Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Vitaprost Plyus rektal suppozitoriylar №10 (Nijfarm)
Nomi | Narx | |||||
Витапрост Плюс супп. рект. №10 (Нижфарм) (70623##2 094) |
UZS 194 900
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Витапрост Плюс супп. рект. №10 (Нижфарм) (70623##2 102) |
UZS 194 900
Stokda yetarli (2)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Витапрост Плюс супп. рект. №10 (Нижфарм) (70623##2 132) |
UZS 194 900
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Простаты экстракт
Страна производитель
Россия
Производитель
Нижфарм
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Суппозитории ректальные
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Xalqaro patentlanmagan nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Vitaprost® Plyus
Xalqaro patentlanmagan nomi
lomefloksatsin+prostata bezining ekstrakti
Dori shakli
Rektal suppozitoriylar
Tarkibi
Bir suppozitoriy quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar prostata bezining ekstrakti – 100 mg (suvda eruvchi peptidlarga qayta hisoblanganda – 20 mg), lomefloksatsin gidroxloridi – 400 mg;
yordamchi moddalar qattiq yog‘ (vitepsol (marki N 15,W 35), supposir (marki NA 15, NAS 50)) – 2,25 g vaznli suppozitoriy olish uchun yetarli miqdorda.
Ta'rifi
Oqdan yoki deyarli oqdan kulrang tusli och kremsimon rangligacha bo‘lgan torpedasimon shaklli suppozitoriylar. Suppozitoriylar yuzasida oq karash paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.
Farmakoterapevtik guruhi
Surunkali prostatitni davolovchi vosita.
ATX kodi G04BX
Farmakologik xususiyatlari
Majmuaviy preparat Vitaprost® Plyus mikroblarga qarshi va yallig‘lanishga qarshi xususiyatlarga ega.
Lomefloksatsin – ftorxinolonlar guruhi keng ta'sir doirasiga ega bakteritsid vosita. Superspiralizatsiyani ta'minlovchi bakterial DNK-giraza fermentiga ta'sir qilib, uning tetrameri (girazaning A2V2 subbirligi) bilan kompleks hosil qiladi va DNK transkriptsiyasi va replikatsiyasini buzib, mikrob xujayrasining nobud bo‘lishiga olib keladi. Grammanfiy aerob mikroorganizmlar Neisseria gonorrhoeae, Neisseria meningitides, Escherichia coli, Citrobacter diversus, Klebsiella pneumoniae, Enterobacter cloacae, Proteus vulgaris, Salmonella spp., Shigella spp., Moraxella morganii, Haemophilus influenzae e parainfluenzae, Legionella pneumophila, Pseudomonas aeruginosa ga nisbatan yuqori faollikka ega. Preparatga Staphylococcus aureus, Staphylococcus epidermidis, Serratie liquifaciens, Serratia marcescens, Pseudomonas aeruginosa, Micopbacterium tuberculosis, Chlamydia trachomatis, Hafnia alvei, Citobacter freundii, Aeromonas hydrophila, Proteus mirabilis, Proteus stuartii, Providencia rettgeri, Providencia alcalifaciens, Klebsiella oxytaca, Klebsiella oxytoca, Klebsiella ozaenae, Enterobacter aerogenes, Enterobacter agglomerans o‘rtacha sezgirdirlar. Preparatga chidamli Staphylococcus spp., Pseudomonas cepacia, Ureaplasma urealyticum, Treponema pallidum, Mycoplasma hominis va anaerob bakteriyalar o‘rtacha sezgirlikka ega.
Ko‘pchilik mikroorganizmlarga past kontsentratsiyalarda ta'sir qiladi (90% shtammlarni o‘sishini bostirish uchun kerak bo‘lgan kontsentratsiya 1 mkg/ml dan oshmaydi). Rezistentlik kam rivojlanadi.
Prostata bezining ektrakti prostata beziga organotrop ta'sir ko‘rsatadi. Prostata bezining shishish darajasini, leykotsitar infiltratsiyani kamaytiradi, epitelial xujayralarining sekretor faoliyatini normallashtiradi, atsinuslar shirasidagi letsitin donachalarining sonini oshiradi, qovuqning mushak tonusini rag‘batlantiradi. Tromb hosil bo‘lishini kamaytiradi, antiagregant faollikka ega, prostata bezida venulalarning trombozini rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. Prostata bezi va eyakulyatning parametrlarini me'yorlashtiradi. Og‘riq va diskomfortni kamaytiradi, kopulyativ faoliyatni yaxshilaydi.
Qo‘llanilishi
Sezgir mikroorganizmlar chaqirgan, shu jumladan siydik jinsiy yo‘llarining yallig‘lanish kasalliklari bilan birga kechuvchi o‘tkir va surunkali bakterial prostatit. Prostata bezidagi jarrohlik aralashuvlardan oldingi va undan keyingi holatlar.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik.
18 yoshgacha bo‘lgan bolalar (skeletning o‘sish va shakllanish davri).
Ehtiyotkorlik bilan
Serebral ateroskleroz, tutqanoq va markaziy nerv tizimining tutqanoq sindromi bilan kechuvchi boshqa kasalliklari.
Qo‘llash usuli va dozalari
Rektal, ichak o‘z-o‘zidan yoki tozalovchi xo‘qnadan bo‘shalganidan keyin 1 suppozitoriydan kuniga bir marta qo‘llanadi. Qo‘llashdan oldin suppozitoriyni kontur uyali o‘ramdan olish kerak. Vitaprost® Plyus preparati kiritilganidan so‘ng patsiyent 30-40 minut davomida o‘rnida yotgani yaxshi. Davolash kursi prostata sekretida qo‘zg‘atuvchi yo‘qolgunicha davom etadi va 10 kundan 30 kungachani tashkil qiladi (davolashning davomiyligini shifokor har bir patsiyent uchun shaxsiy ravishda belgilaydi).
Nojo‘ya ta'siri
Vitaprost® Plyus preparatining nojo‘ya ta'sirlari, allergik reaktsiyalardan tashqari uning tarkibidagi lomefloksatsin bilan bog‘liq.
Allergik reaktsiyalar terini qichishishi, eshakemi, fotosensibilizatsiya, xavfli ekssudativ eritema (Stivens-Djonson sindromi).
Nerv tizimi tomonidan asteniya, bosh aylanishi, asabiylik, xavotirlik, charchoqlik, lanjlik, bosh og‘rig‘i, hushdan ketish holatlari, uyqusizlik, gallyutsinatsiyalar, tirishishlar, giperkinezlar, tremor, paresteziyalar, depressiya, qo‘zg‘alish.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan soxtamembranoz enterokolit, disbakterioz, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining quruqligi, diareya yoki qabziyat, meteorizm, tilning rangini o‘zgarishi, ishtahani pasayishi yoki bulemiya, ta'mni o‘zgarishi, “jigar” transaminazalari faolligini oshishi.
Qon yaratish a'zolari va gemostaz tizimi tomonidan me'da-ichak yo‘llarining a'zolaridan qon ketishlar, trombotsitopeniya, fibrinolizni oshishi, limfoadenopatiya, purpura, burundan qon ketishi.
Yurak-tomir tizimi tomonidan arterial bosimni pasayishi, taxikardiya, bradikardiya, ekstrasistoliya, aritmiyalar, yurak yetishmovchiligini va stenokardiyani kuchayishi, o‘pka arteriyasining tromboemboliyasi, kardiomiopatiya, flebit.
Siydik-jinsiy tizimi tomonidan glomerulonefrit, dizuriya, poliuriya, anuriya, albuminuriya, uretral qon ketishlar, kristalluriya, gematuriya, siydikni tutilishi, shishlar; orxit, epididimit.
Moddalar almashinuvi tomonidan gipoglikemiya, podagra.
Tayanch-harakat apparati tomonidan artralgiya, vaskulit, boldir mushaklarini tirishishlari, orqada va ko‘krakda og‘riq.
Nafas tizimi tomonidan hansirash, bronxospazm, yo‘tal, balg‘amni ko‘p ajralishi, grippga o‘xshash simptomlar.
Sezgi a'zolari tomonidan ko‘rishni buzilishi, quloqlarda og‘riq va shovqin, ko‘zlarda og‘riq.
Boshqalar kuchli terlash, etni uvishishi, chanqoqlik, superinfektsiya.
O‘zaro ta'siri
Peroral antikoagulyantlarning faolligini oshiradi va nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlarning zaharliligini oshiradi.
Buyrak naychalari sekretsiyasini bloklovchi dori vositalari preparatning chiqarilishini sekinlashtiradi.
Penitsillinlar, sefalosporinlar, aminoglikozidlar, ko-trimoksol, metronidazol bilan qarama-qarshi chidamlilik mavjud emas.
Maxsus ko‘rsatmalar
Vitaprost® Plyus preparati bilan davolash davrida mikroblarga qarshi vositalar – ftorxinolonlar bilan, dozani oshirib yuborilishini rivojlanishi va nojo‘ya ta'sirlarning tez-tezligini oshishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun, bir vaqtda qo‘llashni cheklash kerak.
Jigar sirrozida dozalash tartibini to‘g‘rilash (buyraklarning normal faoliyati sharoitida) talab etilmaydi.
Davolanish davrida uzoq vaqt quyosh nurlarining ta'siri va sun'iy ultrabinafsha yoritishni ishlatilishidan saqlanish kerak. Fotosensibilizatsiyaning birinchi belgilarida (terining sezuvchanligini oshishi, kuyishi, giperemiya, shish, g‘o‘ddalar, toshmalar, qichishish, dermatitni hosil bo‘lishi), o‘ta yuqori sezuvchanlikda, neyrotoksiklikning ko‘rinishlarida (qo‘zg‘alish, tirishishlar, tremor, yorug‘likdan qo‘rqish, ongni chalkashishi, toksik psixozlar, gallyutsinatsiyalarda) davolashni to‘xtatish kerak.
Transport vositalari, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Davolanish davrida avtotransportni haydashda va diqqatni yuqori jamlashni va psixomotor reaktsiyalarning tezligini talab qiluvchi boshqa potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Chiqarilish shakli
Rektal suppozitoriylar 400 mg+20mg.
5 suppozitoriy polietilen bilan laminatsiya qilingan polivinilxlorid kontur uyali o‘ramga joylangan. Bir yoki ikki kontur uyali o‘ram preparatni tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Yaroqlilik muddati
o‘tganidan keyin preparat ishlatilmasin.
Saqlash sharoiti
25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
/e'tirozlarini qabul qiluvchi tashkilot
«Nijfarm» AJ, Rossiya
603950, Nijniy Novgorod sh., Salganskaya ko‘ch., 7
tel. (831) 278-80-88, faks (831) 430-72-28
E-mail med@stada.ru
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
100084, Toshkent sh., Yunusobod tumani, A. Temur ko‘ch., 107 B
Tel./faks (99871) 140-35-81
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.