Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Siofor 1000 tab. №60
Nomi | Narx | |||||
Сиофор 1000 таб № 60 (49292##2 225) |
UZS 68 200
Stokda yetarli (7)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Сиофор 1000 таб № 60 (49292##2 267) |
UZS 68 300
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Метформин
Страна производитель
Германия
Дозировка
1000 мг
Производитель
Laboratory Guidotti S.p.A. (Menarini Group), Италия произведено: Berlin-Chemie AG
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
SIOFOR® 1000
Plyonka qobiq bilan qoplangan 1000 mg li tabletkalar
10 yoshdan katta bolalar va kattalarda qo‘llash uchun.
Metformin gidroxloridi
Ushbu dori preparatini qo‘llashdan oldin ilova-varaqani diqqat bilan to‘liq o‘qib chiqing, chunki u Siz uchun muhim ma'lumot saqlaydi.
-Ushbu ilova-varaqani saqlab qo‘ying. Ehtimol u Sizga yana kerak bo‘lishi mumkin.
-Agar Sizda qo‘shimcha savollar paydo bo‘lsa, shifokorga yoki dorixona xodimiga murojaat qiling.
-Ushbu dori preparati faqat Siz uchun buyurilgan. Uni boshqa shaxslarga bermang. Hatto agar ulardagi kasallik simptomlari xuddi Siznikidek bo‘lsa ham, bu ularga zarar yetkazishi mumkin.
-Agar Sizda biron-bir nojo‘ya ta'sirlar paydo bo‘lsa, shifokorga yoki dorixona xodimiga xabar bering. Bu har qanday bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta'sirlarga, shu jumladan ushbu ilova-varaqada ta'riflanmaganlarga ham tegishli. 4-bo‘limga qarang.
Ushbu ilova-varaqaning mazmuni
1.Siofor®1000 o‘zi nima va u nima uchun qo‘llaniladi
2.Siofor®1000 preparatini qabul qilishdan oldin nimalarni bilish kerak.
3.Siofor®1000 qanday qabul qilish kerak.
4.Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta'sirlari.
5.Siofor®1000 preparatini saqlash sharoitlari
6.O‘ram ichidagisi va qo‘shimcha ma'lumotlar.

Siofor®1000 o‘zi nima
Siofor®1000 qandli diabetni davolash uchun dori vositasi - metformin saqlaydi. Metformin biguanidlar deb nomlanuvchi dori moddalari guruhiga kiradi.
Insulin – me'da osti bezi ishlab chiqaradigan gormon va u Sizning organizmingizning hujayralari tomonidan qondagi glyukoza (qandni)ni ushlab qolinishini ta'minlaydi. Sizning organizmingiz glyukozani energiya olish uchun ishlatadi yoki kelajakda undan foydalanish uchun saqlab turadi.
Agar Siz qandli diabet bilan xastalangan bo‘lsangiz, bu Sizda me'da osti bezining insulinni yetarli miqdorda ishlab chiqara olmayotganligini yoki Sizning organizmingiz u ishlab chiqarayotgan insulindan tegishli ravishda foydalana olmayotganligini bildiradi. Natijada Sizda qonda glyukoza miqdori oshadi. Siofor®1000 qonda glyukoza miqdorini maksimal darajada normagacha kamayishiga yordam beradi.
Agar Sizning vazningiz yuqori bo‘lsa, Siofor®1000 ni uzoq vaqt qo‘llash qandli diabet bilan bog‘liq bo‘lgan asoratlar rivojlanishi xavfini kamaytiradi. Siofor®1000 preparatini qabul qilganda vazn turg‘unligicha qoladi, yoki o‘rtacha darajada kamayishi kuzatiladi.
Siofor®1000 preparati nima uchun qo‘llaniladi
Siofor®1000, qonda qand miqdorini nazorati uchun faqat parhez va jismoniy mashqlar yetarli bo‘lmagan patsiyentlarda, qandli diabetning 2 tipi (“insulinga bog‘liq bo‘lmagan” qandli diabet deb ham nomlanuvchi) davolash uchun qo‘llaniladi. Ayniqsa u ortiqcha tana vazni bo‘lgan patsiyentlarda keng qo‘llaniladi.
Kattalar Siofor®1000 ni o‘zini qabul qilishlari yoki qandli diabetni davolash uchun boshqa preparatlar bilan majmuada (ichga qabul qilish uchun yoki insulin bilan birga) qo‘llashlari mumkin.
10 yosh yoki undan katta bolalar, shuningdek qandli diabetning 2 tipi bo‘lgan o‘smirlar Siofor®1000 ni o‘zini yoki insulin bilan majmuada qo‘llashlari mumkin.
2.Siofor®1000 preparatini qabul qilishdan oldin nimalarni bilish kerak
Siofor®1000 preparatini quyidagilarda qo‘llash mumkin emas
• Agar Sizda metformin yoki ushbu dori preparatining biron-bir boshqa komponentiga allergiya bo‘lsa (6-bo‘limida keltirilgan).
• Agar Sizda buyrak yoki jigar kasalliklari bo‘lsa.
• Agar Sizda nazorat qilib bo‘lmaydigan qandli diabet bo‘lsa, masalan, og‘ir giperglikemiya (qonda glyukoza miqdori yuqori), ko‘ngil aynishi, qusish, suvsizlanish, tana vaznini tez kamayishi yoki ketoatsidoz bilan kechayotgan bo‘lsa. Ketoatsidoz - bu qonda “keton tanachalari” deb nomlanuvchi moddalarni to‘planishi bilan kechuvchi holat va diabetik komadan oldingi xolatga olib kelishi mumkin. Ketoatsidoz simptomlariga qorinda og‘riq, tez-tez va chuqur nafas olish, uyquchanlik va og‘izdan odatda kuzatilmaydigan mevalik hid kelishi kiradi
• Agar Siz juda ko‘p suyuqlik yo‘qotgan bo‘lsangiz (suvsizlangan), masalan, uzoq davom etadigan yoki og‘ir ich ketishi natijasida yoki ko‘p marta takrorlanadigan qusish natijasida. Suvsizlanish buyrak faoliyati buzilishini chaqirishi mumkin, bunda laktatsidoz rivojlanish xavfi oshadi (quyida “Ogohlantirishlar va ehtiyotkorlik choralari”ga qarang).
• Agar Sizda og‘ir infektsiyalar bo‘lsa, masalan, o‘pka, nafas yo‘llari yoki buyrak infektsiyalari. Og‘ir infektsiyalar buyrak faoliyati buzilishini chaqirishi mumkin, bunda laktatsidozni rivojlanish xavfi oshadi (quyida “Ogohlantirishlar va ehtiyotkorlik choralari” ga qarang).
• Agar Siz yurak yetishmovchiligini davolash uchun preparatlar qabul qilayotgan bo‘lsangiz yoki yaqinda miokard infarkti o‘tkazgan bo‘lsangiz, shuningdek agar Sizda qon aylanishining og‘ir buzilishlari yoki nafas olish qiyin bo‘layotgan bo‘lsa. Barcha bu omillar to‘qimalarga yetarlicha kislorod kelmasligiga olib keladi, bunda laktatsidozni rivojlanish xavfi oshadi (quyida “Ogohlantirishlar va ehtiyotkorlik choralari” ga qarang).
• Siz ko‘p alkogol iste'mol qilsangiz.
Agar Sizga sanab o‘tilgan bo‘limlardan biron biri taaluqli bo‘lsa, ushbu dori preparatini qabul qilishdan oldin shifokorga murojaat qiling.
Ogohlantirishlar va ehtiyotkorlik choralari
Siofor®1000 preparatini qabul qilishdan oldin maslahat uchun shifokorga murojaat qiling.
Davolovchi shifokor bilan albatta maslahatlashing, agar
• Sizga, o‘zida yod saqlovchi kontrast moddalarni qonga yuborish yo‘li bilan o‘tkaziluvchi tekshirishlar (masalan rentgenografik yoki tomografik) kerak bo‘lganida.
• Sizda yirik jarrohlik aralashuvini o‘tkazish kerak bo‘lganda.
Bunday tekshirishlardan yoki operatsiyadan oldin, shuningdek ulardan keyin ma'lum bir vaqt davomida Siz Siofor®1000 ni qabul qilmasligingiz kerak. Bu vaqt davomida boshqa biron-bir preparatlarni qabul qilish masalasini davolovchi shifokor hal qiladi. Siz davolovchi shifokor ko‘rsatmalariga aniq amal qilishingiz muhimdir.
Laktatsidoz rivojlanish xavfiga iltimos ahamiyat bering.
Siofor®1000 preparati laktatsidoz deb nomlanuvchi juda kam hollarda uchraydigan, lekin og‘ir asoratni keltirib chiqarishi mumkin, ayniqsa buyrak faoliyati buzilgan shaxslarda. Laktatsidoz kelib chiqish xavfi dekompensatsiyalangan diabeti bo‘lgan bemorlarda, uzoq vaqt och qolganda yoki alkogol qabul qilganda kuchayadi. Laktatsidoz simptomlariga qusish, mushak spazmlari bilan kechadigan qorinda og‘riq, kuchli toliqish bilan davom etadigan, umumiy holatni yomonlashishi, shuningdek nafas olishni qiyinlashishi kiradi. Agar Sizda shunday simptomlar kuzatilsa, Sizga tezda zudlik bilan shifoxonada davolanish talab etilishi mumkin, chunki laktatsidoz komaga olib kelishi mumkin. Bunda Siofor®1000 preparatni qabul qilishni darhol to‘xtating va shifokorga yoki yaqindagi shifoxonaga murojaat qiling.
Siofor®1000 o‘zi gipoglikemiya (qonda glyukoza miqdorini juda pasayib ketishi) keltirib chaqirmaydi. Lekin, agar Siz Siofor®1000 ni, qandli diabetni davolashda qo‘llaniluvchi va gipoglikemiya keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan boshqa preparatlar (masalan, sulfonilmochevina hosilalari, insulin yoki meglitinidlar) bilan qabul qilayotgan bo‘lsangiz, uning kelib chiqish xavfi bor. Agar Sizda gipoglikemiyaning simptomlari holsizlik, bosh aylanishi, terlash, yurak urishini tezlashishi, ko‘rishni buzilishlari, diqqatni jamlash muammolari paydo bo‘lsa, qand saqlovchi modda iste'mol qiling yoki iching – odatda bu yordam beradi.
Siofor®1000 preparatini va boshqa dori vositalarini qabul qilish.
Agar Sizga, rentgenografik yoki tomografik tekshirishlar uchun qonga yod saqlovchi kontrast moddalar yuborish talab etilsa, Siofor®1000 preparatini tekshirishlardan oldin va tekshirishlardan keyin ma'lum bir vaqtgacha qabul qilishni to‘xtatish kerak (yuqoridagi “Albatta davolovchi shifokor bilan maslahatlashing” ga qarang).
Agar Siz Siofor®1000 preparati bilan quyida keltirilgan preparatlardan birontasini qabul qilayotgan bo‘lsangiz, bu to‘g‘risida davolovchi shifokorga xabar qiling. Ehtimol, Sizga glyukoza miqdorini tez-tez nazorat qilish yoki Siofor® 1000 dozasiga tuzatish kiritish talab etilishi mumkin (buni shifokor qiladi)
• diuretiklar (siydik hosil bo‘lishini ko‘paytiruvchi va suyuqlikni organizmdan chiqarib yuborish uchun qo‘llaniladigan preparatlar)
• beta-2-simpatomimetiklar, masalan, salbutamol yoki terbutalin (bronxial astmani davolash uchun qo‘llaniladi).
• kortikosteroidlar (har xil kasalliklarni davolashda qo‘llaniladi, xususan, terining og‘ir yallig‘lanishi yoki bronxial astmada).
• qandli diabetni davolash uchun boshqa dori preparatlari.
• ranolazin (stenokardiyani davolash uchun qo‘llaniladigan dori preparati) yoki simetidin (me'da tomonidan buzilishlarni davolash uchun qo‘llanadigan dori preparati).
Agar Siz hozirgi vaqtda boshqa biron-bir dori vositalarini qabul qilayotgan/qo‘llayotgan, yaqinda qabul qilgan/qo‘llagan bo‘lsangiz, bu to‘g‘risida shifokorga yoki dorixona xodimiga xabar bering.
Siofor®1000 preparatini alkogol bilan qabul qilish
Siz ushbu preparatini qabul qilayotganingizda, alkogol qabul qilishdan saqlaning. Alkogol laktatsidozni rivojlanish xavfini oshirishi mumkin, ayniqsa jigar faoliyati buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda yoki holdan toygan patsiyentlarda. Xuddi shu holatlar alkogol saqlovchi dori vositalariga ham tegishli.
Homiladorlik va emizish
Homiladorlik davrida qandli diabetni davolash uchun insulinni qo‘llash kerak.
Agar Siz homilador bo‘lsangiz yoki emizayotgan bo‘lsangiz, homiladorman deb o‘ylasangiz yoki homilador bo‘lishni rejalashtirgan bo‘lsangiz, Sizga davolash sxemasini o‘zgartirishi uchun, davolovchi shifokorga yoki dorixona ishchisiga murojaat qiling.
Emizish vaqtida ushbu dori vositasini qo‘llash tavsiya qilinmaydi.
Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta'siri
Siofor®1000 o‘zi gipoglikemiya (qonda glyukoza miqdorining juda pasayib ketishi) chaqirmaydi. Bu transport vositalarini boshqarish va mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta'sir etmasligini bildiradi.
Lekin, agar Siz Siofor®1000 ni qandli diabetni davolash uchun boshqa gipoglikemiya chaqirishi mumkin bo‘lgan preparatlar bilan (masalan, sulfonilmochevina hosilalari, insulin yoki meglitinidlar) qabul qilayotgan bo‘lsangiz, ehtiyotkorlikka amal qilish kerak.
Gipoglikemiya simptomlariga holsizlik, bosh aylanishi, ko‘p terlash, yurakni tez-tez urishi, ko‘rish qobiliyatini buzilishi yoki diqqatni jamlash buzilishlari kiradi. Agar Sizda shunday simptomlar paydo bo‘lsa, transport vositalarini boshqarish va mexanizmlarga xizmat ko‘rsatishdan saqlaning.
3. Siofor®1000 ni qanday qabul qilish kerak.
Ushbu dori preparatini har doim davolovchi shifokor tavsiyasiga qat'iy amal qilgan holda qabul qiling. Agar Sizda biron-bir shubha paydo bo‘lsa, davolovchi shifokor yoki dorixona xodimiga murojaat qiling.
Siofor®1000 preparatini qo‘llash sog‘lom turmush tarzini olib borish zaruratini o‘zgartirmaydi. Parhezga tegishli shifokor ko‘rsatmalariga amal qilishni davom ettiring va muntazam jismoniy mashqlar qilib turing.
Tavsiya etilgan doza
Kattalar uchun odatdagi boshlang‘ich doza Plyonka qobiq bilan qoplangan ½ Siofor®1000 tabletkasidan, sutkada 2-3 marta (500 mg metformin gidroxloridiga to‘g‘ri keladi) yoki 850 mg metformin gidroxloridi sutkada 2-3 marta (bunday dozalashni Siofor®1000 preparati bilan amalga oshirib bo‘lmaydi).
Siofor®1000 preparatining maksimal sutkalik dozasi Plyonka qobiq bilan qoplangan 1 tabletkadan sutkada 3 marta.
Bolalar va o‘smirlarda qo‘llash
10 yoshli bolalar va o‘smirlar uchun odatdagi boshlang‘ich doza plyonka qobiq bilan qoplangan ½ Siofor®1000 tabletkasidan sutkada 1 marta (500 mg metformin gidroxloridiga to‘g‘ri keladi) yoki metformin gidroxlorid 850 mg dan sutkada 1 marta (bunday dozalashni Siofor®1000 preparati bilan amalga oshirib bo‘lmaydi).
Siofor®1000 preparatining sutkalik maksimal dozasi plyonka qobiq bilan qoplangan 1 tabletkadan sutkada 2 marta.
10 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda preparatni faqat shifokorning alohida ko‘rsatmasiga muvofiq qabul qilish tavsiya etiladi, chunki ushbu yosh guruhida preparatni qo‘llash bo‘yicha ma'lumotlar yetarli emas.
Agar Siz shuningdek insulin ham qabul qilayotgan bo‘lsangiz, Siofor®1000 preparati bilan davolanishni shifokor ko‘rsatmasi asosida boshlash kerak.
Monitoring
• Davolovchi shifokor qondagi glyukozaning miqdorini tekshirishni muntazam olib boradi va qondagi glyukoza darajasiga qarab Siofor®1000 preparatining dozasini belgilaydi. Davolovchi shifokor bilan muntazam maslahatlashib turish kerak. Bu bolalar va o‘smirlar, shuningdek keksa shaxslar uchun ayniqsa muhim.
• Bundan tashqari, shifokor kamida yilda bir marta Sizda buyrakning holatini tekshirib turadi. Agar Siz keksa yoshda bo‘lsangiz, yoki Sizda buyrak faoliyati buzilgan bo‘lsa, unda siz tekshirishdan tez-tez turishingiz kerak.
Siofor®1000, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalarini qanday bo‘lish kerak
Tabletkani ikkita teng bo‘lakka bo‘lish mumkin.
Siofor®1000, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalari o‘z shakli tufayli oson va aniqlik bilan bo‘linadi. Uni ikki qo‘l bilan, tekis qattiq yuzaga kengroq o‘yiqchasini pastga qaratib va katta barmoq bilan bosib bo‘lish mumkin (rasmga qarang).
Siofor®1000, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalarini qanday qabul qilish kerak
Tabletkalarni ovqatlanish vaqtida yoki ovqatdan keyin qabul qilinadi, bu ovqat hazm qilish bilan bog‘liq bo‘lgan nojo‘ya ta'sirlar bo‘lmasligiga yordam beradi.
Tabletkalarni chaynamang va maydalamang. Har bir tabletkani 1 stakan suv bilan yuting.
• Agar Siz preparatni sutkada 1 marta qabul qilsangiz, uni ertalab amalga oshiring (ertalabki nonushta bilan).
• Agar Siz tabletkalarni 2 marta qabul qilsangiz uni ertalab (nonushta paytida) va kechqurun (kechki ovqat vaqtida) amalga oshiring.
• Agar Siz preparatni 3 marta qabul qilsangiz, unda ertalab (nonushta vaqtida), kunduzi (tushlik bilan) va kechqurun (kechki ovqat vaqtida) qabul qiling.
Agar ma'lum bir vaqt o‘tgandan keyin Siofor®1000 preparatining ta'siri ancha kuchli yoki ancha kuchsizligi to‘g‘risida Sizda fikr paydo bo‘lsa, bu to‘g‘risida shifokorga yoki dorixona xodimiga xabar bering.
Agar Siz Siofor®1000 preparatini ko‘rsatilgandan ko‘p miqdorda qabul qilgan bo‘lsangiz
Agar Siz Siofor®1000 preparatini ko‘rsatilgandan ko‘p miqdorda qabul qilgan bo‘lsangiz, Sizda laktatsidoz rivojlanishi mumkin. Laktatsidoz simptomlariga qusish, mushak spazmlari bilan kechadigan qorinda og‘riq, kuchli toliqish bilan kechuvchi umumiy holatning buzilishlari, shuningdek nafas olishning qiyinlashishi kiradi. Agar Sizda shunday simptomlar paydo bo‘lsa, Sizga zudlik bilan shifoxona sharoitida davolanish talab etilishi mumkin, chunki laktatsidoz komaga olib kelishi mumkin. Siz zudlik bilan shifokorga yoki yaqindagi shifoxonaga murojaat qilishingiz kerak.
Agar Siz Siofor®1000 preparatini qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz.
O‘tkazib yuborilgan dozani o‘rnini bosish uchun ikkita dozani qabul qilmang. Preparatning keyingi dozasini o‘z vaqtida qabul qiling.
Agar Sizda ushbu preparatni qo‘llash bo‘yicha qo‘shimcha savollar paydo bo‘lsa, shifokorga yoki dorixona xodimiga murojaat qiling.
4. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta'sirlar
Boshqa dori vositalari kabi, ushbu preparat nojo‘ya ta'sirlar keltirib chiqarishi mumkin, lekin u hammada ham rivojlanmaydi. Quyidagi nojo‘ya ta'sirlar kelib chiqishi mumkin
Juda tez-tez kelib chiqishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta'sirlar (10 patsiyentdan 1 tasidan ko‘pida kuzatilishi mumkin)
• ahvolni yomonlashishi (ko‘ngil aynishi, qusish), ich ketishi, qorinda og‘riq va ishtahani yo‘qolishi kabi hazm qilishni buzilishlari. Ko‘pincha bunday nojo‘ya ta'sirlar Siofor®1000 preparati bilan davolash boshlanishida paydo bo‘ladi. Bunday nojo‘ya ta'sirlarni susaytirish uchun preparatni bir necha marta qabul qilishdan boshlash kerak, shuningdek uni ovqatlanish vaqtida yoki ovqatlanishdan keyin darrov qabul qilish mumkin. Agar simptomlar davom etsa, Siofor®1000 ni qabul qilishni to‘xtating va davolovchi shifokorga murojaat qiling.
Tez-tez kelib chiqishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta'sirlar (10 patsiyentdan 1 tasida kuzatilishi mumkin)
• ta'm sezishni buzilishlari
Juda kam hollarda kelib chiqishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta'sirlar (10000 patsiyentdan 1 tasida kuzatilishi mumkin)
• laktatsidoz - bu juda kam hollarda rivojlanadigan, ammo og‘ir asorat (ayniqsa buyrak faoliyati buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda). Laktatsidoz simptomlariga qusish, mushak spazmlari bilan kechadigan qorinda og‘riq, kuchli toliqish bilan kechadigan umumiy holatni yomonlashishi, shuningdek nafas olishni qiyinlashishi kiradi.
Agar Sizda shunday simptomlar kuzatilsa Sizga zudlik bilan shifoxonada davolanish talab etilishi mumkin, chunki laktatsidoz komaga olib kelishi mumkin. Siofor®1000 preparatini qabul qilishni zudlik bilan to‘xtating va shifokorga yoki yaqindagi shifoxonaga murojaat qiling.
• terini qizarishi (eritema), qichishish yoki qichishuvchi toshmalar (eshakemi) kabi teri reaktsiyalari
• qonda V12 vitaminining miqdorini kamayishi
• jigar faoliyatining bioximik ko‘rsatkichlarini buzilishi yoki gepatit (toliqish, ishtahani yo‘qolishi, terini va ko‘z oqini sarg‘ayish belgilari bilan yoki usiz kechuvchi jigar yallig‘lanishi). Agar Sizda shunday simptomlar kuzatilsa, Siofor® 1000 ni qabul qilishni to‘xtating va davolovchi shifokorga murojaat eting.
Bolalar va o‘smirlar
Preparatni bolalar va o‘smirlarda qo‘llash bo‘yicha olingan cheklangan ma'lumotlarga ko‘ra, ularda rivojlanadigan noxush holatlar og‘irlik darajasi va xarakteriga ko‘ra kattalarda kuzatiladiganlar bilan deyarli bir xil.
Nojo‘ya ta'sirlar to‘g‘risidagi xabarlar
Biron-bir nojo‘ya ta'sirlar paydo bo‘lganida shifokorga yoki dorixona xodimiga murojaat qiling. Bu har qanday mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta'sirlarga, shu jumladan ushbu ilova-varaqada ko‘rsatilmaganlariga ham tegishli. Siz shuningdek nojo‘ya ta'sirlar to‘g‘risida to‘g‘ridan-to‘g‘ri Toshkent sh., 100015, Afrosiyob ko‘ch., 12 (biznes markaz) manzili bo‘yicha O‘zbekistondagi Berlin-Xemi/Menarini kompaniya vakolatxonasiga xabar berishingiz mumkin.
Nojo‘ya ta'sirlar to‘g‘risida xabar berib, Siz ushbu dori preparatining xavfsizligi to‘g‘risida ko‘proq ma'lumotlar yig‘ishga yordam bergan bo‘lasiz.
5. Siofor® 1000 preparatini saqlash sharoiti
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin. Agar Siofor® 1000 bolaga buyurilgan bo‘lsa, unda ota-onalar va parvarish qiluvchi shaxslar ushbu preparatni qo‘llashni kuzatib borishlari kerak.
Ushbu preparat tashqi karton o‘ramda va blisterda “goden do” so‘zlaridan keyin ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng qo‘llanmasligi kerak.
Yaroqlilik muddati
o‘tgan sana ko‘rsatilgan oyning oxirgi kuni hisoblanadi.
Yaroqlilik muddati
36 oy.
Ushbu dori preparati 30oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Hech qanday dori preparatini kanalizatsiyaga yoki maishiy chiqindilarga tashlamang. Kerak bo‘lmagan dori preparatini qanday qilib utilizatsiya qilish to‘g‘risida dorixona xodimi bilan maslahatlashing. Bu choralar atrof-muhitni himoya qilishga yordam beradi.
6. O‘ram tarkibi va boshqa ma'lumotlar
Siofor®1000 preparatining tarkibi
Preparatning ta'sir etuvchi moddasi bo‘lib metformin gidroxloridi hisoblanadi.
Plyonka qobiq bilan qoplangan bir tabletka 1000 mg metformin gidroxloridi saqlaydi (bu 662,9 metforminga to‘g‘ri keladi).
Boshqa yordamchi komponentlar gipromelloza, povidon K25, magniy stearati (Ph. Eur.) [o‘simlik], makrogol 6000, titan dioksidi (E171).
Siofor®1000 preparatining ta'rifi va o‘ram ichidagisi
Oq, uzunchoq, plyonka qobiq bilan qoplangan, bir tomonida ponasimon chuqurchasi va boshqa tomonida bo‘luv o‘yiqchasi bo‘lgan tabletkalar.
Tabletkalar PVX plyonka va alyuminli folgadan tashkil topgan blisterlarga joylangan.
Siofor®1000 preparati 10, 30, 60, 90 yoki 120 plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkali o‘ramlarda chiqariladi.
Sotuvda hamma o‘lchamli o‘ramlar bo‘lmasligi mumkin
Dorixonadan berish tartibi shifokor retsepti bo‘yicha.
Qayd etish guvohnomasining egasi va ishlab chiqaruvchi
Qayd etish guvohnomasining egasi
Laboratori Gidotti S.p.A.
Via Livorneze, 897
56122 La Vettola (Piza)
Italiya
Ishlab chiqaruvchi
Menarnni-Fon Xeyden Gmbx
Leyptsiger Shtrasse 7 – 13
01097 Drezden
Germaniya

Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.