Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
L-Tiroksin 100 tab. №50
Nomi | Narx | |||||
Л-Тироксин 100 таб. №50 (33062C##2 222) |
UZS 30 900
Stokda yetarli (2)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Л-Тироксин 100 таб. №50 (33062C##2 234) |
UZS 30 900
Stokda yetarli (4)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Левотироксин натрия
Страна производитель
Германия
Дозировка
100 мкг
Производитель
Berlin-Chemie AG (Menarini Group)
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
1.L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparati o‘zi nima va u nima uchun qo‘llaniladi
L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi – ta'sir etuvchi moddasi tireoid gormon levotiroksin bo‘lgan preparatdir. U tabiiy gormon kabi ta'sirga ega. L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparatini mavjud bo‘lmagan tireoid gormoni o‘rnini bosish va/yoki qalqonsimon bezga tushadigan yuklamani kamaytirish uchun qabul qilinadi.
L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparati ko‘llaniladi
qalqonsimon bez gipofunktsiyasining barcha shakllarida mavjud bo‘lmagan gormonning o‘rnini bosuvchi sifatida;
bo‘qoqni olib tashlash bo‘yicha o‘tkazilgan jarrohlik operatsiyasidan keyin qalqonsimon bez funktsiyasini normal bo‘lganida bo‘qoq qaytalanishini (qalqonsimon bezni kattalashishini) oldini olish uchun;
qalqonsimon bez funktsiyasi normal bo‘lganida xavfsiz bo‘qoqni davolash uchun;
qalqonsimon bezning ortiqcha funktsiyasini tireostatiklar (qalqonsimon bezning ortiqcha funktsiyasini susaytiruvchi dori vositalari) bilan davolash fonida metabolizmning normal holatiga erishilganidan keyin yordamchi (qo‘shimcha, birga qo‘llanuvchi) davolash sifatida;
qalqonsimon bezning xavfli o‘smasida, asosan, jarrohlik operatsiyasidan keyin, o‘smaning qaytalanishini susaytirish va mavjud bo‘lmagan tireoid gormoni o‘rnini bosish uchun;
qalqonsimon bez funktsiyasini tekshirish uchun (qalqonsimon bez supressiyasi bilan o‘tkaziladigan test) qo‘llaniladi.
L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi barcha yosh guruhlarida qo‘llaniladi.
2.L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparatini qo‘llashdan oldin nimalarni bilish kerak
L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparatini quyidagi hollarda qo‘llash mumkin emas
-natriy levotiroksinga yoki preparatning boshqa komponentlariga (6-bo‘limda keltirilgan) allergiya (yuqori sezuvchanlik) mavjud bo‘lganida;
-quyidagi kasalliklar yoki holatlar mavjud bo‘lganida
• qalqonsimon bezning davolanmagan giperfunktsiyasi;
• davolanmagan adrenokortikal yetishmovchiligi;
• davolanmagan gipofiz yetishmovchiligi, agar u davolashni talab qiladigan adrenokortikal yetishmovchiligiga olib kelgan bo‘lsa;
• yaqin orada o‘tkazilgan miokard infarkti;
• yurak mushagini o‘tkir yallig‘lanishi (miokardit);
• yurak devori barcha qatlamlarini o‘tkir yallig‘lanishi (pankardit).
Homiladorlik mavjud bo‘lganida va qalqonsimon bez giperfunktsiyasini davolash uchun dori preparatlari (tireostatiklar) bir vaqtda qabul qilinganida L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparatini qabul qilish mumkin emas (shuningdek «Homiladorlik va emizish davri» bo‘limiga qarang).
L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparatini qabul qilish boshlanishidan oldin quyidagi kasalliklar yoki holatlar mavjudligini istisno qilish yoki ularni davolash lozim
-yurakning ishemik kasalligi;
-yurak sohasida og‘riq va ko‘krakda siqilish hissi (stenokardiya);
-yuqori arterial bosim;
-gipofiz va/yoki buyrak usti bezi po‘stloq qavatlarining yetishmovchiligi;
-qalqonsimon bezda tireoid gormonini nazoratsiz tarzda ishlab chiquvchi zonalarning mavjudligi (qalqonsimon bez avtonomiyasi).
Qalqonsimon bezning supressiyasi bilan test o‘tkazilishidan oldin uning funktsiyasini tekshirish uchun mazkur kasalliklar yoki holatlar mavjudligini istisno qilish yoki ularni davolash zarur. Biroq qalqonsimon bez avtonomiyasi mavjudligini istisno qilish talab qilinmaydi, chunki boshqalardan tashqari test uni aniqlashga ham xizmat qiladi.
Ogohlantirishlar va ehtiyot choralari
-Agar Siz miokard infarktini boshdan kechirgan bo‘lsangiz yoki Sizda yurakning ishemik kasalligi, yurak mushagining zaifligi, ritm buzilishi (taxikardiya), yurak yetishmovchiligi, zo‘raymagan holda yurak mushagini yallig‘lanishi yoki uzoq muddat davomida qalqonsimon bez gipofunktsiyasi mavjud bo‘lsa, u holda qonda gormonlarning o‘ta yuqori darajasidan saqlanish lozim. Shu sababli qalqonsimon bez gormonlari darajasini ancha tez-tez tekshirish zarur. L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparatini qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lgan qalqonsimon bez giperfunktsiyasining sezilarli bo‘lmagan belgilari paydo bo‘lganida, bu haqida davolovchi shifokorga xabar berish lozim («4. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta'sirlar» bo‘limiga qarang).
-Agar qalqonsimon bez gipofunktsiyasi gipofiz kasalligidan kelib chiqqan bo‘lsa. Ehtimol, bu holat buyrak usti bezi po‘stloq qavatlarining yetishmovchiligi bilan kechishi mumkin va u tireoid gormon bilan davolash (gidrokortizon bilan davolash) boshlanishiga qadar bartaraf qilinishi kerak.
-Agar qalqonsimon bezda tireoid gormonini nazoratsiz tarzda ishlab chiquvchi zonalarning mavjudligiga shubha bo‘lsa, davolash boshlanishiga qadar qalqonsimon bez funktsiyasini tekshiruvdan o‘tkazish lozim.
-Menopauza yuzaga kelganidan keyin osteoporoz rivojlanishi xavfi yuqori bo‘lgan ayollarda qonda tireoid gormoni darajasi oshishini oldini olish uchun qalqonsimon bez funktsiyasini tez-tez tekshirish lozim.
-Agar Siz diabetdan aziyat chekayotgan yoki ma'lum bir antikoagulyantlarni (masalan, dikumarolni) qabul qilayotgan bo‘lsangiz, «Boshqa dori preparatlarni qabul qilish/qo‘llash» bo‘limiga 'tiboringizni qaratish lozim.
-Agar Sizga dializ muolajasini olayotgan patsiyent sifatida masalan, qonda fosfatlar darajasi yuqoriligi yuzasidan «Sevelamer» preparati buyurilgan bo‘lsa, u holda davolovchi shifokor ehtimol, levotiroksin qo‘llanilishi samaradorligini aniqlash maqsadida qonning ma'lum bir ko‘rsatkichlarini nazorat qilishni zarur deb topishi mumkin (shuningdek «Boshqa dori preparatlarni qabul qilish/qo‘llash» bo‘limiga qarang).
L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparatini qabul qilishdan oldin davolovchi shifokor yoki dorixona xodimiga murojaat qiling.
Noto‘g‘ri qo‘llanilishi
L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparatini tana vaznini kamaytirish maqsadida qabul qilish mumkin emas. Agar Sizning qoningizda tireoid gormonlari darajasi normal bo‘lsa, tireoid gormonlarini qo‘shimcha ravishda qabul qilinishi tana vaznini kamayishiga olib kelmaydi. Qo‘shimcha ravishda, ayniqsa tana vaznini kamaytirish uchun ayrim preparatlar bilan birga qabul qilinishi jiddiy yoki hatto hayot uchun xavf tug‘diruvchi nojo‘ya ta'sirlar paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin.
Davolashni o‘zgartirish
Agar Siz L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparatini qabul qilayotgan bo‘lsangiz, mazkur preparatni tireoid gormonlarni saqlovchi boshqa dori preparatiga almashtirish faqat shifokor kuzatuvi ostida va qon ko‘rsatkichlarini nazorat qilish fonida amalga oshirilishi kerak.
Keksa yoshdagi patsiyentlarda
Keksa yoshdagi patsiyentlar uchun preparatni dozalash ehtiyotkorlik bilan (ayniqsa yurak kasalliklari mavjud bo‘lganida) va tez-tez shifokor nazorati ostida amalga oshirilishi zarur.
L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparati va boshqa dori preparatlarini qabul qilish
Agar Siz boshqa dori preparatlarini qabul qilayotgan/qo‘llayotgan yoki yaqin orada qabul qilgan/qo‘llagan bo‘lsangiz yoki qabul qilishingiz/qo‘llashingiz mumkin bo‘lsa, davolovchi shifokor yoki dorixona xodimiga murojaat qiling.
L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparati quyidagi dori moddalari yoki preparatlar guruhlarining samarasiga ta'sir ko‘rsatadi
• Diabetga qarshi preparatlar (qonda qand darajasini pasaytiruvchi dori preparatlari)
Agar Sizda diabet bo‘lsa, qonda qand darajasini muntazam ravishda, asosan tireoid gormonlar bilan davolash boshlanishida, tekshirish lozim. Davolovchi shifokor tomonidan qonda qand darajasini pasaytiruvchi dori preparatlari dozasiga tuzatish kiritish zarurati yuzaga kelishi mumkin, chunki levotiroksin mazkur preparatlar ta'sirini pasaytirishi mumkin.
• Kumarin hosilalari (antikoagulyantlar)
L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparati va kumarin hosilalari (masalan, dikumarol) birga qabul qilinganida qon ivishi ko‘rsatkichlarini muntazam nazorat qilish lozim. Davolovchi shifokor tomonidan antikoagulyantlar dozasini pasaytirish zarurati yuzaga kelishi mumkin, chunki levotiroksin mazkur preparatlar ta'sirini kuchaytirishi mumkin.
L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparati ta'siriga quyidagi dori preparatlari ta'sir ko‘rsatadi
• qonda lipidlar miqdorini pasaytiruvchi preparatlar, qonda kaliy kontsentratsiyasini pasaytirish uchun preparatlar (ionalmashinuvchi qatronlar)
Qonda lipidlar miqdorini pasaytirish uchun preparatlarni (masalan, kolestiramin, kolestipol va kolesevelam) yoki qonda kaliy kontsentratsiyasini pasaytirish uchun preparatlarni (polistiren sulfon kislotasining kaltsiyli va natriyli tuzlari) L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparati qabul qilinganidan keyin 4 soatdan 5 soatgacha vaqt o‘tgach qabul qilish lozim. Mazkur dori preparatlari levotiroksinni ichakdan kelib tushishini so‘ndiradi va shu tarzda uning samaradorligini pasaytiradi.
• Sevelamer va lantan karbonati
Sevelamer va lantan karbonati (dializda bo‘lgan patsiyentlarda qonda fosfatlar darajasini pasaytirish uchun preparatlar) levotiroksin so‘rilishini va samaradorligini pasaytirishi mumkin. Davolovchi shifokor qalqonsimon bez funktsiyasini odatdagidan ko‘ra tez-tez tekshirishi kerak (shuningdek «L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparatini qabul qilishda maxsus ehtiyotkorlik choralari» bo‘limiga qarang).
• Alyuminiy saqlovchi antatsid preparatlari, shuningdek temir saqlovchi va kaltsiy saqlovchi preparatlar
L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparatini alyuminiy saqlovchi antatsid preparatlari (antatsidlar, sukralfat), shuningdek temir saqlovchi va kaltsiy saqlovchi preparatlar qabul qilinishiga qadar eng kamida 2 soat oldin qabul qilish lozim. Mazkur dori preparatlari levotiroksinni ichakdan kelib tushishini so‘ndiradi va shu tarzda uning samaradorligini pasaytiradi.
• Propiltiouratsil, glyukokortikoidlar, beta-blokatorlar
Propiltiouratsil (qalqonsimon bezning giperfunktsiyasini davolash uchun preparat), glyukokortikoidlar (buyrak usti bezi po‘stlog‘i gormonlari, «kortizon») va β-blokatorlar (yurak qisqarishlari tez-tezligini kamaytiruvchi va arterial bosimni pasaytiruvchi preparatlar) levotiroksinni uning yanada samaraliroq shakliga – liotironinga aylanishini so‘ndirishi va shu tarzda L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparati samaradorligini pasaytirishi mumkin.
• Amiodaron, yodlangan rentgenokontrast moddalar
Amiodaron (yurak ritmi buzilishlarini davolash uchun preparat) va yodlangan rentgenkontrast moddalar (rentgenologik tashhis qo‘yish uchun ma'lum bir preparatlar) yod miqdori yuqori bo‘lishi oqibatida qalqonsimon bez faolligi oshishini ham, pasayishini ham keltirib chiqarishi mumkin. Qalqonsimon bezda tireoid gormonlarini nazoratsiz hosil qiluvchi ehtimol aniqlanmagan zonalari (avtonomiya) bo‘lgan tugunsimon bo‘qoqda ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim. Zarurat bo‘lganida davolovchi shifokor L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparati dozasiga tuzatish kiritadi.
• Quyidagi dori preparatlari L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparati ta'sirini kuchaytirishi mumkin
-salitsilatlar (isitmani tushiruvchi va og‘riqsizlantiruvchi preparatlar);
-dikumarol (qonda tromblar hosil bo‘lishini so‘ndiruvchi preparat);
-furosemidning (siydik haydovchi vosita) yuqori dozalari (250 mg);
-klofibrat (qonda lipidlar darajasini pasaytirish uchun preparat);
-fenitoin (tirishishlarda va yurak ritmi buzilishlarida davolash uchun preparat).
• Kontratseptivlar yoki o‘rnini bosuvchi gormonal terapiya uchun preparatlar
Kontratseptiv gormonal preparatlar («pilyulalar») qabul qilinganida yoki menopauza yuzaga kelganidan keyingi davrda o‘rnini bosuvchi gormonal terapiya davrida levotiroksinga ehtiyoj oshishi mumkin.
• Sertralin, xlorokin/proguanil
Sertralin (depressiyalarni davolash uchun preparat) va xlorokin/proguanil (bezgak va revmatoid kasalliklarni davolash uchun preparatlar) levotiroksin samaradorligini pasaytiradi.
• Barbituratlar, rifampitsin, karbamazepin
Barbituratlar (tirishishlarni davolash, anesteziya uchun preparatlar, uxlatuvchi preparatlarning ma'lum turi), rifampitsin (antibiotik) va karbamazepin (tirishishlarni davolash uchun preparat) levotiroksin ta'sirini susaytirishi mumkin.
• Proteaza ingibitorlari (OITV-infektsiyasini davolash uchun preparatlar)
Levotiroksin va proteaza ingibitorlari (lopinavir, ritonavir) birga qabul qilinganida davolovchi shifokor kasallik simptomlarini sinchkovlik bilan kuzatishi va qalqonsimon bez funktsiyasini nazorat qilishi kerak. Lopinavir/ritonavir birga qabul qilinganida levotiroksin ta'siri pasayishi mumkin.
• Tirozinkinaza ingibitorlari (imatinib va sunitinib)
Imatinib va sunitinib (surunkali miyeloid leykozni davolash uchun preparatlar) bilan davolash gipotireozli patsiyentlarda levotiroksinga bo‘lgan ehtiyojni oshishiga olib keladi.
L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparatini ovqat va ichimliklar bilan birga qabul qilish
L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparatini ayniqsa kaltsiyga boy bo‘lgan oziq-ovqat (masalan sut va sutli mahsulotlar) bilan qabul qilish mumkin emas, chunki bu levotiroksinning so‘rilishini sezilarli ravishda kamaytirishi mumkin.
Agar Siz tarkibida soya bo‘lgan mahsulotlarni iste'mol qilsangiz, davolovchi shifokor qonda tireoid gormonlar darajasini yanada tez-tez nazorat qilishi kerak. Soyali parhez qo‘llanilishi davrida va parhez yakunida preparat dozasiga tuzatish kiritish talab qilinishi mumkin (noodatiy yuqori dozalar talab qilinishi mumkin), chunki tarkibida soya bo‘lgan mahsulotlar levotiroksinni ichakda so‘rilishini buzishi va shu tarzda uning samaradorligini pasaytirishi mumkin.
Homiladorlik, emizish va fertillik
Agar Siz homilador yoki emizsangiz, homilador bo‘lganingizni taxmin qilsangiz yoki homilador bo‘lishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, mazkur dori preparatini qo‘llashdan oldin davolovchi shifokorga yoki dorixona xodimiga maslahat olish uchun murojaat qilish lozim.
Homiladorlik va laktatsiya davrida tireoid gormonlari bilan tegishli davolash ayniqsa muhim. Shu sababli uni davolovchi shifokor kuzatuvi ostida uzluksiz davom ettirish zarur. Preparatni homiladorlik davrida keng qo‘llanilishiga qaramay, levotiroksinning homiladorlikni kechishiga va homila yoki yangi tug‘ilgan chaqaloq salomatligiga noxush ta'siri hozirgi vaqtga qadar aniqlanmagan.
Qalqonsimon bez funktsiyasini homiladorlik vaqtida ham, undan keyin ham nazorat qilish lozim. Qonda estrogen (ayollar jinsiy gormoni) darajasi yuqori bo‘lganligi sababli homiladorlik davrida tireoid gormoniga ehtiyoj oshishi mumkin, bu davolovchi shifokor tomonidan dozaga tuzatish kiritishni talab qilishi mumkin.
Homiladorlik davrida L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparatini qalqonsimon bez giperfunktsiyasini davolash uchun preparatlar (tireostatiklar) bilan bir vaqtda qabul qilish mumkin emas, chunki bu tireostatiklarning ancha yuqori dozalari qo‘llanilishi zaruratiga olib keladi. Tireostatiklar (levotiroksindan farqli ravishda) yo‘ldosh orqali homila qon oqimiga o‘tishi va homilada qalqonsimon bez gipofunktsiyasiga olib kelishi mumkin. Shu sababli homiladorlik davrida qalqonsimon bez giperfunktsiyasini tireostatiklarning faqat past dozalari bilan davolash lozim.
Ko‘krak sutiga ajraladigan tushadigan tireoid gormonining miqdori hatto levotiroksinning yuqori dozalari bilan davolanganda ham juda kam bo‘ladi va demak, preparat xavfli emas.
Homiladorlik va laktatsiya davrida shifokor qalqonsimon bez supressiyasi bilan o‘tkaziladigan testni amalga oshirmasligi kerak.
Erkaklar yoki ayollarda fertillikni buzilishlari haqidagi ilmiy dalillar mavjud emas. Bu haqidagi biron-bir shubhalar yoki ko‘rsatmalar yo‘q.
Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri
L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparatini transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri haqidagi tadqiqotlar o‘tkazilmagan.
3.L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparatini qanday qo‘llash kerak
Mazkur dori preparatini shifokorning tavsiyalariga qat'iy muvofiq qo‘llash lozim. Agar Sizda shubhalar mavjud bo‘lsa, davolovchi shifokor yoki dorixona xodimi bilan maslahatlashing.
Individual sutkalik doza tadqiqot natijalari bo‘yicha davolovchi shifokor tomonidan aniqlanishi kerak.
Dozalash
Individual ravishda davolanish uchun ta'sir etuvchi moddasi miqdori turlicha bo‘lgan masalan, davolashni boshlash, kattalarda dozani oshirish, shuningdek bollarni davolash uchun bo‘linadigan tabletkalar mavjud.
Mavjud simptomatikaga bog‘liq ravishda davolovchi shifokor quyidagi tavsiyalarga amal qiladi
• Qalqonsimon bez gipofunktsiyasini davolash uchun katta yoshdagilar avval boshida sutkada 25–50 mkg natriy levotiroksinni qabul qilishi kerak. Shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha ushbu doza 2-4 haftalik intervallar bilan natriy levotiroksinning 25–50 mkg dan 100–200 mkg (L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparatining 1–2 tabletkasiga mos keladi) sutkalik dozasigacha oshirilishi mumkin.
• Bo‘qoqni olib tashlash bo‘yicha o‘tkazilgan jarrohlik operatsiyasidan keyin bo‘qoq qaytalanishini oldini olish va xavfsiz bo‘qoqni davolash uchun sutkada 75–200 mkg natriy levotiroksinni (L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparatining 2 tabletkasigacha) qabul qilish lozim;
• Qalqonsimon bezning yuqori funktsiyasini davolash fonida tireostatiklar bilan yordamchi (qo‘shimcha, birga) davolash sifatida sutkada 50–100 mkg natriy levotiroksinni (L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparatining ½–1 tabletkasiga mos keladi) qabul qilinadi.
• Qalqonsimon bezning xavfli o‘smasi yuzasidan o‘tkazilgan jarrohlik aralashuvidan keyin sutkada 150–300 mkg natriy levotiroksinni (L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparatining 1½–3 tabletkasiga mos keladi) qabul qilish lozim.
• Qalqonsimon bez supressiyasi bilan o‘tkaziladigan test yordamida qalqonsimon bez funktsiyasi o‘rganilganida radiologik tadqiqot (stsintigrafiya) o‘tkazilishiga qadar 14 kun davomida sutkada 200 mkg natriy levotiroksinni (L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparatining 2 tabletkasiga mos keladi) qabul qilish zarur.
Tireoid gormonining ancha past dozalarini qo‘llash shuningdek yetarlicha bo‘lishi mumkin.
Qalqonsimon bez funktsiyasi pasaygan (tug‘ma va orttirilgan gipotireoz) bolalarda
Qalqonsimon bez funktsiyasini pasayishini (tug‘ma va orttirilgan gipotireozni) uzoq muddat davomida davolanganda samarani bir maromda ushlab turuvchi doza odatda sutkada tana yuzasining kvadrat metriga 100–150 mkg levotiroksinni tashkil etadi.
Normal ruhiy va jismoniy rivojlanishi uchun organizmda levotiroksinni o‘rnini tezda to‘ldirish muhim ahamiyatga ega bo‘lgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va qalqonsimon bez funktsiyasini tug‘ma pasayishi bo‘lgan chaqaloqlar uchun tavsiya etiladigan boshlang‘ich doza dastlabki 3 oy davomida sutkada tana vaznining har kilogrammiga 10–15 mkg levotiroksinni tashkil etadi. So‘ngra shifokor dozani individual ravishda – klinik ma'lumotlariga (ayniqsa qonda qalqonsimon bez gormonining darajasiga) bog‘liq ravishda tanlashi kerak.
Qalqonsimon bez funktsiyasining orttirilgan pasayishi bo‘lgan bolalar uchun tavsiya etiladigan boshlang‘ich doza sutkada 12,5–50 mkg levotiroksinni tashkil etadi. Har 2–4 haftada shifokor ushbu dozani gormon o‘rnini to‘ldirish to‘liq bo‘ladigan to‘liq dozaga erishilguncha bosqichma-bosqich oshirib borishi kerak. Bunda shifokor uchun qonda qalqonsimon bez gormonining darajasi alohida ahamiyatga ega bo‘ladi.
Keksa patsiyentlar, yurak ishemik kasalligi bo‘lgan patsiyentlar va qalqonsimon bez gipofunktsiyasi bo‘lgan patsiyentlarda
Qalqonsimon bez gormonlari bilan davolashni keksa patsiyentlar, yurak ishemik kasalligi bo‘lgan patsiyentlar va qalqonsimon bezning og‘ir yoki uzoq muddatli gipofunktsiyasi bo‘lgan patsiyentlarda o‘ta ehtiyotkorlik bilan boshlash lozim. Bu preparatni eng kam dozadan boshlash va uni asta-sekin, katta vaqt intervallari bilan, qalqonsimon bez gormonlari yuzasidan tez-tez nazoratni amalga oshirgan holda oshirib borish lozimligini anglatadi.
Tana vazni past bo‘lgan patsiyentlar va katta o‘lchamdagi tugunsimon bo‘qog‘i bo‘lgan patsiyentlarda
To‘plangan tajriba shuni ko‘rsatadiki, tana vazni past bo‘lganida va katta o‘lchamdagi tugunsimon bo‘qoq mavjud bo‘lganida preparatning pastroq dozasi ham yetarlicha bo‘ladi.
Tabletkani bo‘lish bo‘yicha izoh
Tabletkalarni ikkita teng bo‘lakka ajratish mumkin.
Tabletkani bo‘linish chizig‘i yuqoriga qaragan holda qattiq tekis yuzaga joylashtiring. Barmoq bilan tabletkaga bosganingizdan keyin u ikkita bo‘lakchaga ajraladi.
Qo‘llash usuli
To‘liq sutkalik dozani ko‘p miqdordagi suyuqlik, imkon qadar bir stakan suv bilan ichish lozim. Preparatni och qoringa, nonushtadan kamida yarim soat oldin qabul qilish lozim.
Preparatni ovqatdan oldin yoki keyin qabul qilgandan ko‘ra och qoringa qabul qilgan afzalroq.
Chaqaloqlarga to‘liq sutkalik dozani birinchi ovqatlanishdan eng kamida yarim soat oldin berish lozim. Tabletkani ko‘p bo‘lmagan miqdordagi (10–15 ml) suvda eritish va hosil qilingan suspenziyani (har gal u yangi tayyorlangan bo‘lishi kerak!) qo‘shimcha miqdordagi (5–10 ml) suyuqlik bilan chaqaloqqa berilishi lozim.
Qo‘llash davomiyligi
Qalqonsimon bez gipofunktsiyasida va qalqonsimon bezda uning xavfli o‘smasi yuzasidan o‘tkazilgan jarrohlik aralashuvidan keyin L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparati odatda butun umr davomida qabul qilinadi. Xavfsiz bo‘qoqda va bo‘qoqning qaytalanishini oldini olishda bir necha oy yoki yildan to butun umrga qadar davomida qabul qilinadi. Qalqonsimon bezning yuqori funktsiyasini davolash fonida yordamchi (qo‘shimcha, birga) davolash sifatida L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparati tireostatiklar (qalqonsimon bezning yuqori funktsiyasini so‘ndiruvchi dori vositalari) qabul qilinishi yakunlamaguncha qabul qilinadi. Qalqonsimon bez funktsiyasi normal bo‘lganida xavfsiz bo‘qoqni davolash uchun 6 oydan ikki yilgacha bo‘lgan davolash davri zarur bo‘ladi. Agar L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparati bilan davolash ushbu vaqt davomida kutilgan natijani bermasa, davolovchi shifokor boshqa davolash usulidan foydalanish ehtimolini ko‘rib chiqishi lozim.
L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi dori preparati dozasi oshirib yuborilganida nima qilish kerak
Dozani oshirib yuborilishi
belgilari «Kuzatilishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta'sirlar» 4-bo‘limida ta'riflangan. Bunday simptomlar yuzaga kelganida davolovchi shifokorga murojaat qilish lozim.
Agar Siz L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi dori preparatini qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz
Agar Siz preparatning juda kam dozasini qabul qilgan bo‘lsangiz yoki preparat qabul qilinishini o‘tkazib yuborgan bo‘lsangiz, o‘tkazib yuborilgan dozani o‘rnini qoplash uchun ikki barobar dozani qabul qilmang. Keyingi tabletkani odatdagi vaqtda, belgilangan qabul qilish davriyligiga rioya qilgan holda qabul qilish lozim.
Agar Siz L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi dori preparatini qabul qilishni to‘xtatgan bo‘lsangiz
Davolash muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparatini buyurilgan dozalarda muntazam qabul qilish lozim. Davolashni o‘z hoxishingizcha har qanday vaziyatlarda ham o‘zgartirish, to‘xtatib qo‘yish yoki yakunlash mumkin emas, chunki kasallik simptomlari qayta boshlanishi mumkin.
Ushbu preparatni qo‘llash bo‘yicha qo‘shimcha savollar yuzaga kelganida, davolovchi shifokorga yoki dorixona xodimiga murojaat qilish lozim.
4.Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta'sirlar
Barcha dori preparatlari kabi mazkur preparat, garchi hamma patsiyentlarda rivojlanmasa ham, nojo‘ya ta'sirlarni keltirib chiqarishi mumkin.
Doza darajasi ta'sirini o‘zlashtiraolmaslik, dozani oshirib yuborilishi
Agar ayrim hollarda doza darajasi ta'siri patsiyent tomonidan o‘zlashtiraolinmasa yoki dozani oshirib yuborilishi yuzaga kelsa, u holda ayniqsa davolash boshlanishida doza o‘ta tez oshib ketgan taqdirda, qalqonsimon bez yuqori faolligining tipik belgilari yuzaga kelishi mumkin
yurakni tez urib ketishi;
yurak ritmini buzilishi, ayniqsa yurak qisqarishlari tez-tezligini oshishi (taxikardiya);
ko‘krakda siqilish hissi bilan kechuvchi og‘riq (stenokardiya);
mushak zaifligi va mushak tirishishlari;
qizib ketish hissi, ko‘p terlash;
titroq (tremor);
bezovtalik, uyqusizlik;
diareya, tana vaznini kamayishi;
bosh og‘rig‘i;
hayz buzilishlari.
Isitma, qusish, shuningdek bosh miya ichki bosimini oshishi (ayniqsa bolalarda) kabi xos bo‘lmagan belgilar ham kuzatilishi mumkin.
L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparatining ta'sir etuvchi moddasiga yoki boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik
Levotiroksin yoki L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparatining har qanday boshqa komponentiga yuqori sezuvchanlik mavjud bo‘lganida, teri allergik reaktsiyalari yoki nafas yo‘llari tomonidan allergik reaktsiyalar yuzaga kelishi mumkin. Yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari yuzaga kelganida preparat qabul qilinishini to‘xtatish va darhol shifokorga murojaat qilish lozim.
Nojo‘ya ta'sirlar yuzaga kelganida bu haqida davolovchi shifokorga xabar bering. U sutkalik doza pasaytirilishi kerak-kerakmasligini belgilaydi yoki tabletkalarni qabul qilish bir necha kunga to‘xtatib turilishi kerak. Nojo‘ya ta'sir bartaraf etilgandan keyin darhol preparat dozasini ehtiyotkorlik bilan tanlangan holda davolashni qayta boshlash tavsiya etiladi.
Nojo‘ya ta'sirlar yuzaga kelishi haqidagi xabar
Har qanday nojo‘ya ta'sirlar yuzaga kelganida bu haqida shifokor yoki dorixona xodimiga xabar qiling. Bu ushbu ilova-varaqada ko‘rsatilmagan har qanday nojo‘ya ta'sirlarga taalluqlidir. Siz shuningdek nojo‘ya ta'sirlar haqida «Berlin-Xemi AG» kompaniyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasiga, Toshkent shahar, 100015, Afrosiyob ko‘chasi, 12-uy (biznes-markaz) manzili bo‘yicha bevosita xabar qilishingiz mumkin. Nojo‘ya ta'sirlar haqida xabar bergan holda, Siz mazkur dori preparatining xavfsizligi haqida ko‘proq axborot to‘plashga yordam berishingiz mumkin.
5.L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparatini qanday saqlash kerak
Ushbu preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlang.
Mazkur preparatdan blisterda va karton qutida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugaganidan keyin foydalanilmasin.
Yaroqlilik muddati
ko‘rsatilgan oyning oxirgi kuni tugaydi.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Hech qanday dori preparatlarini oqava suvlarga tashlamang. Kerak bo‘lmaydigan dori preparatini qanday qilib utilizatsiya qilish xususida dorixona xodimi bilan maslahatlashing. Ushbu choralar atrof-muhitni himoya qilishga yordam beradi.
6.O‘ram ichidagisi va qo‘shimcha ma'lumot
L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi dori preparatining tarkibi
Ta'sir etuvchi modda natriy levotiroksini x H2O.
Bitta tabletkada 106,4–113,6 mikrogramm natriy levotiroksini x H2O (100 mikrogramm natriy levotiroksiniga mos keladi).
Boshqa komponentlar
kaltsiy gidrofosfati digidrati, mikrokristall sellyuloza, kraxmal glikolyatining natriyli tuzi (A tipdagi), dekstrin, uzun zanjirli partsial glitseridlar.
L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparatining tashqi ko‘rinishi va o‘ram ichidagisi
L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi bir tomonida bo‘linish chizig‘i bo‘lgan va ikkinchi tomonida «100» bosma yozuvi tushirilgan deyarli oq rangdan to och sarg‘ish ranggacha, diametri 6 mm bo‘lgan dumaloq, bir oz qavariq tabletkalardan iborat.
Tabletkani teng dozali ikki qismga bo‘lish mumkin.
Birlamchi o‘rami alyuminiy laminatsiyalangan folgadan [OPA (yo‘naltirilgan poliamid) 25 mkm/alyuminiy 45 mkm/PVX (polivinilxlorid) 60 mkm] va germetizatsiyalovchi qoplamali qattiq alyumin folgadan (20 mkm) iborat.
L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi savdoga 25, 50 va 100 tabletkali original o‘ramlarda keladi.
Bozorda barcha o‘lchamdagi o‘ramlar mavjud bo‘lavermasligi mumkin.
Retsept bo‘yicha beriladi.
Qayd etish guvohnomasining egasi va ishlab chiqaruvchi
BERLIN-XEMI AG
(MENARINI GRUPP)
Gliniker Veg 125
12489 Berlin
Germaniya

Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.