Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Femoston 1/5 tab. №28
Nomi | Narx | |||||
Фемостон 1/5 конти таб №28 (372934##2 140) |
UZS 133 100
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Фемостон 1/5 конти таб №28 (372934##2 234) |
UZS 128 300
Stokda yetarli (2)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Фемостон 1/5 конти таб №28 (373908##2 274) |
UZS 128 300
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Эстрадиол, дидрогестерон
Страна производитель
Франция
Производитель
Abbott Healthcare Products B.V., Франция произведено: Abbott Biologicals B.V.
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
- Ozarbayjon Respublikasida: +994124974401; O‘zbekiston Respublikasida
Preparatning savdo nomi
Femoston® 1/10, Femoston® 1/5, Femoston® 2/10
Dori shakli
plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Tarkibi
Estradiol tabletkasi
faol modda 1 tabletka 1 mg estradiol saqlaydi;
yordamchi moddalar laktoza monogidrati, gipromelloza, makkajo‘xori kraxmali, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, magniy stearati; plyonka qobig‘i Opadray OY-1-7000 oq (gipromelloza, polietilenglikol 400, titan dioksidi (E171));
Estradiol/didrogesteron tabletkalari
faol moddalar 1 tabletka 1 mg estradiol, 10 mg didrogesteron saqlaydi;
yordamchi moddalar laktoza monogidrati, gipromelloza, makkajo‘xori kraxmali, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, magniy stearati; plyonka qobig‘i Opadray II 85F27664 kulrang (polivinil spirti, titan dioksidi (E171), makrogol 3350, temir (II,III) oksidi (E172)).
Ta'rifi
1 mg estradiol saqlovchi tabletka dumaloq, ikki yoqlama qavariq, bir tomonida “379” gravirovkasi bo‘lgan, qobiq bilan qoplangan, oq rangli tabletkalar;
1 mg estradiol va 10 mg didrogesteron saqlovchi tabletka dumaloq, ikki yoqlama qavariq, tabletkaning bir tomonida “379” gravirovkasi bo‘lgan, qobiq bilan qoplangan, kulrang rangli tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
progestagenlar estrogenlar bilan majmuada.
ATX kodi G03FV08.
Farmakologik xususiyatlari
Estradiol
Faol komponent 17β-estradiol kimyoviy va biologik jihatdan odamning endogen estradioliga o‘xshash. Estradiol menopauzada ayollarda estrogenlarni ishlab chiqarilishi to‘xtaganda, ularning o‘rnini qoplaydi va menopauza simptomlarini yengillashtiradi.
Estrogenlar menopauza yoki ovariektomiyadan keyin suyak to‘qimasining massasini kamayib borishini oldini oladi.
Didrogesteron
Didrogesteron – bu peroral qabul qilinadigan faol progestagen bo‘lib, uning ta'siri parenteral yuborilgan progesteronning ta'siriga o‘xshash.
Estrogenlar endometriyni o‘sishini rag‘batlantirishi tufayli, estrogenlar bilan monoterapiya endometriyning giperplaziya va rakining xavfini oshiradi. Davolashga progestagenni qo‘shish, bachadoni saqlab qolingan ayollarda estrogenlar tomonidan induktsiya qilingan endometriyning giperplaziyasi xavfini ancha pasaytiradi.
Klinik tekshirishlarning ma'lumotlari
Estrogenlarning tanqisligi simptomlarini kamayishi va qon ketishlarining profilini yaxshilanishi kuzatilgan.
Menopauza bilan bog‘liq bo‘lgan simptomlarni kamayishiga, preparatni qo‘llashning birinchi bir necha haftalari davrida erishilgan.
1 mg estradiol va 10 mg didrogesteron saqlovchi Femoston preparati qo‘llanganida, muntazam hayz ko‘rishsimon reaktsiyalar (o‘rtacha davomiyligi 5 kun bo‘lgan bekor qilish qon ketishlari) 89% ayollarda kuzatilgan. Hayz ko‘rish odatda o‘rtacha siklning 28 kuni boshlangan. Yorib o‘tish bachadon qon ketishlari va/yoki qonli ajralmalar davolashning birinchi 3 oyida taxminan 23% va davolashning 10-12 oylarida – 15% ayollarda qayd qilingan. Amenoreya (qon ketishini yoki qonli ajralmalarning yo‘qligi) davolashning 1 yili davri davomida 21% sikllarda kuzatilgan.
Klimaks bilan bog‘liq bo‘lgan shikoyatlarni kamayishiga davolashning birinchi haftalari davomida erishilgan.
Osteoporozni oldini olish
Menopauzadagi estrogenlarning tanqisligi suyak to‘qimasining yuqori almashinuvi va suyak massasini kamayishi bilan bog‘liq. Estrogenlaring suyak to‘qimasining mineral zichligiga ta'siri dozaga bog‘liq bo‘ladi. Estrogenlarning himoyalovchi samarasi faqat ular qo‘llangan vaqtda ta'sir qiladi. O‘rinbosar gormonal davolash (O‘GD) to‘xtatilganidan keyin suyak massasining kamayishini tezligi, ko‘rsatilgan davolashni olmagan ayollardagi kabi bo‘ladi.
WHI (Women Health Initiative) tadqiqoti va meta-tahlil tadqiqotlarining natijalari,asosan sog‘lom ayollarda monoterapiya sifatida yoki progestagan bilan majmuada o‘tkazilayotgan O‘GD, osteoporoz oqibatida ro‘y beruvchi son suyagini, umurtqalarni sinishlari va sinishlarning boshqa turlari xavfini pasaytirishidan dalolat beradi. O‘GD shuningdek suyak to‘qimasining zichligi past va/yoki tashhislangan osteoporozi bo‘lgan ayollarda sinishlarni oldini olishi mumkin, lekin bu bo‘yicha ma'lumotlar cheklangan.
1 mg estradiol va 10 mg didrogesteron saqlovchi Femoston preparatini olgan ayollarda umurtqa pog‘onasining bel qismida suyak to‘qimasining mineral zichligi (STMZ) 5,2%±3,8% ga oshgan. Umurtqa pog‘onasining bel qismida STMZ Femoston 1/10 bilan davolashda 93,0% ayollarda oshgan yoki o‘zgarmasdan qolgan.
Femoston shuningdek son suyagining STMZ xam ta'sir qilgan. Femoston 1/10 bilan 2 yil davolashdan keyin STMZ son suyagining bo‘ynida 2,7%±4,2% (o‘rtacha qiymat±standart og‘ish), suyakning vertel sohasida 3,5%±5,0% (o‘rtacha qiymat±standart og‘ish) va Varda uchburchagida 2,7%±6,7% ga (o‘rtacha qiymat±standart og‘ish) oshgan. Femoston 1/10 bilan davolashdan keyin 67-78% ayollarda son suyagining 3 sohasida STMZ muvofiq oshgan yoki o‘zgarmasdan qolgan.
Farmakokinetikasi
Estradiol
So‘rilishi
Estradiolni so‘rilishi zarrachalarning o‘lchamiga bog‘liq, mikronlangan estradiol me'da-ichak yo‘llaridan tez so‘riladi.
Quyidagi jadvalda mikronlangan estradiol dozalarining har biri uchun estradiol (E2), estron (E1) va estron sulfatini (E1S) muvozanat kontsentratsiyasining o‘rtacha farmakokinetik ko‘rsatgichlari berilgan. Ma'lumotlar standart og‘ishning hisobi bilan berilgan.
Estradiol 1 mg
Ko‘rsatkichlarYe2Ye1Ko‘rsatkichlarYe1S
Cmax (pg/ml)71 (36)310 (99)Cmax (ng/ml)9,3 (3,9)
Cmin (pg/ml)18,6 (9,4)114 (50)Cmin (ng/ml)2,099 (1,340)
Ccp (pg/ml)30,1 (11,0)194 (72)Ccp (ng/ml)4,695 (2,350)
AUC
0-24 (pg*s/ml)725 (270)4767 (1857)AUC
0-24 (ng*s/ml)112,7 (55,1)
Taqsimlanishi
Estrogenlar bog‘langan holatda ham, bog‘lanmagan holatda ham aniqlanishlari mumkin. Estradiolning dozasini taxminan 98-99% plazma oqsillari bilan bog‘lanadi, ularning orasida 30-52% albuminlar bilan va 46-69% jinsiy gormonlarni bog‘lovchi globulinlar (JGBG) bilan bog‘lanadi.
Metabolizmi
Ichga qabul qilinganidan keyin estradiol faol metabolizmga uchraydi. Asosiy kon'yugirlanmagan va kon'yugirlangan metabolitlari estron va estron sulfati hisoblanadi. Bu metabolitlari estrogen faollikda bevosita yoki estradiolga aylanganidan keyin rol o‘ynashi mumkin. Esteron sulfati ichak-jigar sirkulyatsiyasiga duchor bo‘lishi mumkin.
Chiqarilishi
Siydikdagi asosiy birikmalar estronning glyukuronidlari va estradioldir. Yarim chiqarilish davri 10 soatdan 16 soatgachani tashkil qiladi. Estrogenlar emizuvchi onalarning suti bilan chiqariladi.
Doza va vaqtga bog‘likligi
Femoston ichga har besh kun o‘tgach erishiladi. Ko‘pchilik hollarda muvozanat kontsentratsiyasiga qabul qilishning 8 kundan 11 kunlar orasida erishiladi.
Didrogesteron
So‘rilishi
Didrogesteron peroral qabul qilinganidan keyin 0,5 va 2,5 soatlar orasidagi Tmax bilan tez so‘riladi. Didrogesteronning mutloq biokiraolishligi (20 mg peroral dozasi 7,8 mg vena ichiga infuziyasi bilan solishtirganda) 28% ni tashkil qiladi.
Quyidagi jadvalda didrogesteron (D) va digidrodidrogesteronning (DGD) muvozanat kontsentratsiyasining o‘rtacha farmakokinetik ko‘rsatgichlari berilgan. Ma'lumotlar standart og‘ish hisobi bilan berilgan.
Didrogesteron 10 mg
Ko‘rsatkichlariDDGD
Cmax (ng/ml)2,54 (1,80)62,50 (33,10)
Cmin (pg/ml)0,13 (0,07)3,7 0(1,67)
Ccp (pg/ml)0,42 (0,25)13,04 (4,77)
AUCinf (ng*s/ml)9,14 (6,43)311,17 (114,35)
Taqsimlanishi
Vena ichiga yuborilganidan keyin didrogesteronni taqsimlanishining muvozanat hajmi taxminan 1400 l ni tashkil qiladi. Didrogesteron va DGD qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanishi 90% dan ko‘proqdir.
Metabolizmi
Peroral qabul qilinganidan keyin didrogesteron DGD ni hosil bo‘lishi bilan tez metabolizmga uchraydi. Asosiy faol metaboliti 20 α-digidrodidrogesteronning darajasi dastlabki modda bilan solishtirganda ahamiyatli darajada yuqoridir. DGD va didrogesteronning AUC va Cmax nisbati muvofiq 40 va 25 ni tashkil qiladi. Didrogesteron va DGD ning yarim chiqarilishning o‘rtacha yakuniy davri muvofiq 5-7 va 14-17 soatlar orasida tebranadi.
Barcha metabolitlarining umumiy xususiyati dastlabki birikmani 4,6-diyen-3-ono konfiguratsiyasini saqlanishi va 17 α-gidroksillanishni yo‘qligi xisoblanadi. Didrogesteronning estrogen va androgen samaralarining yo‘qligi shu bilan tushuntiriladi.
Chiqarilishi
Radiofaol izotop bilan nishonlangan didrogesteron peroral qabul qilinganidan keyin dozaning o‘rtacha 63% siydik bilan chiqariladi. Umumiy plazma klirensi 6,4 l/min ni tashkil qiladi. To‘liq chiqarilishi 72 soat davomida amalga oshiriladi. DGD siydikda asosan glyukuron kislotasi bilan kon'yugati ko‘rinishida bo‘ladi.
Doza va vaqtga bog‘liqligi
Farmakokinetikasi
bir marta va ko‘p marta yuborilganida 2,5 mg dan 10 mg gacha peroral dozalar diapazonida to‘g‘ri chiziqli xarakterga ega. Bir martalik va ko‘p martalik dozalar kinetikasini solishtirish, takroriy yuborish natijasida didrogesteron va DGD ning farmakokinetikasini o‘zgarmasligini ko‘rsatadi. Muvozanat holatiga 3 kun davolashdan keyin erishilgan.
Qo‘llanilishi
Oxirgi hayz ko‘rishdan keyin kamida 6 oy o‘tgandan keyingi postmenopauzal davrdagi ayollarda estrogenlarning tanqisligi bilan bog‘liq bo‘lgan simptomlarni bartaraf qilish uchun o‘rinbosar gormonal davolash (O‘GL).
Sinishlarning yuqori xavfi bo‘lgan postmenopauzal davrdagi ayollarda osteoporozni oldini olish uchun boshqa dori vositalari qo‘llanganidagi o‘zlashtiraolmaslik yoki qo‘llash mumkin bo‘lmagan holda osteoporozni oldini olish.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga qabul qilish uchun.
Estrogen doimo qo‘llanadi. Progestagan 28-kunlik siklning oxirgi 14 kuni davomida ketma-ket qo‘shiladi.
Davolash 1 mg yoki 2 mg estradiol saqlovchi bir tabletkani sutkada 1 marta 28-kunlik siklning birinchi 14 kuni davomida xar kuni qabul qilishdan boshlanadi; shundan keyin navbatdagi 14 kunlari 1 mg yoki 2 mg estradiol va 10 mg didrogesteron saqlovchi 1 tabletkadan, sutkada 1 marta, 28-kunlik kalendar o‘ramida ko‘rsatilganidek qabul qilinadi.28-kunlik sikl tugaganidan keyin darhol keyingi siklni boshlash kerak.
Femoston®ni o‘ramlar orasidagi tanafuslarsiz qabul qilish kerak.
Postmenpauzal simptomlarni davolashni boshlash va davom ettirish uchun minimal samarali dozalarni minimal vaqt davri davomida buyurish kerak.
Odatda davolashni 1 mg estradiol va 10 mg didrogesteron saqlovchi Femoston® preparatini qabul qilishdan boshlash kerak.
Klinik javobga qarab dozani shaxsiy tanlash mumkin.
Boshqa uzluksiz ketma-ket yoki siklik davolashdan o‘tishni amalga oshiruvchi patsiyentlar davolashning 28-kunlik siklini yakunlashlari kerak, shundan keyin ular davolashda tanafussiz Femoston®ni olishlari mumkin. Uzluksiz majmuaviy davolanayotgan patsiyentlar, Femoston bilan davolashni xar qanday vaqtda boshlashlari mumkin.
Agar dozani qabul qilish o‘tkazib yuborilgan bo‘lsa, uni iloji boricha tezroq qabul qilish kerak. Agar 12 soatdan ko‘proq o‘tgan bo‘lsa, davolashni o‘tkazib yuborilgan tabletkani qabul qilmasdan, navbatdagi tabletkani qabuli bilan davom ettirish kerak. Bunday hollarda yorib o‘tish qon ketishini yoki qonli ajralmalarning ehtimoli yuqori bo‘lishi mumkin.
Femoston®ni ovqat qabul qilishdan qat'iy nazar qabul qilish mumkin.
Nojo‘ya ta'sirlari
Estradiol/didrogesteron olgan patsiyentlardagi klinik sinovlarda, eng ko‘p quyidagi nojo‘ya ta'sirlari haqida xabar berilgan bosh og‘rig‘i, qorin og‘rig‘i, sut bezlarida og‘riq/sezuvchanlik, belda og‘riq.
Klinik sinovlarda (n=4929) patsiyentlarda quyidagi nojo‘ya ta'sirlari quydagi tez-tezlikda kuzatilgan juda tez-tez >1/10, tez-tez ≥1/100, lekin <1/10, tez-tez emas ≥1/1000, lekin <1/100, kam ≥1/10000, lekin <1/1000.
Infektsiyalar va invaziyalar tez-tez – qin kandidozi.
Xavfsiz, xavfli va aniqlanmagan o‘smalar tez-tez emas – leyomioma o‘lchamlarini kattalashashi.
Immun tizimi tomonidan buzilishlar tez-tez emas – o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari.
Ruhiyatni buzilishlari tez-tez – depressiya, asabiylik; tez-tez emas – libidoni o‘zgarishi.
Markaziy nerv tizimi tomonidan buzilishlar juda tez-tez – bosh og‘rig‘i; tez-tez – migren, bosh aylanishi.
Yurak tomonidan buzilishlar kam – miokard infarkti.
Tomirlar tomonidan buzilishlar tez-tez emas – venoz tromboemboliya*.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan buzilishlar juda tez-tez – qorin og‘riqlari; tez-tez – ko‘ngil aynishi, qusish, meteorizm.
Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar tez-tez emas – jigar faoliyatini buzilishlari, ular ba'zida asteniya, lohaslik, sariqlik va qorin og‘rig‘i, o‘t qopining kasalliklari bilan birga kechishi mumkin.
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar tez-tez – allergik teri reaktsiyalari (shu jumladan toshma, eshakemi, qichishish); kam – angionevrotik shish, tomirli purpura.
Skelet-mushak va biriktiruvchi to‘qima tomonidan buzilishlar juda tez-tez – belda og‘riq.
Jinsiy a'zolar va sut bezlari tomonidan buzilishlar juda tez-tez – sut bezlarida og‘riq/sezuvchanlik; tez-tez – hayz ko‘rish siklini buzilishlari (shu jumladan menopauzada qonli ajralmalar, metrorragiya, oligo/amenoreya, muntazam bo‘lmagan hayz ko‘rishlar, dismenoreya), chanoq sohasida og‘riq, servikal ajralmalar; tez-tez emas – sut bezlarini kattalashishi, hayz ko‘rish oldi sindromi.
Umumiy buzilishlar va yuborilgan joydagi buzilishlar tez-tez – astenik holatlar (asteniya, charchoqlik, loxaslik), periferik shishlar.
Laborator va instrumental tekshirishlarning natijalariga ta'siri tez-tez – vaznni oshishi; tez-tez emas – vaznni pasayishi.
* - quyidagi ma'lumotga qarang.
Sut bezi raki xavfi
5 yildan ko‘proq vaqt davomida majmuaviy estrogen-progestagenli davolanayotgan ayollarda sut bezi rakining tashxisini 2 marta oshishi haqida xabar berilgan.
Faqat estrogen bilan davolanayotgan ayollarda xavfning har qanday oshishi, estrogen va progestagen majmuasini olayotgan ayollardagi xavfni oshishidan ahamiyatli past. Xavfning darajasi davolashning davomiyligiga bog‘liq (
Maxsus ko‘rsatmalar
bo‘limiga qarang).
Quyida katta epidemiologik tekshirishlar (Million Women Study - MWS) va katta randomizatsiyalangan platsebo-nazoratli tekshirishlarning (Women´s Health Initiative (WHI) natijalari keltirilgan
«Million ayollar» (MWS) tekshirish – 5 yil qo‘llangandan keyingi sut bezi rakining hisoblangan qo‘shimcha xavfi
Yosh diapazoni (yillar)5 yillik davrda hech qachon O‘GD olmagan 1000 ayollarga qo‘shimcha xollarning miqdori1Xavf nisbati va 95% DI≠5 yildan ko‘proq xech qachon O‘GD olmagan 1000 ayollarga qo‘shimcha xollarning miqdori (95% DI)
O‘GD faqat estrogenlarni olgan
50-659-121,21-2 (0-3)
Estrogen va progestagen majmuasi
50-659-121,76 (5-7)
≠ Umumiy xavfning nisbati. Xavfning nisbati doimiy emas va davolashning davomiyligi oshgan sari oshib boradi.
Izoh sut bezi raki bilan kasallanish foni YeI mamlakatlarida farqlanishi tufayli, sut bezi rakining qo‘shimcha xavfining miqdori ham proportsional o‘zgaradi.
1 Turli mamlakatlardagi kasallanishning asos ko‘rsatgichlardan olingan
AQSh dagi WHI tekshirish – 5 yil qo‘llagandan keyin sut bezi rakining qo‘shimcha xavfi
Yosh diapazoni (yillar)5 yil davomida platsebo guruhidagi 1000 ayollarga hollarXavf nisbati va 95% DI5 yildan ko‘proqO‘GD olgan 1000 ayollarga qo‘shimcha hollarning miqdori (95% DI)
Faqat KLE
50-79210,8 (0,7-1,0)-4 (-6-0)2
KOE+MPAE strogen va progestagen**
50-79171,2 (1,0-1,5)+4 (0-9)
‡ Tahlil tekshirishgacha O‘GD qo‘llanmagan ayollar bo‘yicha ma'lumotlar bilan cheklangan, davolashning birinchi 5 yili davomida aniq xavf kuzatilmagan, 5 yil davolashdan keyin xavf O‘GD qabul qilmaganlarga qaraganda yuqori bo‘lgan.
KOE – kon'yugirlangan ot estrogeni, MPA – medroksiprogesteron atsetati
2 Sut bezi rakini ko‘payishini ko‘rsatmagan, bachadoni bo‘lmagan ayollardagi WHI tekshirishdan ma'lumotlar.
Endometriy rakining xavfi
Bachadoni saqlab qolingan postmenopauza davridagi ayollar
O‘GD qabul qilmayotgan, bachadoni saqlab qolingan har 1000 ayollarga endometriy rakini rivojlanish xavfi taxminan 5 hollarni tashkil qiladi.
Bachadoni saqlab qolingan ayollarda faqat estrogenlarni ishlatish bilan O‘GD ni qo‘llash tavsiya qilinmaydi, chunki bu endometriy rakining rivojlanini xavfini oshiradi (
Maxsus ko‘rsatmalar
bo‘limiga qarang). Faqat estrogenlarni uzoq muddat qabul qilish va estrogenning dozasiga qarab, endometriy rakini rivojlanish xavfini oshishi epidemiologik tekshirishlarda 50 yoshdan 65 yoshgacha bo‘lgan har 1000 ayollarda tashxislangan 5 tadan 55 tagacha qo‘shimcha hollarda o‘zgaradi.
Faqat estrogenlar bilan davolashga siklga kamda 12 kun davomida progestagenni qo‘shish, xavfni bunday oshishini oldini olishi mumkin. «Million ayollar» tekshirishda besh yil davomida majmuaviy (ketma-ket yoki doimiy) O‘GD ni qo‘llash endometriy rakining xavfini oshirmagan (xavf nisbati 1,0 (0,8-1,2)).
Tuxumdonlar raki
Faqat estrogenni va majmuaviy estrogen va progestagen O‘GD ni qo‘llash diagnostika qilingan tuxumdonlar rakini biroz oshishi bilan kechgan. 52 epidemiogik tadqiqotlar natijalarini metatahlili O‘GD ni hech qachon qo‘llamagan ayollarga nisbatan hozirgi vaqtda O‘DG qo‘llayotgan ayollarda tuxumdonlar raki rivojlanishi xavfini oshishini ko‘rsatgan (xavf nisbati 1,43, 95% II 1,31-1,56). 5 yil davomida O‘DG ni qo‘llagan 50 yoshdan 54 yoshgacha bo‘lgan ayollarda bu 2000 patsiyetga taxminan bitta qo‘shimcha holatga olib kelgan. O‘DG qabul qilmagan 50 yoshdan 54 yoshgacha bo‘lgan ayollarda 5 yil davomida 2000 ayolardan taxminan ikkitasida tuxumdonlar raki aniqlanadi.
Venoz tromboemboliya xavfi
O‘GD venoz tromboemboliyaning (VTE) ya'ni chuqur venalar trombozi yoki o‘pka arteriyasining emboliyasining rivojlanishini nisbiy xavfini 1,3-3 marta oshishi bilan bog‘liq, Bunday ko‘rinishni paydo bo‘lish ehtimoli O‘GD ni qo‘llashning birinchi yilida ko‘proq. (
Maxsus ko‘rsatmalar
bo‘limiga qarang). Quyida WHI tekshirishning natijalari berilgan
WHI tekshirish – 5 yil qo‘llash davomida VTE ning qo‘shimcha xavfi
Yosh diapazoni (yillar)5 yil davomida platsebo guruhida 1000 ayollarga hollar miqdoriXavf nisbati va 95% DIO‘GD ni olgan 1000 ayollarga qo‘shimcha hollarning miqdori
Faqat estrogenni peroral qabul qilish3
50-5971,2 (0,6-2,4)1 (-3-10)
Estrogen va progestagen majmuasini peroral qabul qilish
50-5942,3 (1,2-4,3)5 (1-13)
3 Bachadoni bo‘lmagan ayollarning ishtirokidagi tekshirish
Yurak ishemik kasalligining xavfi
60 yoshdan oshgan majmuaviy estrogen-progestagen O‘GD ni qabul qilayotgan ayollarda yurak ishemik kasalligining xavfi biroz oshgan (
Maxsus ko‘rsatmalar
bo‘limiga qarang).
Ishemik insultning xavfi
Faqat estrogen va estrogen-progestagen davolashni qo‘llash ishemik insultning nisbiy xavfini 1,5 marta oshishi bilan assotsiatsiyalanadi. O‘GD qo‘llash fonida gemorragik insultning xavfi oshmaydi.
Nisbiy xavf yosh va qo‘llashning davomiyligiga bog‘liq emas, lekin asosli xavf ahamiyatli darajada yoshga bog‘liqligi tufayli, O‘GD ni olayotgan ayollarda insultning umumiy xavfi, yosh oshgan sari oshadi (
Maxsus ko‘rsatmalar
bo‘limiga qarang).
WHI tekshirishlarning birlashgan ma'lumotlari – 5-yillik qo‘llash davomidagi ishemik insultning4 qo‘shimcha xavfi
Yosh diapazoni (yillar5 yil davomida platsebo guruhidagi 1000 ayollarga hollar miqdoriXavf nisbati va 95% DI5 yildan ko‘proq O‘GD qabul qilayotgan 1000 ayollarga qo‘shimcha hollarning miqdori
50-5981,3 (1,1-1,6)3 (1-5)
4 Ishemik va gemorragik insult orasida farq bo‘lmagan
Estrogen/progestagen davolash (shu jumladan estradiol/didrogesteron) bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa nojo‘ya reaktsiyalar xaqida berilgan xabarlar
-xavfsiz, xavfli va aniqlanmagan o‘smalar estrogenga bog‘liq ham xavfsiz, ham xavfli o‘smalar, masalan, endometriy raki, tuxumdonlar raki. Progestagenga bog‘liq o‘smalarning (masalan, meningioma) o‘lchamlarini kattalashishi;
-qon va limfatik tizimi tomonidan buzilishlar gemolitik anemiya
-immun tizimi tomonidan buzilishlar tizimli qizil yugirik;
-moddalar almashinuvi va ovqatlanishni buzilishlari gipertriglitseridemiya;
-nerv tizimi tomonidan buzilishlar dementsiya, xoreya, tutqanoqni zo‘rayishi kuzatilishi mumkin;
-ko‘ruv a'zolari tomonidan buzilishlar shox pardaning qiyshiqligini oshishi, kontakt linzalarni o‘zlashtiraolmaslik;
-tomirlar tizimi tomonidan arterial tromboemboliya;
-gastrointestinal tizimi tomonidan buzilishlar pankreatit (gipertriglitseridemiyasi bo‘lgan ayollarda);
-teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar ko‘p shaklli eritema, tugunli eritema, terining xloazmasi va melanozi, ular preparat bekor qilinganidan keyin saqlanishi mumkin;
-skelet-mushak va biriktiruvchi to‘qima tomonidan buzilishlar oyoqlarda tirishishlar;
-buyraklar va siydik chiqarish tizimi tomonidan buzilishlar siydikni tutib turaolmaslik;
-reproduktiv tizimi va sut bezlari tomonidan sut bezlarining fibroz-kistozli kasalliklari, bachadon bo‘ynining eroziyasi;
-tug‘ma, nasliy va genetik buzilishlar porfiriyani zo‘rayishi;
-laborator va instrumental tekshirishlarning natijalariga ta'siri qalqonsimon bezi gormonlarining darajasini oshishi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
-Ilgari tashhislangan yoki gumon qilingan sut bezlari raki;
-tashxislangan yoki gumon qilingan estrogenga bog‘liq xavfli o‘smalar (masalan, endometriy raki);
-tashxislangan yoki gumon qilingan progestagenga bog‘liq xavfli o‘smalar (masalan, meningioma);
-noma'lum genezli qindan qon ketishlar;
-endometriyning davolanmagan giperplaziyasi;
-hozirgi vaqtda yoki ilgari bo‘lgan venoz tromboemboliya (chuqur venalarning trombozi, o‘pka arteriyalarining tromboemboliyasi);
-tashhislangan trombofilik buzilishlar (masalan, S proteini, S proteini yoki antitrombinningtanqisligi);
-arteriyalarning faol yoki yaqindagi tromboembolik kasalliklari (masalan, stenokardiya, miokard infarkti);
-jigarning o‘tkir kasalliklari, shuningdek ilgari bo‘lgan jigar kasalliklari, agar jigar faoliyatining ko‘rsatgichlari normallashmagan bo‘lsa;
-porfiriya;
-homiladorlik va laktatsiya davri;
-bolalar;
-ta'sir qiluvchi moddalarga yoki preparatning yordamchi moddalaridan har qandayiga ma'lum bo‘lgan o‘ta yuqori sezuvchanlik.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Dorilarning o‘zaro ta'sirini tekshirishlari o‘tkazilmagan.
Estrogenlar va progestagenlarning samaradorligi buzilishi mumkin
-Estrogenlar va progestagenlarning metabolizmi, dori vositalarining metabolizmida ishtirok qiluvchi fermentlar, ayniqsa sitoxrom R450 tizimining 2V6, 3A4, 3A5, 3A7 fermentlarini induktsiyalash qobiliyati ma'lum bo‘lgan moddalar bilan bir vaqtda qo‘llanganida kuchayishi mumkin. Bunday moddalarga tirishishga qarshi vositalar (masalan, fenobarbital, karbamazepin, fenitoin) va mikroblarga qarshi vositalar (rifampitsin, rifabutin, nevirapin, efavirents) kiradi.
-Ritonavir va nelvinavir CYP450, 3A4, A5, A7 ning kuchli ingibitorlari sifatida ma'lum bo‘lishiga qaramasdan, steroid gormonlari bilan bir vaqtda qo‘llanganida, ular, aksincha ko‘rsatilgan gormonlarni faollashtiradi.
-Komponentlari teshik dalachoy (Hypericum perforatum) bo‘lgan o‘simlik preparatlari, CYP450 3A4 ga ta'siri tufayli, estrogenlar va progestagenlarning metabolizminikuchaytirishi mumkin.
-Estrogenlar va progestagenlarning klinik oshgan metabolizmi, ularning samarasini susayishiga va bachadon qon ketishlarining profilini o‘zgarishiga olib kelishi mumkin.
Estrogenlar boshqa dori vositalarining metabolizmiga to‘sqinlik qilishlari mumkin.
Estrogenlar dori vositalarining metabolizmida ishtirok etuvchi CYP450 fermentlarini, raqobatli ingibitsiya yo‘li bilan bostirishi mumkin. Buni terapevtik indeksi tor bo‘lgan quyidagi dori vositalariga nisbatan hisobga olish kerak
-takrolimus va siklosporinA (CYP450 3A4, 3A3);
-fentanil (CYP450 3A4);
-teofillin (CYP450 1A2).
Klinik bu, bunday moddalarning plazmadagi darajalarini toksik kontsentratsiyalargacha oshishiga olib kelishi mumkin. Shunday qilib, dori vositasini uzoq davr davomida sinchkov monitoringi, shuningdek takrolimus, fentanil, siklosporin A va teofillinning dozasini kamaytirish talab qilinishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Postmenopauza bilan bog‘liq bo‘lgan simptomlarni davolash uchun, O‘GD ni faqat hayotning sifatiga noxush ta'sir qiluvchi simptomlar bo‘lganida boshlash kerak. Barcha hollarda xavflar va foydaning sinchkov tahlilini eng kamida har yili o‘tkazish kerak, va faqat agar O‘GD qo‘llashdan foyda xafdan yuqori bo‘lganida holda, O‘GD ni davom ettirish maqsadga muvofiqdir.
Muddatidan oldingi menopauzani davolashda O‘GD bilan bog‘liq bo‘lgan xavflarga nisbatan isbotlar cheklangan. Lekin, mutloq xavfning past darajasi tufayli, yosh ayollarda, yoshi kattaroq ayollarga nisbatan afzalliklar va xavflar nisbati yaxshiroq.
Tibbiy tekshiruv/keyingi kuzatuv
Gormonal o‘rinbosar davolashni boshlash yoki qayta tiklash oldidan shaxsiy va oilaviy anamnezni to‘liq aniqlash kerak. Fizikal tekshirishni (shu jumladan chanoq a'zolari va sut bezlarini tekshirish) anamnez, ushbu preparatni qo‘llashga qarshi ko‘rsatmalar va ogohlantirishlarning ma'lumotlarini hisobga olib o‘tkazish kerak. Davolash vaqtida vaqti-vaqti bilan ko‘riklarni o‘tkazish tavsiya qilinadi, ularning tez-tezligi va xajmi shaxsiy belgilanadi. Sut bezlarining qanday o‘zgarishlari haqida shifokorga yoki tibbiy hamshiraga xabar berish kerakligi xaqida ayolga ma'lumot berish kerak («Sut bezi raki» bo‘limiga qarang). Vizualizatsiyaning muvofiq usullarini, masalan, mammografiyani o‘z ichiga oluvchi tekshirishni, shaxsiy ehtiyojlarga qarab modifikatsiyalangan mavjud amaldagi skriningga muvofiq o‘tkazish kerak.
Patsiyentlarning holatini kuzatish kerak bo‘lgan kasalliklar
Quyida ko‘rsatilgan kasalliklardan har qandayi hozirgi vaqtda, o‘tmishida bo‘lganida va/yoki homiladorlik vaqtida yoki oldingi gormonal davolash vaqtida ular yomonlashganida, patsiyentlar sinchkov kuzatuv ostida bo‘lishlari kerak. Bu holatlarning qaytalanishi mumkinligini yoki Femoston bilan davolanish vaqtida ularning kechishini yomonlashishi mumkinligini hisobga olish kerak.
Ularga quyidagilar kiradi
• leyomioma (bachadon miomasi) yoki endometrioz;
• o‘tmishdagi tromboembolik kasalliklar yoki tromboemboliya xavfi omillarining mavjudligi (quyidagiga qarang);
• estrogenga bog‘liq o‘smalar paydo bo‘lishining xavf omillari, masalan, sut bezi rakiga nasliy moyillikning birinchi darajasi;
• arterial gipertenziya;
• jigar kasalliklari (masalan, jigar adenomasi);
• tomirli asoratlar bilan yoki usiz qandli diabet;
• o‘t-tosh kasalligi;
• migren yoki (kuchli) bosh og‘rig‘i;
• tizimli qizil yugirik;
• anamnezdagi endometriyning giperplaziyasi (quyidagiga qarang);
• tutqanoq;
• bronxial astma;
• otoskleroz.
Davolashni darhol to‘xtatish uchun sabablar
Qarshi ko‘rsatmalar aniqlangan holda, shuningdek quyidagi vaziyatlarda davolashni to‘xtatish kerak
• sariqlikni paydo bo‘lishi yoki jigar faoliyatini buzilishlari;
• arterial bosimni ahamiyatli darajada oshishi;
• birinchi marta paydo bo‘lgan migrensimon bosh og‘rig‘i;
• homiladorlik.
Endometriyning giperplaziyasi va kartsinoma
Intakt bachadoni bo‘lgan ayollarda endometriy giperplaziyasi va kartsinomani rivojlanish xavfi faqat estrogenlar uzoq vaqt davri davomida buyurilganida oshadi. Faqat estrogenlarni qabul qilayotgan ayollar orasida endometriy rakini aniqlangan o‘sishi, ularni qabul qilmayotganlar bilan solishtirganda, davolashning davomiyligi va estrogenning dozasiga qarab, 2 martadan 12 martagacha tebranadi. Davolash to‘xtatilganidan keyin xavf kamida 10 yil davomida oshgan bo‘lib qolishi mumkin.
28-kunlik siklning kamida 12 kuni davomida siklik progestagenni qo‘shish yoki bachadoni saqlab qolingan ayollarda uzliksiz majmuaviy estrogen-progesteronli davolash, faqat estrogenli O‘GD bilan assotsiatsiyalangan haddan ziyod xavfni oldini olishi mumkin.
Davolashning birinchi oylarida yorib o‘tish bachadon qon ketishlari yoki qonli ajralmalar paydo bo‘lishi mumkin. Agar ular davolash boshlanganidan keyin birmuncha vaqt o‘tgach paydo bo‘lsa yoki davolash to‘xtatilganidan keyin davom etsa, ularning sababini aniqlash kerak, bu endometriyning xavfli o‘smasini istisno qilish uchun endometriyning biopsiyasini talab qilishi mumkin.
Sut bezi raki
Umumiy ma'lumotlar majmuaviy estrogen-progestagen va, ehtimol, faqat estrogenli O‘GD, u O‘GD ning davomiyligiga bog‘liq, olayotgan ayollarda sut bezi rakini yuqori xavfidan dalolat beradi.
Majmuaviy estrogen-progestagenli davolash
«Ayollarning sog‘lig‘i uchun tashabbus» (Women´s Health Initiative study – WHI) randomizatsiyalangan platsebo-nazoratli tekshirishlar va epidemiologik tekshirishlar, O‘GD sifatida majmuaviy estrogen-progestagenli davolashni olayotgan ayollarda sut bezi rakini paydo bo‘lishini yuqori xavfini ko‘rsatadi, u taxminan 3 yil davolashdan keyin aniq bo‘lib qoladi.
Faqat estrogenlar bilan davolash
WHI tekshirishlarda gisterektomiyadan keyin faqat estrogenni qo‘llash bilan O‘GD olayotgan ayollarda sut bezi rakining yuqori xavfi aniqlanmagan. Observatsion tekshirishlarda asosan sut bezi rakini tashhislanishi xavfini ahamiyatsiz oshishi haqida xabar berilgan, u estrogan va progestagen majmuasini olayotgan patsiyentlardagi xavfdan ahamiyatli past.
Yuqori xavf bir necha yil qo‘llash davomida aniq bo‘lib qoladi, lekin davolash to‘xtatilganidan keyin bir necha yil (5 dan ko‘p emas) davomida dastlabki darajasiga qaytadi.
O‘GD, ayniqsa majmuaviy estrogen-progestagenli davolash sut bezi to‘qimasining zichligini oshiradi, bu radiologik usullar (mammografiya) orqali sut bezi rakini birlamchi aniqlashga nohush ta'sir qilishi mumkin.
Tuxumdonlar raki
Tuxumdonlar raki, sut bezi rakiga nisbatan kamroq uchraydi. Yirik metatahlil natijasida olingan ma'lumotlar estrogen bilan monoterapiya yoki estrogenni O‘GD sifatida progestagen bilan majmuada qo‘llayotgan ayollarda xavfni biroz oshishini ko‘rsatdi, u 5 yil davomida qo‘llanilganida namoyon bo‘ladi va davolash to‘xtatilgandan keyin vaqt o‘tishi bilan kamayadi. Ayrim boshqa tadqiqotlar, shu jumladan WHI tadqiqoti majmuaviy O‘GD ni qo‘llash xuddi shunday yoki biroz pastroq xavf bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatdi.
(“Nojo‘ya ta'sirlari” bo‘limiga qarang).
Venoz tromboemboliya
O‘GD venoz tromboemboliya (VTE), ya'ni chuqur venalar trombozi yoki o‘pka tomirlarining emboliyasining rivojlanishi xavfini 1,3-3 marta oshishi bilan bog‘liq, Bunday hodisani paydo bo‘lishini ehtimoli, davolashning kechroq davriga nisbatan, O‘GD ni qo‘llashning birinchi yilida ko‘proq.
Ma'lum trombofilik holatlari bo‘lgan patsiyentlar VTE ning yuqori xavfiga ega bo‘ladilar, va O‘GD bu xavfni qo‘shimcha oshirishi mumkin. Shuning uchun bu gurux patsiyentlarda o‘rinbosar gormonal davolashni qo‘llash mumkin emas.
VTE ning rivojlanishini umumiy qabul qilingan xavf omillari estrogenlarni qo‘llash, keksalik yoshi, katta xirurgik aralashuvlar, uzoq muddatli immobilizatsiya, semizlik (TVI>30 kg/m2), homiladorlik/tug‘ruqdan keyingi davr, tizimli qizil yugirik (TQYu) va onkologik kasalliklar hisoblanadi. VTE ni rivojlanishida venalarning varikoz kengayishining roliga nisbatan bir fikr yo‘q.
Barcha operatsiyadan keyingi patsiyentlardagi kabi, xirurgik aralashuvlardan keyin VTE ni oldini olish uchun profilaktik choralarni ko‘rish kerak. Agar rejali operatsiyadan keyin uzoq muddatli immobilizatsiyaning zarurati bo‘lsa, aralashuvdan 4-6 hafta oldin O‘GD ni vaqtincha to‘xtatish kerak. Ayol o‘zining harakat faoliyatini to‘liq tiklamagunicha davolashni qayta boshlamaslik kerak.
Anamnezida VTE bo‘lmagan, lekin yaqinligi birinchi darajali qarindoshlari anamnezida yoshlik vaqtida tromboz bo‘lgan ayollarga, uning cheklanishlarini sinchiklab muhokama qilgandan keyin skrining taklif qilish mumkin (skriningda faqat trombofilik buzilishlarning bir qismi aniqlanadi).
Agar trombofilik buzilishlar oila a'zolarida aniqlangan bo‘lsa va/yoki buzilishlar «og‘ir» bo‘lsa (masalan, antitrombin, S proteini yoki S proteinining yetishmovchiligi yoki buzilishlar majmuasi), O‘GD ni qo‘llash mumkin emas.
Doimiy antikoagulyant davolash olayotgan ayollarda, foyda va xavf va O‘GD ni qo‘llashni sinchiklab baholash kerak.
Agar venoz tromboemboliya davolash boshlanganidan keyin rivojlansa, preparatni bekor qilish kerak. Tromboemboliyaning potentsial simptomlari (masalan, oyoqning og‘riqli shishi, to‘satdan ko‘krakda og‘riq, hansirash) paydo bo‘lganida patsiyentlarni darhol shifokorga murojaat qilishlari kerakligi haqida ogohlantirish kerak.
Yurak ishemik kasalligi (YuIK).
Randomizatsiyalangan nazoratli tekshirishlarda majmuaviy estrogen-progestagenli O‘GD yoki faqat estrogenli O‘GD olgan, YuIK bo‘lgan yoki usiz ayollarda miokard infarktidan himoyaning olingan isbotlari yo‘q.
Majmuaviy estrogen-progestagenli davolash
Majmuaviy estrogen-progestagenli O‘GD ni qo‘llash fonida YuIK paydo bo‘lishini nisbiy xavfi biroz oshgan hisoblanadi. YuIK asosli mutloq xavfi ko‘proq yoshga bog‘liq bo‘lishi tufayli, estroogenlar va progestagenlarni qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan YuIK hollarining qo‘shimcha miqdori, menopauza yoshiga yaqin sog‘lom ayollarda juda kam, lekin yosh oshgan sari oshib boradi.
Faqat estrogenlar bilan davolash
Randomizatsiyalangan nazoratli tekshirishlarning ma'lumotlari, faqat estrogenni qo‘llash bilan davolash olayotgan ayollarda gisterektomiyadan keyin, YuIK xavfini oshishini ko‘rsatadi.
Ishemik insult
Majmuaviy estrogen-progestagenli yoki faqat estrogenli davolash ishemik insultning xavfini 1,5 martagacha oshishi bilan assotsiatsiyalanadi. Nisbiy xavf yosh oshishi yoki menopauza yuz berganidan keyin o‘tgan vaqt bilan o‘zgarmaydi. Lekin, insultning asosli xavfi ahamiyatli darajada yoshga bog‘liqligi tufayli, O‘GD gi olayotgan ayollarda insultning umumiy xavfi yosh oshishi bilan oshib boradi.
Boshqa holatlar
Estrogenlar suyuqlikni tutilishini chaqirishi mumkin, va shuning uchun yurak yoki buyraklar faoliyatini buzilishi bo‘lgan patsiyentlar holatini diqqat bilan kuzatish kerak.
Ilgari gipertriglitseridemiyasi bo‘lgan ayollar, estrogenlar bilan o‘rinbosar davolash yoki gormonal o‘rinbosar davolashni o‘tkazish vaqtida shifokor tomonidan sinchiklab kuzatilishlari kerak, chunki bunday ayollarda estrogenlar bilan davolashda qon plazmasida triglitseridlarning darajasini ahamiyatli darajada oshishini kam hollari kuzatilgan, u pankreatitga olib kelgan.
Estrogenlar qalqonsimon bezining aylanib yuruvchi umumiy gormonlarining kontsentratsiyasini oshishiga olib kelib, tiroksin bog‘lovchi globulinning (TBG) darajasini oshiradi, u oqsil bilan bog‘langan yod, tiroksin (kolonkalarni ishlatish bilan tahlil yoki radioimmun tahlil) yoki triyodtironinning (radioimmun tahlil yordamida) darajasi bo‘yicha aniqlanadi. Triyodtironinning pasaygan qamrab olinishi TBG ning darajasini oshishini ko‘rsatadi. Erkin triyodtironinning va tiroksinning kontsentratsiyasi o‘zgarmaydi. Zardobdagi boshqa bog‘lovchi oqsillarning – kortikoidni bog‘lovchi globulin va jinsiy gormonlarni bog‘lovchi globulinning darajasi oshishi mumkin, bu muvofiq aylanib yuruvchi kortikosteroidlar va jinsiy gormonlarning kontsentratsiyasini oshishiga olib keladi.
Erkin yoki biologik faol gormonlarning darajasi o‘zgarmayli. Plazmaning boshqa oqsillarining (angiotenzinogen/substrati renin, alfa-I-antitripsin, seruloplazminning) kontsentratsiyalari oshishi mumkin.
Kognitiv faoliyatni yaxshilinishini hech qanday ishonchli dalillari mavjud emas. 65 yoshdan oshgan, davomli majmuaviy yoki faqat estrogenli O‘GD ni qo‘llashni boshlayotgan ayollarda ehtimolli dementsiyani rivojlanishining yuqori xavfi haqida ayrim ma'lumotlar olingan. Kam uchraydigan nasliy kasalliklari – galaktozani o‘zlashtiraolmaslik, laktaza yetishmovchiligi yoki glyukozo-galaktoza malabsorbtsiya sindromi bo‘lgan patsiyentlar, ushbu preparatni qabul qilmasliklari kerak.
Femoston® kontratseptsiya vositalariga kirmaydi.
65 yoshdan oshgan ayollarni davolash tajribasi cheklangan.
Homiladorlik va emizish davri
Femoston® homiladorlik davrida qo‘llash uchun ko‘rsatilmagan. Femoston preparati bilan davolanish vaqtida homiladorlik yuz bersa, preparatni qabul qilishni darhol to‘xtatish kerak. Bugungi kundagi estrogenlar va progestagenlarning majmuasini homilaga tasodifan ta'siriga nisbatan ko‘pchilik epidemiologik tekshirishlarning natijalari, teratogen va fetotoksik samaralarining yo‘qligidan dalolat beradi. Homilador ayollarda estradiol/didrogesteronni qo‘llash bo‘yicha yetarli ma'lumotlar yo‘q.
Femoston®ni emizish davrida qo‘llash uchun ko‘rsatilmagan.
Bolalar.
Femoston®ni bolalarda qo‘llashning xavfsizligi va samaradorligi bo‘yicha ma'lumotlarning miqdorini yetarli emasligi tufayli, preparat bu guruh patsiyentlarida qo‘llash uchun tavsiya qilinmaydi.
Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri.
Femoston® avtomobilni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Estradiol ham, didrogesteron ham past toksik moddalar hisoblanadi. Doza oshirib yuborilganida ko‘ngil aynishi, qusish, sut bezlarining sezuvchanligi, bosh aylanishi, qorin og‘rig‘i, uyquchanlik/charchoqlik, va bekor qilish qon ketishi kabi simptomlar paydo bo‘lishi mumkin. Doza oshirib yuborilganida har qanday spetsifik simptomatik davolash talab qilinishini ehtimoli kam. Bu shuningdek bolalarda dozani oshirib yuborilish hollariga ham taalluqli.
Chiqarilish shakli
Kombi-o‘ram 28 tabletkadan blisterda (estradiol saqlovchi 14 qobiq bilan qoplangan tabletkalar + estradiol va didrogesteron saqlovchi 14 plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar); 1 blisterdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
Original o‘ramida, 30ºS dan yuqori bo‘lmagan xaroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
Ebbott Biolodjikalz B.V., Niderlandiya/Abbott Biologicals B.V., The Netherlands.
Manzili
Veyerveg 12, 8121 AA Olst, Niderlandiya/Veerweg 12, 8121 AA Olst, The Netherlands.
Siz dori preparatining noxush ko‘rinishlari yoki sifatiga shikoyatlarni telefon bo‘yicha (sutka davomida) Ebbottgaxabar qiling
Ozarbayjon Respublikasida +994124974401; O‘zbekiston Respublikasida
+998711290550.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.