Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Dimeksid MR sirtga qo‘llash uchun suyuqlik 50ml
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Диметилсульфоксид
Страна производитель
Узбекистан
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
жидкость для наружнего применения
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Xalqaro patentlanmagan nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
MR Dimeksid
Xalqaro patentlanmagan nomi
(XPN) dimetilsulfoksid.
Dori shakli
sirtga qo‘llash uchun suyuqlik
Tarkibi
faol modda dimetilsulfoksid 50 ml yoki 100 ml;
Ta'rifi och-sariq rangli tiniq rangli eritma.
Farmakoterapevtik guruhi
Mahalliy qo‘llash uchun yallig‘lanishga qarshi vosita.
ATX kodi M02AX03
Farmakologik xususiyatlari
Sirtga qo‘llash uchun yallig‘lanisha qarshi vosita, gidroksil radikallarni faolsizlantiradi, yallig‘lanish o‘chog‘ida metabolik jarayonlarni kechishini yaxshilaydi. Shuningdek mahalliy og‘riqsizlantiruvchi, analgetik va mikroblarga qarshi ta'sir ko‘rsatadi; o‘rtacha fibrinolitik faollikka ega.
Teri, shilliq qavatlar, mikrob xujayralarning qobig‘i (ularni antibiotiklarga sezgirligini oshiradi) va boshqa biologik membranalar orqali o‘tadi, dori vositalari uchun ularning o‘tkazuvchanligini oshiradi.
Qo‘llanilishi
Majmuaviy davolash tarkibida tayanch-harakat apparati kasalliklari revmatoid artrit, Bexterev kasalligi (ankilozlovchi spondiloartrit), deformatsiyalovchi osteoartroz, reaktiv sinovit; organik sklerodermiya, tugunli eritema, diskoid qizil yugirigi, oyoq kaftining mikozlari, kelloid chandiqlar, tromboflebit, allopetsiya, ekzema, saramas, paylarni lat yeyishi, cho‘zilishi, jarohat infiltratlari yiringli yaralar, kuyishlar, radikulit, trofik yaralar, akne, furunkulyozda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Applikatsiyalar va yuvishlar ko‘rinishida sirtga qo‘llanadi. Zarur kontsentratsiyali eritmada doka salfetka namladi va 20-30 minut davomida shikastlangan sohaga qo‘yiladi. Salfetka ustidan polietilen plyonka va paxta gazlama yoki zig‘irpoyali mato qo‘yiladi. Applikatsiya davomiyligi – 10-15 kunni tashkil etadi.
Saramas va trofik yaralarni davolashda – 30-50% li eritma ko‘rinishida 50-100 ml dan sutkada 2-3 marta buyuriladi.
Ekzema, diffuz streptordermiyalarda – 40-90% li eritmali kompresslar ko‘rinishida buyuriladi.
Og‘riq sindromlarida mahalliy og‘riqsizlantirish uchun – 25-50% li eritmali kompresslar ko‘rinishida 100-150 ml dan kunida 2-3 marta buyuriladi.
Yuz terisi va yuqori sezuvchan boshqa sohalar uchun 10-20-30% li eritmalar qo‘llanadi.
Chuqur kuyishlarni davolashda 20-30% li dimeksid eritmasi (zarurati bo‘lganida 500 ml gacha dozada) bog‘lamlar qo‘yiladi.
Teri-plastik jarrohlikda ko‘chirib o‘tkazilgan autotransplantantlarini va gomotransplantantlarga operatsiyadan bevosita keyin va transplantant barqaror bitib ketishigacha 10-20% li eritmali bog‘lamlar qo‘llanadi.
Teri gomotransplantantlarini saqlash uchun konservatsiyalovchi muhit sifatida Ringer eritmasida 5% li eritmasi qo‘llanadi.
Kamroq kontsentrlangan eritmalar bilan yiringli-nekrotik va yallig‘langan o‘choqlar va bo‘shliqlarga ishlov beriladi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatga yuqori sezuvchanlik, og‘ir jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligi, stenokardiya, yaqqol ateroskleroz, glaukoma, katarakta, insult, koma, miokard infarkti, xomiladorlik, laktatsiya davrida qo‘llash mumkin emas.
Nojo‘ya ta'sirlari
Allergik reaktsiyalar, kontakt dermatit, eritema, terini qurishi, yengil achishish, qichishuvchi dermatit; kam hollarda – bronxospazm kuzatilishi mumkin.
Dorilarning o‘zaro ta'sirlari
Etanol, insulin va boshqa dori vositalarining so‘rilishi va ta'sirini kuchaytiradi. Geparin, antibakterial vositalar, NYAQP lar bilan mutanosib. Mikroorganizmlarni aminoglikozidlar va beta-laktam antibiotiklari; xloramfenikol, rifampitsin, grizeofulvinga sezgirligini oshiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Ba'zi bemorlar nafas olganda sarimsoqpiyoz hidini sezadilar.
Preparatni qo‘llashdan oldin uni o‘zlashtiraolishlik sinamasini o‘tkazish kerak.
Buning uchun dimetilsulfoksidda namlangan paxta tampon teriga tekkaziladi; giperemiya va yaqqol qichishishni paydo bo‘lishi o‘ta yuqori sezuvchanlikdan dalolat beradi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Doza oshirib yuborilganda allergik reaktsiyalar (eshakemi, shish) kuzatilishi mumkin. Bunday hollarda preparat bekor qilinadi, shikastlanish joyini yuvib, preparat ketkaziladi.
Chiqarilish shakli
50 yoki 100 ml dan qo‘ng‘ir rangli shisha flakonda. Flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
Dori vositalarini sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
MChJ «MERRY MED FARM»
O‘zbekiston Respublikasi, Namangan viloyati, Namangan tumani, Bog‘ishamol QFY, Sherbuloq ko‘chasi 1 uy. Tel (0369) 224-67-22.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.