Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Frakdjoin kaps. 500mg №30
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Циссус квадрангуларис
Страна производитель
Индия
Производитель
Marion Biotech Pvt. Ltd
Форма выпуска
Капсулы
Ko'rsatmalar
Preparatning savdo nomi
Frakdjoin
Ta'sir etuvchi modda (XPN) Sissus kvadrangularis
Dori shakli
kapsulalar
Tarkibi
Har bir kapsula quyidagilarni saqlaydi
faol modda Sissus kvadrangularis - 500 mg;
yordamchi moddalar mavjud emas.
Ta'rifi jigarrang rangli ekstrakt kukuni bilan to‘ldirilgan yashil rangli kapsulalar.
Farmakoterapevtik guruhi
mushak va suyak kasalliklarini davolash uchun qo‘llanadigan vosita.
ATX kodi M05VX
Farmakologik hususiyatlari
Frakdjoin kapsulalari tarkibida Sissus kvadrangularis saqlaydi, u shuningdek “shikastaband” (“kostoprav”) nomi bilan ma'lum. Sissus kvadrangularis fotokimyoviy tahlil qilish tarkibida fitosterinlar, askorbin kislotasi, kerotin va kaltsiyning miqdori yuqoriligini ko‘rsatdi. Sissus kvadrangularis suyaklarning estrogen retseptorlariga ta'sir qiladi. Shuningdek u moddalar almashinuvini rag‘batlantiradi va suyaklarni bitishida osteoblastlar hisobiga mineral kaltsiy, oltingugurt va strontsiyni so‘rilishini oshiradi.
Sissus kvadrangularis singan suyaklarni bitishiga o‘ziga xos ta'sir qiluvchi fitosterinlar va vitaminlarni saqlaydi. Sissus kvadrangularising asosiy elementlari suyak qadog‘ini bitishi va tez mineralizatsiyada ishtirok etuvchi barcha biriktiruvchi to‘qimalar regeneratsiyasiga ta'sir qilishi orqali singan suyaklarni bitish tezligiga sezilarli ta'sir ko‘rsatadi.
Sissus kvadrangularis fibroblastlar va kollagen hosil bo‘lishi fazasini tezlashtiradi. Singan suyaklarni bitishida bunday tezlashish barcha mezenximal hujayralar, hususan fibroblastlar, xondroblastlar va osteoblastlarni qo‘zg‘alishi hisobiga amalga oshadi. Bu jarayon organizmning boshqa hujayra reaktsiyalariga nisbatan osteoblastlar proliferatsiyasiga katta ta'sir ko‘rsatadi.
Sissus kvadrangularis singan suyakning kimyoviy tarkibini, xususan mukopolisaxaridlar, kollagen, kaltsiy va boshqalarning miqdorini, shuningdek uning funktsional samaradorligini tiklaydi. Suyak singandan so‘ng uning zichligini oshishiga yordam beradi.
Sissus kvadrangularis og‘riq qoldiruvchi va yallig‘lanishga qarshi ta'sir ko‘rsatadi. Bu og‘riq, shishni kamayishiga yordam beradi. Sissus kvadrangularis oddiy sinishlarni bitishi jarayonida, shuningdek murakkab sinishlar bilan bog‘liq bo‘lgan buzilishlarni davolashda qatnashadi. Bu ta'siri araxidon kislotasini yallig‘lanish prostaglandinlariga aylanishiga to‘sqinlik qilishi bilan bog‘liq.
Sissus kvadrangularis tarkibida diosmin va gesperidin kabi ta'sir qiladigan flavanoidlar saqlanligi tufayli, vena qon tomirlarining tonusini oshiruvchi ta'sirga ega. Bu bioflavonoidlar flebotonik faollik namoyon qiladi, shuningdek angioprotektor va yallig‘lanishning biokimyoviy mediatorlarini hosil bo‘lishiga antagonistik ta'sir qiladi. Bundan tashqari, Sissus kvadrangularis ayniqsa asoratlangan yallig‘langan gemorroyda yordam beradigan og‘riq qoldiruvchi samaraga ega. U shuningdek qonda qandning miqdorini pasaytiradi.
Qo‘llanilishi
Frakdjoin quyidagilarda qo‘llash qo‘rsatilgan
• suyak sinishlarini bitishi va o‘sishini yaxshilanishi;
• osteoporoz;
• mushak vaznini oshirish;
• gemorroy va uning o‘lchamini kichraytirish uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga qabul qilinadi. Bir kapsuladan kuniga 1-2 yoki shifokorning ko‘rsatmasi bo‘yicha buyuriladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Bosh og‘rig‘i, meteorizm, og‘izni qurishi, diareya va uyqusizlik paydo bo‘lishi mumkin. Nojo‘ya samaralarning simptomlari, agar ular bo‘lsa, preparatni qo‘llash bekor qilingandan so‘ng yo‘qolishi kerak. Agar simptomlar saqlanib tursa, shifokorga murojaat qiling.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanligi bo‘lgan patsiyentlarga Frakdjoin kapsulalarni qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Sissus kvadrangularis glimepirid, gliburid, insulin va pioglitazon kabi diabetga qarshi preparatlar bilan birga qo‘llanganida sinergik samara ko‘rsatishi mumkin, chunki ular qonda qandning darajasini pasayishiga olib keladi. Bunday holatlarda qondagi qand miqdorini nazorat qilish kerak.
Maxsus ko‘rsatmalar
Sissus kvadrangularis qonda qandning miqdorini pasaytirishi mumkin va shu sababli jarrohlik aralashuvini o‘tkazish vaqtida va keyin qondagi qandning miqdorini nazorat qilish kerak. Sissus kvadrangularis ishlatilishi rejalashtirilgan operatsiyadan kamida 2 hafta avval to‘xtatilishi kerak. Qandli diabet bilan xastalangan bemorlarda Sissus kvadrangularis va qandning miqdorini pasaytiruvchi preparatlar bir vaqtda qo‘llanganida qonida qandning darajasi sinchiklab nazorat qilinishi kerak.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Homilador va emizikli ayollar preparatni qo‘llashdan oldin shifokorga murojaat qilishlari kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Preparatning dozasini oshirib yuborilishi yuzasidan xabarlar tushmagan. Dozasi oshirib yuborilganida simptomatik davolash va umumiy samarani bir maromda tutub turuvchi choralarini o‘tkazish tavsiya etiladi.
Chiqarilish shakli
10 kapsuladan blisterga joylangan, 3 shunday blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
Qorong‘i, quruq va yorug‘likdan himoyalangan joyda, +25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
“Marion Biotek Pvt. Ltd.”
Noida, Hindiston.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.