Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Protekta efervesan tabletkalari № 20
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Глюкозамин, хондроитина сульфат, диметилсульфон, магний, кальций витамин D3
Страна производитель
Болгария
Производитель
World Medicine, Великобритания произведено: Kendy Ltd
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Таблетки шипучие
Ko'rsatmalar
Preparatning savdo nomi
Protekta
Dori shakli
Vishillovchi tabletkalar
Tarkibi
1 vishillovchi tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar
glyukozamin sulfati (glyukozamin sul'fat kaliy xloridi shaklida) 750 mg;
xondroitin sul'fati (natriy xondroitin sul'fati shaklida) 600 mg;
metilsul'fonilmetan 750 mg;
marganets glyukonat digidrati 20 mg;
kaltsiy (kaltsiy karbonati shaklida) 500 mg;
D3 vitamini 400 XB;
yordamchi moddalar suvsiz limon kislotasi, natriy gidrokarbonati, sorbitol, suvsiz dekstroza, aspartam, kaliy atsesulfami, «Apelsin» aromatizatori, polietilenglikol 6000.
Ta'rifi dumaloq, yassi, oq yoki deyarli oq rangli, faskali, apelsin hidli tabletkalar, biroz marmarsimon bo‘lishi mumkin.
Farmakoterapevtik guruhi
Suyak-mushak tizimining kasalliklarini davolash uchun qo‘llanadigan boshqa preparatlar
ATX kodi M09AX
Farmakologik hususiyatlari
Protekta – tog‘ay to‘qimasi regeneratsiyasini stimulyatori. Preparatning farmakologik ta'siri uning tarkibiga kiruvchi komponentlarning hususiyatlari bilan belgilanadi.
Glyukozamin sulfati odam organizmida fiziologik jihatdan mavjud bo‘lgan tabiiy glyukozamin aminomonosaxaridining suti hisoblanadi. Proteoglikanlar, glikozaminoglikanlar, gialuron hamda xondroitin sulьfat kislotasi va bo‘g‘im qobig‘i, bo‘g‘im ichi suyuqligi va tog‘ay to‘qimasining tarkibiga kiruvchi boshqa moddalarni sintezini faollashtiradi; kollagen sintezini rag‘batlantiradi. Tog‘ayning metabolizmiga ijobiy ta'sir qiladi – anabolik jarayonlarni kuchaytiradi, katabolik jarayonlarni susaytiradi, bo‘g‘im kapsulasining o‘tkazuvchanligini oshiradi, sinovial membrana va bo‘g‘im tog‘ayi hujayralarida fermentativ jarayonlarni tiklaydi. Xondroprotektor va osteotrop ta'sir ko‘rsatadi, suyak to‘qimasiga kalьtsiyni singishini normallashtiradi. Prostaglandinlar sintezini susayishi bilan bog‘liq bo‘lmagan, antioksidant faolligi (superoksid radikallarni hosil bo‘lishini bloklanishi yo‘li bilan) va lizosomal fermentlarning faolligini susayishi hisobiga realizatsiya bo‘ladigan o‘rtacha yallig‘lanishga qarshi ta'sir ko‘rsatadi. Nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar (NYaQP) va glyukokortikosteroidlar (GKS) ning ta'siridan tog‘ayni kuzatilishi mumkin bo‘lgan metabolik shikastlanishini oldini oladi.
Xondroitin sulьfat tog‘ay to‘qimasini qurilishida ishtirok etadigan yaqori molekulyar mukopolisaxarid hisoblanadi (tog‘ay matriksini hosil bo‘lishi uchun qo‘shimcha substrat bo‘lib xizmat qiladi). Xondroprotektor ta'sir ko‘rsatadi, tog‘ay to‘qimasini regeneratsiyasini rag‘batlantiradi, yallig‘lanishga qarshi va og‘riq qoldiruvchi ta'sir ko‘rsatadi. Gialin to‘qimasida moddalar almashinuvini normallashtiradi, gialuronni hosil bo‘lishini, proteoglikanlar va kollagenning II turini sintezini rag‘batlantiradi; gialuronni fermentativ parchalanishdan, shu jumladan biriktiruvchi to‘qimani parchalanishiga olib keladigan lizosomal fermentlar tomonidan parchalanishdan himoya qiladi. Tog‘ay to‘qimasida fosfor-kalьtsiy almashinuviga ta'sir qiladi, suyak to‘qimasini rezorbtsiyasini sekinlashtiradi va kalьtsiyni yo‘qotilishini pasaytiradi, tog‘ay to‘qimasini degeneratsiya jarayonlarini sekinlashtiradi. Biriktiruvchi to‘qimani zichlashishini oldini oladi, va bo‘g‘im yuzasi uchun moylovchi modda rolini o‘ynaydi, bo‘g‘im suyuqligini hosil bo‘lishini normallashtiradi.
Glyukozamin sulьfati va xondroitin sulьfat biriktiruvchi to‘qimani biosintezida ishtirok etib, tog‘ayni parchalanish jarayonini oldini oladi va tog‘ay to‘qimasining regeneratsiyasini rag‘batlantiradi, bu holat og‘riq sindromining yaqqolligini kamayishiga va bo‘g‘imlarning funktsional hususiyatlarini yaxshilanishiga yordam beradi.
Metilsulьfonilmetan – oltingugurtning tabiiy organik birikmasidir, yuqori biologik faollikni namoyon qiladi. Oltingugurt jigar tomonidan minerallarni so‘rilishiga yordam beradi, bosh miyani ishlashi, sochlar, tirnoqlar, biriktiruvchi to‘qimasi, tog‘ayni hosil bo‘lishi uchun ahamiyatga ega, yaqqol allergiyaga qarshi ta'sir ko‘rsatadi. Metilsulьfonilmetan to‘qimalardan laktatni, toksinlarni ajralib chiqishiga yordam beradi, bu holat ozuqa moddalarining o‘tkazuvchanligini oshiradi; shikastlangan teri hujayralari va biriktiruvchi to‘qimani tiklanishiga yordam beradi, ularning elastikligini oshiradi.
Marganets energiya hosil bo‘lishi, oqsillar va yog‘larni metabolizmi, suyaklar va biriktiruvchi to‘qimani sintezida ishtirok etadi.
Kalьtsiy suyak to‘qimasining asosini tashkil etadi, qator muhim fermentlarning faoliyatini faollashtiradi, organizmda ionlar muvozanatini tutib turishda ishtirok etadi, nerv-mushak va yurak-qon tomir tizimlarida yuz beradigan jarayonlarga ta'sir qiladi.
D3 vitamini ingichka ichakda kalьtsiyni so‘rilishini oshirib, kalьtsiyni bog‘lovchi oqsillar sintezini rag‘batlantiradi, buyrak naychalarida kalьtsiyni qayta so‘rilishini oshiradi. D3 vitamini osteoblastlar sintezini faollashtirishi orqali kollagenning I turi va matritsa oqsillari sintezini oshishi yo‘libilan suyak to‘qimasini qayta modellanishi jarayonlarini faollashtiradi. Qalqonsimon bez, qalqonsimon oldi bezlari, jinsiy bezlarning funktsional holatiga ta'sir qilib, skelet suyaklarining kalьtsifikatsiyasini ta'minlaydi.
Qo‘llanilishi
—bo‘g‘imlar va umurtqa pog‘onasini degenerativ-distrofik kasalliklari (shu jumladan osteoxondroz);
—I-III darajadagi osteoxondroz;
—osteoporoz va uning asoratlarini (suyaklarni sinishi) oldini olish va kompleks davolash;
—organizmda kalьtsiy va D3 vitaminini tanqisligini to‘ldirish;
—bo‘g‘imlarni jarohatlaridan keyin reabilitatsion choralarni kompleksida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Protekta preparati ichga ovqatlanishda qat'iy nazar qabul qilinadi. Bitta tabletkani xona xaroratidagi 200 ml ichimlik suvida butunlay eritish va tayyorlangan zahoti ichish kerak.
Osteoporozni oldini olish va kompleks davolash uchun, shuningdek kalьtsiy va D3 vitamini tanqisligida 1 tabletkadan sutkada 1-2 marta buyuriladi. Davolash kursining davomiyligi va dozalash tartibi shifokorning tavsiyalariga muvofiq ravishda belgilanadi.
Bo‘g‘imlar va umurtqa pog‘onasining degenerativ-distrofik kasalliklari (shu jumladan osteoxondrozni) va osteoxondrozning I-III darajasini davolash uchun Protekta preparati dastlabki uch hafta davomida 1 tabletkadan sutkada 2 marta, keyingi kunlarda – 1 tabletkadan sutkada 1 marta buyuriladi. Davolashning davomiyligi – 3-6 oyni tashkil etadi. Zarurat bo‘lganida, davomiyligi individual ravishda belgilanadigan takroriy davolash kurslarini o‘tkazish mumkin.
Nojo‘ya ta'sirlari
Markaziy nerv tizimi tomonidan bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, uyquchanlik, uyqusizlik.
Moddalar almashinuvi tomonidan giperkalьtsiyemiya, giperkalьtsiuriya.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan meteorizm, diareya, qabziyat, epigastral sohada og‘riq, ko‘ngil aynishi, qorinda og‘riq.
Boshqalar taxikardiya, periferik shishlar, oyoqlarda og‘riq, allergik reaktsiyalar.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
—preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
—fenilketonuriya (aspartam saqlaydi);
—tromboflebit;
—qon oqishiga moyillik;
—D vitaminini gipervitaminozi;
—giperkalьtsiyemiya;
—giperkalьtsiuriya;
—nefrolitiaz;
—og‘ir darajadagi buyrak yetishmovchiligi;
—tuberkulyozning faol shakli;
—sarkoidoz;
—15 yoshgacha bo‘lgan bolalar;
—homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Protekta yarimsintetik penitsillinlar va xloramfenikolning ta'sirini kamaytiradi, antikoagulyantlarning ta'sirini kuchaytiradi.
Fenitoin yoki barbituratlar bilan bir vaqtda qo‘llanganida D3 vitaminining faolligi pasayishi mumkin.
Yurak glikozidlari bilan birga qo‘llanganida ularning toksikligi oshadi (elektrokardiogrammani va patsiyentlarning klinik holatini nazorat qilish kerak), tiazid diuretiklar bilan birga qo‘llanganida kalьtsiyni buyrak naychalari orqali qayta so‘rilishini oshishi oqibatida giperkalьtsiyemiyani rivojlanish havfi oshadi, furosemid va boshqa “xalqali” diuretiklar bilan birga qo‘llanganida – kalьtsiyni buyraklar orqali chiqarilishi oshadi.
Kolestiramin, asosi mineral yoki o‘simlik moylari bo‘lgan surgi vositalar D3 vitaminining so‘rilishini pasaytiradilar.
Bisfosfonatlar yoki natriy ftoridi bilan bir vaqtda qo‘llanganida qabul qilishlar o‘rtasidagi interval kamida 2 soatni tashkil etishi kerak; tetratsiklinlarning peroral shakllari bilan – kamida 3 soatni tashkil etishi kerak.
Maxsus ko‘rsatmalar
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan nojo‘ya reaktsiyalar paydo bo‘lganida preparatning dozasini 2 marta kamaytirish, yaxshilanish bo‘lmaganida esa – preparatni bekor qilish kerak.
Protekta GKS va NYaQV bilan majmuaviy davolash tarkibida qo‘llanishi mumkin.
Dozani oshirib yuborilishi
dan saqlanish maqsadida D3 vitaminini boshqa manbalardan qo‘shimcha tushishini inobatga olish kerak.
Tarkibi
da oksalatlar (shovul, ismaloq) va fitin (yorma) saqlovchi mahsulotlarni qabul qilish kalьtsiyni so‘rilishini pasaytiradi, shuning uchun preparatni shovul, ismaloq, yormani qabul qilgandan so‘ng 2 soat davomida qabul qilish mumkin emas.
Protekta preparatini giperkalьtsiyemiyani rivojlanish havfi borligi tufayli osteoporoz bilan xastalangan immobilizatsiyadagi bemorlarda ehtiyotkorlik bilan ishlatish kerak.
Qandli diabet bilan xastalangan bemorlarni davolash uchun tavsiya etilmaydi.
Homiladorlikda va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Homiladorlikdda va laktatsiya davrida preparatni qo‘llash mumkin emas.
Pediatriyada qo‘llanishi
15 yoshgacha bo‘lgan bolalarda Protekta preparatini qo‘llash havfsizligi yuzasidan ma'lumotlar yo‘q.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Protekta preparati avtotransportni boshqarish va diqqatni yuqori darajada jamlashni talab etuvchi potentsial havfli faoliyat turlarini bajarish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilish belgilari paydo bo‘lganida shifokorga murojaat qilish kerak.
Simptomlari anoreksiya, chanqoqlik, poliuriya, ishtahani pasayishi, bosh aylanishi, xushdan ketish holatlari, holsizlik, ko‘ngil aynishi, qusish, giperkalьtsiuriya, giperkalьtsiyemiya, giperkreatininemiya; ortiqcha dozalarda uzoq muddat qo‘llanganida – qon-tomirlar va to‘qimalar kalьtsinozi bo‘lishi mumkin.
Davolash preparatni zudlik bilan bekor qilish kerak. organizmga katta miqdorda suyuqlik yuborish, “xalqali” diuretiklarni (masalan, furosemid), GKS, kalьtsitonin, bisfosfonatlarni yuborish tavsiya etiladi.
Chiqarilish shakli
Vishillovchi tabletkalar. 20 vishillovchi tabletkalar polipropilen tubalarda, silikagelli polipropilen tiqin bilan berkitilgan. 1 tuba tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
Namlik va yorug‘likdan himoyalangan joyda 25°C dan yuqori bo‘lmagan xaroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin!
Yaroqlilik muddati
Ishlab chiqarilgan
sanadan boshlab 3 yil.
Yaroqlilik muddati
tugaganidan so‘ng qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz beriladi.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.