В данный момент нет активных товаров
Alsgeymer kasalligida qanday dorilar qo‘llaniladi?
Alsgeymer kasalligida dori-darmonlar demensiya rivojlanish jarayonini sekinlashtirish va bemorning hayot sifatini yaxshilash uchun zarur.
Alsgeymer kasalligi 65 yoshdan oshgan odamlarga xos bo‘lgan aqliy zaiflik shaklidir, ammo kamdan-kam hollarda u yoshroq insonlarga ham taalluqlidir. Uni butunlay davolashning iloji yo‘q, ammo kasallikning rivojlanishini sekinlashtirish imkoniyati bor. Kasallikning oldini olish uchun muntazam ravishda jismoniy va aqliy mashqlar qilish, ko‘proq toza havoda bo‘lish, to‘g‘ri ovqatlanish kerak.
Ushbu kasallik uchun terapiya keng qamrovli bo‘lishi va yangi dori-darmonlardan foydalanishni va malakali parvarishni o‘z ichiga olishi kerak.
Kasallik quyidagi alomatlar bilan tavsiflanadi:-
aql-idrok so‘nib boradi;
-
xotira buziladi;
-
vasvasa, maniakal g‘oyalar, gallyutsinatsiyalar paydo bo‘ladi;
-
reflekslar buziladi;
-
fazoviy va vaqt oriyentatsiyasi yo‘qoladi.
Dori terapiyasi tarkibiga miyada qon aylanishini, xotirani yaxshilash uchun preparatlar kiritilishi mumkin. Alsgeymer kasalligida dori-darmonlarni tayinlash mutaxassis tomonidan amalga oshiriladi. Shifokor tekshiruvdan so‘ng barcha qarshi ko‘rsatmalar va nojo‘ya ta’sirlar xavfini hisobga olgan holda kasallikni davolash uchun vositalarni tayinlaydi.
Ushbu farmakologik guruh dori vositalari quyidagi shaklda ishlab chiqariladi:
-
kapsulalar;
-
tabletkalar;
-
plastirlar;
-
inyeksiyalar uchun eritmalar;
-
ampulalar.
Alsgeymer kasalligida simptomlarni yo‘qotish uchun neyroleptiklar, trankvilizatorlar, tinchlantiruvchi vositalar, antidepressantlar va boshqalar qo‘llaniladi.
Toshkentda Altsgeymer kasalligini davolash uchun dori vositalarini xarid qilish
PharmaClick.uz internet-dorixonasida siz Alsgeymer kasalligiga qarshi samarali dori vositalarini topishingiz va xarid qilishingiz mumkin. Bizda arzon narxlardagi dori-darmonlarning keng ro‘yxati mavjud. O‘zingizga mos dori vositasini tanlang va Toshkent shahrining istalgan nuqtasiga, shuningdek, boshqa hududlardagi hamkor dorixonalarga yetkazib berish xizmatidan foydalangan holda buyurtma bering. Bundan tashqari, sizda dori-darmonlarni veb-saytda band qilish va o‘zingizga qulay vaqtda yetkazib berishni rasmiylashtirish imkoniyati mavjud. Savollaringiz bo‘lsa, mutaxassislarimizga murojaat qilishingiz va malakali javob olishingiz mumkin.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.