Tuxumdonlar faoliyati buzilganda qanday dorilarni qabul qilish kerak?
Tuxumdonlar disfunksiyasida qo‘llaniladigan dori vositalari ayollar jinsiy tizimi faoliyatining buzilishini bartaraf etish uchun qo‘llaniladigan dorilar guruhidir.
Tuxumdonlar faoliyati buzilishi - ayollarda uchraydigan patologiya bo‘lib, bunda jinsiy gormonlar muvozanati buziladi, bu esa butun reproduktiv tizimning ishlashiga, bachadonda o‘smalar paydo bo‘lishiga olib keladi.
Bunday patologik buzilish quyidagi sabablarga ko‘ra kelib chiqishi mumkin:
-
endokrin tizimining noto‘g‘ri ishlashi;
-
jinsiy a’zolarning yallig‘lanishi;
-
tuxumdonlar, ko‘krak bezlari, bachadon kasalliklari;
-
abort yoki homilani ko‘tara olmaslik;
-
kuchli stress;
-
yoshi;
-
toliqtiruvchi parhezlar;
-
venerik kasalliklar.
Patologiyaning asosiy belgilari:
-
hayz davrining o‘rtasidan boshlanib, qorinning pastki qismida tortiluvchi, simillovchi og‘riqlar;
-
hayz davrida kam miqdorda ajralma chiqishi;
-
hayz davrining yaqqol buzilishi.
Tuxumdonlar disfunksiyasida dori vositalarini tayinlash va qabul qilish
Ushbu guruhdagi dorilarni faqat shifokorning buyrug‘iga ko‘ra qabul qilish kerak, u preparatlarni tanlashda ayolning individual xususiyatlari, klinik va laboratoriya tadqiqotlari natijalari, bemorning yoshi, yondosh kasalliklarning mavjudligi va boshqalar kabi omillarni hisobga oladi. Bunday patologiyada terapiya bir nechta yo‘nalishlarni o‘z ichiga olishi mumkin:-
Dori-darmonsiz - sog‘lom turmush tarzini yo‘lga qo‘yish.
-
Medikamentoz - dori vositalarini qabul qilish;
-
Jarrohlik amaliyoti - o‘smalar, kistalar mavjudligida.
-
tarkibida gormonlar bo‘lgan dori vositalari;
-
yod preparatlari;
-
insulin preparatlari;
-
oral kontratseptivlar;
-
gipofiz gipersekretsiyasini kamaytirish uchun vositalar;
-
va boshqalar.
Tuxumdonlar disfunksiyasini davolash uchun preparatlarni sotib olish
Bizning PharmaClick.uz internet-aptemamizda tuxumdonlar disfunksiyasini davolash uchun samarali dori vositalarini topishingiz va buyurtma qilishingiz mumkin. Bizda barcha preparatlar keng assortimentda va hamyonbop narxlarda taqdim etilgan. Siz darhol buyurtma berishingiz yoki o‘zingiz uchun qulay vaqtda olib ketish uchun band qilishingiz mumkin. Yetkazib berish Toshkent shahrining istalgan hududidagi manzilingizga amalga oshiriladi. Shuningdek, siz O‘zbekiston bo‘ylab boshqa shaharlardagi hamkor dorixonalarga dorilarni yetkazib berishga ham buyurtma berishingiz mumkin.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.