Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Prostatilen amp. 10mg №10
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Простаты экстракт
Страна производитель
Украина
Дозировка
10 мг
Производитель
Biofarma Pharmaceutical Industry. Co. Inc
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Лиофилизат для раствора для инъекций
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
PROSTATILEN-BIOFARMA
Dori shakli
in'ektsiya uchun eritma tayyorlash uchun liofilizat.
Tarkibi
1 ampula yoki flakon quyidagilarni saqlaydi
faol modda ekstraktsiya yo‘li bilan olingan buqalar prostata bezining suvli eritmasini liofilizatsiya qilingan ekstrakti - 10 mg;
yordamchi modda glitsin.
Ta'rifi oq yoki sarg‘ish tusli oq rangli amorf kukun yoki g‘ovak massa.
Farmakoterapevtik guruhi
prostata bezining xavfsiz gipertrofiyasida qo‘llanadigan vosita.
ATX kodi G04CX.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Prostatilen prostata beziga spetsifik organotrop ta'sirga ega. Prostata bezi kasalliklarida preparat patogenetik davolash vositasi sifatida mikrotsirkulyatsiya va trombotsitar-qon tomir gemostazi jarayonlarini normallashtiradi, to‘qima shishi, leykotsitar infiltratsiyani kamaytiradi va bartaraf qiladi (shu jumladan, bez sekretida leykotsitlarning miqdorini pasaytiradi), sekret mikroflorasiga bilvosita bakteriostatik ta'sir namoyon etadi, aniqlangan qo‘zg‘atuvchining titrini mutlaq sterillikkacha pasaytiradi yoki mikroorganizmlarning hayot faoliyatini susaytiradi. Prostatilen spermatogenezni normallashtiradi (spermatozoidlarning miqdori va harakatchanligini oshiradi), T- va V-limfotsitlarning holatiga modulyatsiya qiluvchi ta'sir ko‘rsatadi, qovuq mushaklarining tonusini, shu jumladan detruzor tonusini xam boshqaradi, organizmning nospetsifik rezistentligini oshiradi.
Farmakokinetikasi
Peptid preparat sifatida prostatilen xujayra proteazalari tomonidan aminokislotalargacha parchalanadi. Prostatilen va uning metabolitlari siydik bilan chiqariladi. Preparat kumulyativ ta'sirga ega emas.
Qo‘llanilishi
Surunkali prostatit, prostata bezi adenomasi, uning funktsiyasini yoshga bog‘liq buzilishi va u bilan bog‘liq bo‘lgan siyishni buzilishi, prostata bezidagi operatsiyalardan keyingi asoratlar; interoretseptiv kopulyativ disfunktsiyada, erkaklar bepushtligida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalarni, shu jumladan keksa yoshli erkaklarni davolash uchun qo‘llanadi. Mushak ichiga yuboriladi. Qo‘llash oldidan ampula yoki flakon ichidagisi 1-2 ml in'ektsiya uchun suvda yoki 0,9% li natriy xloridi eritmasida, yoki 0,5% li novokain eritmasida eritiladi. Novokain erituvchi sifatida ishlatilgan xolda, novokainning xavfsizligi yuzasidan mavjud ma'lumotlarni hisobga olish kerak. Preparat 1-2 ampula yoki flakondan har kuni sutkada 1 marta yuboriladi. Davolash kursi 5-10 kunni tashkil qiladi. Zarurati bo‘lganida takroriy kurs o‘tkaziladi (1-6 oy o‘tgach).
Nojo‘ya ta'sirlari
Qichishish, shu jumladan toshma, allergik reaktsiyalar, yuborish joyida o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga va qoramol oqsillariga shaxsiy yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
O‘rganilmagan.
Nomutanosibligi. Preparatni bir shpritsda boshqa dori vositalar bilan aralashtirish mumkin emas. Faqat tavsiya etilgan eritmalar ishlatilsin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Novokain erituvchi sifatida qo‘llanganida allergik sinamani o‘tkazish kerak. Preparat bilan davolashda prostata bezining faolligini klinik ko‘rsatkichlari tahlilini o‘tkazish tavsiya etiladi.
Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanilishi. Preparat ayollarda qo‘llanmaydi.
Bolalar. Preparat bolalarda qo‘llanmaydi.
Avtotransportni yoki boshqa mexanizmlarni boshqarishda reaktsiya tezligiga ta'sir qilish xususiyati. Tekshirilmagan.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
O‘rganilmagan.
Chiqarilish shakli
Liofilizatli 10 ampuladan yoki flakondan qutida. Liofilizatli 5 flakondan yoki ampuladan blisterda, 2 blisterdan qutida.
Saqlash sharoiti
Original o‘ramida, yorug‘likdan ximoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
“BIOFARMA” XAJ, Ukraina; “FZ “BIOFARMA” MChJ, Ukraina.
Manzili
Ukraina, 03680, Kiyev sh., N.Amosov ko‘ch., 9;
Ukraina, 09100, Kiyev oblati, Belaya Serkov sh., Kiyevskaya ko‘ch., 37.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.