Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Evika kaps. №60
Nomi | Narx | |||||
Эвика кап №60 (2024005##2 232) |
UZS 85 200
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Эвика кап №60 (2024005##2 254) |
UZS 85 200
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Эвика кап №60 (2024005##2 274) |
UZS 85 200
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Сарака индийская, симплокос метельчатный, валериана индийская, ромашка аптечная, авраамов
Страна производитель
Пакистан
Производитель
Herbion Pakistan Pvt. Ltd
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Капсулы
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Evika
Dori shakli
Kapsulalar
Tarkibi
Har bir kapsula quyidagi dorivor o‘simliklarning ekstraktlarini saqlaydi
faol moddalar
Hind sarakasi – 150 mg
Supurgi simon simplokos – 50 mg
Hind valerianasi – 50 mg
Dorivor moychechak – 50 mg
Avraam daraxti (prutyak) – 50 mg
Katexu palmasi – 50 mg
yordamchi moddalar makkajo‘xori kraxmali, kaltsiy digidrofosfati, mikrokristal sellyuloza.
Ta'rifi ko‘k rangli “0” o‘lchamli kapsulalar. Jigarrang rangli amorf kukun bilan to‘ldirilgan. Kapsulaning korpusi va qopqog‘iga EVICA chop qilingan.
Farmakoterapevtik guruhi
Asosan akushurlik va ginekologiyada qo‘llaniladigan vosita.
Farmakologik xususiyatlari
Evika – bachadonni tonusini oshiruvchi vosita, tarkibiga o‘zining samaradorligi bilan ma'lum bo‘lgan, maxsus tanlab olingan dorivor o‘simliklar kiruvchi optimal muvozanatlashtirilgan dori preparatidir.
Xind sarakasi
Bachadon kasalliklarida, ayniqsa bachadon fibromasi sabab bo‘lgan menorragiyada samarali. Bachadon qisqarishini kuchaytiradi, bachadondagi qon ketishini bartaraf qiladi.
Supurgisimon simplokos
Endometriy mushagini rag‘batlantiradi va mustahkamlaydi.
Xind valerianasi
Kuchsiz tinchlantiruvchi vosita, nevrasteniyani yengillashtiradi.
Dorivor moychechak
Kichik chanoq a'zolarida yallig‘lanish va og‘riqni kamaytiradi.
Avraam daraxti (prutyak)
Xayz ko‘rish oldi sindromida gormonlar darajasini muvofiqlashtirish oqibatida samarali yordam beradi, hamda xayz ko‘rish siklini yo‘lga soladi.
Katexu palmasi
Qindan suvsimon ajratmalarda samarali.
Evika endometriy mushaklari va tuxumdonlar to‘qimasini rag‘batlantirish va mustahkamlashi yordamida xayz ko‘rish siklini va postklimakterik qon ketishlarni tartibga soladi. O‘zining og‘riq qoldiruvchi va yallig‘lanishga qarshi xususiyatlari tufayli, Evika kichik chanoq a'zolari giperemiyasini pasaytiradi, vaginal epiteliysidan transsudatsiyani kamaytiradi va leykoreyani boshqarilishiga yordam beradi. Evika gipermenoreyada va bachadondan anomal qon ketishida bachadon bo‘shlig‘ining yuzasini va bachadon menorragiyasini kamaytirish yo‘li bilan sog‘lomlashtirishga yordam beradi. Evikani qo‘llash xayz ko‘rish oldi sindromida samarali yordam beradi, chunki preparat gormonlar darajasini nazorat qiladi.
Qo‘llanilishi
• Anomal vaginal ajralmalar
• Leykoreya
• Menorragiya
• Metrorragiya
• Muntazam bo‘lmagan xayz ko‘rish sikli
• Xayz ko‘rish oldi sindromi
• Postklimakterik qon ketishlarida qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Metroragiya va metropatiya holatlarida xayz ko‘rish siklining 3-chi kunidan boshlab bir kapsuladan kuniga 3 marta qabul qilinadi. Doimiy yoki uzoq muddatli qon ketishlari bilan bo‘lgan boshqa barcha kasalliklarda qabul qilish darhol boshlanadi. Holatning jiddiyligiga muvofiq ravishda, doza kuniga 6 kapsulagacha, bo‘lingan dozalarda xavfsiz oshirilishi mumkin.
Nojo‘ya ta'sirlari
Allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Aniqlanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Transport vositalarini va potentsial havfli mexanizm va mashinalarni boshqarish qobiliyatiga dori vositalarining ta'sirining o‘ziga xos xususiyatlari.
Ta'sir ko‘rsatmaydi.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborish holatlari aniqlanmagan.
Chiqarilish shakli
20/60 kapsuladan flakonda.
Saqlash sharoiti
25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
Xerbion Pakistan Prayvet Limited
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.