Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Desmopressin 100 mkg 1ml
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Десмопрессин
Страна производитель
Грузия
Дозировка
0,01%
Производитель
Биофарм,АО,Грузия
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Капли назальные
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Desmopressin
Ta'sir qiluvchi modda (XPN) desmopressin (desmopressinum)
Dori shakli
5 ml eritma burun tomchilari shaklida flakonda pipetkasi bilan. 1 ml eritmada taxminan 20 tomchi bor. 1 tomchi eritma taxminan 5 mkg faol modda saqlaydi. Flakonda taxminan 100 tomchi.
Tarkibi
Eritmaning har bir ml saqlaydi
Faol modda desmopressin – 100 mkg;
Yordamchi moddalar benzalkoniy xloridi, natriy xloridi, natriy digidrofosfat digidrati, tozalangan suv.
Ta'rifi Tiniq, rangsiz suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi
Antidiuretik (gormonal preparat).
Farmakologik xususiyatlari
Preparat gipofiz orqa bo‘lagining tabiiy gormoni – arginin-vazopressinning (antidiuretik gormon) sintetik analogi - desmopressin saqlaydi. Vazopressin bilan solishtirganda, desmopressin tomirlarini va ichki a'zolarning silliq mushaklariga kamroq namoyon bo‘lgan ta'sirga ega, antidiuretik ta'siri esa ko‘proq namoyon bo‘ladi, bu desmopressinning molekulasini tuzilishidagi, tabiiy vazopressin molekulasi bilan solishtirganda, o‘zgarishlari bilan bog‘liq l-tsisteinni dezaminlanishi va 8-L-argininni 8-D-argininga almashtirilishi.
Organizmga tushganidan keyin, preparat tez so‘riladi va vazopressinatsetat ko‘rinishida qonga o‘tadi. Antidiuretik samarasi preparat qabul qilganidan keyin 30 minut o‘tgach namoyon bo‘ladi. 10-20 mkg desmopressinni intranazal qabul qilish, ko‘pchilik bemorlarda 8-12 soat davom etuvchi antidiuretik samarani ta'minlaydi.
Preparatni zaharliligi juda past. Desmopressinning teratogen yoki mutagen ta'siri aniqlanmagan.
Desmopressin qabul qilingandan keyin 15-30 minut o‘tgach qonda aniqlana boshlaydi. Intranazal qo‘llanganidan keyin preparatning biokiraolishi 3-6% ni tashkil qiladi. Qon plazmasidagi maksimal kontsentratsiyasiga 60 minutdan so‘ng erishiladi.
Desmopressinning biotransformatsiyasi jigarda amalga oshiriladi va transgidrogenaza fermenti tomonidan disulfid ko‘prigini parchalanishidan iborat. Desmopressin tabiiy antidiuretik gormonga nisbatan sekinroq parchalanadi. Desmopressin organizmdan asosan buyraklar orqali chiqariladi.
Desmopressinning yarim chiqarilish davri 3-4 soatni tashkil etadi.
Qo‘llanilishi
- markaziy genezga ega qandsiz diabet (diabetes insipidus);
- buyraklarning normal kontsentratsion qobiliyati bo‘lgan 5 yoshdan oshgan patsiyentlardagi birlamchi tungi enurez;
- markaziy genezga ega o‘tkir poliuriya (markaziy nerv tizimidagi jarohat, kasallik yoki jarrohlik aralashuvning oqibati);
- buyraklarning kontsentratsion qobiliyatini aniqlash uchun sinamada qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparat patsiyent boshini biroz orqaga va yon tomonga tashlagan holida bevosita burun yo‘llariga, burun to‘sig‘i bo‘yicha yo‘naltirib tomiziladi. Tomchilar soni preparatli flakon qalpoqchasi qismi bo‘lgan pipetka yordamida o‘lchanadi. Preparatni terapevtik ta'siri qabul qilinganidan keyin 30 minut o‘tgach boshlanadi.
Qandsiz diabet (diabetes insipidus). Qandsiz diabet tashxisi qo‘yilgan patsiyentlarni davolash uchun desmopressinni qo‘llash, ajralib chiqayotgan siydik hajmini ancha kamayishiga olib keladi, bu siyishga bo‘lgan qistovlarni kamayishi bilan namoyon bo‘ladi. Doza va preparatni yuborish orasidagi interval davolovchi shifokor tomonidan har bir patsiyent uchun, preparatga sezuvchanligiga qarab, shaxsiy ravishda belgilanadi. Bundan tashqari, shuni e'tiborga olish kerakki, faqat patsiyentlarni ko‘p bo‘lmagan qismida antidiuretik gormonining to‘liq blokadasi bo‘ladi.
Bolalar va kattalar uchun kunduzgi doza 5 dan to 40 mkg gacha desmopressinni tashkil qiladi, ya'ni 1 dan 8 tomchigacha buyuriladi va bu doza 3 marta qabulga bo‘lib qabul qilishga bo‘linishi mumkin.
Birlamchi tungi enurez (enuresis nocturna). Samarali doza shaxsiy tanlanadi va odatda u sutkada 10-30 mkg desmopressinni tashkil qiladi. Davolash davomida dozani asta-sekin ko‘paytirish yo‘li bilan mos keluvchi doza aniqlanadi. Terapiya eng past dozadan boshlanadi - 1-2 tomchi tana yuzasini sathi 1 kv. m dan oshmaydigan bolalar uchun, yoki 2 tomchidan tana yuzasini sathi 1 kv. m dan oshiq bolalar uchun. 2-4 hafta davomida preparat qo‘llashdan samara bo‘lmagan hollarda, sutkalik doza 1 tomchiga oshiriladi. Dozani tanlash jarayoni (sutkada 30-40 mkg gacha) davolash samarasi paydo bo‘lgunicha davom ettiriladi. Preparat bilan davolash kursi davomida kechasiga suyuqlik qabul qilishni cheklash kerak. Organizmda suyuqlikni tutilish belgilari paydo bo‘lgan holda davolashni darhol to‘xtatish kerak.
Buyraklarning kontsentratsiyalovchi qobiliyatini tekshirish. Tavsiya qilinadigan doza - 3 tomchi (taxminan 15 mkg desmopressin), 1 yoshdan oshgan bolalarga esa –2 dan to 3 tomchigacha (taxminan 10-15 mkg desmopressin).
Preparat qabul qilganidan keyin patsiyent qovuqni bo‘shatishi lozim. Preparat qabul qilinganidan keyingi 4 soat davomida, har soatda patsiyent siydigi namunasi osmolyarligini aniqlash uchun yig‘iladi. Sinamani o‘tkazish vaqti davomida va u tamom bo‘lganidan keyingi 4 soatda (preparat qo‘llanilgandan so‘ng hammasi bo‘lib 8 soat davomida) suyuqlik qabul qilishni cheklash lozim.
1 yoshgacha bo‘lgan bolalarda preparat yordamida buyraklarning kontsentratsiyalovchi qobiliyati alohida hollarda tekshiriladi, chunki bu yoshda buyraklarning kontsentratsiyalovchi qobiliyati kattaroq yoshdagi bolalarnikiga qaraganda pasaygan bo‘ladi. Buyraklarning kontsentratsiyalovchi qobiliyatini bolalar nefrologi bajarishi kerak. Taxminan 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarda katta dozalarni qo‘llash, nerv tizimini qo‘zg‘alishi chaqirgan tirishishlarni rivojlanishi bilan birga kechishi mumkin. 1 yoshli bolalarda sinama o‘tkazilganda, siydikni yig‘ish vaqti davomida suyuqlik qabul qilishni butunlay to‘xtatish kerak.
Agarda sinama natijasida buyraklarning kontsentratsiyalovchi qobiliyati aniqlansa - sinovni takrorlash kerak.
Markaziy poliuriyaning o‘tkir shakli. Preparat 2 tomchidan qo‘llanadi. Suyuqlikni qabul qilish va diurez bir soatlik interval bilan, to‘liq muvozanat olingunicha baholanadi, buning ustiga desmopressin samarasini boshlanishini preparatni qo‘llaganidan keyingi 30 minut davomida kutish mumkin. Keyingi 3-5 soat davomida organizmga kirgan va ajralib chiqqan suyuqlikni mos kelishi baholanadi, plazma va siydikning osmolyarligi kuzatiladi, qondagi natriyning kontsentratsiyasi nazorat qilinadi. O‘tkir markaziy poliuriya 1 soatdan ko‘proq davom etgan hollarda, preparatni parenteral yuborish (ko‘proq vena ichiga) tavsiya qilinadi.
Qat'iy shifokor nazorati ostida qo‘llansin!
Nojo‘ya ta'sirlari
Kuchsiz, siyrak va doza kamaytirilganida yo‘q bo‘lib ketadi. Boshqalariga qaraganda bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, me'da sohasida og‘riq, tumov, burundan qon ketishi ko‘proq uchraydi. Kam - preparat komponentlariga allergik reaktsiyalarni teri ko‘rinishlari.
Suyuqlik qabulini cheklashsiz preparat bilan davolanish organizmda suvni tutilishini chaqirishi mumkin, u tana vaznini oshishi, shishlar, qon plazmasida natriy darajasini pasayishi bilan namoyon bo‘ladi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- plazma osmolyarligini pasayishi bilan kechuvchi barcha holatlar, shu jumladan psixogen yoki birlamchi polidipsiya;
- dekompensatsiyalangan yurak yetishmovchiligi;
- organizmda suyuqlikni tutilishi;
- anuriya va diuretiklarni qo‘llashga ehtiyoj bo‘lgan boshqa holatlar;
- preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Buyrak retseptorlarining antidiuretik gormonga bo‘lgan sezuvchanligini oshishini chaqiruvchi indometatsinni qabul qilish fonida desmopressinni qo‘llash yanada yaqqolroq samara bilan kechadi.
Gipofiz faoliyati qisman yoki to‘liq saqlangan hollarda, desmopressinning samarasi aynan antidiuretik gormonining sekretsiyasini rag‘batlantiruvchi preparatlar - tritsiklik antidepressantlar, xlorpropamid, karbamazepin, klofibratni bilan bir vaqtda buyurilganida kuchayishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Desmopressin ishlatilganida quyidagi hollarda alohida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak
- 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar va keksa patsiyentlarni davolashda;
- patsiyent organizmida suv-elektrolit disbalansi bo‘lganida;
- bosh miya suyagi ichki bosimini oshishini potentsial xavfi bo‘lganida.
Tungi enurezni davolashda va buyraklarning kontsentratsiyalovchi qobiliyatini tekshirishda patsiyent preparat qo‘llashdan 1 soat oldin va qo‘llagandan keyin 8 soat davomida qanday bo‘lmasin suyuqlikni qabul qilmasligi kerak. Chanqoqlik paydo bo‘lgan holda, yuqorida ko‘rsatilgan vaqt davomida hammasi bo‘lib 200 ml dan ko‘p bo‘lmagan suyuqlik qabul qilishga ruxsat beriladi. Suyuqlik iste'mol qilishni ko‘paytirishning zarurati bo‘lganida (masalan isitma holida) terapiyani to‘xtatish va davolovchi shifokorga murojaat qilish kerak. Kun davomida suyuqlik qabul qilishni cheklash yoki suyuqlik iste'molini odatdagi tartibini buzish mumkin emas.
Tungi enurezni davolash davomida siydikning osmolyarligini nazorat qilish tavsiya etiladi. Zarurat tug‘ilganda plazmaning osmolyarligini aniqlash kerak.
Preparat burun tomchilari ko‘rinishida qo‘llanishi tufayli, burun shilliq qavatining barcha o‘zgarishlari, shu jumladan o‘tkir va surunkali yallig‘lanishlari preparatni qonga o‘tayotgan miqdorini o‘zgarishlarini chaqirishi mumkin. Bunday hollarda yuborilayotgan tomchilar miqdorini o‘zgartirish kerak.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Homiladorlik va laktatsiya davrida preparatni qo‘llash man qilinmagan.
Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Preparatni qabul qilish avtomobilni boshqarish qobiliyatiga salbiy ta'sir qilmaydi.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Organizmda suyuqlikni tutilishi xavfini oshishiga va giponatriyemiyaga olib keladi. Shunga qaramasdan, giponatriyemiyani davolash qat'iyyan shaxsiy, belgilari yo‘qligida, desmopressin bilan davolashni to‘xtatish va suyuqlik qabul qilishni cheklash tavsiya qilinadi.
Suyuqlik yuqori darajada tutilgan patsiyentlarga natriy xloridining izotonik yoki gipertonik eritmasi buyuriladi. Zarurati bo‘lgan holda furosemid buyurilishi mumkin.
Chiqarilish shakli
5 ml dan 100 mkg/ml desmopressin eritmasi (burun tomchilari) shisha flakonlarda. O‘ramda tomchilagich-dozator bilan ta'minlangan 1 flakon.
Saqlash sharoiti
Quruq, qorong‘u joyda, +250S yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
«Biofarm» AJ, 0160, Gotua ko‘ch., 3. Tbilisi,
Gruziya. Tel./faks (99532) 25-29-56.
Email biopharm@caucasus.net
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.