, 8 mg va maksimal 16 mg gacha oshirish kerak. Odatda doza sutkada 1 marta 2-4 mg ni tashkil qiladi.
Agar davolashga diuretik yoki boshqa gipotenziv vosita qo‘shilayotgan bo‘lsa, Kardura preparatining dozasiga patsiyentning holatiga qarab, keyinchalik uni shifokor nazorati ostida titrlash sharti bilan tuzatish kiritiladi.
Agar Kardura preparati bilan davolash bir necha kunga to‘xtatilgan bo‘lsa, preparatni qo‘llashni qaytadan boshlashni boshlang‘ich dozadan boshlash kerak.
Keksa yoshdagi patsiyentlarda qo‘llanishi.
Dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi.
Buyrak yetishmovchiligida qo‘llanishi
Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda doksazozinning farmakokinetikasi o‘zgarmaydi, preparatning o‘zi esa, mavjud buyrak disfunktsiyasini yomonlashtirmaydi, shuning uchun bunday bemorlarda u odatdagi dozalarda qo‘llanadi.
Jigar yetishmovchiligida qo‘llanishi
Ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak (“
Maxsus ko‘rsatmalar
” bo‘limiga qarang)
Bolalarda qo‘llanishi
Kardura preparatini bolalarda qo‘llash tajribasi yo‘q.
Nojo‘ya ta'sirlari
Noxush reaktsiyalarning uchrash tez-tezligi quyidagi tasnif bo‘yicha keltirilgan
Juda tez-tez ≥ 10%
Tez-tez ≥1% va <10%
Tez-tez emas
≥0,1% va <1%
Kam hollarda
≥0,01% va <0,1%
Juda kam hollarda
<0,01%
Prostata bezining xavfsiz giperplaziyasi
Nazoratli klinik tadqiqotlarning ma'lumotlari bo‘yicha, PBXG bo‘lgan bemorlarda kuzatilgan nojo‘ya reaktsiyalar arterial gipertenziyasi bo‘lgan bemorlardagi kabi bo‘lgan.
Preparatni postmarketing qo‘llash davrida quyidagi nohush reaktsiyalar to‘g‘risida xabar berilgan
Qon yaratish va limfatik tizimi tomonidan juda kam hollarda - leykopeniya, trombotsitopeniya.
Eshitish a'zosi va vestibulyar apparati tomonidan tez-tez emas - quloqlarni shang‘illashi.
Ko‘rish a'zosi tomonidan tez-tez – rang ajratishni buzilishi, tez-tez emas – atonik kamalak parda sindromi.
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan tez-tez – qorinda og‘riq, diareya, dispepsiya, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatini qurishi; tez-tez emas – meteorizm, qabziyat, qusish.
Jigar tomonidan juda kam hollarda - xolestaz, gepatit, sariqlik.
Immun tizimi tomonidan juda kam hollarda - anafilaktik reaktsiyalar
Laborator ko‘rsatkichlar tez-tez emas – tana vaznini oshishi; juda kam hollarda – “jigar” transaminazalari faolligini oshishi.
Moddalar almashinuvi tomonidan tez-tez emas – anoreksiya
Tayanch-harakat apparati tomonidan tez-tez emas – artralgiya, belda og‘riq, mushak spazmlari, mushak kuchsizligi, mialgiya.
Markaziy va periferik nerv tizimi tomonidan tez-tez – paresteziya; tez-tez emas – gipesteziya, tremor
Ruhiyat tomonidan tez-tez – qo‘zg‘alish, bezovtalik, uyqusizlik; tez-tez emas – depressiya.
Siydik chiqarish yo‘llari tomonidan tez-tez emas – siyishni tezlashishi, poliuriya, siydikni tuta olmaslik; juda kam hollarda – dizuriya, gematuriya, nikturiya.
Reproduktiv tizimi tomonidan tez-tez emas – ginekomastiya, impotentsiya, priapizm; juda kam hollarda – retrograd eyakulyatsiya.
Nafas tizimi tomonidan hansirash, rinit; tez-tez emas – yo‘tal, burundan qon ketishi; juda kam hollarda – mavjud bronxospazmni zo‘rayishi,
Teri qoplamalari tomonidan tez-tez emas – alopetsiya, terini qichishishi, teri toshmasi, purpura; juda kam hollarda – eshakemi
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan tez-tez emas – yuz terisiga qon “oqib kelishlari”, AB pasayishi, postural gipotenziya
Boshqalar tez-tez emas – turli lokalizatsiyali og‘riqlar.
Arterial gipertenziya
Nazoratli klinik tadqiqotlarda Kardura preparatini postural turga kiritish mumkin bo‘lgan (kamdan-kam hushdan ketish bilan bog‘liq bo‘lgan) yoki nospetsifik nojo‘ya reaktsiyalari ko‘proq kuzatilgan, ular quyidagilarni o‘z ichiga olgan
Eshitish a'zosi va vestibulyar apparati tomonidan tez-tez – vertigo.
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan tez-tez – ko‘ngil aynishi
Markaziy va periferik nerv tizimi tomonidan juda tez-tez – bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i; tez-tez – postural bosh aylanishi (birinchi doza qabul qilinganidan so‘ng AB ni juda kuchli pasayishi rivojlanishi mumkin, u ortostatik bosh aylanishiga, og‘ir hollarda esa, ayniqsa “yotgan” holatdan “turgan” holatga yoki “o‘tirgan” holatga tezda o‘tishda - hushdan ketishga olib kelishi mumkin), uyquchanlik.
Nafas tizimi tomonidan tez-tez – rinit.
Boshqalar tez-tez - asteniya, oyoqlarda shishlar, toliqish, holsizlik
Quyidagi nojo‘ya reaktsiyalar Kardura preparatini arterial gipertenziyasi bo‘lgan bemorlarda postmarketing qo‘llanishi jarayonida kuzatilgan, ammo bunday simptomlar ushbu preparatsiz davolashda ham kuzatilishi mumkin tez-tez – taxikardiya, yurak urib ketishini his etish, ko‘krak qafasida og‘riq; tez-tez emas – stenokardiya, miokard infarkti va aritmiyalar; juda kam hollarda – bradikardiya, bosh miyada qon aylanishini buzilishlari.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
• Kardura preparatini xinazolin, doksazozin yoki preparatning har qanday yordamchi komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
• Laktaza tanqisligi, laktozani o‘zlashtiraolmaslik, glyukoza-galaktoz malabsorbtsiya;
• 18 yoshgacha bo‘lgan patsiyentlar;
• Og‘ir jigar yetishmovchiligi patsiyentlarning bu toifasida qo‘llash tajribasi yo‘qligi tufayli qo‘llash mumkin emas;
• Siydik chiqarish yo‘llarining infektsiyalari;
• Anuriya;
• Avjolib boruvchi buyrak yetishmovchiligi;
• Gipotenziya va ortostatik buzilishlarga moyillik (shu jumladan anamnezdagi);
• Yuqori siydik chiqarish yo‘llarining yondosh obstruktsiyasi;
• Qovuqda tosh bo‘lganida qo‘llash mumkin emas.
Ehtiyotkorlik bilan
Mitral va aortal stenoz, minutli qon otilib chiqishini oshishi bilan kechuvchi yurak yetishmovchiligi, o‘pka arteriyasini emboliyasi yoki ekssudativ perikardit bilan bog‘liq bo‘lgan yurakning o‘ng qorinchasi yetishmovchiligi, to‘lish bosimi past bo‘lgan chap qorincha yetishmovchiligi, bosh miyada qon aylanishini buzilishi, keksa yoshdagi patsiyentlar, 5-chi tur fosfodiesteraza (FDE-5) ingibitorlari bilan bir vaqtda qo‘llanilishi, chunki simtomatik gipotenziya, jigar yetishmovchiligi yuz berishi mumkin.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Kardura preparatini FDE-5 ingibitorlari bilan birga qo‘llash, ayrim patsiyentlarda simptomatik gipotenziyaga olib kelishi mumkin (“
Maxsus ko‘rsatmalar
” bo‘limiga qarang).
Doksazozinning katta qismi (98%) qon plazmasi oqsillari bilan bog‘langan. In vitro sharoitlarda o‘tkazilgan odam plazmasini o‘rganish tadqiqotlari natijalari, doksazozinni digoksin, varfarin, fenitoin va indometatsinning oqsillar bilan bog‘lanishiga ta'sir qilmasligidan dalolat beradi. Klinik amaliyotda Kardura preparati tiazid diuretiklar, furosemid, β-adrenoblokatorlar, antibiotiklar, ichga qabul qilinadigan gipoglikemik vositalar, urikozurik vositalar va antikoagulyantlar bilan hech qanday o‘zaro ta'sirsiz qo‘llangan.
Nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar (ayniqsa indometatsin), estrogenlar va simpatomimetik vositalar doksazozinning antigipertenziv ta'sirini pasaytirishi mumkin.
Doksazozin, epinefrinning alfa-adrenostimulyatorlik samarasini bartaraf etib, taxikardiyaga va arterial gipotenziyani rivojlanishiga olib keladi.
Sildenafil bilan birga o‘pka gipertenziyasini davolash uchun qabul qilinganda ortostatik gipotenziyani xavfi oshadi.
Kardura preparatini bir marta sutkada 1 mg 4 kun davomida, simetidinni 400 mg dan sutkada 2 marta birga qabul qilishda, doksazozinning AUC ni o‘rtacha ko‘rsatkichini 10% ga oshishi va Cmax (qon plazmasidagi maksimal kontsentratsiyasi) o‘rtacha darajasini va o‘rtacha yarim chiqarilish davrini statistik ahamiyatsiz oshishi kuzatilgan. Simetidinni qabul qilish fonida doksazozinning AUC ni o‘rtacha ko‘rsatkichini xuddi shunday 10% ga oshishi, platsebo bilan solishtirganda doksazozin uchun AUC ni o‘rtacha ko‘rsatkichlarini variabel o‘zgarishlari (27%) doirasida bo‘ladi.
Boshqa gipotenziv vositalar bilan bir vaqtda qo‘llanganda ularning ta'sir yaqqolligini oshiradi (dozaga tuzatish kiritish zarur).
Alfa-adrenoretseptrlarning boshqa blokatorlari bilan bir vaqtda qabul qilish tavsiya etilmaydi.
Jigardagi mikrosomal oksidlanish induktorlari bilan bir vaqtda qo‘llanganda doksazozinning samaradorligi oshishi, ingibitorlari bilan qo‘llanganda esa – pasayishi mumkin.
Nomutanosiblik
Ma'lum emas.
Maxsus ko‘rsatmalar
Postural gipotenziya/ hushdan ketish
Har qanday α-adrenoblokatorlar bilan davolashda, ayniqsa davolash boshida, juda ahamiyatsiz foiz patsiyentlarda bosh aylanishi va holsizlik yoki hushdan ketish bilan namoyon bo‘luvchi postural gipotenziya kuzatilgan (“
Qo‘llash usuli va dozalari
” bo‘limiga qarang). Har qanday alfa-adrenoblokatorlar bilan davolashni boshlashdan avval postural gipotenziya simptomlari rivojlanishidan qanday saqlanish kerakligi haqida patsiyentni ogohlantirish kerak, xususan gavda holatini tez o‘zgarishlaridan saqlanish lozim. Kardura preparati bilan davolashni boshida holsizlik va bosh aylanishi paydo bo‘lgan hollarda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerakligi to‘g‘risida patsiyentga tavsiyalar berish kerak.
Kardura preparatini keksa yoshdagi patsiyentlarda, ortostatik gipotenziyani rivojlanishi mumkinligi tufayli ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Yosh o‘tgani sayin bosh aylanishi, ko‘rishni buzilishi va hushdan ketishni yuz berish xavfi oshadi.
Patsiyentni, alkogol iste'mol qilinganda, uzoq muddat davomida turganda yoki jismoniy mashqlarni bajarganda, shuningdek issiq ob-havoda ortostatik gipotenziyani rivojlanish xavfi oshishi to‘g‘risida xabardor qilish kerak.
Prostata bezining xavfsiz giperplaziyasi
PBXG bo‘lgan bemorlarda preparatni xam arterial gipertenziya borligida, ham normal ABda buyurish mumkin. PBXG bo‘lgan normal AB bo‘lgan bemorlarda preparat qo‘llanganida, AB ni o‘zgarishi sezilarli emas. Bunda arterial gipertenziya va PBXG qo‘shilib kelgan hollarda preparatni monoterapiyada qo‘llash mumkin.
Prostata bezining xavfsiz giperplaziyasini davolashni boshlashdan oldin unda rakni boshlanishini istisno qilish lozim.
Doksazozin qon plazmasida prostataga spetsifik antigen (PSA) kontsentratsiyasiga ta'sir qilmaydi.
Atonik kamalak pardaning intraoperatsion sindromi
Atonik kamalak pardaning intraoperatsion sindromi (“tor qorachiq” sindroimining varianti) alfa1-adrenoblokatorlar bilan davolangan yoki davolanayotgan, katarakta yuzasidan operatsiya o‘tkazgan ayrim patsiyentlarda kuzatilgan. Atonik kamalak pardaning intraoperatsion sindromi jarrohlik aralashuvlari vaqtida asoratlar sonini oshishiga olib kelishi mumkinligi tufayli, operatsiya qiluvchi jarrohni, alfa1-adrenoblokatorlar operatsiyadan oldin ilgari qabul qilingani yoki hozirgi paytda qabul qilinayotgani to‘g‘risida ogohlantirish lozim.
FDE-5 ingibitorlari bilan birga qo‘llash
Kardura preparati fosfodiesterazaning 5-tur ingibitorlari bilan birga qo‘llanganida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, chunki ayrim patsiyentlarda bu simptomatik gipotenziyaga olib kelishi mumkin.
Jigar funktsiyasini buzilishi
Jigar funktsiyasini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarga Kardura preparatini buyurishda, jigarda to‘liq biotransformatsiyaga uchraydigan boshqa dori vositalari bilan bo‘lgani kabi, maksimal dozalarni buyurishga yo‘l qo‘ymay, ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak (“
Farmakokinetikasi
” bo‘limiga qarang).
Priapizm
Postregistratsion tadqiqotlar vaqtida alfa1-adrenoblokatorlar bilan, shu jumladan doksazozin bilan davolash fonida uzoq muddatli erektsiya va priapizmni rivojlanish hollari to‘g‘risida xabar berilgan. Erektsiya 4 soatdan ortiq saqlanib turgan hollarda zudlik bilan tez yordamga murojaat qilish lozim. Agar priapizmni davolash darhol o‘tkazilmasa, bu jinsiy olat to‘qimalarini shikastlanishiga va potentsiyani qaytmas yo‘qolishiga olib kelishi mumkin.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Garchi hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda preparat teratogen ta'sir ko‘rsatmagan bo‘lsada, ammo u juda yuqori dozalarda qo‘llanganida homilani yashab qolishini pasayishi kuzatilgan. Ko‘rsatilgan dozalar odam uchun tavsiya qilingan maksimal dozalardan taxminan 300 marta yuqori bo‘lgan. Homiladorlar va emizikli ayollarda adekvat yaxshi nazoratli tadqiqotlar o‘tkazilmaganligi sababli, Kardura preparatini homiladorlik vaqtida yoki emizish davrida qo‘llash xavfsizligi xali aniqlanmagan. Shu boisdan homiladorlik vaqtida yoki laktatsiya davrida Kardura preparati, faqatgina shifokorning fikri bo‘yicha, ona uchun potentsial foyda, homila yoki bola uchun potentsial xavfdan ustun bo‘lgandagina ishlatilishi mumkin.
Avtomobilni boshqarish va texnikadan foydalanish qobiliyatiga ta'siri
Davolanish davrida transport vositalarini boshqarishda va diqqatni yuqori jamlash xamda psixomotor reaktsiyalarning tezligini talab etuvchi boshqa potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishda (bosh aylanishi, holsizlikni rivolanish xavfi) ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng qo‘llanmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari AB ni, ba'zan hushdan ketishlar bilan kechuvchi xaddan tashqari pasayishi.
Davolash bemorni darhol chalqancha yotqizib, oyoqlarini biroz ko‘tarib, zarurati bo‘lganida simptomatik davolashni o‘tkazish kerak. Doksazozinni qon plazmasidagi oqsillar bilan bog‘lanishi yuqori, shuning uchun dializ samarasiz.
Chiqarilish shakli
Tabletkalar 1, 2, 4 mg dan.
7, 10 yoki 14 tabletkadan blisterda; 7 tabletkadan 2 blister, 10 tabletkadan 3 blister yoki 14 tabletk adan 1 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 30oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Yaroqlilik muddati
5 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
“R-Farm Germaniya GmbX” Germaniya
Germaniya, 89257 Illertissen, Genrix Man Shtr. 35.
Qayd etish sertifikatining egasi
“Pfayzer Eych Si Pi Korporeyshn”, 235, AQSh, 10017 Nyu York, Vostok ko‘ch., 42.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.