Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Etodin Forte tab. №14
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Этодолак
Страна производитель
Узбекистан
Дозировка
400 мг
Производитель
Nobel-Pharmsanoat,ИП,Узбекистан
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Etodin Forte
Ta'sir etuvchi modda (XPN) Etodolak
Dori shakli
Qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Tarkibi
Faol modda Etodolak - 400 mg.
Yordamchi moddalar laktoza monogidrati, mikrokristall sellyuloza, natriy kroskarmelloza, suvsiz kolloid kremniy, polivinilpirrolidon, magniy stearati.
Qobiq Opadry OYS-34948 Pink (titan dioksidi, temir oksidi (qizil), gidroksipropilmetiltsellyuloza).
Ta'rifi Och-pushti rangli, oval shaklli, bir tomoni chiziqli va boshqa tomonida «NOBEL» gravirovkasi bo‘lgan qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
Nosteroid yallig‘lanishga qarshi vosita.
ATX kodi M01AV08
Farmakologik xususiyatlari
Etodolak pirano-indoletsitin kislotasining hosilasi bo‘lib, siklooksigenaza-2 (TSOG-2) ga tanlab ta'sir ko‘rsatuvchi ingibitorlariga mansub dori vositasidir. Yallig‘lanishga qarshi, og‘riq qoldiruvchi va isitmani tushiruvchi ta'sir ko‘rsatadi. Preparat yallig‘langan to‘qimada araxidon kislotasidan yallig‘lanishga olib keluvchi prostaglandinlar sintezini tormozlaydi. Retseptorlarning gistamin, serotonin va kininlar kabi yallig‘lanish mediatorlariga bo‘lgan sezgirligini kamaytiradi. Lipooksigenazaga ta'sir ko‘rsatmaydi. Preparat shuningdek siydik kislotasini organizmdan chiqarish xususiyatiga ham ega.
Farmakokinetikasi
Preparat ichga qabul qilinganda me'da-ichak yo‘llaridan yaxshi so‘riladi va plazmada cho‘qqi kontsentratsiyasiga, taxminan 1 soatdan keyin erishiladi. Preparatning biokiraolishligi 100% bo‘lib, u antatsidlar yoki ovqat qabul qilinishiga bog‘liq emas. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi 95% ni tashkil qiladi. O‘rtacha yarim chiqarilish davri (T1/2) 7 soatni tashkil qiladi. Organizmdan buyrak orqali, asosan (60% gacha) metabolitlar ko‘rinishida chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Revmatoid artrit, ankilozlovchi spondilit, harakatlanishni cheklanishi va og‘riq sindromi bilan kechuvchi artroz, osteoartrit kabi revmatik kasalliklarni davolash, suyaklarda metastazlar rivojlanganda va yumshoq to‘qimalar yallig‘lanishidagi og‘riqlar, posttravmatik og‘riqlar, algodismenoreya, mialgiya, tish og‘rig‘i, stomatologik operatsiyalardan keyingi og‘riqlar, qon tomir patologiyasi bilan bog‘liq bosh og‘riqlarida qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparatni ichga 400 mg dan sutkada 2 marta (ertalab va kechqurun) bir stakan suv bilan qabul qilinadi. Maksimal sutkalik doza 1,2 g ni tashkil qiladi. Tana vazni 60 kg va undan kamroq bo‘lgan patsiyentlar uchun maksimal sutkalik doza 20 mg/kg dan oshmasligi kerak. Keksa patsiyentlarga dozani o‘zgartirish talab qilinmaydi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Kam hollarda – dispepsik holatlar, bosh aylanishi, terida toshma paydo bo‘lishi; ayrim hollarda bosh og‘rig‘i kuzatilishi mumkin. Allergik reaktsiyalar (juda kam hollarda og‘ir shakllari), ultserogen ta'sir, bronxospazm, dizuriya, qon yaratilishini susayishi yuz berishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Me'da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligining zo‘rayish bosqichi, me'da – ichakdan qon ketishi, homiladorlik, emizish davri, bolalik davri, etodolak va boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalarga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Preparat plazma oqsillari bilan faol bog‘lanadi, shuning uchun uni proteinlar bilan bog‘lanadigan boshqa preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llaganda dozani to‘g‘ri tanlash lozim. U oral antikoagulyantlar va geparinning, me'da shilliq qavatini ta'sirlanishini chaqiruvchi preparatlarning samarasini kuchaytirishi va sulfanilamidlarning gipoglikemik ta'sirini kuchayishini chaqirishi mumkin.
Etodolak plazmada litiyning kontsentratsiyasini oshishini chaqirishi mumkinligi tufayli, litiy preparatlari bilan bir vaqtda qo‘llanilganda plazmada litiyning kontsentratsiyasini nazorat qilish lozim.
Etodolak metotreksatning qonga salbiy ta'sirini kuchaytirish mumkin. Etodolak, shuningdek, diuretiklar faolligini pasaytirishi, boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalarning ta'sirini kuchaytirib, yara hosil bo‘lishi va qon ketish xavfini oshirishi mumkin.
Preparat fenitoinning ta'sirini kuchaytiradi. Etodolakning fenolli metabolitlarini siydikda bo‘lishi tufayli, bilirubinni aniqlash uchun Erlix reagenti qo‘llanilganda soxta – musbat natija berishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Zarurati bo‘lganida me'da yoki o‘n ikki barmoq ichakning yara kasalliklarida, anamnezida me'da–ichakdan qon ketishlari bo‘lganda, jigar yoki buyrak faoliyatining og‘ir buzilishlarida ehtiyotkorlik bilan qo‘llaniladi.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari dozani yengil darajada oshirib yuborilishi hollarida uyquchanlik, ko‘ngil aynishi, qusish, epigastriya sohada og‘riq kuzatiladi. Kam hollarda gipotenziya, o‘tkir buyrak yetishmovchiligi, nafas olishni susayishi yuz beradi. Dozani sezilarli darajadaoshirib yuborilgan hollarda (dozani 15 marta oshishida) koma, me'da–ichakdan qon ketishlari rivojlanishi mumkin.
Davolash preparatning dozasi sezilarli darajada oshirib yuborilganda – tozalovchi xo‘qna buyuriladi.
Dozani oshirib yuborilishi
aniqlanganda patsiyentda darhol qusishni chaqirish yoki me'dani yuvishni o‘tkazish kerak. Faollashtirilgan ko‘mir (60 – 100 g), surgi vositalari va umumiy simptomatik davo buyuriladi.
Chiqarilish shakli
«Etodin Forte», qobiq bilan qoplangan tabletkalar 400 mg dan, №7, №14.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
"NOBEL PHARMSANOAT" ChEK
Dori vositasining sifati bo‘yicha iste'molchilarning fikr-mulohazalari, e'tirozlari va dori preparatining nojo‘ya ta'sirlari yoki samarasini yo‘qligi haqidagi xabarlarni quyidagi manzilga yuborish mumkin
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh, Mirzo Ulug‘bek tumani, Qorasuvbo‘yi ko‘chasi, 5"A"
Tel (99871) 265 90 99; Faks (99871) 265 91 99; E-mail pv@nobel.uz, www.nobel.uz
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.