Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Siofor 500 tab. №60
Nomi | Narx | |||||
Сиофор 500 таб №60 (39027A##2 267) |
UZS 61 600
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Сиофор 500 таб №60 (39027A##2 274) |
UZS 61 600
Stokda yetarli (3)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Метформин
Страна производитель
Германия
Дозировка
500 мг
Производитель
Berlin-Chemie AG (Menarini Group)
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
Siofor®500
Plyonka qobiq bilan qoplangan 500 mg li tabletkalar
10 yosh va undan katta bolalar, shuningdek kattalarda qo‘llash uchun.
Metformin gidroxloridi
Ushbu dori preparatni qo‘llashdan oldin ilova-varaqani diqqat bilan to‘liq o‘qib chiqing, chunki unda Siz uchun muhim ma'lumot mavjud.
-Ushbu ilova-varaqani saqlab qo‘ying. Ehtimol Sizga uni yana o‘qib chiqish talab qilinishi mumkin.
-Agar Sizda har qanday qo‘shimcha savollar paydo bo‘lsa, shifokorga yoki dorixona xodimiga murojaat qiling.
-Ushbu dori preparati faqat Siz uchun buyurilgan. Uni boshqa shaxslarga bermang. Hatto agar ulardagi kasallik simptomlari xuddi Siznikidek bo‘lsa ham, bu ularga zarar yetkazishi mumkin.
-Agar Sizda biron-bir nojo‘ya ta'sirlar paydo bo‘lsa, shifokorga yoki dorixona xodimiga murojaat qiling. Bu har qanday, bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta'sirlarga, shu jumladan ushbu ilova-varaqada ta'riflanmaganlarga ham tegishli. 4-bo‘limga qarang.
Ushbu ilova-varaqaning mazmuni
1.Siofor®500 o‘zi nima va u nima uchun qo‘llaniladi
2.Siofor®500 preparatini qabul qilishdan oldin nimalarni bilish kerak.
3.Siofor®500 preparatini qanday qabul qilish kerak.
4.Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta'sirlari.
5.Siofor®500 preparatini saqlash sharoitlari
6.O‘ram ichidagisi va boshqa ma'lumotlar.

Siofor®500 o‘zi nima
Siofor®500 diabetni davolash uchun dori vositasi - metformin saqlaydi. U biguanidlar deb nomlanuvchi dori moddalari guruhiga kiradi.
Insulin – me'da osti bezi ishlab chiqaradigan gormon va u Sizning organizmingizning hujayralari tomonidan qondagi glyukoza (qandni) ushlab qolishni ta'minlaydi. Sizning organizmingiz glyukozani energiya olish uchun ishlatadi yoki kelajakda undan foydalanish uchun saqlab turadi.
Agar Sizda qandli diabet bo‘lsa, bu yoki Sizda me'da osti bezi insulinni yetarli miqdorda ishlab chiqarmasligini yoki Sizning organizmingiz u ishlab chiqarayotgan insulindan tegishli ravishda foydalana olmasligini bildiradi. Natijada Sizda qonda glyukoza miqdori oshadi. Siofor®500 qonda glyukoza miqdorini maksimal darajada normagacha kamayishiga yordam beradi.
Agar Siz katta yoshda bo‘lsangiz va tana vazningiz yuqori bo‘lsa, Siofor®500 preparatini uzoq vaqt qo‘llash qandli diabetning 2 tipi bilan bog‘liq bo‘lgan asoratlar rivojlanishi xavfini kamaytiradi. Siofor®500 preparatini qabul qilganda vaznning turg‘un va sezilarli darajada kamayishi kuzatiladi.
Siofor®500 preparati nima uchun qo‘llaniladi
Siofor®500 dori vositasi hisoblanadi.
• kattalarda diabetga moyillik, qandli diabetning manifast shaklini rivojlanish xavfi yuqori bo‘lgan (ya'ni glyukozaga nisbatan tolerantligi (IGT) buzilgan shaxslarda va och qoringa plazmada glyukoza miqdori (IFG) buzilganlarda va quyidagi shaxslarda <60 yosh, TVI ≥30 kg/m2, oilada yaqin qarindoshlari anamnezida diabet, triglitseridlar darajasi yuqori, YuZL xolesterin kamayganida, gipertoniya, HbA1c ≥6,0%, anamnezida homiladorlar diabeti) da davolash uchun.
• qonda glyukoza darajasini tegishli ravishda nazorati ostida qandli diabetning 2 tipini davolash uchun, ayniqsa tana vazni ortiqcha bo‘lgan patsiyentlarni davolashda qo‘llanadi.
Qandli diabetning 2 tipi bo‘lgan kattalar Siofor®500 preparatni o‘zini qabul qilish yoki qandli diabetni davolash uchun boshqa preparatlar bilan majmuada (ichga qabul qilish uchun yoki insulin bilan birga) qo‘llash mumkin.
10 yosh yoki undan katta bolalar, shuningdek qandli diabetning 2 tipi bo‘lgan o‘smirlar Siofor®500 preparatini o‘zini yoki insulin bilan majmuada qo‘llashlari mumkin.
Siofor®500 bilan davolash parhezni va jismoniy yuklamani muvofiqlashtirish bilan birga davom etishi kerak.
2.Siofor®500 preparatini qabul qilishdan oldin nimalarni bilish kerak
Siofor®500 preparatini quyidagilarda qo‘llash mumkin emas
• metformin yoki ushbu dori preparatining biron-bir boshqa komponentiga allergiya bo‘lsa (6-bo‘limida keltirilgan)
• agar Sizda buyrak yoki jigar kasalliklari bo‘lsa
• agar Sizda dekompensatsiyalangan qandli diabet bo‘lsa, masalan, og‘ir giperglikemiya (qonda glyukoza miqdori yuqori), ko‘ngil aynishi, qusish, suvsizlanish, tana vaznini tez kamayishi yoki ketoatsidoz. Ketoatsidoz - bu qonda “keton tanachalari” deb nomlanuvchi moddalarni to‘planishi bilan kechuvchi holat. Ketoatsidoz simptomlariga qorinda og‘riq, tez-tez va chuqur nafas olish, uyquchanlik va og‘izdan odatda kuzatilmaydigan mevalar xidi kelishi kiradi
• agar Siz juda ko‘p suyuqlik yo‘qotgan bo‘lsangiz (suvsizlangan), masalan, uzoq davom etadigan yoki og‘ir ich ketishi natijasida yoki ko‘p marta takrorlanadigan qusish natijasida. Suvsizlanish buyrak faoliyati buzilishiga olib kelishi mumkin, bunda laktatsidozni rivojlanish xavfi oshadi (quyidagi “Ogohlantirishlar va ehtiyotkorlik choralari”ga qarang).
• agar Sizda og‘ir infektsiyalar bo‘lsa, masalan, o‘pka, nafas yo‘llari yoki buyrak infektsiyalari. Og‘ir infektsiyalar buyrak faoliyati buzilishini chaqirishi mumkin, bunda laktatsidoz rivojlanishi xavfi oshadi (quyidagi “Ogohlantirishlar va ehtiyotkorlik choralari” ga qarang).
• Agar Siz yurak yetishmovchiligini davolash uchun preparatlar qabul qilayotgan bo‘lsangiz yoki yaqinda miokard infarkti o‘tkazgan bo‘lsangiz, shuningdek agar sizda qon aylanishining og‘ir buzilishlari yoki nafas olish qiyin bo‘layotgan bo‘lsa. Bular to‘qimalarga yetarlicha kislorod kelmasligiga olib keladi, bunda laktatsidoz rivojlanishi xavfi oshadi (quyidagi “Ogohlantirishlar va ehtiyotkorlik choralari” ga qarang).
• Siz ko‘p alkogol iste'mol qilsangiz.
Ogohlantirishlar va ehtiyotkorlik choralari
Siofor®500 preparatini qabul qilishdan oldin maslahat uchun shifokorga murojaat qiling.
Davolovchi shifokor bilan albatta maslahatlashing, agar
• Sizda tekshirish o‘tkazish kerak bo‘lib qolganda, masalan rentgenografik yoki qonga o‘zida yod saqlovchi kontrast moddalar yuborish kerak bo‘lgan tomografik tekshirishlarda.
• Sizda yirik jarrohlik aralashuvini o‘tkazish kerak bo‘lganda.
Bunday tekshirishlardan yoki operatsiyadan oldin, shuningdek ulardan keyin ma'lum bir vaqt davomida Siz Siofor®500 ni qabul qilmasligingiz kerak. Bu vaqt davomida boshqa biron-bir preparatlarni qabul qilish masalasini davolovchi shifokor hal qiladi. Siz davolovchi shifokor ko‘rsatmalariga aniq amal qilishingiz muhimdir.
Laktatsidoz rivojlanish xavfining quyidagi omillariga ahamiyat bering.
Siofor®500 preparati laktatsidoz deb nomlanuvchi juda kam hollarda uchraydigan, lekin og‘ir asoratni keltirib chiqarishi mumkin, ayniqsa buyrak faoliyati buzilgan shaxslarda. Laktatsidoz kelib chiqish xavfi dekompensatsiyalangan diabeti bo‘lgan bemorlarda, uzoq vaqt och qolganda yoki alkogol qabul qilganda kuchayadi. Laktatsidoz simptomlariga qusish, mushak spazmlari bilan kechadigan qorinda og‘riq, kuchli toliqish bilan davom etadigan, umumiy holatni yomonlashishi, shuningdek nafas olishning qiyinlashishi bilan ifodalanadi. Agar Sizda shunday simptomlar paydo bo‘lsa, Sizga tezda zudlik bilan shifoxonada davolanish talab etilishi mumkin, chunki laktatsidoz komaga olib kelishi mumkin. Bunda Siofor®500 preparatni qabul qilishni darhol to‘xtating va shifokorga yoki yaqindagi shifoxonaga murojaat qiling.
Siofor®500 o‘zi gipoglikemiya (qonda glyukoza darajasini kamayib ketishi) keltirib chiqarmaydi. Lekin, agar Siz Siofor®500 ni boshqa qandli diabet davolash uchun, gipoglikemiya keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan preparatlar (masalan, sulfonilmochevina hosilalari, insulin yoki meglitinidlar) bilan qabul qilayotgan bo‘lsangiz, uning kelib chiqish xavfi bor. Agar Sizda gipoglikemiyaning simptomlari holsizlik, bosh aylanishi, terlash, yurak urishini tezlashishi, ko‘rishni buzilishlari, diqqatni jamlash muammolari paydo bo‘lsa, qand saqlovchi moddadan iste'mol qiling yoki iching – odatda bu yordam beradi.
Siofor®500 preparatini va boshqa dori vositalarini qabul qilish.
Agar Sizga rentgenografik yoki tomografik tekshirishlar uchun qonga yod saqlovchi kontrast moddalar yuborish talab etilsa, Siofor®500 preparatini tekshirishlardan oldin va tekshirishlardan keyin ma'lum bir vaqtgacha qabul qilishni to‘xtatish kerak (yuqoridagi “Albatta davolovchi shifokor bilan maslahatlashing” ga qarang).
Agar Siz Siofor®500 preparati bilan quyida keltirilgan preparatlardan bilan birontasini qabul qilayotgan bo‘lsangiz, bu to‘g‘risida davolovchi shifokorga xabar qiling. Ehtimol, Sizga glyukoza darajasini tezroq nazorat qilish yoki qabul qilayotgan Siofor® 500 preparatining dozasiga shifokor bilan tuzatish kiritish talab etilishi mumkin
• diuretiklar (siydik paydo bo‘lishini ko‘paytiruvchi va suvni organizmdan chiqarib yuborish uchun qo‘llaniladigan preparatlar)
• beta-2-agonistlar, masalan, salbutamol yoki terbutalin (bronxial astmani davolashda qo‘llaniladi).
• kortikosteroidlar (har xil kasalliklarni davolashda qo‘llaniladi, xususan, terining og‘ir yallig‘lanishi yoki bronxial astma).
• diabetni davolash uchun boshqa dori preparatlari.
• ranolazin (stenokardiyani davolashda qo‘llaniladi) yoki simetidin (me'da kasalliklarini davolashda qo‘llaniladi).
Agar Siz hozirgi vaqtda boshqa biron-bir dori vositalarini qabul qilayotgan/qo‘llayotgan, yaqinda qabul qilgan/qo‘llagan bo‘lsangiz, bu to‘g‘risida shifokorga yoki dorixona xodimiga xabar bering.
Siofor®500 preparatini alkogol bilan qabul qilish
Siz ushbu preparatini qabul qilayotganingizda, alkogol qabul qilishdan saqlaning. Alkogol laktatsidoz rivojlanishi xavfini oshirish mumkin, ayniqsa jigar faoliyati buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda yoki holdan toygan patsiyentlarda. Xuddi shu holatlar alkogol saqlovchi dori vositalariga ham tegishli.
Homiladorlik va emizish
Homiladorlikda yoki emizish davrida, shuningdek homiladorlik extimoli bor yoki rejalashtirilgan preparatni qabul qilishdan oldin davolovchi shifokorga maslahat uchun murojaat qiling. Emizish davrda ushbu preparatni qabul qilish tavsiya etilmaydi.
Zarurati bo‘lgan holatlarda metformin 500 mg plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalarini homiladorlik davrida qo‘llash mumkinligini ko‘rib chiqish mumkin.
Insulinga o‘tish qarorini davolovchi shifokor qabul qiladi.
Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta'siri
Siofor®500 o‘zi gipoglikemiya (qonda glyukoza miqdorining pasayib ketishi) chaqirmaydi. Bu transport vositalarini boshqarish va mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta'sir etmasligini bildiradi.
Lekin, agar Siz Siofor®500 ni qandli diabetni davolash uchun boshqa gipoglikemiya chaqirishi mumkin bo‘lgan preparatlar bilan (masalan, sulfonilmochevina hosilalari, insulin yoki meglitinidlar) qabul qilayotgan bo‘lsangiz, ehtiyotkorlikka amal qilish kerak. Gipoglikemiya simptomlariga holsizlik, bosh aylanishi, ko‘p terlash, yurakni tez-tez urishi, ko‘rish qobiliyatining buzilishi yoki diqqatni jamlash buzilishlari kiradi. Agar Sizda shunday simptomlar paydo bo‘lsa, transport vositalarni boshqarish va mexanizmlarga xizmat ko‘rsatishdan saqlaning.
3. Siofor®500 ni qanday qabul qilish kerak.
Ushbu dori preparatini har doim davolovchi shifokor tavsiyasiga qat'iy amal qilgan holda qabul qiling. Agar Sizda biron-bir shubha paydo bo‘lsa, davolovchi shifokor yoki dorixona xodimi bilan maslahatlashing.
Siofor®500 preparatini qo‘llash sog‘lom turmush tarziga amal qilish foydasi o‘rnini bosaolmaydi. Parhezga tegishli shifokor ko‘rsatmalariga amal qilishni davom ettiring va muntazam jismoniy mashqlar qilib turing.
Tavsiya etilgan doza
Kattalar uchun odatdagi boshlang‘ich doza Siofor 500 1 plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkadan, sutkada 2-3 marta (sutkada 1000-1500 mg metformin gidroxloridiga to‘g‘ri keladi) yoki 850 mg metformin gidroxloridi sutkada 2-3 marta (bunday dozalashni Siofor®500 preparati bilan amalga oshirib bo‘lmaydi).
Siofor®500 preparatining maksimal sutkalik dozasi Siofor®500 plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkadan sutkada 3 marta (sutkada 3000 mg metformin gidroxloridiga to‘g‘ri keladi).
Bolalar va o‘smirlarda qo‘llash
10 yoshli bolalar va o‘smirlar uchun odatdagi boshlang‘ich doza Siofor®500 1 plyonka qobiq bilan qlplangan tabletkadan sutkada 1 marta (sutkada 500 mg metformin gidroxloridiga to‘g‘ri keladi) yoki metformin gidroxloridi 850 mg dan sutkada 1 marta (bunday dozalashni Siofor®500 preparati bilan amalga oshirib bo‘lmaydi).
Siofor®500 preparatining sutkalik maksimal dozasi plyonka qobiq bilan qoplangan 2 tabletka sutkada 2 marta (sutkada 2000 mg metformin gidroxloridiga to‘g‘ri keladi).
10 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda preparatni faqat shifokorning alohida ko‘rsatmasiga muvofiq qabul qilish tavsiya etiladi, chunki ushbu yosh guruhida preparatni qo‘llash bo‘yicha ma'lumotlar yetarli emas.
Agar Siz shuningdek insulin ham qabul qilayotgan bo‘lsangiz, Siofor®500 preparati bilan davolanishni shifokor ko‘rsatmasi asosida boshlash kerak.
Kuzatish
• Davolovchi shifokor qondagi glyukozaning miqdorini tekshirishni muntazam olib boradi va qondagi glyukoza darajasiga qarab Siofor®500 preparati dozasini belgilaydi. Siz muntazam ravishda davolovchi shifokor bilan maslahatlashib turishingiz kerak. Bu bolalar va o‘smirlar, shuningdek keksa shaxslar uchun ayniqsa muhim.
• Bundan tashqari, shifokor kamida yilda bir marta Sizda buyrakning funktsional holatini tekshirib turadi. Agar Sizning yoshingiz keksa bo‘lsa, yoki Sizda buyrak faoliyati buzilgan bo‘lsa, unda tekshirishni tez-tez amalga oshirib turish kerak.
Siofor®500 plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalarini qanday qabul qilish kerak
Tabletkalarni ovqatlanish vaqtida yoki ovqatdan keyin qabul qilinadi. Bu ovqat hazm qilish bilan bog‘liq bo‘lgan nojo‘ya ta'sirlar bo‘lmasligiga yordam beradi.
Tabletkalarni chaynamang va maydalamang. Tabletkalarni 1 stakan suv bilan yuting.
• Agar Siz preparatni sutkada 1 marta qabul qilsangiz, uni ertalab amalga oshiring (ertalabki nonushta bilan).
• Agar Siz tabletkalarni ikki marta qabul qilsangiz uni ertalab (nonushta paytida) va kechqurun (kechki ovqat vaqtida) amalga oshiring.
• Agar Siz preparatni uch marta qabul qilsangiz, unda ertalab (nonushta vaqtida), kunduzi (tushlik bilan) va kechqurun (kechki ovqat vaqtida) qabul qiling.
Agar ma'lum bir vaqt o‘tgandan keyin Siofor®500 preparati ta'siri ancha kuchli yoki ancha kuchsizlangan to‘g‘risida Sizda fikr paydo bo‘lsa, bu to‘g‘risida shifokorga yoki dorixona xodimiga xabar bering.
Agar Siz Siofor®500 preparatini ko‘rsatilgandan ko‘p miqdorda qabul qilgan bo‘lsangiz
Agar Siz Siofor®500 preparatini ko‘rsatilgandan ko‘p miqdorda qabul qilgan bo‘lsangiz, Sizda laktatsidoz rivojlanishi mumkin. Laktatsidoz simptomlariga qusish, mushak spazmlari bilan kechadigan qorinda og‘riq, kuchli toliqish bilan kechuvchi umumiy holatning buzilishlari, shuningdek nafas olishning qiyinlashishi kiradi. Agar Sizda shunday simptomlar paydo bo‘lsa, Sizga zudlik bilan shifoxona sharoitida davolanish kerak bo‘lishi mumkin, chunki laktatsidoz komaga olib kelishi mumkin. Siz zudlik bilan shifokorga yoki yaqindagi shifoxonaga murojaat qilishingiz kerak.
Agar Siz Siofor®500 preparatni qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz.
O‘tkazib yuborilgan dozani o‘rnini bosish uchun ikkita dozani qabul qilmang. Preparatning keyingi dozasini o‘z vaqtida qabul qiling.
Agar Sizda ushbu preparatni qo‘llash bo‘yicha qo‘shimcha savollar paydo bo‘lsa, shifokorga yoki dorixona xodimiga murojaat qiling.
4. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta'sirlar
Boshqa dori vositalari kabi, ushbu preparat nojo‘ya ta'sirlar keltirib chiqarishi mumkin, lekin u hammada ham rivojlanmaydi. Quyidagi nojo‘ya ta'sirlar kelib chiqishi mumkin
Juda tez-tez kelib chiqishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta'sirlar (10 patsiyentdan 1 tasidan ko‘proqda patsiyentlarda kuzatilishi mumkin)
• ahvolni yomonlashishi (ko‘ngil aynishi, qusish), ich ketishi, qorinda og‘riq va ishtahani yo‘qolishi kabi hazm qilishni buzilishlari. Ko‘pincha bunday nojo‘ya ta'sirlar Siofor®500 preparati bilan davolash boshlanishida paydo bo‘ladi. Bunday nojo‘ya ta'sirlarni susaytirish uchun preparatni bir necha marta qabul qilishdan boshlash kerak, shuningdek uni ovqatlanish vatida yoki ovqatlanishdan keyin darrov qabul qilishdan boshlash mumkin. Agar simptomlar o‘tib kelmasa, Siofor®500 ni qabul qilishni to‘xtating va davolovchi shifokorga murojaat qiling.
Tez-tez kelib chiqishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta'sirlar (10 patsiyentdan 1 tasida kuzatilishi mumkin)
• ta'm sezishni buzilishlari
Juda kam hollarda kelib chiqishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta'sirlar (10000 patsiyentdan 1 tasida kuzatilishi mumkin)
• laktatsidoz. Bu juda kam xollarda rivojlanadigan, ammo og‘ir asorat, ayniqsa buyrak faoliyati buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda. Laktatsidoz simptomlariga qusish, mushak spazmlari bilan kechadigan qorinda og‘riq, kuchli toliqish bilan kechadigan umumiy holatni yomonlashishi, shuningdek nafas olishni qiyinlashishi kiradi.
Agar Sizda shunday simptomlar kuzatilsa Sizga zudlik bilan shifoxonada davolanish zarurati paydo bo‘ladi, chunki laktatsidoz komaga olib kelishi mumkin. Siofor®500 preparatini qabul qilishni zudlik bilan to‘xtating va shifokorga yoki yaqindagi shifoxonaga murojaat qiling.
• terini qizarishi (eritema), qichishish yoki qichishuvchi toshmalar (eshakemi) kabi teri reaktsiyalari
• qonda V12 vitaminining miqdorini kamayishi
• jigar faoliyatining bioximik ko‘rsatkichlarini buzilishi yoki gepatit (toliqish, ishtahani yo‘qolishi, terini va ko‘z oqimini sarg‘ayish belgilari bilan yoki usiz kechuvchi jigar yallig‘lanishi). Agar Sizda shunday simptomlar paydo bo‘lsa, Siofor® 500 ni qabul qilishni to‘xtating va davolovchi shifokorga murojaat eting.
Bolalar va o‘smirlardagi qo‘shimcha nojo‘ya ta'sirlar
Preparatni bolalar va o‘smirlarda qo‘llash bo‘yicha olingan cheklangan ma'lumotlarga ko‘ra, ularda rivojlanadigan noxush holatlar og‘irlik darajasi va xarakteriga ko‘ra kattalarda kuzatiladiganlar bilan deyarli bir xil.
Nojo‘ya ta'sirlari to‘g‘risidagi xabarlar
Biron-bir nojo‘ya ta'sirlar paydo bo‘lganida shifokorga yoki dorixona xodimiga murojaat qiling. Bu har qanday mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta'sirlarga, shu jumladan ushbu ilova-varaqada ko‘rsatilmaganlarga ham tegishli. Siz shuningdek nojo‘ya ta'sirlar to‘g‘risida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘z davlatingizdagi Farmogohlik organlariga xabar berishingiz mumkin. Nojo‘ya ta'sirlar to‘g‘risida xabar berib, Siz ushbu dori preparatining xavfsizligi to‘g‘risida ko‘proq ma'lumotlar yig‘ishga yordam bergan bo‘lasiz.
5. Siofor® 500 preparatini saqlash sharoiti
Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin. Agar Siofor® 500 bolaga buyurilgan bo‘lsa, unda ota-onalar va parvarish qiluvchi shaxslar ushbu preparatni qo‘llashni kuzatib borishlari kerak.
Ushbu preparat tashqi karton o‘ramda va blisterda “goden do” so‘zlaridagi ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin qo‘llanmasligi kerak.
Yaroqlilik muddati
o‘tgan sana ko‘rsatilgan oyning oxirgi kuni hisoblanadi.
Ushbu dori preparati 30oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Hech qanday dori preparatini kanalizatsiyaga yoki maishiy chiqindilarga tashlamang. Kerak bo‘lmagan dori preparatini qanday qilib utilizatsiya qilish to‘g‘risida dorixona xodimi bilan maslahatlashing. Bu choralar atrof-muhitni himoya qilishga yordam beradi.
6. O‘ram tartibi va boshqa ma'lumotlar
Siofor®500 preparatining tarkibi
Preparatning ta'sir etuvchi moddasi bo‘lib metformin gidroxloridi hisoblanadi.
Plyonka qobiq bilan qoplangan bir dona tabletka 500 mg metformin gidroxloridi saqlaydi bu 390 mg metforminga to‘g‘ri keladi.
Boshqa komponentlar
Gipermelloza, povidon K25, magniy stearati (Ph. Eur.) [o‘simlik], makrogol 6000, titan dioksidi (E171).
Siofor®500 preparatining ta'rifi va o‘ram ichidagisi
Oq, dumaloq, ikki tomonlama qavariq, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Tabletkalar PVX plyonka va alyuminli folgadan tashkil topgan blisterlarga joylangan.
Siofor®500 preparati 10, 30, 60, 90 yoki 120 plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar o‘ramlarda chiqariladi.
Sotuvda hamma o‘lchamli o‘ramlar bo‘lmasligi mumkin
Dorixonadan berish tartibi
Shifokor retsept bo‘yicha.
Qayd etish guvohnomasining egasi
BERLIN-XEMI AG (MENARINI GRUPP)
Gliniker Veg 125
12489 Berlin
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi
BERLIN-XEMI AG
Gliniker Veg 125
12489 Berlin
Germaniya yoki
Menarini – Fon Xeyden GmbX
Leyptsiger Shtrasse 7-13
01097 Drezden

Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.