Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Sondoks tab. 0.015g №30
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Доксиламина сукцинат
Страна производитель
Украина
Дозировка
0,015 г
Производитель
Красная звезда,ХФЗ,ПАО,Украина
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Sondoks
Ta'sir qiluvchi modda (XPN) doksilamin
Dori shakli
tabletkalar
Tarkibi
1 tabletka saqlaydi
Faol modda 15 mg doksilamin suktsinati;
Yordamchi moddalar magniy stearati, laktoza monogidrati (sut qandi), kartoshka kraxmali, mikrokristallik sellyuloza.
Ta'rifi oq yoki deyarli oq rangli, dumaloq shaklli, faska va riskali tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
uxlatuvchi vosita.
Farmakologik xususiyatlari
Kimyoviy tuzilishi va ta'siri bo‘yicha dimedrolga yaqin. Allergiyaga qarshi ta'sir ko‘rsatadi. Markaziy nerv tizimiga kiradi va yaqqol sedativ ta'sir ko‘rsatadi, shuning uchun maxsus uxlatuvchi preparat (birinchi avlod) sifatida ishlatiladi. Uyquga ketish vaqtini qisqartiradi, uyquning davomiyligi va sifatini oshiradi, bunda uyqu bosqichlarini o‘zgartirmaydi. Sondoks tabletkalarining ta'sir etuvchi moddasi - doksilamin suktsinati, me'da-ichak yo‘llaridan yaxshi so‘riladi. Gistogematik to‘siqlardan (shu jumladan gematoentsefalik to‘siq) o‘tadi va to‘qimalar va a'zolar bo‘ylab taqsimlanadi. Biotransformatsiyasi jigarda amalga oshiriladi. Doksilamin suktsinatining asosiy qismi (taxminan 60%) siydik bilan o‘zgarmagan xolda chiqariladi, bir qismi ahlat bilan chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Uyqusizlik.
Qo‘llash usuli va dozalari
Faqat kattalar va 15 yoshdan oshgan bolalar uchun!
Sondoks tabletkalari ichga 1 tabletkadan uyquga ketish mo‘ljallangan vaqtdan 15-30 minut oldin qabul qilinadi. Tabletkalarni ko‘p bo‘lmagan miqdordagi suv bilan birga qabul qilish kerak. Dozani ½ tabletkagacha kamaytirish yoki 2 tabletkagacha oshirishning zarurati bo‘lganida shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Nojo‘ya ta'sirlari
Preparat odatda yaxshi o‘zlashtiriladi, lekin quyidagi nojo‘ya samaralari kuzatilishi mumkin og‘izni qurishi, ko‘rish akkomodatsiyasini buzilishi, qabziyat, siyishni qiyinlashishi (ayniqsa bu ko‘rinishlarga moyilligi bo‘lgan bemorlarda).
Noxush ko‘rinishlar paydo bo‘lgan xolda, shifokor bilan maslahatlashish kerak!
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatni glaukomasi, siydik chiqarish yo‘llari va prostata kasalliklari bo‘lgan bemorlarda, homiladorlikda, emizish davrida (preparat qabul qilinganida emizishdan voz kechish kerak) qo‘llash mumkin emas. Preparatni 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Qo‘llashdagi ehtiyotkorliklar
Davolanishni boshlashdan oldin shifokor bilan maslahatlashing! Shifokorning maslahatisiz preparatni qo‘llamang.
O‘pka kasalliklarida preparat ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi. Homiladorlikda preparatni qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Sondoks tabletkalari barbituratlar, benzodiazepinlar, klonidin, opioid analgetiklar, neyroleptiklar, trankvilizatorlar bilan bir vaqtda qo‘llanganida, markaziy nerv tizimiga bostiruvchi ta'sirini kuchayishi kuzatiladi. Sondoks tabletkalari atropin yoki boshqa M-xolinoblokatorlar bilan bir vaqtda qo‘llanganida, nojo‘ya ta'sirlarining og‘izni qurishi, siyishni qiyinlashishi, paydo bo‘lishini xavfi oshadi.
Agar Siz har qanday boshqa dori vositalarini qabul qilayotgan bo‘lsangiz, preparatni qo‘llash mumkinligi bo‘yicha albatta shifokor bilan maslahatlashing.
Maxsus ko‘rsatmalar
Qo‘llashni cheklanishi o‘pka kasalliklarida preparatni qo‘llashning zarurati bo‘lsa, shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Preparat diqqatni pasayishi, uyquchanlikni chaqiradi, shuning uchun transport xaydovchilariga ta'sir qilishi mumkin. Alkogolli ichimliklarni iste'mol qilish mumkin emas.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Tasodifan yoki ataylab dozani oshirib yuborilishi faqat tabletkalarni juda katta dozalarda qabul qilinganida yuz berishi mumkin.
Simptomlari qo‘zg‘alish, gallyutsinatsiyalar, muvozanatni buzilishi, xarakat koordinatsiyasini buzilishi, qo‘l va oyoq barmoqlarining tirishishlari, tirishishlar. Simptomlar ko‘rsatilgan ketma-ketlikda paydo bo‘ladi, lekin ayrim xollarda zaharlanishning birinchi simptomlari qaltirash va qo‘l va oyoq barmoqlarining tirishishlari bo‘lishi mumkin. Ko‘pincha atropinizatsiya simptomlari - qorachiqlarni kengayishi, akkomodatsiya falaji, yuz terisini qizarishi, tana haroratini oshishi kuzatiladi. Davolash bo‘lmaganida kollaps bilan birga kechuvchi koma rivojlanishi mumkin.
Davolash. Tez yordamni chaqirish kerak, shifokor kelgunicha suniy nafas o‘tkaziladi.
Chiqarilish shakli
10 tabletkadan blisterda, 1 blisterdan yoki 3 blisterdan karton qutida.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
ning nomi va manzili
«Ximfarmzavod «Krasnaya zvezda» OAJ
61010, Ukraina, Xarkov sh., Gordiyenkovskaya ko‘ch., 1.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.