Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Vitaprost tabletkalar 20mg №20(Nijfarm)
Nomi | Narx | |||||
Витапрост таблетки 20мг №20(Нижфарм) (80523##1946) |
UZS 243 400
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Витапрост таблетки 20мг №20(Нижфарм) (221223##2 222) |
UZS 231 800
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Сампрост, ломефлоксацин
Страна производитель
Россия
Дозировка
20 мг
Производитель
Нижфарм
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Dorixonalardan berish tartibi
- Ta'sir etuvchi modda (XPN)
Preparatning savdo nomi
Vitaprost
Ta'sir etuvchi modda (XPN)
Prostata bezi ekstrakti
Dori shakli
Ichakda eruvchi qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Tarkibi
faol modda prostata ekstrakti – 100 mg (suvda eriydigan peptidlarga qayta hisoblanganda – 20 mg);
yordamchi moddalar saxaroza, laktoza monogidrati, kaltsiy stearati monogidrati, krospovidon, mikrokristallik sellyuloza; qobiq tarkibi metakril kislotasining va etilakrilat bilan [11] sopolimeri, titan dioksidi, talk, trietiltsitrat, kremniy oksidi, natriy gidrokarbonati, natriy laurilsulfati, indigokarmin.
Ta'rifi moviy rangdan to och-ko‘k rangligacha bo‘lgan, dumaloq, ikki tomoni qavariq tabletkalar, hollari bo‘lishi mumkin.
Farmakoterapevtik guruhi
prostata bezi kasalliklarida qo‘llanadigan vosita.
ATX kodi G04VX
Farmakologik xususiyatlari
Vitaprost prostata beziga organotrop ta'sir ko‘rsatadi. Prostata bezining shish darajasini, leykotsitar infiltratsiyasini kamaytiradi, epitelial hujayralarning sekretor faoliyatini me'yorlashtiradi, atsinuslarning shirasida letsitin zarrachalarining sonini oshiradi, qovuqning mushak tonusini rag‘batlantiradi. Tromblar hosil bo‘lishini, antiagregantlik faollikni kamaytirishi hisobiga prostata bezida mikrotsirkulyatsiyani yaxshilaydi, prostata bezidagi venulalarning trombozini rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi.
Klinik tadqiqotlarning ma'lumotlari asosida, Vitaprost ni prostata bezining hajmini o‘rtacha kichraytirishi isbotlangan. Preparat prostata bezining xavfsiz giperplaziyasida obstruktiv va irritativ belgilarining yaqqolligini kamaytiradi, bu siydik oqimini maksimal va o‘rtacha hajm tezligini oshishi va qoldiq siydik hajmini kamayishi bilan namoyon bo‘ladi.
Klinik tadqiqotlarning ma'lumotlari Vitaprost preparatini qo‘llash surunkali prostatitni zo‘rayishini rivojlanish ehtimolini kamaytiradi, qonning klinik va biokimyoviy tahlili, umumiy siydik tahlili ko‘rsatkichlarini o‘zgarishini chaqirmasligini ko‘rsatadi. Vitaprost preparatini surunkali prostatitning zo‘rayishini oldini olish uchun qo‘llash samarasi tadqiqotchi - shifokorlarning bahosi bo‘yicha 97,5% ni tashkil qiladi.
Vitaprost prostata bezining shirasi va eyakulyat parametrlarini me'yorlashtiradi. Prostatit chaqirgan og‘riq va diskomfortni kamaytiradi, dizurik holatlarni bartaraf qiladi, kopulyativ faoliyatni yaxshilaydi.
Qo‘llanilishi
Surunkali abakterial prostatit.
Surunkali abakterial prostatitni zo‘rayishini oldini olish.
Prostatata bezining xavfsiz giperplaziyasi.
Prostata bezidagi operativ aralashuvlardan oldingi va keyingi holatlar.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga, 1 tabletkadan kuniga 2 marta.
Vitaprost preparati bilan prostata bezining xavfsiz giperplaziyasini davolash kursining davomiyligi – kamida 30 kun, surunkali prostatitda – kamida 10 kunni tashkil qiladi.
Surunkali prostatitning zo‘rayishlarini oldini olish uchun 1 tabletkadan kuniga 2 marta kamida 30 kun davomida – yiliga 1-2 marta qo‘llanadi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Allergik reaktsiyalar juda kam uchraydi.
Agar yuqorida ko‘rsatilgan nojo‘ya samaralardan birontasi og‘irlashsa yoki Siz yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan har qanday boshqa nojo‘ya samaralarni sezsangiz, bu haqida shifokorga xabar bering.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik. Laktaza tanqisligi, saxaraza/izomaltaza tanqisligi, laktozani o‘zlashtiraolmaslik, fruktozani o‘zlashtiraolmaslik, glyukoza-galaktozani kam so‘rilish sindromi (preparat laktoza va saxaroza saqlaydi).
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Agar Siz har qanday boshqa preparatlarni qabul qilayotgan bo‘lsangiz, unda davolashni boshlashdan oldin shifokor bilan maslahatlashish lozim.
Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta'sir yoki nomutanosiblik holatlari ta'riflanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Surunkali prostatitni va prostata bezidagi operativ aralashuvlardan oldingi va keyingi holatlarni davolash, Vitaprost® tabletkalari bilan birga boshqa dori vositalarini qo‘llash va nomedikamentoz davolash usullari bilan birga majmuaviy bo‘lishi kerak.
Avtomobilni va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Avtomobilni va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Preparatni dozani oshirib yuborilishi hollari haqida xabar berilmagan.
Chiqarilish shakli
Ichakda eruvchi qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 20 mg. 10 tabletkadan kontur uyali polivinilxlorid yoki polivinilxlorid/ polivinildexlorid va bosilgan laklangan alyuminiy o‘ramda.
Ikki dona kontur uyali o‘ram preparatni tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida joylanadi.
Saqlash sharoiti
25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Bolalar ololmaydigan joyda saklansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Preparat yaroklilik muddati tugaganidan sung ko‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.