Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Metfoglim tab. 500mg/1mg №30
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Метформин гидрохлорид, глимепирид
Страна производитель
Индия
Дозировка
500мг/1мг
Производитель
Banson Pharmaceuticals Pvt. Ltd
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Metfoglimtm
Ta'sir etuvchi moddalar (XPN) Metformin gidroxloridi + Glimepirid
Dori shakli
Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Tarkibi
Har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi
Faol moddalar Metformin gidroxloridi 500 mg (metforminga qayta hisoblanganda) + Glimepirid 1 mg yoki Metformin gidroxloridi 500 mg (metforminga qayta hisoblanganda) + Glimepirid 2 mg yoki Metformin gidroxloridi 500 mg (metforminga qayta hisoblanganda) + Glimepirid 3 mg.
Yordamchi moddalar laktoza monogidrati, natriy amilopektin-glikolyati, kross povidon, mikrokristall sellyuloza, magniy stearati, talk, polivinil pirrolidon, etil sellyuloza, metilen xloridi, titan dioksidi, eritrozin, PEG 6000, IPA, HPMC.
Ta'rifi uzunchoq, ikki yoqlama qavariq, riskali, qizil rangli qobiq bilan qoplangan tabletkalar, bo‘linganida oq massa ko‘rinadi.
Farmakoterapevtik guruhi
Diabetga qarshi vosita.
Farmakologik xususiyatlari
Metfoglim – majmuaviy preparatdir, tarkibida Metformin va Glimepirid saqlaydi.
Metformin qon plazmasida glyukozaning bazal darajasini ham, ovqat qabul qilgandan keyin uning qon plazmasidagi darajasini ham pasaytirish bilan namoyon bo‘luvchi gipoglikemik ta'sirga ega biguanid hisoblanadi. Metformin insulin sekretsiyasini rag‘batlantirmaydi va gipoglikemiya rivojlanishiga olib kelmaydi. Metformin 3 ta'sir mexanizmiga ega
• Glyukoneogenez va glikogenolizni susaytirish yo‘li orqali jigar tomonidan glyukoza ishlab chiqarilishini kamaytiradi;
• Mushak to‘qimasida insulinga sezuvchanlikni oshiradi, glyukozani periferik qamrab olinishi va utilizatsiyasini yaxshilaydi;
• Ichakda glyukoza so‘rilishini tormozlaydi.
Metformin glikogensintetazaga ta'sir qilib, xujayra ichida glikogen sintezini rag‘batlantiradi. Metformin glyukozani spetsifik membranali tashuvchilarining (GLUT-1 va GLUT-4) transport qobiliyatini oshiradi. Qondagi glyukozaning darajasidan qat'iy nazara metformin lipidlarning metabolizmiga ta'sir qiladi. Bu preparatni terapevtik dozalarda qo‘llash bilan o‘tkazilgan o‘rtacha va uzoq muddatli nazoratlangan klinik tadqiqotlar vaqtida aniqlangan metformin xolesterinning umumiy miqdori, PZLP, va trigilitseridlarning darajasini kamaytiradi.
Glimepirid – peroral qo‘llanilganida gipoglikemik faollikka ega modda, sulfonilmochevina hosilasidir. II tip qandli diabetda qo‘llanadi. Glimepiridning ta'siri me'da osti bezining β-xujayralaridan insulinni ajralib chiqishini rag‘batlantirish yo‘li orqali amalga oshiriladi. Sulfonilmochevinaning boshqa hosilalari kabi osti bezining β-xujayralarini glyukoza bilan fiziologik rag‘batlantirilishiga sezuvchanligini oshiradi. Bunday tashqari, glimepirid sulfonilmochevinaning boshqa hosilalari kabi yaqqol me'da bezidan tashqari ta'sir ko‘rsatadi.
Insulinni ajralib chiqishi. Sulfonilmochevina β-xujayra membranasidagi ATF-sezuvchan kaliy kanallarini yopadi, bu xujayra membranasini depolyarizatsiyasiga olib keladi, buning natijasida kaltsiy kanallari ochiladi va xujayraga ko‘p miqdorda kaltsiy kiradi, bu o‘z navbatida ekzotsitoz yo‘li orqali insulinni ajralib chiqishini rag‘batlantirib, insulin sekretsiyasini boshqaradi. Glimepirid ATF-sezuvchan kaliy kanallari bilan bog‘langan β-xujayra membranasidagi oqsilga yuqori darajadagi yaqinlik bilan bog‘lanadi, ammo odatda sulfonilmochevina bog‘lanadigan joyga emas. Me'da osti bezidan tashqari faolligi va ta'siri periferik to‘qimalarni insulinga sezgirligini oshishi va jigar tomonidan insulinni qamrab olinishini kamayishidan iborat. Qonda periferik mushaklar va yog‘ to‘qimalariga glyukozani tashilishi xujayra membranasida joylashgan maxsus transport proteinlari orqali amalga oshiriladi. Aynan glyukozani bu to‘qimalarga tashilishi glyukozani o‘zlashtirilishi tezligini cheklovchi bosqich hisoblanadi. Glimepirid mushak va yog‘ xujayralarining plazmatik membranalaridagi glyukozani faol tashuvchilarning sonini tez oshiradi, shu tariqa glyukozani qamrab olinishini rag‘batlantiradi. Glimepirid fosfolipaza S, spetsifik glikozil-fosfatidilinozitol faolligini oshiradi, ushbu modda ta'siri ostida alohida yog‘ va mushak xujayralarida kuzatiladigan lipogenez va glikogenezni kuchayishi shu bilan bog‘liq. Glimepirid glyukoneogenezni susaytiruvchi fruktozo-2,6-difosfatning xujayra ichidagi kontsentratsiyasini oshirib, jigarda glyukoza hosil bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi.
Farmakokinetikasi
Metfoglim preparati peroral qabul qilinganidan keyin metforminning plazmadagi maksimal kontsentratsiyasiga erishish vaqti (tmax) 2,5 soatni tashkil etadi. Sog‘lom ko‘ngillilar tomonidan 500 mg doza peroral qo‘llanilganida metforminning mutloq biokiraolishligi taxminan 50-60% ni tashkil etadi. Peroral qo‘llanilgandan keyin axlatdagi so‘rilmagan fraktsiyasi 20-30% ni tashkil qilgan. Peroral qo‘llanilgandan keyin metforminning so‘rilishi to‘liq emas va to‘yingan hisoblanadi. Metformin so‘rilishining farmakokinetikasi to‘g‘ri chiziqli xarakterga ega degan taxmin bor. Metforminning odatdagi dozasida va qo‘llash tartibida plazmadagi muvozanat kontsentratsiyasiga 24-48 soatdan keyin erishiladi va 1 mkg/ml dan kamroqni tashkil etadi. Nazoratlangan klinik tadqiqotlarda metforminning qon plazmasidagi Smax hatto yuqori dozalarda qo‘llanganda ham 4 mkg/ml dan oshmagan. Ovqat qabul qilish metforminning so‘rilish darajasi kamaytiradi va so‘rilish vaqtini biroz uzaytiradi. 850 mg dozada ovqat bilan qabul qilinganidan keyin qon plazmasida Smax ni 40% ga pasayishi, AUC ni 25% ga pasayishi va tmax ni 35 minutga uzayishi aniqlangan. Bunday o‘zgarishlarning klinik ahamiyati noma'lum.
Taqsimlanishi. Plazma oqsillari bilan ahamiyatsiz darajada bog‘lanadi. Metformin eritrotsitlarda taqsimlanadi. Qondagi Smax plazmadagi Smax ga nisbatan pastroq va taxminan bir vaqtda erishiladi. Eritrotsitlar ehtimol taqsimlanishning ikkilamchi deposi hisoblanadi. Taqsimlanishning o‘rtacha qiymati 63-276 l chegarasida o‘zgaradi.
Biotransformatsiyasi va chiqarilishi. Metformin o‘zgarmagan holda siydik bilan chiqariladi. Metforminning buyrak klirensi minutiga >400 ml ni tashkil etadi, bu metformin kalavalar filtratsiyasi va naychalar seyeretsiyasi yo‘li orqali chiqarilishidan dalolat beradi. Doza ichga qabul qilinganidan keyin terminal T1/2 taxminan 6,5 soatni tashkil etadi. Agar buyrak faoliyati buzilgan bo‘lsa, buyrak klirensi kreatinin klirensiga proportsional ravishda kamayadi, buning natijasida T1/2 uzayadi, bu qon plazmasida metforminning darajasini oshishiga olib keladi.
Metfoglim preparati peroral qabul qilinganidan keyin – Glimepirid to‘liq biokiraolishlikka ega. Ovqat qabul qilish so‘rilishiga ahamiyatli darajada ta'sir qilmaydi, faqat uning tezligi biroz pasayadi. Qon plazmasidagi maksimal kontsentratsiyasiga peroral qo‘llanilgandan keyin taxminan 2,5 soat o‘tgach erishiladi (4 mg sutkalik dozada ko‘p marta qabul qlinganida o‘rtacha 0,3 mkg/ml). Preparatning dozasi, qon plazmasidagi maksimal kontsentratsiyasi va AUC o‘rtasida to‘g‘ri chiziqli bog‘liqlik mavjud.
Taqsimlanishi. Glimpepiridda taqsimlanish xajmi juda kichik (taxminan 8,8 l), taxminan albuminning taqsimlanish xajmiga teng. Glimepirid qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanishning yuqori darajadasiga (>99%) va past klirensga (taxminan minutiga 48 ml) ega. Hayvonlarda glimepirid ko‘krak suti bilan ajraladi, yo‘ldosh orqali o‘tishi mumkin. Gematoentsefalik to‘siq orqali o‘tishi ahamiyatsiz darajada.
Biotransformatsiyasi va chiqarilishi. Preparatni ko‘p marta qabul qilinganda qon plazmasidagi kontsentratsiyasiga bog‘liq o‘rtacha yarim chiqarilish davri 5-8 soatni tashkil etadi. Preparatni yuqori dozalarda qabul qilinganida T1/2uzayishi aniqlangan. Radioaktiv belgi bilan nishonlangan glimepiridning bir martalik doza qabul qilinganidan keyin preparatning 58% siydik bilan – 35% axlat bilan chiqarilgan. O‘zgarmagan holda modda siydikda aniqlanmaydi. CYP2C9 fermenti ishtirokida jigarda metabolizm natijasida hosil bo‘luvchi 2 metaboliti gidroksi- va karboksi hosilasi siydik va axlat bilan chiqariladi. Glimepirid peroral qabul qilinganidan keyin ushbu metabolitlarning terminal T1/2 muvofiq 3-6 soat va 5-6 soatni tashkil etadi. Solishtirishlar bir martalik doza va ko‘p martalik doza qabul qilinganidan keyin farmakokinetikasidagi ahamiyatli farqlar yo‘qligini ko‘rsatdi, bir individ uchun o‘zgaruvchanlik juda past bo‘lgan. Ahamiyatli darajadagi to‘planishi aniqlanmagan. Erkaklar va ayollar, shuningdek yoshlar va keksa patsiyentlarda (65 yoshdan oshgan) farmakokinetkasi bir xil bo‘lgan. Kreatinin klirensi pasaygan patsiyentlar uchun klirensni oshishi va glimepiridning plazmadagi o‘rtacha kontsentratsiyasini pasayishi tendentsiyasi aniqlangan, bu qon plazmasidagi oqsillar bilan bog‘lanishini yomonlashishi oqibatida uni tezroq chiqarilishi natijasi hisoblanadi. Ikkala metabolitini buyrak orqali chiqarilishi kamaygan. Bunday patsiyentlarda preparatni to‘planishining qo‘shimcha xavfi yo‘q. Qandli diabeti bo‘lgan, ammo o‘t yo‘llaridagi operatsiyadan keyin 5 patsiyentda farmakokinetikasi solom shaxslardagiga o‘xshash bo‘lgan.
Qo‘llanilishi
Metfoglim preparati parhezga qo‘shimcha sifatida va II tip qandli diabeti bo‘lgan bemorlarda yuqori jismoniy faollikda; glimepirid yoki merformin bilan monoterapiya glikemik nazoratni yetarli darajada ta'minlab bermagan hollarda; glimepirid va metformin bilan majmuaviy davolashga o‘zgartirilganda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Diabetga qarshi preparatning dozasi patsiyent qonidagi glyukozaning darajasiga qarab, shaxsiy ravishda belgilanadi. Odatda, davolashni minimal samarali dozadan boshlash tavsiya etiladi va preparatning dozasini bemor qonidagi glyukozaning darajasiga qarab oshiriladi. Preparat faqat kattalarda qo‘llanadi.
Metfoglim preparatini ichga qabul qilish va oz miqdordagi suv bilan ichib, sutkada 1 yoki 2 marta ovqatdan oldin yoki ovqatlanish vaqtida qabul qilinadi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Gipoglikemiya preparat qonda glyukoza darajasini pasaytirganligi tufayli, bu sulfonilmochevinaning boshqa hosilalarini qo‘llangan tajribadan kelib chiqib, gipoglikemiya rivojlanishiga olib kelishi mumkin, u uzoq vaqt davom etishi mumkin. gipoglikemiyaning bo‘lishi mumkin bo‘lgan simptomlari bosh og‘rig‘i, kuchli ochlik hissi (bo‘ri ishtahasi), ko‘ngil aynishi, qusish, apatiya, uyquchanlik, uyquni buzilishi, xavotirlik hissi, tajavuzkorlik, diqqatni jamlashni buzilishi, depressiya, ongni chalkashishi, nutqni buzilishi, afaziya, ko‘rishni buzilishi, tremor, parezlar, sezuvchanlikni buzilishi, bosh aylanishi, nochorlik, deliriy, markaziy genezli tirishishlar, uyquchanlik va hushdan ketish, hatto koma rivojlangunigacha, yuzaki nafas va bradikardiya. Bundan tashqari, adrenergik kontrregulyatsiya belgilari ko‘p terlash, teri qoplamalarini yopishqoqligi, taxikardiya, arterial gipertenziya, yurak urishini his qilish, stenokardiya xuruji va yurak aritmiyalari kuzatilishi mumkin. Gipoglikemiyaning og‘ir xuruji klinik manzarasi insultni eslatishi mumkin. Barcha ko‘rsatilgan simptomlar glikemik holat normallashganidan keyin deyarli doimo yo‘q bo‘ladi.
Ko‘rish a'zosi tomonidan buzilishlar davolash vaqtida (ayniqsa boshida) qonda glyukoza darajasini o‘zgarishi bilan bog‘liq ko‘rishni tranzitor buzilishlari aniqlanashi mumkin.
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar ba'zida – ko‘ngil aynishi, qusish, epigastral sohada og‘irlik yoki to‘lib ketish hissi, qorinda og‘riq yoki diareya.
Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar ayrim hollarda jigar fermentlari faolligini oshishi va jigar faoliyatini buzilishi (xolestaz va sariqlik), shuningdek jigar yetishmovchiligigacha avj olishi mukin bo‘lgan gepatit.
Qon tizimi tomonidan kam hollarda – trombotsitopeniya; ayrim hollarda – leykopeniya, gemolitik anemiya yoki eritrotsitopeniya, granulotsitopeniya, agranulotsitoz yoki pantsitopeniya. Bemorning holatini sichkovlik bilan nazorat qilish kerak, chunki sulfonilmochevina preparatlari bilan davolash vaqtida aplastik anemiya va pantsitopeniya hollari qayd etilgan. Ushbu ko‘rinishlar paydo bo‘lganida preparatni qabul qilishni to‘xtatish va muvofiq davolashni boshlash kerak.
Yuqori sezuvchanlik kam hollarda – allergik va soxta allergik reaktsiyalar (masalan, qichishish, eshakemi yoki toshma). Bunday reaktsiyalar deyarli doimo o‘rtacha bo‘ladi, ammo hansirash va arterial gipotenziya, hatto shok bilan kechib avj olishi mumkin. Eshakemi paydo bo‘lgan hollarda darhol shifokorga murojaat etish kerak.
Boshqalar ayrim hollarda allergik vaskulit, fotosensibilizatsiya va qon plazmasida natriy darajasini pasayishi aniqlanishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
-1 tip qandli diabet (insulinga qaram);
-2 tip qandli diabetda organizmda shaxsiy insulinni ishlab chiqarilishini to‘liq to‘xtashi;
-diabetik ketoatsidoz, diabetik prekoma, koma;
-jigar va/yoki buyrak faoliyatini buzilishi;
-miokard infarkti;
-yurak yetishmovchiligi;
-nafas yetishmovchiligi bilan og‘ir o‘pka kasalligi;
-og‘ir infektsion kasalliklar;
-operatsiyalar, jarohatlar;
-katabolik holatlar (parchalanish jarayonlari kuchaygan holatlar, masalan o‘sma kasalliklarida);
-gipoksik holatlar;
-surunkali alkogolizm;
-sut kislotali atsidoz (shu jumladan anamnezida);
-homiladorlik;
-laktatsiya (emizish);
-ovqatning kaloriyasi cheklangan (sutkada 1000 kkal dan kam) parhezga rioya qilish;
-bolalar;
-metformin yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Metfoglim preparatining gipoglikemik ta'siri boshqa gipoglikemik preparatlar (sulfonilmochevina hosilalari, insulin), salitsilatlar (shu jumladan, atsetilsalitsil kislotasi), MAO ingibitorlari, oksitetratsiklin, AAF ingibitorlari, beta-adrenoblokatorlari bilan bir vaqtda qo‘llanilganida kuchayishi mumkin. Preparatning gipoglikemik ta'siri glyukokortikoidlar, peroral kontratseptivlar, qalqonsimon bezi gormonlari, fenotiazin hosilalari, diuretiklar, nikotin kislotasi hosilalari, simpatomimetiklar bilan bir vaqtda qo‘llanilganida pasayishi mumkin.
Bilvosita antikoagulyantlar – kumarin hosilalarini qo‘llash fonida Metfoglim preparati buyurilganida qon ivishi ko‘rsatkichlarini sinchkovlik bilan nazorat qilish kerak.
Simetidinni qo‘llash sut kislotali atsidoz rivojlanishi xavfini kuchaytirishi mumkin.
Etanol bilan bir vaqtda qo‘llanilganida og‘ir nojo‘ya reaktsiyalari (gipoglikemiya, sut kislotali atsidoz) rivojlanishi xavfi oshadi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Metfoglim preparatini 65 yoshdan patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan buyurish lozim. Preparatni buyurishdan oldin, shuningdek har 6 soatda jigar va buyrak faoliyatini nazorat qilish kerak.
Qonda laktat darajasini bir yilda kamida 2 marta nazorat qilish kerak.
Kontrast moddalarni yuborish bilan rentgenologik tekshiruvdan 2 kun oldin, shuningdek umumiy narkoz ostida o‘tkaziladigan operatsiyadan 2 kun oldin Metfoglim ni boshqa gipoglikemik preparat (masalan, insulin) bilan almashtirish kerak va ushbu tekshiruv yoki operatsiyadan keyin yana 2 kun davomida davom ettirish lozim.
Juda kam hollarda (preparat dozasi oshirib yuborilganda, yondosh kasalliklar mavjudligida, alkogolizmda) sut kislotali atsidoz rivojlanishi mumkin.
Metforminning gipotenziv samarasini o‘rganishga qaratilgan klinik tadqiqotlar natijalari preparat metabolik (insulinga chidamli) sindrom X ning klinik ko‘rinishlari bo‘lgan bemorlarda arterial bosimning sutkalik profiliga ta'sir qilishidan dalolat beradi. Metforminning gipotenziv samarasi simpato-adrenal tizimi faolligida muhim rol o‘ynovchi insulinga chidamlilikni va giperinsuliyenemiyani pasayishi bilan bevosita bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Metfoglim preparati qo‘llanilganida, gipoglikemiya rivojlanishi xavfi tufayli diqqatni jamlash va psixomotor reaktsiyalarning tezligini talab etuvchi faoliyat turlari bilan shug‘ullanish tavsiya etilmaydi.
Dozani oshirib yuborilishi
Gipoglikemiya, diareya, ko‘ngil aynishi, qusish, meteorizm va anoreksiya. Nojo‘ya ta'sirlarini kuchayishi. Ushbu simptomlar asosan o‘tuvchan hisoblanadi va dozani vaqtincha pasaytirganda o‘tib ketadi. Diareya va/yoki qusish organizmni degidratatsiyasiga va prerenal azotemiyaga olib kelishi mumkin, bunday hollarda preparatni qabul qilishni vaqtincha to‘xtatish kerak.
Chiqarilish shakli
10 tabletkadan blisterda. 3 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.
Saqlash sharoiti
25oS gacha haroratda saqlansin. Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil. Preparatni yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatish mumkin emas.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
BANSON Pharmaceuticals Pvt LTD (India)
Hindistonning Karan Healthcare (P) Ltd. firmasi uchun ishlab chiqarilgan.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.