Klimadinon tab. № 60
121 000 UZS
Yetkazib berishToshkent boʻylab
Kuryer orqali eshikkacha8 000 soʻmdan — yetkazib berish manzili asosida avtomatik hisoblanadi
Topshirish punktidan olishbepul
Xususiyatlar
Dozasi
:
20 мг
Ishlab chiqaruvchi mamlakat
:
Германия
Yoʻriqnoma: Klimadinon tab. № 60
Batafsil
Mahsulotning tashqi ko‘rinishi fotosuratda tasvirlanganidan farq qilishi mumkin.
Tavsif
Preparatning savdo nomi
KlimadinonDori shakli
Qobiq bilan qoplangan tabletkalarTarkibi
1 qobiq bilan qoplangan tabletka quyidagilarni saqlaydi:faol modda: 20 mg simitsifuga ildizpoyasining quruq ekstrakti. yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, kartoshka kraxmali, magniy stearati, kaltsiy gidrofosfat digidrati, talk, titan dioksidi (E 171), temir III oksidi (E 172), temir II oksidi (E 172), makrogol 6000, ammiak metakrilati sopolimeri.
Ta'rifi
qobiq bilan qoplangan, qizil-jigarrang rangli, ikki tomoni qavariq, dumaloq, silliq yuzali tabletkalar.Farmakoterapevtik guruhi
Klimaksga qarshi vositasi.ATX kod: G02CX
Farmakologik xususiyatlari
Ushbu o‘simlikdan olinadigan dori preparatini qo‘llash klimaks davridagi lohaslik simptomlarini yengillashtirishga yordam beradi. Ta'sir mexanizmi va klimakterik simptomlarini yaxshilanishiga yordam beruvchi komponentlari ma'lum emas.Farmakokinetikasi
Ta'riflanmaganQo‘llanilishi
Qon quyilishi va ko‘p terlash kabi menopauza simptomlarini yengillashtirish uchun o‘simlikdan olinadigan dori vositasi.Qo‘llash usuli va dozalari
DozalashPatsiyentlar bir martalik doza kunduzgi doza
Menopauza davridagi ayollar 1 ta qobiq bilan qoplangan tabletka 2 ta qobiq bilan qoplangan tabletka
Qo‘llash usuli
Kuniga ikki marta (ertalab va kechqurun), kam miqdordagi suyuqlik bilan ichga qabul qilinsin.
Tabletkani butunligicha, chaynamasdan va shimmasdan yutish lozim.
Qo‘llash davomiyligi
Agar preparatni qabul qilish davrida simptomlar saqlansa, shifokor yoki farmatsevt bilan maslahatlashish lozim.
Shifokor maslahatisiz Klimadinon qobiq bilan qoplangan tabletkasini 6 oydan ortiq qo‘llash mumkin emas.
Nojo‘ya ta'sirlari
Teri reaktsiyalari (masalan, toshma, qichishish), yuzni shishi, periferik shishlar va me'da-ichak buzilishlari (masalan, dispepsiya, diareya) paydo bo‘lishi mumkin. Simitsifuga saqlovchi preparatlarni qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lgan, jigarning shikastlanishi haqida ma'lumotlar mavjud. Iltimos, Maxsus ko‘rsatmalar bo‘limiga ham qaralsin.
Nojo‘ya ta'sirlar paydo bo‘lganida dori vositasini qabul qilishni to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish zarur.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.Dorilarning o‘zaro ta'siri
Aniqlanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Jigar kasalligi bo‘lgan patsiyentlarga Klimadinon® ni shifokor maslahatisiz qo‘llash mumkin emasJigarni shikastlanishini ko‘rsatuvchi simptomlar (charchoqlik, ishtahani yo‘qolishi, teri va ko‘zni sarg‘ayishi, ko‘ngil aynish va qusish bilan birga qorinning yuqori qismida kuchli og‘riq bo‘lishi yoki siydik rangini to‘q bo‘lishi) paydo bo‘lganida preparatni qabul qilishni darhol to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish lozim. Ayollarning jinsiy gormonlarini (estrogenlar) qabul qilayotgan patsiyentlarga, shuningdek sut bezining raki yoki gormonga bog‘liq o‘smalar bo‘yicha davolanayotgan patsiyentlar shifokor maslahatisiz preparatni qabul qilishi mumkin emas.
Dori preparatini tarkibiga laktoza kiradi. Agar Sizda biron-bir qandlarni o‘zlashtiraolmaslik bo‘lsa, ushbu dori preparatini qo‘llashdan avval shifokorga murojaat qiling.
Homiladorlik vaqtida va emizish davrida qo‘llashni xavfsizligi aniqlanmagan. Yetarli ma'lumotlarni yo‘qligi tufayli, homiladorlik vaqtida va laktatsiya davrida preparatni qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Tug‘ruq yoshidagi ayollarda davolash vaqtida samarali kontratseptsiyani qo‘llash masalasini ko‘rib chiqish lozim.
Preparat tavsiya etilgan dozalarda avtomobilni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
Qandli diabet bemorlari uchun ma'lumot
Bir tabletka o‘rtacha 0,01 non birligi (NB) saqlaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilishi haqida ma'lumotlar yo‘q. Davolash simptomatik.Chiqarilish shakli
Qobiq bilan qoplangan tabletkalar: har bir blisterda 15 ta tabletkadan.O‘ramning o‘lchami: №60 (4x15) va №90 (6x15).
Saqlash sharoiti
Quruq va yorug‘likdan himoyalangan joyda, 30°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.Yaroqlilik muddati
4 yil.Dorixonalarda berish tartibi
Retseptisiz.Diqqat!
Maʼlumotlar faqat maʼlumot olish uchun berilgan va oʻz-oʻzidan davolanish uchun qoʻllanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qoʻllash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmaclick.uz veb-sayti Pharmaclick.uz veb-saytida joylashtirilgan maʼlumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.