Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Oksiprogesterona kapronat 12.5% 1ml №10
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Гидроксипрогестерона капронат
Страна производитель
Украина
Дозировка
125 мг
Производитель
БИОФАРМА ФЗ ООО
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Ампулы
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Oksiprogesterona kapronat.
Ta'sir etuvchi modda (XPN) gidroksiprogesteron kapronati
Dori shakli
in'ektsiya uchun moyli eritma.
Tarkibi
1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi
faol modda gidroksiprogesteron kapronati (quruq moddaga hisoblaganda) - 125 mg;
yordamchi moddalar benzilbenzoat, rafinadlangan zaytun moyi.
Ta'rifi tiniq och-sariqdan to ko‘kimtir-sariq rangligacha bo‘lgan moyli eritma.
Farmakoterapevtik guruhi
progestinlar va uning sintetik analogi.
ATX kodi G03DA03.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamimkasi
Oksiprogesteron kapronati sariq tana gormonining (progesteronning) sintetik analogidir. Biologik xususiyatlari bo‘yicha progesteronga o‘xshash bachadon shilliq qavatining follikulyar gormon chaqiradigan proliferatsiya fazasidan, sekretor fazasiga o‘tishini chaqiradi, urug‘langandan keyin esa uning tuxum xujayrasini rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan holatga o‘tishiga yordam beradi; bachadon mushaklari va naylarning qo‘zg‘aluvchanligini va qisqaruvchanligini kamaytiradi, sut bezlarining oxir elementlarini rivojlanishini rag‘batlantiradi. Progesteron bilan solishtirganda organizmda turg‘unroq, sekinroq ta'sir qiladi va davomli samara ko‘rsatadi. Mushak ichiga bir marta in'ektsiyadan keyin 7 kundan 14 kungacha o‘zining ta'sirini saqlaydi.
Farmakokinetikasi
O‘rganilmagan.
Qo‘llanilishi
-odat bo‘lib qolgan yoki xavf soluvchi bola tashlash;
-birlamchi va ikkilamchi amenoreya, poliamenoreya;
-disfunktsional bachadondan qon ketishlari.
Qo‘llash usuli va dozalari
Qo‘llashdan oldin preparat bilan ampulani suv hammomida (30-40˚S gacha) biroz isitiladi. Kristallar tushgan holda, ular butunlay erigunicha ampulani qaynayotgan suv hammomida isitiladi. Mushak ichiga va teri ostiga yuboriladi.
Homiladorlikning birinchi yarmidagi xavfli yoki boshlangan bola tashlashda 125-250 mg dan (1-2 ml 12,5% li eritma) haftada 1 marta yuboriladi.
Birlamchi yoki ikkilamchi amenoreyada – bevosita estrogen preparatlarni qo‘llash to‘xtatilganidan keyin 250 mg bir marta yoki ikki qabulda yuboriladi.
Disfunktsional bachadondan qon ketishlarida (hayz ko‘rish siklini normallashtirish uchun) 65-125 mg dan (0,5-1,0 ml eritma) siklning 20-22 kuni yuboriladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan arterial bosimni oshishi mumkin.
Moddalar almashinuvi tomonidan shishlar kuzatilishi mumkin.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan ishtahani o‘zgarishi, qorinni dam bo‘lishi, qorin og‘rig‘i, jigar faoliyatini buzilishi, sariqlik, kam (uzoq muddat qo‘llanganida) – ko‘ngil aynishi, qusish.
MNT tomonidan kam (uzoq muddat qo‘llanganida) – bosh og‘rig‘i, depressiya, uyqusizlik, uyquchanlik, bosh aylanishi.
Endokrin tizimi tomonidan kam (uzoq muddat qo‘llanganida) – tana vaznini oshishi, sut bezlarida og‘riq va kuchlanish, qindan chiqadigan ajralmalarni o‘zgarishi, nomuntazam qindan qon ketishlar, amenoreya, hayz ko‘rish oldi sindromi, libidoni pasayishi, akne, xloazma, allopetsiya, girsutizm, tromboemboliya.
Teri toshmasi, eshakemi, anafilaktik reaktsiyalar ko‘rinishidagi allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin. Yuborilgan joyda o‘zgarish.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatni tashkil qiluvchilariga yuqori sezuvchanlik. Homiladorlikning ikkinchi yarmi, bachadondan tashqari homiladorlik yoki abort yuz bermaganida (anamnezdagi), jigar kasalliklari (xususan, sirroz), homiladorlik davridagi xolestatik sariqlik (anamnezdagi), xavfsiz giperbilirubinemiya, jigar yetishmovchiligi, porfiriya, jinsiy a'zolar va sut bezlarining o‘smalari, og‘ir darajali tromboflebit, tromb hosil bo‘lishiga moyillik.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Oksiprogesteron kapronati miometriyning qisqarishlarini rag‘batlantiruvchi preparatlar (oksitotsin, pituitrin), anabolik steroidlar (retabolil, nerobol), gipofizning gonadotrop gormonlarining ta'sirini susaytiradi. Oksitotsin bilan o‘zaro ta'sirida laktogen samarasi kamayadi. Diuretiklar, gipotenziv preparatlar, immunodepressantlar, bromokriptin va tizimli koagulyantlarning ta'sirini kuchaytiradi. Antikoagulyantlarning samaradorligini pasaytiradi. Gipoglikemik vositalarning samarasini o‘zgartiradi. Gestagen faolligini mikrosomal oksidlanishning induktorlari (barbituratlar, gidantoinlar, rifampitsin va boshq.) pasaytiradi. Muddatidan oldingi tug‘ruqlarni oldini olish uchun β-adrenomimetiklar va gidroksiprogesteron kapronatini bir vaqtda qo‘llash, β-adrenomimetiklarning nojo‘ya ta'sirlarini kamayishiga yordam beradi.
Nomutanosibligi. Preparatni boshqa dori vositalari bilan aralashtirish mumkin emas.
Maxsus ko‘rsatmalar
Yurak-qon tomir kasalliklari, qandli diabeti, bronxial astmasi, tutqanog‘i, migreni, depressiyasi bo‘lgan patsiyentlarga preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Preparatni glyukozani o‘zlashtiraolmaslik, laktaza yetishmovchiligi, glyukoza-galaktozaning kam so‘rilishi kabi kam uchraydigan nasliy kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llash mumkin emas.
Davolanish vaqtida muntazam ko‘riklarni o‘tkazish tavsiya qilinadi, ularning tez-tezligi va hajmi shaxsiy belgilanadi.
Progestogenga bog‘liq har qanday o‘sma borligida, masalan, o‘tmishdagi meningioma va/yoki homiladorlik vaqtida uning rivojlanishi yoki oldingi gormonal davolashda, patsiyentlar shifokorning sinchikov kuzatuvi ostida bo‘lishlari kerak.
Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanishi. Preparat faqat homiladorlikning birinchi yarmida qo‘llanadi. Tug‘ma nuqsonlarning xavfi, shu jumladan ikkala jins bolalardagi jinsiy nuqsonlar, homiladorlik davrida ekzogen progesteronning ta'siri bilan bog‘liq bo‘lgan, to‘liq aniqlanmagan. Progesteron ko‘krak sutiga o‘tadi, shuning uchun progesteronni emizish davrida qo‘llash mumkin emas.
Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaktsiya tezligiga ta'sir qilish qobiliyati. Davolanish vaqtida yuqori diqqat va psixomotor reaktsiyalar tezligini talab qiluvchi potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishdan saqlanish kerak.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Tekshirilmagan.
Chiqarilish shakli
1 ml dan preparat ampulada. 10 ampuladan qutida.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 15˚S dan 25˚S gacha bo‘lgan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
5 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
«BIOFARMA» OAJ, Ukraina
«FZ «BIOFARMA» MChJ, Ukraina.
Manzili
Ukraina, 03038, Kiyev sh., N.Amosov ko‘ch., 9
Ukraina, 09100, Kiyev viloyati, Belaya Serkov sh., Kiyevskaya ko‘ch., 37.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.