Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Sonmil tabletkalar 15mg №10
Nomi | Narx | |||||
Сонмил таблетки по 15мг №10 (UU20724##2 259) |
UZS 33 300
Stokda yetarli (10)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Доксиламин
Страна производитель
Украина
Дозировка
15 мг
Производитель
Киевский витаминный завод,ПАО,Украина
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Sonmil
Ta'sir etuvchi modda (XPN) doksilamin suktsinati
Dori shakli
plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Tarkibi
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol modda 15 mg doksilamin suktsinati;
yordamchi moddalar laktoza monogidrati; magniy stearati; natriy kroskarmeloza; mikrokristall sellyuloza.
qobig‘i Opadry II White plyonka qobiq uchun aralashma gipromeloza (gidroksipropilmetiltsellyuloza, laktoza monogidrati, polietilenglikol (makrogol), titan dioksidi (E 171); triatsetin.
Ta'rifi dumaloq shakldagi, ikki tomonlama qavariq, riskali, oq yoki deyarli oq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka.
Farmakoterapevtik guruhi
uxlatuvchi va sedativ vositalar.
ATX kodi R06AA09.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si.
Doksilamin suktsinati etanolaminlar sinfiga mansub bo‘lganN1-gistamin blokatorlari hisoblanadi, u sedativ va atropinsimon samara ko‘rsatish qobiliyatiga ega. Uxlash uchun zarur bo‘lgan vaqtni kamaytirishi, shuningdek uyqu davomiyligini va sifatini yaxshilashi aniqlangan.
Farmakokinetikasi
.
Qon plazmasida maksimal kontsentratsiyaga (Smax) doksilamin suktsinatini qabul qilgandan keyin o‘rtacha 2 soatdan so‘ng (Tmax) erishiladi.
Qon plazmasidan yarim chiqarilish davri (T½) o‘rtacha 10 soatni tashkil qiladi.
Doksilamin suktsinati demetillizatsiya va N-atsetillizatsiya yo‘li bilan jigarda qisman metabolizmga uchraydi.
Keksa yoshdagi shaxslarda va buyrak yoki jigar yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda yarim chiqarilish davri ahamiyatli oshishi mumkin.
Molekulani parchalanishida hosil bo‘ladigan turli metabolitlar miqdoriy ahamiyatli hisoblanmaydi, chunki qabul qilingan dozaning 60% siydikda o‘zgarmagan doksilamin holida aniqlanadi.
Qo‘llanilishi
Davriy va tranzitor uyqusizlikda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Peroral qo‘llash uchun mo‘ljallangan. Uyqudan15-30 minut oldin qo‘llanilsin.
Tavsiya etilgan doza sutkada 7,5-15 mg (sutkada 1/2-1 tabletkadan) ni tashkil qiladi.Zarurati bo‘lganida dozani sutkada 30 mg (sutkada 2 tabletka) gacha oshirish mumkin. Keksa yoshdagi patsiyentlarda va buyrak yoki jigar yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda dozani kamaytirish tavsiya etiladi. Davolash kursi davomiyligi 2-5 kunni tashkil qiladi.
Agar uyqusizlik 5 kundan ortiq saqlansa, dori vositasini keyingi qo‘llashning maqsadga muvofiqligini xal qilish uchun shifokor bilan maslahatlashish lozim.
Nojo‘ya ta'sirlari
Juda kam hollarda antixolinergik samaralar qabziyat, og‘izni qurishi, akkomodatsiyani buzilishi, yurakni kuchli urishi kuzatiladi.
Kunduzgi uyquchanlikda ushbu samara rivojlanishi holatida dozani kamaytirish zarur.
Teri toshmasi, qichishish kabi allergik reaktsiyalar rivojlanishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Doksilaminsuktsinatiga yoki boshqa antigistamin dori vositalariga yuqori sezuvchanlik.
Patsiyentning anamnezida yoki oila anamnezida yopiq burchakli glaukoma.
Siyishni qiyinlashishi xavfi bilan kechuvchi uretroprostatik buzilishlarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Alkogol ko‘pgina N1-antigistamin vositalarning sedativ samarasini kuchaytiradi. Alkogolli ichimliklarni va etanol saqlovchi dori vositalarini qo‘llashdan saqlanish lozim.
Quyidagi dori majmuasini qo‘llashda e'tibor bilan qo‘llash lozim
- atropin va atropinsimon dori vositalari (imipramin antidepressantlari, antixolinergik parkinsonizmga qarshi dori vositalari, atropinli spazmolitik dori vositalari, dizopiramid, fenotiazin neyroleptiklari) siydikni tutilishi, qabziyat, og‘izni qurishi kabi nojo‘ya samaralarning kelib chiqishi tufayli;
- markaziy nerv tizimiga ta'sir qiluvchi boshqa antidepressantlar (morfin hosilalari (og‘riqni qoldiruvchi vositalar; yo‘talni davolash uchun va o‘rnini bosuvchi davolashda qo‘llaniladigan vositalar), neyroleptiklar; barbituratlar, benzodiazepinlar; anksiolitiklar, benzodiazepinlardan tashqari; sedativ antidepressantlar (amitriptilin, doksepin, mianserin, mirtazapin, trimipramin); sedativ N1-antigistamin vositalar; markaziy ta'sirga ega antigipertenziv vositalar; boshqalar baklofen, pizotifen, talidomid) markaziy nerv tizimini susayishini kuchaytirishi tufayli.
Maxsus ko‘rsatmalar
Qo‘llashdagi ehtiyotkorlik choralari
Dori vositasilaktoza saqlaganligi sababli, uni tug‘magalaktozemiyada,glyukoza vagalaktozani so‘rilishi buzilishi sindromida, laktaza yetishmovchiligi bo‘lgan holatlarda qo‘llash mumkin emas.
Uxlatuvchi va sedativ vositalar kabi,doksilamin suktsinati tungi apnoe sindromini qo‘zg‘atishi mumkin(nafasni to‘xtab qolishining davomiyligi va sonini oshirishi mumkin).
N1-antigistamin vositalarni keksa yoshdagi patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim, chunki bosh aylanishini kelib chiqishi xavfi tufayli, yiqilishlar xavfi oshadi (masalan, inson kechasi o‘rnidan turganida), buning natijasida ushbu guruh patsiyentlar uchun jiddiy hisoblangan oqibatlarga olib keladi.
Kun davomida uyquchanlikni oldini olish uchun dori vositasiniqabul qilinganidan keyin uyqu davomiyligi kamida 7 soat bo‘lishi kerakligini yodda tutish lozim.
Homiladorlik yokiemizish davrida qo‘llanilishi.
Ma'lum bo‘lgan ma'lumotlardoksilaminni homiladorlik davrida shifokor maslahatidan so‘ngqo‘llash mumkinligini ko‘rsatdi. Agar dori vositasini homiladorlikning so‘nggi uch oyligida qo‘llanilsa, dori vositasining atropinsimon va sedativ samaralarini yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni kuzatishda e'tiborga olish lozim.
Doksilamin ko‘krak sutiga kirishi noma'lum, shuning uchun dori vositasini emizish davrida qabul qilish tavsiya etilmaydi.
Bolalar. 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarda preparatni qo‘llash mumkin emas.
Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaktsiya tezligiga ta'sir qilish qobiliyati.
Ushbu dori vositasini qo‘llanganda rivojlanadigan kunduzgi uyquchanlikni kelib chiqishini xavfini, ayniqsa avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlovchi shaxslarda e'tiborga olish lozim.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari.
O‘tkir zaharlanishning birinchi belgilari uyquchanlik va antixolinergik samaralar qo‘zg‘aluvchanlik, qorachiqlarni kengiyishi, akkomodatsiyaning falaji, og‘izni qurishi, yuz va bo‘yinni qizarishi, gipertermiya, sinusli taxikardiya hisoblanadi. Deliriy, gallyutsinatsiyalar va atetoz xarakatlar ko‘proq bolalarda kuzatiladi; ba'zida ular og‘ir zaharlanishning asoratlarini belgisi bo‘lgan tirishishlar hisoblanadi. Hattoki tirishishlar kelib chiqmasa ham, doksilamin bilan og‘ir zaharlanish ba'zi hollarda rabdomioliz chaqiradi, bu og‘ir buyrak yetishmovchiligigacha asoratlanishi mumkin. Ushbu mushak buzilishlari tarqoq hisoblanadi,bu kreatinfosfokinaza faolligini tizimli skrining yo‘li bilan o‘lchash o‘tkazishni talab etadi.
Davolash.
Simptomatik davolash o‘tkaziladi. Davolashni erta bosqichlaridafaollashtirilgan ko‘mirni qabul qilish tavsiya etiladi (kattalarga 50 g, bolalarga 1 g/kg).
Chiqarilish shakli
10 tabletkadan blisterda; 1 yoki 3 blisterdan qutida.
Saqlash sharoiti
Original o‘ramida, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
5 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
ning nomi va manzili
“Kiyevskiy vitaminniy zavod” JAJ.
04073, Ukraina, Kiyev sh., Kopilovskaya ko‘ch., 38.
Web-sayt www.vitamin.com.ua
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.