Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Oksapin 300 tab. №30
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Окскарбазепин
Страна производитель
Индия
Дозировка
300 мг
Производитель
Kusum Healthcare Pvt. Ltd
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Oksapin®
Ta'sir etuvchi modda (XPN) okskarbazepin
Dori shakli
plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Tarkibi
Plyonka qobiq bilan qoplangan har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol modda 300 mg okskarbazepin;
yordamchi moddalar mikrokristallik sellyuloza RN102, krospovidon, povidon K-30 , kolloidli kremniy dioksid, magniy stearati, izopropil spirti, tozalangan suv va sariq Opadry 04F82783.
Ta'rifi sariq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan, kapsulasimon shaklli, har ikkala tomonida riskasi bo‘lgan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
Tutqanoqqa qarshi preparatlar. Karboksamid hosilalari.
ATX kodi N03AF02
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Okskarbazepinning farmakologik faolligi birinchi navbatda uning monogidroksi hosila (MGH) metaboliti ta'siridan kelib chiqadi. Okskarbazepin va uning MGH metabolitining ta'sir qilish mexanizmi asosan potentsial bog‘liq natriy kanallarini blokada qilish bilan bog‘liq bo‘lib, bu neyronlarning o‘ta qo‘zg‘algan membranalarini barqarorlashishiga, seriyali neyronal razryadlar yuzaga kelishini ingibitsiya qilinishiga va impulslarning sinaptik o‘tkazilishini pasayishiga olib keladi. Preparatning tirishishlarga qarshi ta'sirini amalga oshishi kaliy ionlari o‘tkazuvchanligi oshishiga va potentsial bog‘liq kaltsiy kanallari modulyatsiyasiga yordam ko‘rsatadi. Bosh miya neyromediatorlari bilan sezilarli o‘zaro ta'sir yoki retseptorlar bilan bog‘lanish qayd etilmagan.
Okskarbazepin va uning faol metaboliti (MGH) hayvonlarda tutqanoqqa qarshi potentsial va samarali vosita hisoblanadi. Ular kemiruvchilarni tarqoq tonik-klonik va kam darajada klonik xurujlardan himoya qilgan va alyumin implantantlari bo‘lgan rezus-makakalarda surunkali qaytalanuvchan partsial tutqanoqlar tez-tezligini to‘xtatgan yoki kamaytirgan. Sichqonlar va kalamushlarda tonik-klonik xurujlarga nisbatan okskarbazepin yoki MGH bilan davolashda muvofiq ravishda 5 kun yoki 4 hafta davomida chidamlilik (ya'ni tirishishlarga qarshi faollikni susayishi) kuzatilmagan.
Farmakokinetikasi
So‘rilishi
Okskarbazepin ichga qabul qilinganidan keyin to‘liq so‘riladi va MGH farmakologik faol metabolitni hosil qilgan holda sezilarli darajada metabolizmga uchraydi.
Oksapin® preparati sog‘lom ko‘ngillilar tomonidan och qoringa 600 mg dozada bir marta qabul qilinganidan keyin qon plazmasida MGH ning maksimal kontsentratsiyasi
34 mkmol/l ni, maksimal kontsentratsiyasiga erishish o‘rtacha vaqti taxminan 4,5 soatnitashkil etgan.
Massalar muvozanati tadqiqotlarida plazmada umumiy radiofaollikning faqat 2% okskarbazepinga va taxminan 70% MGH ga; qolgan qismi qon plazmasidan tezda chiqariladigan ikkilamchi metabolitlarga to‘g‘ri kelishi ko‘rsatilgan.
Ovqatlanish okskarbazepin so‘rilishi tezligi va darajasiga ta'sir qilmaydi, shu sababli okskarbazepinni ovqatlanish vaqtida yoki alohida qabul qilish mumkin.
Taqsimlanishi
MGH ning taxminiy taqsimlanish hajmi 49 l ni tashkil etadi. MGH ning taxminan 40% qon plazmasi oqsillari, asosan albumin bilan bog‘lanadi. Terapevtik diapazonda bog‘lanish darajasi qon zardobida preparat kontsentratsiyasiga bog‘liq bo‘lmaydi.
Okskarbazepin va MGH α1-kislotali glikoprotein bilan bog‘lanmaydi.
Okskarbazepin va MGH yo‘ldosh orqali o‘tadi. Bir holatda MGH kontsentratsiyalari yangi tug‘ilgan chaqaloq va onaning qon plazmasida bir xil bo‘lgan.
Biotransformatsiyasi
Okskarbazepin jigarning sitozol fermentlari tomonidan MGH metabolitiga tezda metabolizmga uchraydi, MGH Oksapin®ning farmakologik natijasi uchun asosiy mas'uliyatni o‘taydi. Keyinchalik MGH glyukuron kislotasi bilan kon'yugatsiya yo‘li orqali metabolizmga uchraydi. Uncha katta bo‘lmagan miqdorlari (dozaning 4%) farmakologik jihatdan nofaol metabolitigacha (10,11-digidroksihosilasi – DGH ga) oksidlanadi.
Chiqarilishi
Okskarbazepin organizmdan eng avvalo metabolitlar ko‘rinishida, odatda buyraklar orqali chiqariladi. Dozaning 95% dan ortig‘i siydik bilan, shu bilan birga 1% dan kamrog‘i o‘zgarmagan ko‘rinishda chiqariladi. Axlat bilan chiqarilishi qabul qilingan dozaning 4% dan kamrog‘ini tashkil etadi. Dozaning taxminan 80% siydik bilan MGH glyukuronidlari (49%) yoki o‘zgarmagan MGH (27%) ko‘rinishida chiqariladi, nofaol DGH miqdori taxminan 3% ni, okskarbazepin kon'yugatlari esa dozaning 13% ni tashkil etadi. Okskarbazepin qon plazmasidan yarim parchalanish davrining aniq qiymatlari 1,3–2,3 soat bo‘lgani holda tezda chiqariladi, bunda qon plazmasida MGH ning yarim parchalanish aniq davri o‘rtacha 9,3±1,8 soatni tashkil etgan.
Dozalashning proportsionalligi
Patsiyentlarda MGH ni plazmadagi barqaror kontsentratsiyalariga Oksapin® sutkada 2 marta qabul qilinganida 2–3 kun davomida erishiladi. Barqaror holatida MGH farmakokinetikasi proportsional hisoblanadi va sutkada 300–2400 mg dozalar diapazonida dozalar proportsionalligini namoyish etadi.
Patsiyentlarning alohida guruhlari
Jigar funktsiyasini buzilishi bo‘lgan patsiyentlar. Okskarbazepin va MGH farmakokinetikasi va metabolizmi dori vositasining 900 mg li dozasi bir marta peroral qabul qilinganidan keyin sog‘lom ko‘ngillilarda va jigar funktsiyasini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda baholangan. Jigar funktsiyasini yengil va o‘rtacha darajada buzilishi okskarbazepin va MGH farmakokinetikasiga ta'sir qilmaydi. Jigar funktsiyasini og‘ir buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda Oksapin®ni qo‘llash o‘rganilmagan.
Buyrak funktsiyasini buzilishi bo‘lgan patsiyentlar. Kreatinin klirensi va MGH buyrak klirensi o‘rtasida proportsional bog‘liqlik mavjud. 300 mg Oksapin® bir marta qabul qilinganida buyrak funktsiyasini buzilishlari (kreatinin klirensi <30 ml/min) bo‘lgan patsiyentlarda MGH ning yarim chiqarilishi davri 60-90% ga (16-19 soatga), AUC esa – buyrak funktsiyasi normal bo‘lgan katta yoshdagi patsiyentlarga nisbatan 2 marta (10 soatga) oshadi.
Bolalar. Oksapin® farmakokinetikasi Oksapin®ni sutkada 10–60 mg/kg dozalar diapazonida qabul qilgan bolalar ishtirokidagi klinik tadqiqotlarda baholangan. MGH klirensi tana vaznini hisobga olgan holda pasayishi aniqlangan, chunki katta yoshdagi patsiyentlarning ko‘rsatkichlariga yaqinlashgan holda yosh va tana vazni oshib boradi. Klirens tana vazni o‘rtacha bo‘lganida 4–12 yoshda katta yoshdagi patsiyentlardagi klirensdan taxminan 40% ga yuqori bo‘ladi. Shunday qilib, ushbu bolalarda MGH ta'siri, kutilganidek, tana vazni hisobga olingan holda aynan shunday dozalar bilan davolanganda kattalardagi ko‘rsatkichning 2/3 qismini tashkil etadi. Tana vazni ortib borishi tufayli, 13 yoshdan katta yoshdagi patsiyentlarda MGH klirensi tana vaznini hisobga olgan holda katta yoshdagi patsiyentlar ko‘rsatkichiga erishadi.
Homiladorlik. Cheklangan sonli ayollarda olingan ma'lumotlar homiladorlik davomida plazmada MGH darajasini bosqichma-bosqich pasayishini ko‘rsatadi.
Keksa yoshdagi patsiyentlar. Oksapin® bir marta (300 mg dozada) va takroran (sutkada 600 mg dozada) qabul qilinganidan keyin keksa yoshdagi (60–82 yoshdagi) ko‘ngillilarda MGH uchun plazmadagi kontsentratsiyalari va AUC qiymatlari yosh (18–32 yoshdagi) ko‘ngillilarga nisbatan 30–60% ga yuqori bo‘lgan. Yosh va keksa yoshdagi ko‘ngillilarda kreatinin klirensi ko‘rsatkichlarini taqqoslash shuni ko‘rsatadiki, bunday farqlanish kreatinin klirensining yosh o‘tishi bilan pasayishiga bog‘liq. Dozalash bo‘yicha alohida tavsiyalarga zarurat yo‘q, chunki davolash dozalari individual ravishda tanlanadi.
Jins. Bolalar, kattalar yoki keksa yoshdagi shaxslarda jinsga bog‘liq holda hech qanday farmakokinetik farqlar qayd etilmagan.
Qo‘llanilishi
Oksapin® kattalar va 6 yoshdan katta bolalarda ikkilamchi tarqoq tonik-klonik xurujlar bilan yoki ularsiz partsial tutqanoqlarni davolash uchun monoterapiya yoki qo‘shimcha davolash sifatida qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Dozalash
Monoterapiyada va qo‘shimcha davolashda Oksapin®ni qo‘llash 2 marta qabul qilishga mo‘ljallangan klinik jihatdan samarali dozalaridan boshlanadi. Dozani patsiyentning klinik javobiga bog‘liq holda oshirish mumkin. Tutqanoqqa qarshi boshqa dori vositalarini Oksapin®ga almashtirilganida Oksapin® qo‘llanilishi boshlanishida tutqanoqqa qarshi birga qo‘llaniluvchi dori vositalalari dozasini bosqichma-bosqich pasaytirish zarur. Qo‘shimcha davolaganda patsiyentga tutqanoqqa qarshi dori vositalari bilan umumiy zo‘riqish ortib borganligi tufayli, tutqanoqqa qarshi birga qo‘llaniluvchi preparatlar dozasini pasaytirish talab qilinishi mumkin va/yoki Oksapin® dozasini sekinroq oshirish tavsiya etiladi.
Dorilar ta'siri monitoringi
Okskarbazepinning terapevtik samarasi asosan uning 10-monogidroksi-hosila metaboliti ta'siri bilan bog‘liq.
Plazmadagi kontsentratsiyalarini muntazam monitoringi maqsadga muvofiq emas, MGH klirensi ko‘rsatkichining o‘zgarishi kutiladigan hollar bundan mustasno. Bunday hollarda plazmada MGH darajasini < 35 mg/l da ushlab turish uchun Oksapin® dozasiga (doza qabul qilinganidan keyin 2-4 soat o‘tgach plazmadagi darajasiga bog‘liq ravishda) tuzatish kiritish mumkin bo‘ladi.
Monoterapiya
Tavsiya etiladigan boshlang‘ich dozasi
Oksapin®ni qo‘llashni 2 marta qabul qilishga ajratilgan sutkada 600 mg (sutkada 8–10 mg) dozadan boshlash kerak.
Samarani bir maromda ushlab turuvchi doza
Klinik ko‘rsatmalar mavjud bo‘lganida dozani kutilayotgan klinik javobga erishish uchun boshlang‘ich dozasidan sutkada 600 mg dan ko‘p bo‘lmagan haftalik intervallar bilan oshirish mumkin.
Terapevtik natijasi sutkada 600–2400 mg dozalar diapazonida kuzatiladi. Hozirgi vaqtda tutqanoqqa qarshi dori vositalarini qabul qilmayotgan patsiyentlar ishtirokida monoterapiyaning nazoratli tadqiqotlari sutkada 1200 mg samarali doza hisoblanishini ko‘rsatadi. Ammo tutqanoqqa qarshi boshqa dori vositalaridan Oksapin® bilan monoterapiyaga o‘tkazilgan, davolashga chidamliroq bo‘lgan patsiyentlarda sutkada 2400 mg doza samaraliroq hisoblanadi.
Tavsiya etiladigan maksimal doza
Statsionarda nazoratli sharoitlarida dozani sutkada 2400 mg gacha oshirishga 48 soat davomida erishilgan.
Qo‘shimcha davolash
Tavsiya etiladigan boshlang‘ich doza
Oksapin®ni qo‘llashni 2 marta qabul qilishga ajratilgan sutkada 600 mg (sutkada
8–10 mg/kg) dozadan boshlash lozim.
Samarani bir maromda ushlab turuvchi doza
Klinik ko‘rsatmalar mavjud bo‘lganida dozani kutilayotgan klinik javobga erishish uchun boshlang‘ich dozasidan sutkada 600 mg dan ko‘p bo‘lmagan haftalik intervallar bilan oshirish mumkin.
Terapevtik samaralar sutkada 600–2400 mg dozalar dipazonida kuzatiladi.
Tavsiya etiladigan maksimal doza
Qo‘shimcha davolashning nazoratli tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, 600–2400 mg sutkalik dozalar samarali hisoblanadi, garchi patsiyentlarning ko‘pchiligi eng avvalo markaziy nerv tizimi tomonidan noxush ko‘rinishlar tufayli, tutqanoqqa qarshi birga qo‘llaniladigan preparatlarning dozalarini kamaytirmagan holda sutkada 2400 mg dozani o‘zlashtiraolmagan. Klinik tadqiqotlar davomida 2400 mg dan oshadigan sutkalik dozalarni qo‘llanilishi tizimli ravishda o‘rganilmagan.
Keksa yoshdagi (65 yosh va undan katta yoshdagilar) patsiyentlar
Keksa yoshdagi patsiyentlar uchun dozaga tuzatish kiritish zarur bo‘lib hisoblanmaydi, chunki davolash dozalari individual ravishda tanlanadi. Buyrak funktsiyasini buzilishi (kreatinin klirensi <30 ml/min bo‘lgan keksa yoshdagi patsiyentlar uchun dozaga tuzatish kiritish tavsiya etiladi.
Giponatriyemiyali patsiyentlar uchun qonda natriy darajasini nazorat qilish zarur.
Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlar
Yengil va o‘rtacha darajada jigar yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlar uchun dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi. Og‘ir darajada jigar yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda Oksapin®ni qo‘llash o‘rganilmagan. Shunday qilib, og‘ir darajada jigar yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarni davolashda ehtiyotkorlikni namoyon qilish tavsiya etiladi.
Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlar
Buyrak funktsiyasini buzilishi (kreatinin klirensi <30 ml/min) bo‘lgan patsiyentlar uchun Oksapin® bilan davolashni odatdagi boshlang‘ich dozaning (sutkada 300 mg) yarmisidan boshlash kerak bo‘lib, uni kerakli klinik javobga erishish uchun eng kamida haftalik intervallar bilan oshiriladi.
Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlar uchun dozani oshirishda yanada sinchkov kuzatuv talab qilinishi mumkin.
Bolalar
Tavsiya etiladigan boshlang‘ich doza
Monoterapiyada va qo‘shimcha davolashda Oksapin®ni qo‘llashni 2 marta qabul qilishga ajratilgan sutkada 8–10 mg/kg dozadan boshlash lozim.
Samarani bir maromda ushlab turuvchi doza
Qo‘shimcha davolashda bolalarda terapevtik samaralar va o‘zlashtiraolinishi sutka
30-46 mg/kg bo‘lgan samarani bir maromda ushlab turuvchi dozada 2 hafta davomida kuzatiladi. Terapevtik samaralari taxminan sutkada 30 mg/kg bo‘lgan samarani bir maromda ushlab turuvchi o‘rtacha dozada kuzatiladi.
Tavsiya etiladigan maksimal doza
Klinik ko‘rsatmalar mavjud bo‘lganida doza kutilgan klinik javobga erishish uchun boshlang‘ich dozadan sutkada 46 mg/kg bo‘lgan maksimal dozagacha sutkada 10 mg/kg dan ko‘p bo‘lmagan dozada haftalik intervallar bilan oshirilishi mumkin.
Oksapin® 6 yosh va undan katta bo‘lgan bolalarga tavsiya etiladi. Nazoratli klinik tadqiqotlarda preparatni qo‘llash xavfsizligi va samaradorligi 6 yoshdan kichik
(1 yoshgacha) 230 nafar bola ishtirokida o‘rganilgan. Oksapin® 6 yoshdan kichik bolalarga tavsiya etilmaydi, chunki preparatning xavfsizligi va samaradorligi yetarli darajada namoyish qilinmagan.
Dozalash bo‘yicha yuqorida sanab o‘tilgan barcha (kattalar, keksa yoshdagi patsiyentlar va bolalar uchun) tavsiyalar barcha yosh guruhlari uchun o‘tkazilgan klinik tadqiqotlar davomida o‘rganilgan dozalarga asoslanadi. Ammo davolashni ancha past dozalardan boshlash haqidagi masalani bunga zarurat bo‘lganida ko‘rib chiqish mumkin.
Qo‘llash usuli
Tabletkalar riskaga ega va yutishni yengillashtirish uchun ikki bo‘lakka bo‘linishi mumkin. Ammo tabletkani ikkita teng dozaga bo‘lish taqiqlanadi. Tabletkani yuta olmaydigan bolalarda yoki kerakli dozani tabletka ko‘rinishida buyurish taqiqlanganida, Oksapin®ning peroral suspenziyasidan foydalanish lozim.
Oksapin®ni ovqatlanish vaqtida yoki alohida qabul qilish mumkin.
Nojo‘ya ta'sirlari
Ko‘pincha uyquchanlik, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, ko‘zlarda ikkilanish paydo bo‘lishi, ko‘ngil aynishi, qusish va charchoq kabi nojo‘ya reaktsiyalar haqida xabar berilgan bo‘lib, ular 10% dan ortiq patsiyentlarda yuzaga kelgan.
Organizmning tizim sinflari bo‘yicha nojo‘ya samaralar profili klinik tadqiqotlar vaqtida kuzatiladigan va Oksapin® bilan bog‘liq noxush reaktsiyalarga asoslanadi.
Preparatni tajribada qo‘llash dasturlarida salbiy holatlar haqidagi klinik jihatdan ahamiyatli xabarlar ham individual ravishda va qayd etilgandan keyingi qo‘llash tajribasidan kelib chiqib hisobga olingan.
Nojo‘ya samaralar jadvali
Uchrash tez-tezligi* toifasi quyidagi tarzda aniqlanadi juda tez-tez – ≥1/10; tez-tez – ≥1/100-<1/10; tez-tez emas – ≥1/1000-<1/100; kam hollarda – ≥1/10 000- <1/1000; juda kam hollarda – <1/10 000; tez-tezligi noma'lum – mavjud ma'lumotlar bo‘yicha aniqlash mumkin emas.
Nojo‘ya samaralar har bir tizim-a'zo sinfi doirasida uchrash tez-tezligiga bog‘liq holda taqdim etilgan bo‘lib, avval eng tez-tez uchraydigan samaralar ko‘rsatiladi.
Har bir guruh doirasida tez-tezligi bo‘yicha nojo‘ya reaktsiyalar jiddiyligi kamayishi tartibida taqdim etilgan.
Qon tizimi va limfatik tizim tomonidan
Tez-tez emasleykopeniya
Juda kam hollardatrombotsitopeniya
Noma'lumsuyak ko‘migi funktsiyasini susayishi, aplastik anemiya, agranulotsitoz, pantsitopeniya, neytropeniya
Immun tizimi tomonidan
Juda kam hollardayuqori sezuvchanlik#
Noma'lumanafilaktik reaktsiyalar
Endokrin tizimi tomonidan
Noma'lumgipotireoz
Metabolizm va oziqlanish tomonidan
Tez-tezgiponatriyemiya
Juda kam hollardatirishishlar, entsefalopatiya, ongni susayishi kabi belgilar va simptomlar bilan bog‘liq giponatriyemiya (qo‘shimcha noxush samaralar Nerv tizimi tomonidan bo‘limida ham ko‘rsatilgan), ko‘rishni buzilishi (xususan tasvirning xiraligi), gipotireoz, qusish, ko‘ngil aynishi†
Noma'lumletargiya, ko‘ngil aynishi, bosh aylanishi belgilari va simptomlari bilan birga antidiuretik gormonning noadekvat sekretsiyasi sindromi, plazma osmolyarligini oshishi, qusish, bosh og‘rig‘i, ongni xiralashishi yoki boshqa nevrologik belgilar va simptomlar
Ruhiyat tomonidan
Tez-tezqo‘zg‘aluvchanlik (xususan asabiylashish), affektiv labillik, ongni xiralashishi, depressiya, apatiya
Nerv tizimi tomonidan
Juda tez-tezuyquchanlik, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi.
Tez-tezataksiya, tremor, nistagm, diqqatni jamlashnibuzilishi, amneziya
Noma'lumnutqni buzilishi (shu jumladan dizartriya); ko‘pincha Oksapin® dozasi titrlashda
Ko‘rish a'zosi tomonidan
Juda tez-tezdiplopiya
Tez-teztasvirning tiniq emasligi, ko‘rishni buzilishi
Eshitish a'zosi va muvozanat tomonidan
Tez-tezvertigo
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan
Juda kam hollardaatrioventrikulyar blokada, aritmiya.
Qon tomirlar tomonidan buzilishlar
Noma'lumgipertoniya
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan
Juda tez-tezko‘ngil aynishi, qusish
Tez-tezdiareya, qabziyat, qorinda og‘riq
Juda kam hollardapankreatit va/yoki lipaza va/yoki amilaza darajasini oshishi
Gepatobiliar tizim tomonidan
Juda kam hollardagepatit
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan
Tez-teztoshma, soch to‘kilishi, akne
Tez-tez emaseshakemi
Juda kam hollardaStivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi), angionevrotik shish, ko‘p shaklli eritema.
Noma'lum
Dori ta'sirida eozinofiliyali va tizimli simptomli toshma (DRESS)**, o‘tkir tarqoq ekzentematoz pustulyoz (AGEP)**
Suyak-mushak tizimi, biriktiruvchi to‘qima va suyaklar tomonidan
Juda kam hollardatizimli qizil yugurik
Noma'lumOksapin® bilan uzoq vaqt davolangan patsiyentlar orasida suyak to‘qimasining mineral zichligi pasayishi, osteogenez buzilishi, osteoporoz, suyak sinishlari haqida xabar berilgan. Oksapin® suyaklar metabolizmiga qayday tarzda ta'sir ko‘rsatishi aniq emas.
Umumiy buzilishlar va preparat yuborilgan joyda asoratlar
Juda tez-teztoliqish
Tez-tezasteniya
Laboratoriya va instrumental tekshiruvlar natijalari
Tez-tez emasjigar fermentlari, qonda ishqoriy fosfataza darajasini oshishi
Noma'lumT4 darajasini pasayishi (klinik ahamiyati tushunarsiz)
Shikastlanishlar, zaharlanishlar va muolajalar asoratlari
Noma'lumyiqilish
* CIOMS III bo‘yicha uchrash tez-tezligi tasnifiga ko‘ra.
† Oksapin®ni qo‘llash davrida juda kam hollarda klinik ahamiyatga ega giponatriyemiya (natriy <125 mmol/l) rivojlanishi mumkin. Ko‘pincha u Oksapin® bilan davolanishning birinchi 3 oyi davomida rivojlangan, garchi plazmada natriy darajasi davolash boshlanganidan keyin 1 yildan ortiq vaqt o‘tgan davrda birinchi bor <125 mmol/l gacha pasayishi bo‘lgan patsiyentlar ham bo‘lgan.
**Qayd etilgandan keyingi davrda Oksapin®ni qo‘llash tajribasidan salbiy ta'sirlar haqidagi spontan xabarlar va adabiyotlarda bayon qilingan holatlardan (tez-tezligi noma'lum) quyidagi nojo‘ya ta'sirlar haqida xabarlar kelib tushgan. Xabarlar ko‘ngilli ravishda kelib tushganligi hamda ular qayd etilgan populyatsiya kattaligi noma'lum bo‘lganligi tufayli, ularning uchrashi tez-tezligini baholash mumkin emas, shu sababli mazkur nojo‘ya samaralar «Noma'lum» toifasi qatoriga kiradi.
#Yuqori sezuvchanlik (shu jumladan ko‘plab o‘ta yuqori sezuvchanlik) toshma, isitma bilan xarakterlanadi. Boshqa a'zolar va tizimlar qamrab olinishi mumkin, masalan qon va limfatik tizim (eozinofiliya, trombotsitopeniya, leykopeniya, limfadenopatiya, splenomegaliya), jigar (gepatit, jigarning normaga mos kelmaydigan funktsional sinamasi), mushaklar va bo‘g‘imlar (bo‘g‘im shishi, mialgiya, artralgiya), nerv tizimi (jigar entsefalopatiyasi), buyrak (buyrak yetishmovchiligi, interstitsial nefrit, proteinuriya), o‘pka (o‘pka shishi, astma, bronxospazm, o‘pkaning interstitsial kasalligi, hansirash), angionevrotik shish.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning faol moddasi yoki yordamchi moddalariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Fermentlar sintezi induktsiyasi
Okskarbazepin va uning farmakologik faol metaboliti (monogidroksi-hosilasi, MGH) juda ko‘p sonli preparatlarning, xususan immunodepressantlar (xususan, siklosporin, takrolimus), peroral kontratseptivlar va tutqanoqqa qarshi ayrim boshqa dorilarning (xususan, karbamazepinning) metabolizmiga mas'ul bo‘lgan P450 sitoxromi CYP 3A4 va CYP 3A5 fermentlarining kuchsiz in vitro va in vivo sharoitdagi induktorlari bo‘lib hisoblanadi, bu esa ushbu preparatlarning plazmadagi kontsentratsiyalarini pasayishiga olib keladi (jadvalda tutqanoqqa qarshi boshqa dori vositalariga nisbatan natijalar taqdim etilgan).
Okskarbazepin va MGH in vitro sharoitda UDF-glyukuroniltransferazalarning kuchsiz induktorlari bo‘lib hisoblanadi (ushbu sinfda alohida fermentlarga ta'siri noma'lum). Shu sababli okskarbazepin va MGH in vivo sharoitda eng avvalo UDF-glyukuroniltransferaza orqali kon'yugatsiya yordamida chiqariladigan dori vositalarining metabolizmiga ta'sirni sezilarsiz darajada induktsiya qilishi mumkin. Oksapin® bilan davolash boshlanishida yoki doza o‘zgarganida induktsiyaning yangi darajasiga erishish uchun 2–3 hafta talab qilinishi mumkin.
Oksapin® bilan davolash bekor qilinganida birga qo‘llaniluvchi preparatlar dozasini kamaytirish zarur bo‘lishi mumkin, bu haqidagi qarorni klinik kuzatuv asosida va/yoki dori vositasining plazmadagi darajasini kuzatishda qabul qilish lozim. Induktsiya, ehtimol, davolash bekor qilinganidan keyin 2–3 hafta o‘tgach bosqichma-bosqich pasayadi.
Gormonal kontratseptivlar
Oksapin® peroral kontratseptivlarning ikkita komponenti – etinilestradiol va levonorgestrelga ta'sir ko‘rsatishi namoyish etilgan. Etinilestradiol va levonorgestrelning AUC ko‘rsatkichning o‘rtacha qiymatlari muvofiq ravishda 48–52 ga va 32–52% ga pasaygan. Shu sababli Oksapin®ni gormonal kontratseptivlar bilan birga qabul qilinishi ularning samarasizligiga olib kelishi mumkin. Boshqa ishonchli kontratseptsiya usulidan foydalanish kerak.
Fermentlar sintezini susayishi
Okskarbazepin va MGH CYP 2C19 ni susaytiradi. Shu sababli Oksapin®ni yuqori dozalarda odatda CYP 2C19 (fenitoin) yordamida metabolizmga uchraydigan dori vositalari bilan birga qo‘llanilganida o‘zaro ta'sirlashish yuzaga kelishi mumkin. Oksapin®ning sutkada 1200 mg dan oshadigan dozalari buyurilganida fenitoinning plazmadagi darajalari 40% ga oshgan (jadvalda tirishishlarga qarshi boshqa preparatlarga nisbatan natijalar taqdim etilgan). Bunday hollarda fenitoinning birga qo‘llanilishini qisqartirish talab qilinishi mumkin.
Tutqanoqqa qarshi dori vositalari
Oksapin® va boshqa tutqanoqqa qarshi dori vositalari o‘rtasida potentsial o‘zaro ta'sirlar klinik tadqiqotlarda baholangan. Ushbu o‘zaro ta'sirlarning AUC va Cmin o‘rtacha qiymatlariga ta'siri haqidagi axborot jadvalda ta'riflangan.
Tutqanoqqa qarshi preparatlarning Oksapin®bilan o‘zaro ta'siri haqidagi ma'lumot
Tutqanoqqa qarshi dori vositasiOksapin®ni tutqanoqqa qarshi dori vositasiga ta'siriTutqanoqqa qarshi dori vositasini MGH ga ta'siri
Birga qabul qilishKontsentratsiyasiKontsentratsiyasi
Karbamazepin0–22% ga pasaygan (karbamazepin-epoksid darajasi 30% ga oshgan)40% ga pasaygan
KlobazamO‘rganilmaganTa'sir qilmagan
FelbamatO‘rganilmaganTa'sir qilmagan
LamotriginTa'sir qilmaganTa'sir qilmagan
Fenobarbital14–15% ga oshgan30–31% ga pasaygan
Fenitoin0–40% ga oshgan29–35% ga pasaygan
Valproat kislotasiTa'sir qilmagan0–18% ga pasaygan
Kattalarda sitoxrom P450 fermentlari sintezining kuchli ta'sir qiluvchi induktorlari (karbamazepin, fenitoin va fenobarbital) qon plazmasida MGH darajasini (29–40% ga) pasaytirishi namoyish etilgan. Monoterapiyaga qaraganda fermentlar sintezini induktsiya qiluvchi tutqanoqqa qarshi preparatlarning 3 tasidan 1 tasi qabul qilinganida 4–12 yoshdagi bolalarda MGH klirensi 35% ga oshgan. Oksapin®va lamotrigin bilan majmuaviy davolash noxush ko‘rinishlar (ko‘ngil aynishi, uyquchanlik, bosh aylanishi va bosh og‘rig‘i) paydo bo‘lishi xavfini oshishiga olib kelgan. Oksapin® bilan birga tutqanoqqa qarshi bitta yoki bir nechta preparatlar bir vaqtda qabul qilinganida dozalarga ehtiyotkorlik bilan tuzatish kiritish va/yoki qon plazmasidagi darajasini nazorat qilish mumkinligini individual ravishda ko‘rib chiqish mumkin. Bu ayniqsa bir vaqtda lamotriginni qabul qilgan bolalarga taalluqlidir.
Oksapin®ni qabul qilishda fermentlarning o‘zidan o‘zi induktsiyasi qayd etilmagan.
Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta'sirlari
Simetidin, eritromitsin, viloksazin, varfarin va dekstropropoksifen MGH farmakokinetikasiga ta'sir ko‘rsatmagan.
Okskarbazepin va MAO ingibitorlari o‘rtasida o‘zaro ta'sir okskarbazepinni tritsiklik antidepressantlar bilan tuzilishi jihatidan bog‘liqligini inobatga olgan holda nazariy jihatdan ehtimol bo‘lishi mumkin.
Tritsiklik antidepressantlar bilan davolangan va klinik tadqiqotlarda ishtirok etgan patsiyentlarda klinik jihatdan ahamiyatli o‘zaro ta'sirlar qayd etilmagan.
Litiy dori vositalari va okskarbazepin bilan majmuaviy davolash neyrotoksiklikni oshirishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Yuqori sezuvchanlik
I tipdagi yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari (darhol yuz beradigan reaktsiyalar) toshma, qichishish, eshakemi, angionevrotik shishni o‘z ichiga olgan hamda anafilaksiya haqidagi xabarlar qayd etilgandan keyingi davrda kelib tushgan. Hiqildoq, tovush yorig‘i, lablar va qovoqlar ishtirok etadigan anafilaksiya va angionevrotik shish hollari patsiyentlarda Oksapin®ning birinchi dozasi yoki keyingi dozalari qabul qilinganidan keyin qayd etilgan. Agar bemorda Oksapin® bilan davolashdan keyin bunday reaktsiyalar rivojlansa, preparat qo‘llanilishini bekor qilish va muqobil davolashni boshlash lozim.
Karbamazepinga yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari kuzatilgan patsiyentlarni Oksapin® qabul qilinganida ularning taxminan 25–30% da bunday reaktsiya (xususan teri reaktsiyalari) yuzaga kelishi ehtimoli haqida xabardor qilish lozim.
Yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari, shu jumladan multiorgan o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari anamnezda karbamazepinga yuqori sezuvchanligi bo‘lmagan patsiyentlarda ham rivojlanishi mumkin. Ular teriga, jigarga, qon va limfatik tizimga hamda boshqa a'zolarga yoxud alohida, yoxud birga tizimli reaktsiya ko‘rinishida ta'sir ko‘rsatishi mumkin. Yuqori sezuvchanlik reaktsiyalarini ko‘rsatuvchi belgilar va simptomlar paydo bo‘lganida Oksapin® qo‘llanilishini tezda bekor qilish lozim.
Dermatologik samaralar
Oksapin® qo‘llanilishi bilan bog‘liq bo‘lgan jiddiy teri reaktsiyalari, shu jumladan Stivens–Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi) va ko‘p shaklli eritema haqida juda kam hollarda xabar berilgan. Jiddiy teri reaktsiyalari bo‘lgan patsiyentlarni gospitalizatsiya qilish talab qilinishi mumkin, chunki ushbu kasalliklar hayotga xavf solishi va juda kam hollarda o‘lim bilan yakunlanishi mumkin. Oksapin® qo‘llanilishi bilan bog‘liq bo‘lgan hollar bolalarda ham, kattalarda ham mavjud bo‘lgan. Reaktsiya paydo bo‘lishiga qadar vaqt medianasi 19 kunni tashkil etgan. Oksapin® takroriy buyurilganida jiddiy teri reaktsiyasi qaytalanishining bir nechta alohida hollari haqida xabar berilgan. Oksapin® bilan davolashga teri tomonidan reaktsiya rivojlanadigan patsiyentlarni tezkor ravishda tekshirish, preparat qo‘llanilishini esa tezda bekor qilish talab qilinadi, toshma va dori vositasini qabul qilish o‘rtasida bog‘liqlikning mavjud emasligi yaqqol ayon bo‘lgan hollar bundan mustasno. Davolash bekor qilinganida dori qo‘llanilishi bekor qilinishi oqibatida xurujlar paydo bo‘lishini oldini olish uchun Oksapin®ni tutqanoqqa qarshi boshqa dori vositalari bilan davolashga almashtirishga e'tibor qaratish lozim. Yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari tufayli davolash bekor qilingan patsiyentlarga Oksapin®ni takroran buyurish mumkin emas.
Xitoylik, tailandlik va osiyolik popullyatsiyalarda HLA-B*1502 alleli
Xitoylik va tailandlik bo‘lgan bemorlarda, bu yerda HLA-B*1502 allelini tarqalishi qayd etiladi, karbamazepin qo‘llanilganida og‘ir dermatologik reaktsiyalar, shu jumladan Stivens–Djonson sindromi rivojlanishi tez-tezligini oshishi aniqlangan. Karbamazepinni kimyoviy tuzilishi okskarbazepinning kimyoviy tuzilishiga o‘xshash, shu sababli okskarbazepin bilan davolanganda HLA-B*1502 alleli musbat bo‘lgan shaxslarda ham Stivens–Djonson sindromi rivojlanishi mumkinligi ehtimoli mavjud. Okskarbazepin bilan bunday bog‘liqlik mavjudligi haqida taxmin qilish uchun asos bo‘lib xizmat qiladigan ma'lumotlar bor. HLA-B*1502 alleli tashuvchilari xitoylik va tailandlik populyatsiyadagi shaxslarning 10 foizini tashkil etadi. Shu sababli mazkur shaxslar karbamazepin yoki unga o‘xshash kimyoviy tuzilishga ega faol modda bilan davolash boshlanishigacha ushbu allel mavjudligiga skriningdan o‘tishlari kerak. Agar patsiyent HLA-B*1502 alleli tashuvchisi ekanligi aniqlansa, okskarbazepinni faqat davolashdan foyda ehtimol qilingan xavfdan yuqori bo‘lgan hollardagina buyurish lozim. Mazkur allel osiyolik boshqa populyatsiyalarda ko‘proq (Filippinda, Malayziyada 15% dan ortiq) tarqalganligi sababli mazkur allel bo‘yicha genotiplashni o‘tkazish zaruratini ko‘rib chiqish kerak.
Mazkur allelning tarqalganligi yevropeoid, negroid irqlariga mansub shaxslarda, shuningdek amerikaliklar, yaponlar va koreyslarda uncha sezilarli (< 1%) emas. Allelning uchrash tez-tezligi mazkur allelning tashuvchisi bo‘lgan populyatsiyada xromosomalarning foiz nisbatiga bog‘liq. Har bir xromosoma ikkita nusxaga ega ekanligi sababli, hatto HLA-B*1502 allelining bitta nusxasi ham Stivens–Djonson sindromi namoyon bo‘lishi uchun yetarli bo‘lishi mumkin va xavf mavjud bo‘lgan patsiyentlarning ulushi allel uchrashi tez-tezligidan 2 marta yuqori.
Yevropalik va yaponiyalik populyatsiyalarda HLA-A*3101 alleli
HLA-A*3101 allelini kelib chiqishi yevropalik va yaponiyalik bo‘lgan shaxslarda karbamazepin keltirib chiqargan dermatologik reaktsiyalar, shu jumladan Stivens–Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz, eozinofiliyali dori toshmasi (DRESS sindromi) yoki kamroq og‘ir bo‘lgan o‘tkir tarqoq ekzentematoz pustulyoz va makulopapulyoz toshmasi yuqori xavfi bilan bog‘liqligini nazarda tutuvchi ayrim ma'lumotlar mavjud.
HLA-A*3101 allelining uchrash tez-tezligi har bir etnik populyatsiyada farqlanadi. Mazkur allel yevropalik (2-5%) va yapon (10%) populyatsiyalarida ustun bo‘ladi. Uning ishtiroki karbamazepin keltirib chiqargan dermatologik reaktsiyalar (asosan og‘ir shakllari) rivojlanishi xavfini umuman aholida 5% dan kelib chiqishi yevropalik bo‘lgan vakillarda 26% gacha oshirishi mumkin, ayni vaqtda uning mavjud bo‘lmasligi xavfni 5% dan 3,8% gacha qisqartirishi mumkin.
Boshqa populyatsiyalarda HLA-A*3101 alleli
Mazkur allelning tarqalganligi tez-tezligi ayrim istisnolar bilan (5-12%) avstraliyalik, osiyolik, afrikalik, shimoliy amerikalik populyatsiyalardagi ko‘pchilik shaxslarda 5% dan kam. 15% dan yuqori tez-tezlik Janubiy Amerikaning (Argentina, Braziliya), Shimoliy Amerikaning (AQSh da Navaxo, Siuks va Meksikada Sonoro, Seri) va Janubiy Hindistonning (Tamil Nadu) ayrim etnik guruhlarida va 10-15% ushbu mintaqalarning boshqa etnik guruhlarida uchrashi haqida xabar qilingan.
Allelning uchrash tez-tezligi mazkur allelning tashuvchisi bo‘lgan populyatsiyada xromosomalarning foiz nisbatiga bog‘liq. Har bir xromosoma ikkita nusxaga ega ekanligi sababli, hatto HLA-A*3101 allelining bitta nusxasi ham Stivens–Djonson sindromi namoyon bo‘lishi uchun yetarli bo‘lishi mumkin va xavf mavjud bo‘lgan patsiyentlarning ulushi allel uchrashi tez-tezligidan deyarli 2 marta yuqori.
Karbamazepin yoki unga o‘xshash kimyoviy tuzilishga ega faol modda bilan davolash boshlanishigacha HLA-A*3101 alleli mavjudligiga skrining o‘tkazilishi zaruratini ko‘rsatadigan yetarlicha ma'lumotlar mavjud emas.
Agar yevropalik yoki yaponiyalik patsiyentlar HLA-A*3101 allelining tashuvchisi ekanligi aniqlangan bo‘lsa, okskarbazepinni faqat davolashdan foyda ehtimol kutiladigan xavfdan ortiq bo‘lgan hollardagina buyurish lozim.
Genotiplashning kamchiliklari
Genotiplash natijalari lozim darajada klinik hushyorlikni va patsiyentlarga qarashni o‘rnini bosolmaydi. HLA-B*1502 alleli bo‘yicha musbat bo‘lgan va Oksapin® bilan davolanayotgan osiyolik patsiyentlarning ko‘pchiligida Stivens–Djonson sindromi/toksik epidermal nekroliz namoyon bo‘lmaydi, HLA-B*1502 alleli bo‘yicha manfiy bo‘lgan boshqa etnik guruhga mansub patsiyentlarda esa Stivens–Djonson sindromi/toksik epidermal nekroliz rivojlanadi. Bu HLA-A*3101 ga ham hamda Stivens–Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz, eozinofiliya va tizimli namoyon bo‘lishlari bilan kechadigan dorilarga teri reaktsiyasi, o‘tkir tarqoq ekzentematoz pustullyoz yoki makulopapulyoz toshma rivojlanishi xavfiga ham taalluqlidir. Ushbu og‘ir dermatologik reaktsiyalarning rivojlanishi va ular bilan bog‘liq bo‘lgan kasallanish tutqanoqqa qarshi preparatlarning dozasi, tartibiga rioya qilish, birga qo‘llaniluvchi dori preparatlari, yondosh kechadigan kasalliklar va dermatologik monitoring darajasi kabi boshqa kutilishi mumkin bo‘lgan omillar sababli o‘rganilmagan.
Sog‘liqni saqlash xodimlari uchun ma'lumot
Agar HLA-B*1502 alleli mavjudligiga test o‘tkazilayotgan bo‘lsa, HLA-B*1502 ning yuqori darajadagi genotiplashini o‘tkazish tavsiya etiladi. Agar 1 yoki 2 ta HLA-B*1502 alleli aniqlangan bo‘lsa, natija musbat, agar biron-bir HLA-B*1502 alleli aniqlanmagan bo‘lsa, natija manfiy bo‘ladi. Xuddi shunday tarzda HLA-A*3101 alleli mavjudligiga test o‘tkaziladi, HLA-A*3101 ning yuqori darajadagi genotiplashini o‘tkazish tavsiya etiladi. Agar 1 yoki 2 ta HLA-A*3101 alleli aniqlangan bo‘lsa, natija musbat, agar biron-bir HLA-A*3101 alleli aniqlanmagan bo‘lsa, natija manfiy bo‘ladi.
Xurujlarni kuchayishi xavfi
Oksapin® bilan xurujlarni kuchayishi xavfi haqida xabar berilgan. Xurujlarni kuchayishi xavfi ko‘proq bolalarda kuzatilgan, ammo kattalarda ham uchrashi mumkin. Xurujlar kuchaygan taqdirda Oksapin® bilan davolashni to‘xtatish zarur.
Giponatriyemiya
Oksapin®ni qabul qilgan 2,7% patsiyentlarda qon plazmasida natriy darajasi 125 mmol/l dan past bo‘lishi kuzatilgan bo‘lib, u ko‘pincha simptomsiz bo‘lgan va davolashga tuzatish kiritishni talab qilmagan. Klinik tadqiqotlarning tajribasi shuni ko‘rsatadiki, plazmada natriy darajalari Oksapin® dozasi pasaytirilganidan, dori qo‘llanilishi bekor qilinganidan yoki patsiyentni konservativ davolanganidan (xususan suyuqlik iste'mol qilinishi cheklanganidan) keyin normaga keladi. Natriy darajasi past bo‘lishi bilan bog‘liq avvalgi buyrak kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarda yoki bir vaqtda natriy darajasini pasaytiruvchi preparatlarni (xususan diuretiklar, desmopressinni), shuningdek NYaQP ni (xususan indometatsinni) qabul qilgan patsiyentlarda Oksapin® bilan davolash boshlanishigacha natriyning plazmadagi darajalarini aniqlash zarur. Keyinchalik qon plazmasida uning darajalarini har 2 haftada va so‘ngra davolashning dastlabki 3 oy davomida bir oyda 1 marta yoki klinik zaruratga qarab nazorat qilish kerak. Ushbu xavf omillari keksa yoshdagi patsiyentlarga taalluqli bo‘lishi mumkin. Oksapin®ni qabul qilayotgan patsiyentlarga nisbatan natriy darajasini pasaytiruvchi dori vositalarini qabul qilish boshlanishida natriy darajasini baholashga bo‘lgan shunday yondashuvga amal qilish kerak. Agar giponatriyemiya rivojlanishini ko‘rsatuvchi klinik simptomlar Oksapin® bilan davolash fonida kuzatilsa, qon plazmasida natriy darajasini o‘zgartirish imkoniyatini ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq. Boshqa patsiyentlarda plazmadagi natriy darajasini baholashni standart laboratoriya tadqiqotlarining bir qismi sifatida o‘tkazish mumkin. Yurak yetishmovchiligi va ikkilamchi yurak yetishmovchiligi bo‘lgan barcha patsiyentlarni ularda suyuqlik ushlanib qolinishi mavjudligini aniqlash uchun muntazam ravishda tana vaznini o‘lchash kerak. Suyuqlik ushlanib qolgan yoki yurak funktsiyasi yomonlashgan taqdirda, natriyning plazmadagi darajasini nazorat qilish lozim. Agar giponatriyemiya kuzatilsa, u holda suv miqdorini cheklanishi unga qarshi kurashning muhim chorasi bo‘lib hisoblanadi. Uncha ko‘p bo‘lmagan hollarda okskarbazepin yurakda qon o‘tishini buzilishiga olib kelishi mumkinligi tufayli, ilgarigi qon o‘tishi buzilishi bo‘lgan (xususan AV-blokadali, aritmiyali) patsiyentlarni sinchkovlik bilan kuzatish tavsiya etiladi.
Gipotireoz
Gipotireoz okskarbazepin qo‘llanilganida salbiy reaktsiya bo‘lib hisoblanadi. Qalqonsimon bez gormonlarining bolalar tug‘ilganidan keyin rivojlanishiga ta'sirini hisobga olgan holda, mazkur toifadagi patsiyentlarda Oksapin® bilan davolash vaqtida qalqonsimon bez funktsiyasini monitoringini o‘tkazish tavsiya qilingan.
Jigar funktsiyasi
Gepatitning kam hollarda uchrashi haqida xabar berilgan bo‘lib, u ko‘p hollarda ijobiy yakun bilan ortga qaytgan. Jigar kasalligiga shubha qilinganida jigar funktsiyasini baholash va Oksapin® qo‘llanilishini bekor qilish imkoniyatini ko‘rib chiqish lozim. Og‘ir jigar yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarni davolashda ehtiyotkorlikni namoyon qilish lozim.
Buyrak funktsiyasi
Buyrak funktsiyasini buzilishi (kreatinin klirensi <30 ml/min) bo‘lgan patsiyentlar Oksapin® bilan davolanish vaqtida, ayniqsa boshlang‘ich dozaga va titrlashga nisbatan ehtiyotkorlikni namoyon qilishlari lozim. MGH ning plazmadagi kontsentratsiyalari monitoringi talab qilinishi mumkin.
Gematologik samaralar
Qayd etilgandan keyingi davrda juda kam hollarda Oksapin® bilan davolangan patsiyentlarda kuzatilgan agranulotsitoz, aplastik anemiya va pantsitopeniya haqida xabar berilgan. Yaqqol ifodalangan suyak ko‘migi funktsiyasini susayishining har qanday belgisi rivojlanganida, dori vositasini qo‘llanilishini bekor qilish imkoniyatini ko‘rib chiqish kerak.
O‘z joniga qasd qilish xulq-atvori
Bir necha ko‘rsatmalar bo‘yicha tutqanoqqa qarshi vositalar bilan davolangan patsiyentlarda o‘z joniga qasd qilish fikrlari va xulq-atvori haqida xabar berilgan. Tutqanoqqa qarshi preparatlarning randomizatsiyalangan platsebo nazoratli tadqiqotlarining meta-tahlili o‘z joniga qasd qilish fikrlari va xulq-atvori xavfining katta bo‘lmagan darajada oshishini ko‘rsatadi. Ushbu xavfning mexanizmi noma'lum, mavjud ma'lumotlar esa okskarbazepin qabul qilinganida xavf oshishi imkoniyatini istisno qilmaydi.
Shu sababli patsiyentlarni ularda o‘z joniga qasd qilish fikrlari va xulq-atvori mavjudligiga tekshirish hamda tegishli davolashni buyurish imkoniyatini ko‘rib chiqish tavsiya etiladi. Bemorlarga (va ularni parvarishlayotgan shaxslarga) o‘z joniga qasd qilish fikrlari yoki xulq-atvori belgilari paydo bo‘lganida, tibbiy yordam olish yuzasidan murojaat qilishni tavsiya qilish lozim.
Gormonal kontratseptivlar
Reproduktiv yoshdagi ayol patsiyentlarni Oksapin®ni gormonal kontratseptivlar bilan birga qabul qilish bunday turdagi kontratseptsiyaning samarasizligiga olib kelishi mumkinligi haqida ogohlantirish zarur. Oksapin® qo‘llanilganida homiladorlikni oldini olishning boshqa usullaridan foydalanish tavsiya etilgan.
Alkogol
Oksapin® bilan davolash fonida alkogolni iste'mol qilishda ehtiyotkorlikni namoyon qilish tavsiya etiladi, chunki bu kumulyativ sedativ natijani keltirib chiqarishi mumkin.
Davolashni bekor qilinishi
Tutqanoqqa qarshi barcha dori vositalaridan foydalanishdagi kabi xurujlar tez-tezligining potentsial oshishini minimallashtirish uchun Oksapin® qo‘llanilishini bosqichma-bosqich bekor qilish tavsiya etiladi.
Plazmadagi darajasi monitoringi
Garchi okskarbazepinning dozalari va plazmadagi darajalari hamda klinik samaradorligi yoki o‘zlashtiraolinishi o‘rtasida bog‘liqlik yetarlicha sezilarli bo‘lmasa-da, plazmadagi darajalarining monitoringi davolash tartibini buzilishini istisno qilish kerak bo‘lganida yoki MGH klirensi ko‘rsatkichida o‘zgarish kutilganida, masalan
• jigar funktsiyasi o‘zgarganida;
• homiladorlikda;
• jigar fermentlarini induktsiya qiluvchi preparatlar bilan birga qo‘llanilganida foydali bo‘lishi mumkin.
Homiladorlik va emizish
Homiladorlik
Tutqanoq va tutqanoqqa qarshi davolash bilan bog‘liq umumiy xavf
Davolangan patsiyentlarda politerapiyada, ayniqsa valproatni ichiga olgan politerapiyada rivojlanishning tug‘ma nuqsonlarini oshishi qayd etilgan. Bundan tashqari, tutqanoqqa qarshi samarali davolashni to‘xtatib qo‘yish mumkin emas, chunki kasallikni kuchayishi ona uchun ham, homila uchun ham juda zararlidir.
Okskarbazepin bilan bog‘liq xavf
Preparatni homiladorlik davrida qabul qilingani haqidagi klinik ma'lumotlar soni uncha katta emas (300-1000 homiladorlikda). Biroq okskarbazepin bilan bog‘liq tug‘ma rivojlanish nuqsonlarini ko‘rsatuvchi ma'lumotlar soni cheklangan. Oksapin® qo‘llanilganida umumiy populyatsiya orasidagi ko‘rsatkich (2-3%) bilan taqqoslanganda tug‘ma nuqsonlarning umumiy sonini oshishi qayd etilmagan. Ushbu ma'lumotlarga qaramasdan okskarbazepinning teratogen potentsialini to‘liq istisno etib bo‘lmaydi.
Yuqorida bayon qilinganlarni inobatga olgan holda quyidagilarni nazarda tutish lozim
• agar Oksapin®ni qabul qilayotgan ayol homilador bo‘lsa yoki homiladorlikni rejalashtirayotgan bo‘lsa, ushbu preparat qo‘llanilishini diqqat bilan baholash lozim. Hech bo‘lmaganda homiladorlikning dastlabki uch oyi davomida minimal samarali dozalarni buyurish lozim va imkon qadar monoterapiyaga afzallik berish kerak;
• homiladorlik davomida okskarbazepin bilan tutqanoqqa qarshi samarali davolanishni to‘xtatish mumkin emas, chunki kasallikni kuchayishi ona uchun ham, homila uchun ham juda zararlidir.
Monitoring va profilaktika qilish
Tutqanoqqa qarshi ayrim dori vositalari folat kislotasi tanqisligini keltirib chiqarishi mumkin, bu ehtimol homilada anomaliyalar rivojlanishiga ta'sir ko‘rsatishi mumkin.
Homiladorlikkacha va homiladorlik davrida folat kislotali qo‘shimchalarni qabul qilish tavsiya etilgan. Bunday qo‘shimchalarni qabul qilishning samaradorligi isbotlanmaganligi tufayli, hatto folat kislotasini qo‘shimcha ravishda qabul qilayotgan ayollarga ham maxsus antenatal diagnostikadan o‘tishni taklif qilish mumkin.
Ayollarning cheklangan sonida olingan ma'lumotlar okskarbazepinning faol metaboliti bo‘lgan 10-monogidroksi hosilasining (MGH) plazmadagi darajalari homiladorlik davomida asta-sekin pasayishi mumkinligini ko‘rsatadi. Oksapin® bilan davolanayotgan ayollarda xurujlarning adekvat nazoratini ta'minlash uchun homiladorlik davomida klinik javobning sinchkov monitoringini olib borish tavsiya qilingan. Qon plazmasida MGH kontsentratsiyalari o‘zgarishlarini aniqlash zaruratini ko‘rib chiqish lozim. Agar homiladorlik davrida dozalar oshirilgan bo‘lsa, tug‘ruqdan keyingi davrda MGH ning plazmadagi darajalari monitoringini olib borish imkoniyatini ham ko‘rib chiqish zarur.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda tutqanoqqa qarshi vositalar keltirib chiqargan qon ivishini buzilishi haqida xabar berilgan. Ehtiyot chorasi sifatida homiladorlikning oxirgi bir necha haftasi davomida va yangi tug‘ilgan chaqaloqqa K1 vitaminini qo‘llash lozim.
Emizish davri
Okskarbazepin va uning faol metaboliti (MGH) ko‘krak sutiga o‘tadi. Har ikkala birikmalar uchun ko‘krak sutidagi kontsentratsiyasi va qon plazmasidagi kontsentratsiyasi nisbati 0,5 ni tashkil etgan. Okskarbazepinni chaqaloqqa ko‘krak suti orqali ta'sir qilishi noma'lum. Shu sababli davolash zarurati bo‘lganida emizishni to‘xtatish lozim.
Reproduktiv funktsiya
Odamning reproduktiv funktsiyasiga ta'siri haqidagi ma'lumotlar yo‘q. Okskarbazepin kalamushlarning reproduktiv funktsiyasiga ta'sir ko‘rsatmagan. Reproduktiv funktsiyaga ta'siri odamda qo‘llaniladigan dozalar bilan taqqoslanadigan dozalarda kalamushlarning urg‘ochilarida kuzatilgan.
Avtomobilni va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Oksapin®dan foydalanilganida bosh aylanishi, uyquchanlik, ataksiya, diplopiya, ko‘rishning noaniqligi, ko‘rishni buzilishi, giponatriyemiya, ayniqsa davolash boshlanishida yoki dozaga tuzatish kiritilishi munosabati bilan (ko‘proq dozani titrlashda) tafakkur etishning pasaygan darajasi kabi noxush reaktsiyalar haqida xabar berilgan. Shu sababli patsiyentlar transport vositalarini boshqarishda va mexanizmlar bilan ishlashda ehtiyotkorlikni namoyon qilishlari kerak.
Preparatning yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng qo‘llash mumkin emas va bolalar ololmaydigan joyda saqlash kerak.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilishiga doir ayrim hollar haqida xabarlar olingan. Maksimal qabul qilingan doza taxminan 48,000 mg ni tashkil qilgan.
Belgilari va simptomlari
• Suv-elektrolit muvozanatining buzilishi giponatriyemiya.
• Ko‘rish a'zosi tomonidan buzilishlar diplopiya, mioz, ko‘rishning noaniqligi.
• Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan buzilishlar ko‘ngil aynishi, qusish, giperkineziya.
• Umumiy buzilishlar va yuborilgan joydagi buzilishlar toliqish.
• Laborator va instrumental ma'lumotlar nafas olish harakatlari tez-tezligini pasayishi, QTc intervalini uzayishi.
• Nerv tizimi tomonidan buzilishlar uyquchanlik, bosh aylanishi, ataksiya, nistagm, tremor, koordinatsiyani buzilishi (noto‘g‘ri koordinatsiya), tirishishlar, bosh og‘rig‘i, koma, hushdan ketish, diskineziya.
• Ruhiyatni buzilishi tajovuzkorlik, xavotirli qo‘zg‘aluvchanlik, ongni xiralashishi.
• Qon tomirlar tomonidan buzilishlar arterial bosimni pasayishi.
• Nafas olish tizimi, ko‘krak qafasi a'zolari va ko‘ks oralig‘i tomonidan buzilishlar hansirash.
Davolash
Spetsifik antidot mavjud emas. Simptomatik va bir maromda saqlab turuvchi turuvchi davolash o‘tkaziladi. Okskarbazepinni so‘rilishini kamaytirish uchun me'dani yuvish o‘tkazilishi va/yoki faollashtirilgan ko‘mirni qabul qilish buyurilishi mumkinligini inobatga olish lozim.
Chiqarilish shakli
10 tabletkadan blisterda; 3 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma bilan karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoya qilingan joyda, 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saklansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
Kusum Xeltxker Pvt. Ltd.
Manzili
SP-289(A), RIICO Industrial Area, Chopanki, Bhiwadi, Dist. Alwar (Rajasthan)
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.