Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Tinchlantiruvchi tomchilar ichga qabul qilish uchun tomchilar 50ml
Nomi | Narx | |||||
Успокоительные капли д/приема внутрь 50мл (090424##2 216) |
UZS 8 200
Stokda yetarli (5)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Успокоительные капли д/приема внутрь 50мл (090424##2 218) |
UZS 8 200
Stokda yetarli (9)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Валерианы настойки, боярышника настойки, пустырника настойки
Kelib chiqqan mamlakat
Belarusiya
Дозировка
50 мл
Производитель/Ishlab chiqaruvchi
Борисовский завод, Беларусь
Retsept bo'yicha dorilar
Нет
Chiqarish shakli
Капли для приёма внутрь
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Tinchlantiruvchi tomchilar.
Ta'sir etuvchi modda (XPN) yo‘q.
Dori shakli
ichga qabul qilish uchun tomchilar.
Tarkibi
50 ml li bitta flakon quyidagilarni saqlaydi
maydalangan valeriana ildizlari bilan ildizpoyadan tayyorlangan damlama, ekstragent —
70 % li etil spirti – 17,0 ml; do‘lana mevasidan tayyorlangan do‘lana nastoykasi, ekstragent – 70% li etil spirti – 16,5 ml; arslonquyruq o‘tidan tayyorlangan damlama, ekstragent – 70 % li etil spirti – 16,5 ml. Kamida 64% etil spirti saqlaydi.
Ta'rifi jigar rangli tiniq valeriana hidli eritma. Saqlash jarayonida cho‘kma hosil bo‘lishi mumkin.
Farmakoterapevtik guruhi
boshqa turdagi uyqu va sedativ vositalar.
ATX kodi N05CM
Farmakologik xususiyatlari
Dori vositasi valeriana, arslonquyruq o‘ti ildizi, do‘lana mevasining nastoykasi majmuaviy dori vositasi hisoblanadi. Dori vositasi sedativ, gipotenziv va kardiotonik ta'sir ko‘rsatadi.
Qo‘llanilishi
Markaziy nerv tizimining funktsional buzilishlarini majmuaviy davolashda (uyquning buzilishi va nevrasteniya) qo‘llanadi.
Yurak-qon tomir faoliyatini funktsional buzilishlarini majmuaviy davolashda qo‘llaniladi.
Belgilangan ko‘rsatmalar bo‘yicha qo‘llash faqatgina uzoq vaqt davomida qo‘llash tajribasiga asoslangan.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga qabulqabul qilinadi. Kattalarga kuniga 20-30 tomchidan 2-3 marta ovqatdan oldin, xona haroratidagi ko‘p bo‘lmagan miqdordagi (¼ stakan) qaynagan suv bilan qabul qilinadi.
Davolash kursining davomiyligi shifokor tomonidan kasallikning o‘ziga xos jihatlarini, erishilgan samarani va dori vositasini o‘zlashtiraolishlikni hisobga olgan holda belgilanadi.
Qo‘llashdan oldin silkitilsin.
Nojo‘y ta'sirlari
Allergik reaktsiyalar rivojlanishi mumkin (teri toshmasi, qichishish, giperemiya, terining shishi); bosh og‘rig‘i, umumiy holsizlik, bosh aylanishi, ishlash qobiliyatining pasayishi, uyquchanlik, ta'sirchanlik, xavotirlik, me'da-ichak buzilishlari (ko‘ngil aynishi, jig‘ildon qaynashi, qorindagi og‘riqlar, kekirish), arterial gipotenziyani kuzatilishi mumkin. Dori vositasining yuqori dozalari bradikardiya va aritmiyaga olib kelishi, shuningdek ichak motorikasining pasayishiga olib kelishi mumkin (qabziyat).
Nojo‘ya reaktsiyalar, shu jumladan ilova-varaqda ko‘rsatilmagan bo‘lsa ham shifokorga murojaat etish zapyp!
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Dori vosiatsining komponentlariga nisbatan o‘ta yuqori sezuvchanlik; arterial gipotenziya, bradikardiya; me'da va o‘n ikki barmoq ichakning yara kasalligi, zo‘riqish bosqichidagi eroziv gastrit; homiladorlik, laktatsiya davri; 18 yoshgacha bolalarda qo‘llash mumkin emas. Dori vositasi tarkibida kamida 64% (haj/haj) etil spirti saqlaydi, ya'ni bir martalik doza uchun (20-30 tomchi) 345—517 mg gacha bo‘lgan etil spirti mavjud.
Tarkibi
da etil spirti bo‘lgani uchun dori vositasi homiladorlarga va emizuvchi xotinlarga, 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarga , shuningdek jigar kasalligi, alkogolizm, bosh miya jarohatlari va tirishish bo‘sag‘asi namoyishidagi chegarasining kamayishi bilan bosh miya boshqa kasalliklar bo‘lgan patsiyentlar dori vositasini qabul qilish mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Boshqa dori vositalari bir vaqtda qo‘llash holatlarda shifokor bilan maslahatlashish zarur.
III sinf antiaritmiklari, sizaprid bilan bir vaqtda qabul qilish tavsiya etilmaydi. Sedativ uyqu, og‘riq qoldiruvchi vositalar va markaziy nerv tizimini susaytiruvchi boshqa dori vositalari bilan qo‘llash dori vositasining ta'sirini kuchaytirishi mumkin. Dori vositasini sintetik sedativ vostalari bilan birgalikda qo‘llash tibbiy kuzatuvni talab etadi.
Tarkibi
da etil spirta mavjud bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zaro ta'sirlar alkogol bilan birgalikda qo‘llanilganida disulfiramosimon reaktsiyani (badanning isib ketish hissi, teri qatlamlarining qizarishi, qusish, taxikardiya) chaqiruvchi dori vositalri (disul'firam, sefamandol, sefoperazon, latamoksef (antibakterial vositalar sefalosporinlar), xloramfenikol, xlorpropamid, glibenklamid, glipizid, tolbutamid (antidiabetik vositalar, sulvfonilmochevina hosilalari), grizeoful'vin (zamburug‘larga qarshi vosita), nitro-5-imidazol hosilalari (metronidazol, ornidazol, tinidazol), ketokonazol, prokarbazin (tsitostatik vosita) bilan birgalikda qo‘llashdan saqlanish zarur hisoblanadi.
Tarkibi
da etil spirti mavjud bo‘lgan boshqa dori vositalari bilan birgalikda qo‘llashdan saqlanish kerak.
Maxsus ko‘rsatmalar
Dori vositasini qabul qilishdan oldin shifokor maslahati zarur. Davolash vaqtida arterial bosimning va elektrokardiogrammaning (EKG) nazorati zarur bo‘ladi.
Agar davolash vaqtida simptomlar saqlanib qolsa yoki umumiy holat yomonlashsa, oyoqlar shishi rivojlansa shifokorga murojaat etish kerak. Qo‘lga, qorining yuqori qismiga, bo‘yinga irradiatsiya bo‘lish bilan kechadigan yurak sohasidagi og‘riqlar yuzaga kelganida yoki nafas olish yetishmovchiligi (masalan hansirash) rivojlansa darhol tibbiy yordam ko‘rsatish zarur bo‘ladi.
Dori vositasining samarasi asta-sekin rivojlangani sababli ruhiy qo‘zg‘alish va uyquning buzilishi simptomlarini zudlik bilan kamaytirish zarurati yuzaga kelganida qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Bolalarda qo‘llash. Yetarli ma'lumotlar yo‘qligi va etil spirti mavjud bo‘lgani sababli dori vositasini 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarga qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Yetarli ma'lumotlar yo‘qligi va etil spirti mavjud bo‘lgani sababli homiladorlik va laktatsiya vaqtida qo‘llash man etiladi.
Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Davolash davrida avtotransport vositalarini boshqarish va diqqatni jamlash va psixomotor reaktsiyalarning tezligini talab etadigan faoliyatning boshqa potentsial xavfli bo‘lgan turlari bilan shug‘ullanishdan saqlanish kerak.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari surunkali dozani oshirib yuborilishi ruhiy tushkunlikni, bosh og‘rig‘ini, uyquchanlik, me'da ichak yo‘li tomonidan diskomfort, ko‘ngil aynishni, ishlash qobiliyatining pasayishini, arterial gipotenziyani, yurak faoliyatining buzilishini (bradikardiyani) chaqiradi. Dozanining o‘tkir oshirib yuborilishi alkogolli intoksikatsiyani, spastik xarakterdagi qorin sohasidagi og‘riqlarni, ko‘krakda siqilish hissini, bosh aylanishini, qo‘llar tremori va ko‘z qorachig‘larining kengayishini chaqirishi mumkin.
Davolash
Dozani oshirib yuborish simptomlari yuzaga kelganida dori vositasini qabul qilish darhol to‘xtatish va shifokorga murojaat etish zarur. Dozani oshirib yuborilganda qusishni chaqirishi, me'dani yuvish zarur bo‘ladi. Simptomatik davolash bo‘ladi.
Chiqarilish shakli
Shishadan qilingan 50 ml li flakonlarda. Har bir flakon ilova-varaqa bilan birga kartonli qutiga joylanadi.
Saqlash sharoitlari
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Yaroqlilik muddati
o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
to‘g‘risida axborot
«Borisovskiy zavod meditsinskix preparatov» ochiq aktsiyadorlik jamiyati Belarus'
Respublikasi, Minsk vil., Borisov shahri, Chapayev ko‘chasi, 64, tel/faks +375(177)735612, 731156.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.