Femion kaps. №60
Yetkazib berishToshkent boʻylab
Kuryer orqali eshikkacha8 000 soʻmdan — yetkazib berish manzili asosida avtomatik hisoblanadi
Topshirish punktidan olishbepul
Xususiyatlar
Dozasi
:
380мг
Ishlab chiqaruvchi mamlakat
:
Пакистан
Yoʻriqnoma: Femion kaps. №60
Batafsil
Mahsulotning tashqi ko‘rinishi fotosuratda tasvirlanganidan farq qilishi mumkin.
Tavsif
Preparatning savdo nomi
FemionDori shakli
KapsulalarTarkibi
Har bir kapsula quyidagi o‘simliklarning quruq ekstraktini saqlaydi:To‘shalgan Yakortsev mevalari100 mg
Qishki olcha ildizi100 mg
Dorivor zanjabil ildizpoyasi50 mg
Qizdiruvchi Mukuna urug‘i25 mg
Ekma Sparji ildizi25 mg
Xind Saraki po‘stlog‘i25 mg
Xardvika valerianasi ildizi25 mg
Oddiy Fenxel mevasi17 mg
Ekma koriandr mevasi17 mg
Avraam daraxti urug‘i16 mg
Yordamchi moddalar: natriy benzoati, kaliy sorbati, laktoza, mikrokristall selyuloza (Avitsel 102), makkajo‘xori kraxmali.
Ta'rifi
kulrang qopqoqli va binafsha rangli korpusli 0-sonli kapsulalarga to‘ldirilgan, o‘ziga xosxidga egabo‘lgan och jigarrangdan to‘q jigarrang kukunga qadar.Farmakoterapevtik guruxi:
G20 turli xil ayellar kasalliklarini davolash uchun
Faol komponentlarning asosiy xususiyatlari:
To‘shalgan Yakortsi
(Tribulus terrestris)
Ayollar bepushtligini, impotentsiyani davolashda va uzoq muddatli kasalliklardan keyingi tiklanish uchun keng qo‘llanadi. Libidoni oshiradi va zardobda follikulalarni rag‘batlantiruvchi (FRG) gormoni va estradiolning darajasini oshishi hisobiga jinsiy faoliyatni yaxshilaydi.
Qishki olcha
(Withania somnifera)
Qishki olcha jinsiy va umumiy holsizlikni bartaraf qilish qobiliyati bilan baholanadi. U xavotirlik rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi, stress bilan kurashishga yordam beradi va hotirjamlik hissini ta'minlaydi. Hayotga chidamlilik, energiya zahirasi, jinsiy chidamlilikni oshirish qobiliyatiga ega. Qishki olcha erkaklar uchun ham ayollar uchun ham teng samaralidir, umumiy asteniyani davolash uchun qo‘llanishi mumkin. Jismoniy kuchsizlik bilan bog‘liq dismenoreyada samaralidir.
Dorivor zanjabil
(Zinqiber officinalls)
Zanjabil reproduktiv faollikni va bachadonning ish faoliyatini rag‘batlantirib, katalizator kabi ta'sir qiladi. Bunga qo‘shimcha u mushak tonusini tutib turishga yordam beradi va reproduktiv tizimining faoliyatini me'yorlashtiradi. Zanjabil hayz siklini me'yorlashtirish qobiliyatiga ega va qon aylanishini yaxshilaydi. Ayollarda zanjabil preparatlari hayz kelishi va ovulyatsiyada mushak spazmlarini yo‘qotish va og‘riqlarni yengillashtirish uchun qo‘llanadi.
Qizdiruvchi Mukuna
(Mucuna Pruriens)
Ushbu o‘simlik jinsiy hohishni oshiradi va organizmni quvvatlaydi. Ayollar bepushtligini davolashda qo‘llanadi. Kuchli afrodiziak hisoblanadi va yoqimli jinsiy qo‘zg‘alish tuyg‘usi yuz berishini rag‘batlantiradi.
Sparja ekmasi
(Asparaqus racemosus)
Sparja – ayollar sog‘lig‘ini mustahkamlovchi, eng kuchli tonusni oshiruvchi vositalardan biri sanaladi. U ayollar reproduktiv tizimining tonusini oshiradi, tozalaydi, oziqlantiradi va mustahkamlaydi, va ko‘pincha klimakterik sindromi, amenoreya, dismenoreya, menopauza davridagi buzilishlari va kichik chanoq a'zolarining yallig‘lanish kasalliklarni davolash uchun qo‘llanadi. Bu o‘simlik shuningdek, biriktiruvchi to‘qimani mustahkamlaydi, qon yaratilishini yaxshilaydi, bachadonni homiladorlik uchun tayyorlaydi va tug‘ruqdan keyingi tonik kabi ta'sir qiladi. Shuningdek laktatsiyani rag‘batlantiradi va organizmning gormonal fonini boshqaradi.
Hind Sarakasi
(Saraca indica)
Dismenoreya bilan birga kechuvchi, menorragiya kabi xayz siklining buzilishlarini davolash uchun juda qimmatbaho o‘simlik hisoblanadi. Ushbu o‘simlikning po‘stlog‘i endometriy va tuxumdon to‘qimalariga rag‘batlantiruvchi ta'sir ko‘rsatadi va leykoreya va ichki qon ketishlarni davolash uchun qo‘llanadi.
Xardvika valerianasi
(Valeriana hardwicki)
Tinchlantiruvchi vosita sifatida, asosan nerv zo‘riqishlarini yo‘qotish uchun qo‘llanadi. Valeriana uyquni yaxshilaydi va yuqori arterial bosimni kamaytiradi. Dismenoreyada, gipertenziyada, ta'sirlangan ichak sindromi va boshqalarni davolash uchun qo‘llanadi.
Oddiy Fenxel
(Foenicufum vulqare)
Bu o‘simlikning mevalari venerik kasalliklarni davolashda va hayz siklini boshqarish uchun qo‘llanadi.
Ekma kariandr
(Coriandrum sativum)
Kariandrning urug‘lari isitmani tushiradi, tinchlantiruvchi ta'sirga ega va hayz siklini boshqaradi.
Afraam daraxti
(Vitex fqnus castus)
Avraam daraxti (prutnyak) tez ta'sir qiluvchi afrodiziak hisoblanmaydi, reproduktiv tizimning ishini me'yorlashtirishga yordam beradi. Bu o‘simlik lyuteinlovchi gormon sekretsiyasini oshishi bilan gipofizning ishini rag‘batlantiradi, u jinsiy gormonlarning faoliyatini nazorat qiladi. Bu o‘simlikning ekstrakti oligomenoreya va ikkilamchi amenoreyani, giperprolaktinemiya va sariq tananing yetishmovchiligi tufayli, hayz siklining buzilishlarini davolash uchun samarali qo‘llanadi.
Qo‘llanilishi
• Ayollardagi psixogen jinsiy buzilishlar.• Libidoni pasayishi.
• Ikkilamchi bepushtlikda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Qo‘llanishiDavolash kursi
Doza
Ayollardagi psixogen jinsiy buzilishlar
2 oy – shifokorning maslahati bilan uzaytirish mumkin.
2 kapsuladan kuniga 2 marta ovqatdan keyin. Yoki shifokor buyurganidek.
Libidoni pasayishi.
Ikkilamchi bepushtlik
3 oy - shifokorning maslahati bilan uzaytirish mumkin.
Nojo‘ya ta'sirlari
Preparat ingrediyentlariga allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
• Bachadon, sut bezi va qin raki.• Fibroleyomioma
• Homiladorlik va laktatsiyada qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Aniqlanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar va ogohlantirishlar:
Femion bilan davolashni boshlashdan oldin to‘liq umumiy va ginekologik tekshirish o‘tkazish kerak.
Davolash jarayonida quyidagi gormonlarning darajasini monitoringini o‘tkazish tavsiya etiladi:
- Lyuteinlovchi gormon
- Folekulalarni rag‘batlantiruvchi gormon
- Estrogen
- Progesteron
- Prolaktin
Homiladorlik yuz bergan holda preparat qabul qilishni to‘xtatish kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Ta'riflanmagan.Chiqarilish shakli
20/60 kapsula plastmassa flakonda, 1 flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.Saqlash sharoiti
25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Qizdirishdan, yorug‘lik va namlik ta'siridan himoya qilinsin.Yaroqlilik muddati
3 yil.Dorixonalardan berish tartibi
Shifokor retseptisiz.Ishlab chiqaruvchining nomi va manzili:
Herbion
The way to health
Xerbion Pakistan Prayvet Limited,
Diqqat!
Maʼlumotlar faqat maʼlumot olish uchun berilgan va oʻz-oʻzidan davolanish uchun qoʻllanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qoʻllash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmaclick.uz veb-sayti Pharmaclick.uz veb-saytida joylashtirilgan maʼlumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.