Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Tesarin tabletkalari 50 mkg № 50
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Левотироксин натрия
Страна производитель
Турция
Дозировка
50 мкг
Производитель
Insuphar Laboratories Ilacları Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S.
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqarilgan
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Tezarin
Ta'sir etuvchi modda (XPN) Levotiroksin natriy
Dori shakli
Tabletkalar.
Tarkibi
Har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol modda 25 mkg, 50 mkg yoki 100 mkg levotiroksin natriy.
yordamchi moddalar laktoza monogidrati, makkajo‘xori kraxmali, natriy kroskarmelloza, gipromelloza, magniy stearati.
Ta'rifi
Tezarin 25 mkg va 100 mkg dumaloq, ikki tomonlama qavariq, bir tomonida «LT» gravirovkasi bo‘lgan oq yoki deyarli oq rangli tabletkalar.
Tezarin 50 mkg dumaloq, yassi, bir tomonida «LT» gravirovkasi bo‘lgan oq yoki deyarli oq rangli tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
Qalqonsimon bezni davolash uchun qo‘llanadigan preparatlar. Qalqonsimon bez gormonlari.
Kod ATX H03AA01
Farmakologik hususiyatlari
Farmakodinamika
Tezarin preparatida saqlanuvchi sintetik levotiroksin ta'siri bo‘yicha, qalqonsimon bez tomonidan ishlab chiqariladigan tiroksinga o‘xshash. U periferik a'zolarda triyodtironinga aylanadi va endogen gormonga o‘xshab triyodtironin retseptorlariga ta'sir qiladi. Organizm endogen va ekzogen levotiroksinni differentsiatsiya qilish holatida emas.
Levotiroksin to‘qimalarni o‘sishi va rivojlanishiga, moddalar almashinuviga ta'sir ko‘rsatadi. Kichik dozalarda oqsil va yog‘ almashinuviga anabolik ta'sirga ega. O‘rtacha dozalarda o‘sishi va rivojlanishni rag‘batlantiradi, to‘qimalarni kislorodga bo‘lgan talabini oshiradi, oqsillar, yog‘lar va uglevodlar metabolizmini rag‘batlantiradi, yurak-qon tomir tizimi va markaziy nerv tizimining funktsional faoliyatini oshiradi. Katta dozalarda gipotalamusning tireotrop-rilizing gormoni va gipofizning tireotrop gormonini ishlab chiqarilishini bostiradi.
Farmakokinetikasi
Ichga qabul qilingandan keyin levotiroksin ingichka ichakning yuqori qismida deyarli butunlay (preparatning qabul qilingan dozasining 80% gacha qismi) so‘riladi. Ovqatlanish levotiroksinning so‘rilishini pasaytiradi. Qon zardobida maksimal kontsentratsiyasiga erishish vaqti 5-6 soatni tashkil etadi. Klinik samarasi preparatni qabul qilishni 3-5 sutkasida namoyon bo‘lishni boshlanadi. So‘rilganidan keyin preparatning 99,97% maxsus transport oqsillari (tiroksinni bog‘lovchi globulin, tiroksinni bog‘lovchi prealьbumin va alьbumin) bilan bog‘lanadi. Metabolizmi asosan jigar, buyrak, bosh miya va mushaklarda levotiroksinni monodeyodlanishi yo‘li bilan amalga oshib, triyodtironin (T3) va nofaol mahsulotlarni hosil qiladi. Jigarda organizmga tushgan levotiroksinning taxminan 1/3 qismi saqlanadi, u qon plazmasidagi levotiroksin bilan tezda o‘zaro ta'sir qiladi. Yarim chiqarilish taxminan 7 kunni tashkil etadi. Gipertireozda yarim chiqarilish davri 3-4 kungacha qisqaradi, gipotireozda esa 9-10 kungacha uzayadi. Taqsimlanish hajmi 10-12 l tashkil etadi. Metabolitlari siydik va axlat bilan chiqariladi. Metabolik klirensi sutkada 1,2 l plazmani tashkil etadi.
Qo‘llanilishi
• eutireoid buqoq;
• qalqonsimon bezda o‘tkazilgan jarrohlik aralashuvlaridan keyin buqoqni qaytalanishini oldini olish uchun va o‘rinbosar davolash sifatida;
• gipotireozda o‘rinbosar davolash sifatida;
• diffuz toksik buqoq tireostatiklar bilan eutireoid holatga erishilganidan keyin (majmuaviy davolash yoki monoterapiya sifatida);
• tireoid supressiya sinamasi o‘tkazilganida diagnostik vosita sifatida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Sutkalik dozasi individual ravishda, laborator ko‘rsatkichlar va kasallikning klinik manzarasiga qarab, aniqlanadi. Tavsiyalarda faqat taxminiy dozalari keltirilgan.
Qalqonsimon bez gormonlari bilan davolashni kichik dozalar bilan boshlash va to‘liq o‘rinbosar dozaga erishilgunicha asta-sekin (har 2-4 haftada) oshirish kerak.
Terapevtik samaraga tez erishish juda muhim bo‘lgan tug‘ma gipotireoz bilan xastalangan bolalar va yangi tug‘ilgan chaqaloqlar uchun tavsiya etiladigan boshlang‘ich dozasi sutkada tana vazniga 10-15 mkg/kg ni tashkil etadi, dastlabki 3 oy davomida qabul qilinadi. Shundan so‘ng klinik ko‘rsatkichlar va qalqonsimon bez gormonlari hamda tireotrop gormon (TTG) ning darajalariga qarab preparatning dozasiga individual ravishda tuzatish kiritilishi kerak.
Keksa yoshdagi patsiyentlar, yurak ishemik kasalligi bo‘lgan patsiyentlar, shuningdek og‘ir darajadagi yoki davomli gipotireoz bilan xastalangan patsiyentlarni davolashni juda ehtiyotkorlik bilan boshlash kerak. Davolashni kichik dozalar (masalan, sutkada 12,5 mkg) bilan boshlash tavsiya etiladi, u qalqonsimon bez gormonlarining darajasini muntazam ravishda nazorati ostida asta-sekin (masalan, har 2 haftada 12,5 mkg ga) oshiriladi. Ehtimol, preparatni to‘liq o‘rinbosar davolashni ta'minlaydigan optimal dozaga nisbatan kichik dozada buyurishni ko‘rib chiqish kerak (bunday holatda TTG ning darajasini butunlay korrektsiya qilishga erishilmaydi).
Tajribalar shuni ko‘rsatdiki, kichik dozalar tana vazni kichik bo‘lgan patsiyentlar va yirik tugunli buqog‘i bo‘lgan patsiyentlar uchun yetarlidir.
Sutkalik dozasi ertalab och qoringa, ovqatlanishdan yarim soat oldin, ko‘p bo‘lmagan miqdordagi suyuqlik (masalan, yarim stakan suv) bilan qabul qilinadi.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga birinchi emizishdan yarim soat oldin butun sutkalik dozaning hammasi beriladi. Preparatni bevosita qabul qilishdan oldin tabletkani suvda suyultirish kerak, tayyorlangan suspenziya ko‘p bo‘lmagan miqdordagi suv bilan ichiladi.
Agar bitta tabletkani qabul qilish o‘tkazib yuborilgan bo‘lsa, navbatdagi qabulda dozani oshirish mumkin emas.
Tezarin gipotireozda, jarrohlik aralashuvlari (strumektomiya yoki tireoidektomiya) dan keyin o‘rinbosar davolash sifatida, shuningdek eutireoid buqoq olib tashlanganidan keyin qaytalanishlarni oldini olish uchun butun hayoti davomida qo‘llanadi. Eutireoid holatga erishilganidan keyin gipertireozni yondosh davolash antitiroid preparat buyurilgan davr davomida ko‘rsatilgan.
Eutireoid buqoqda davolashning davomiyligi 6 oydan 2 yilgacha bo‘lgan muddatni tashkil etadi. Agar ushbu vaqt davomida davolangandan keyin patsiyentning holati yaxshilanmasa, jarrohlik aralashuvi bilan davolash yoki radiofaol yod bilan davolash masalasini ko‘rib chiqish kerak.
Ko‘rsatmalar Tavsiya etilgan dozalari, sutkada mkg
Eutireoid buqoqni davolash 75-200
Qalqonsimon bezda o‘tkazilgan jarrohlik aralashuvidan keyin buqoqni qaytalanishini oldini olish uchun va o‘rinbosar davolash sifatida 75-200
Kattalarda gipotireozda o‘rinbosar davolash sifatida
- boshlang‘ich doza
- tutib turuvchi doza
25-50
100-200
Bolalarda gipotireozda o‘rinbosar davolash sifatida
- boshlang‘ich doza
- tutib turuvchi doza
12,5-50
tana yuzasiga 100-150 mkg/m2
Qalqonsimon bez rakida supressiv davolash 150-300
Gipertireoidizmda tireostatiklarni qabul qilish vaqtida o‘rinbosar davolash sifatida 50-100
Tireoid supressiya sinamasini o‘tkazishda diagnostik vosita sifatida Sinamadan 4 hafta oldinSinamadan 3 hafta oldinSinamadan 2 hafta oldinSinamadan 1 hafta oldin
--200200
7575150150
Nojo‘ya reaktsiyalar
Levotiroksinning dozasi oshirib yuborilganida, shaxsiy o‘zlashtiriladigan dozasi oshirib yuborilganida yoki davolanishning boshlanishida dozasi tez oshirib yuborilganida gipertireozning klinik simptomlari aritmiyalar (xilpillovchi aritmiya, ekstrasistoliya), taxikardiya, yurak urishini his etish, stenokardiya, bosh og‘rig‘i, mushaklarni zaifligi va tirishishlar, giperemiya, tana xaroratini oshishi, qusish, hayz ko‘rish siklini buzilishi, bosh miyaning soxta o‘smalari, tremor, bezovtalik, uyqusizlik, kuchli terlash, tana vaznini kamayishi, diareya paydo bo‘lishi mumkin.
Bunday holatlarda preparatning dozasini pasaytirish yoki davolanishni bir necha kunga to‘xtatish kerak. Noxush reaktsiyalar yo‘qolganidan keyin davolashni davom ettirish mumkin.
Preparatning komponentlariga sezuvchanlik oshganida teri va nafas yo‘llari tomonidan allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin. Angionevrotik shish holatlari qayd etilgan.
Dori vositasi qayd etilgandan keyin shubha qilingan noxush reaktsiyalar xaqidagi xabarlar muhim hisoblanadilar. Patsiyentda dori vositasiga nisbatan jiddiy noxush reaktsiya aniqlanganida yoki ushbu bo‘limda ta'riflanmagan yangi noxush reaktsiya paydo bo‘lganida, Milliy farmakoogohlik tizimiga muvofiq xabar berishingizni so‘raymiz.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
• levotiroksin natriyga yoki preparatning komponentlaridan birortasiga yuqori sezuvchanlik;
• davolanmagan buyrak usti bezi yetishmovchiligi;
• davolanmagan gipofizar yetishmovchilik;
• davolanmagan tireotoksikoz;
• o‘tkir miokard infarkti, o‘tkir miokardit va o‘tkir pankardit;
• homiladorlik vaqtida gipertireoidizmni davolashda levotiroksin va antitireoid vositalar bilan majmuaviy davolash ko‘rsatilmagan;
• galaktozani o‘zlashtirolmaslik, laktaza tanqisligi yoki glyukoza-galaktoza malьabsorbtsiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan kam uchraydigan nasliy kasalliklarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Antidiabetik vositalar levotiroksin diabetga qarshi preparatlarning samarasini pasaytirishi mumkin. Shuning uchun davolashni boshlanishida, shuningdek levotiroksinning dozasi o‘zgartirilganida qondagi glyukozaning darajasini tez-tez nazorat qilish va zarurat bo‘lganida diabetga qarshi vositalarning dozasiga tuzatish kiritish kerak.
Kumarin hosilalari levotiroksin antikoagulyantlarning ta'sirini kuchaytiradi, qon quyilish havfini, masalan, ayniqsa keksa yoshdagi shaxslarda orqa va bosh miyaga qon quyilishi yoki me'da-ichakdan qon ketishi havfini oshiradi. Shuning uchun koagulyatsiya ko‘rsatkichlarini laborator nazoratini o‘tkazish va zarurat bo‘lganida antikoagulyantlarning dozasiga tuzatish kiritish kerak.
Proteaza ingibitorlari (masalan, ritonavir, indinavir, lopinavir) levotiroksinning ta'siriga ta'sir qilishi mumkin. Qalqonsimon bez gormonlarining darajasini sinchiklab monitoringini o‘tkazish kerak. Zarurat bo‘lganida levotiroksinning dozasiga tuzatish kiritish kerak.
Fenitoin levotiroksinning ta'siriga ta'sir qilib, uni plazma oqsillari bilan bog‘langan bog‘idan siqib chiqarishi mumkin, natijada erkin tiroksin (fT4) va erkin triyodtironin (fT3) fraktsiyasining darajasini oshiradi. Boshqa tomondan, fenitoin levotiroksinning jigardagi metabolizmini tezlashtiradi. Qalqonsimon bez gormonlarining darajasini sinchiklab monitoring qilish tavsiya etiladi.
Kolestiramin, kolestipol levotiroksinning so‘rilishini tormozlashtiradi. Shuning uchun levotiroksin natriyni ion almashinuvi qatronlarini qabul qilishdan 4-5 soat oldin qabul qilish kerak.
Alyuminiy saqlovchi preparatlar (antatsidlar, sukralьfat), temir saqlovchi preparatlar va kalьtsiy karbonati levotiroksinning samarasini pasaytirishlari mumkin. Shuning uchun Tezarin preparatini alyuminiy, temir saqlovchi preparatlar yoki kalьtsiy karbonatni qabul qilishdan 2 soat oldin qabul qilish kerak.
Salitsilatlar, dikumarol, furosemid katta dozalarda (250 mg), klofibrat va boshqa moddalar levotiroksin natriyni plazma oqsillari bilan bog‘langan bog‘idan siqib chiqarishi mumkin, bu fT4 fraktsiyasini oshishiga olib keladi.
Orlistat orlistat va levotiroksin bir vaqtda qo‘llanganida gipotireoz rivojlanishi va/yoki gipotireozning nazorati pasayishi mumkin. Bu holat yod tuzlari va/yoki levotiroksinni so‘rilishini kamayishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Sevelamer levotiroksinning so‘rilishini kamaytirishi mumkin. Shu boisdan, ushbu preparatlarni bir vaqtda qabul qilishni boshida va yakunida qalqonsimon bezning funktsiyasini o‘zgarishini nazorat qilish tavsiya etiladi. Zarurat bo‘lganida levotiroksinning dozasiga tuzatish kiritish kerak.
Tirozinkinaza ingibitorlari (masalan, imatinib, sunitinib) levotiroksinning samaradorligini pasaytirishi mumkin. Shu sababli, majmuaviy davolashning boshida va yakunida qalqonsimon bezning funktsiyasini o‘zgarishini nazorat qilish tavsiya etiladi. Zarurat bo‘lganida levotiroksinning dozasini tuzatish kiritish kerak.
Propiltiouratsil, glyukokortikoidlar, β-simpatolitiklar, amiodaron va yod saqlovchi preparatlar T4 va T3 ni periferik hosil bo‘lishini bostiradilar.
Yodning miqdori yuqori bo‘lganligi sababli, amiodaron ham giper-, ham gipotireozni rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Etiologiyasi noma'lum bo‘lgan tugunli buqoq bilan xastalangan bemorlarga preparatni juda ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.
Sertralin, xloroxin/proguanil levotiroksinning samaradorligini pasaytiradilar va qon plazmasida TTG ning darajasini oshiradilar.
Dori vositalari tomonidan induktsiyalanadigan fermentlar (barbituratlar, karbamazepin) levotiroksinning jigar klirensini oshirishlari mumkin.
Estrogenlar estrogen saqlovchi kontratseptivlarni qabul qilayotgan ayollarda, shuningdek o‘rinbosar gormonal davolash olayotgan postmenopauzadagi ayollarda levotiroksinga bo‘lgan ehtiyoj oshishi mumkin.
Soya saqlovchi mahsulotlar ichakda levotiroksin natriyni so‘rilishini pasayishiga olib kelishi mumkin, shuning uchun ayniqsa soya saqlovchi mahsulotlarni iste'mol qilish boshlanganida yoki to‘xtatilganidan keyin Tezarin preparatining dozasiga tuzatish kiritish talab etilishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Tireoid gormonlar bilan davolashni boshlashdan yoki tireoid supressiya sinamasini o‘tkazishdan oldin o‘tkir koronar yetishmovchilik, stenokardiya, ateroskleroz, arterial gipertenziya, gipofizar yetishmovchilik, buyrak usti bezi yetishmovchiligi, qalqonsimon bezni funktsional avtonomiyasi kabi kasalliklarni istisno qilish yoki oldindan davolash kerak.
Psixotik buzilishlarni rivojlanish havfi bo‘lgan patsiyentlarda davolashni levotiroksinning kichik dozalari bilan boshlash va davolashni boshida uni asta-sekin oshirish tavsiya etiladi. Patsiyentlarni kuzatish tavsiya etiladi. Psixotik buzilishlarning belgilari aniqlanganida levotiroksinning qabul qilinadigan dozasiga tuzatish kiritilishi kerak.
O‘tkir koronar yetishmovchiligi, yurak yetishmovchiligi, taxiaritmiyasi bo‘lgan patsiyentlarda preparatni qo‘llash bilan chaqirilgan tireotoksikozni hatto biroz namoyon bo‘lish ehtimolidan saqlanish kerak. Bunday patsiyentlarni davolashda tireoid gormonlarning darajasini muntazam ravishda nazorat qilish kerak.
Ikkilamchi gipotireoz rivojlanganida uning sababini o‘rinbosar davolashni buyurishdan oldin aniqlash, zarurat bo‘lganida kompensatsiyalangan buyrak usti bezi yetishmovchiligini o‘rinbosar davolashni boshlash kerak.
Preparat bilan davolash boshlanishidan oldin qalqonsimon bezning funktsional avtonomiyasi rivojlanishiga shubha qilinganida TRG-sinama yoki supressiv stsintigrafiyani o‘tkazish tavsiya etiladi.
Gipotireoz va osteoporozni rivojlanish havfi yuqori bo‘lgan postmenopauzadagi ayollar uchun levotiroksinning qon plazmasidagi kontsentratsiyasini, fiziologik qiymatlardan oshishidan saqlanish kerak. Bunday holatda qalqonsimon bezning funktsiyasini sinchiklab nazorat qilish kerak.
Gipertireoz bilan kechuvchi metabolik buzilishlarda preparatni qo‘llash tavsiya etilmaydi, gipertireoz antitireoid vositalar bilan davolanganda uni yondosh qo‘llash bundan mustasno.
Tireoid gormonlar tana vaznini kamayishiga yordam bermaydi. Fiziologik dozalarda buyurish qalqonsimon bezning funktsiyasi normal bo‘lgan patsiyentlarda tana vaznini kamayishiga olib kelmaydi. Tavsiya etilgan dozalar oshirib yuborilganida og‘ir darajadagi yoki hatto hayot uchun havf tug‘diruvchi noxush ko‘rinishlar rivojlanishi mumkin.
Bir preparatdan boshqasiga o‘tilganida patsiyentning reaktsiyasi va laborator sinamalarning natijalariga qarab levotiroksinning dozasiga tuzatish kiritish tavsiya etiladi.
Orlistat va levotiroksin bir vaqtda qo‘llanganida gipotireoz rivojlanishi va/yoki gipotireozning nazorati pasayishi mumkin. Tezarin qabul qilayotgan patsiyentlar orlistat preparatini qo‘llashni boshlashdan oldin shifokor bilan maslahatlashishlari kerak, chunki orlistat va levotiroksin natriyni turli vaqtlarda qabul qilish va levotiroksin natriyning dozasiga tuzatish kiritish talab etilishi mumkin. Keyinchalik qalqonsimon bezning funktsiyasini monitoring qilish tavsiya etiladi.
Qandli diabet bilan xastalangan patsiyentlarda preparat ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.
Homiladorlikda va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Homiladorlik yoki emizish davrida Tezarin bilan davolashni davom ettirish kerak. Homiladorlik davrida preparatning dozasini oshirishga ehtiyoj tug‘ilishi mumkin.
Preparat tavsiya etilgan terapevtik dozalarda qabul qilinganida teratogenligi va/yoki fetotoksikligi yuzasidan ma'lumotlar yo‘q. Homiladorlik vaqtida levotiroksinning haddan tashqari yuqori dozalarini qo‘llash homilaga va bolani postnatal rivojlanishiga salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin.
Preparatni yo‘ldosh orqali o‘tadigan va buning natijasida homilada gipotireozni rivojlanishini chaqirishi mumkin bo‘lgan tireostatik vositalar bilan bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Tireoid supressiya sinamasi homiladorlik davrida o‘tkazilmaydi, chunki homilador ayollarda radiofaol moddalarni qo‘llash mumkin emas.
Levotiroksin emizish vaqtida ko‘krak suti bilan ajralib chiqadi, biroq preparat tavsiya etilgan terapevtik dozalarda qo‘llanganida preparatning ko‘krak sutidagi kontsentratsiyasi go‘dakda gipertireozni rivojlanishi yoki TTG sekretsiyasini susaytirishi uchun yetarli emas.
Pediatriyada qo‘llanishi
Preparat pediatriya amaliyotida qo‘llanadi.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Transport vositalari va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga preparatning ta'sirini o‘rganish yuzasidan tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Shunday bo‘lishiga qaramasdan, levotiroksin natriy tabiiy tireoid gormoniga o‘xshash bo‘lganligi tufayli, transport vositalari va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri kutilmaydi.
Dozani oshirib yuborilishi
T3 ning yuqori darajasi dozani oshirib yuborilishining muhim indikatori hisoblanadi, T4 yoki fT4 darajalarini oshishiga nisbatan aniqroq hisoblanadi.
Dozasi oshirib yuborilganidan keyin moddalar almashinuvining tezligini ahamiyatli oshishi kuzatiladi. Agar levotiroksin nitriyni individual o‘zlashtirish bo‘sag‘asi oshgan bo‘lsa, yoki davolash boshlangan vaqtdan preparatning dozasi haddan tashqari tez oshsa, gipertireozning klinik belgilari dozasi oshirib yuborilganida rivojlanishi mumkin.
Gipertireoz uchun xos bo‘lgan simptomlar yurak aritmiyalari, taxikardiya, yurak urishini his etish, stenokardiya, bosh og‘rig‘i, mushaklarni zaifligi va mushaklarni tortishishi, giperemiya (ayniqsa shaxslarda), isitma, qusish, hayz ko‘rish siklini buzilishi, havfsiz bosh miya gipertenziyasi, tremor, bezovtalik, uyqusizlik, kuchli terlash, tana vaznini pasayishi, diareya.
Psixotik buzilishlarga moyilligi bo‘lgan patsiyentlarda o‘tkir psixozning simptomlari paydo bo‘lishi mumkin.
Levotiroksin natriyning haddan tashqari yuqori dozalarini ko‘p yillar davomida qabul qilgan patsiyentlarda yurakni to‘satdan to‘xtab kolish holatlari qayd etilgan.
Moyilligi bo‘lgan patsiyentlarda individual o‘zlashtirish bo‘sag‘asi oshganida tirishishlar rivojlanishi mumkin.
Davolash simptomlarning yaqqolligiga qarab, shifokor preparatning sutkalik dozasini kamaytirishi, davolashda bir necha kunga tanaffus qilishni, beta-adrenoblokatorlarni buyurishni tavsiya etgan bo‘lishi mumkin. Haddan tashqari yuqori dozalar qabul qilinganida plazmaferez buyurilishi mumkin. Levotiroksin gemodializda ham, gemoperfuziyada ham chiqarilmaydi.
Chiqarilish shakli
Tabletkalar. 10 tabletka blisterda. 5 blister tibbiyotda qo‘llanishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin!
Yaroqlilik muddati
Ishlab chiqarilgan
sanadan boshlab 3 yil.
Yaroqlilik muddati
tugaganidan so‘ng qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.