Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Londromaks tabletkalari 70 mg №4
Nomi | Narx | |||||
Лондромакс таблетки 70мг №4 (307001430##2 273) |
UZS 114 100
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Лондромакс таблетки 70мг №4 (307001430##2 275) |
UZS 114 100
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Алендроновая кислота
Страна производитель
Турция
Дозировка
70 мг
Производитель
World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Ishlab chiqarilgan
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Londromaks
Ta'sir etuvchi modda (XPN) alendronat kislotasi
Dori shakli
tabletkalar
Tarkibi
Har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol modda 70 mg alendron kislotasi (alendronat natriy trigidrati ko‘rinishida);
yordamchi moddalar mikrokristall sellyuloza, laktoza monogidrati, natriy kroskarmelloza, magniy stearati.
Ta'rifi oq rangli dumaloq tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
Suyaklarni mineralizatsiyasiga ta'sir qiluvchi preparatlar. Suyak rezorbtsiyasi ingibitorlari. Bisfosfonatlar.
ATX kodi M05VA04
Farmakologik hususiyatlari
Farmakodinamika
si
Londromaks – osteoklastik suyak rezorbtsiyasining gormonal bo‘lmagan spetsifik ingibitoridir. Bisfosfonatlar guruhiga kiradi, tabiiy pirofosfatning analogi hisoblanadi. Uning selektiv ta'siri bisfosfonatlarni suyakning mineral komponentlariga yuqori o‘xshashligi bilan ifodalanadi.
Osteoklatlarning faolligini susaytiradi. Osteogenezni rag‘batlantiradi, suyak rezorbtsiyasi va tiklanishi o‘rtasida ijobiy muvozanatni tiklaydi, suyaklarning mineral zichligini jadal ravishda oshiradi (fosfor-kaltsiy almashinuvini boshqaradi), normal gistologik tuzilishga ega bo‘lgan normal suyak to‘qimasini shakllanishiga yordam beradi.
Farmakokinetikasi
Alendron kislotasini bevosita ovqatlanishdan oldin, ovqatlanish vaqtida yoki keyin qabul qilish, uning biokiraolishligini kamayishiga olib keladi. Preparat qabul qilingandan so‘ng o‘rtacha biokiraolishligi ayollarda tungi ochlikdan keyin va standart nonushta qilishdan ikki soat oldin qabul qilingan 5 mg dan 70 mg gacha bo‘lgan dozalar uchun 0,64% ni tashkil etadi. Alendronat natriy standart nonushta qilishdan bir yoki yarim soat oldin qabul qilinganida biokiraolishligi 0,46% va 0,39% gacha pasaygan.
Kofe yoki apelsin sharbati qabul qilinganida alendronat natriyning biokiraolishligi taxminan 60% ga kamaygan. Sog‘lom sub'ektlarda prednizolonni (20 mg dan sutkada 3 marta 5 kun davomida) peroral qabul qilish alendronat natriyning peroral biokiraolishligini klinik jihatdan ahamiyatli o‘zgarishlarini chaqirmagan (o‘rtacha oshishi 20% dan 44% gacha qiymatni tashkil etgan).
Preparat yumshoq to‘qimalarga vaqtinchalik taqsimlanadi, so‘ngra suyaklarga tez qayta taqsimlanadi yoki siydik bilan chiqariladi. Odamda muvozanatli kontsentratsiya holatida o‘rtacha taqsimlanish hajmi taxminan 28 litrni tashkil etadi. Ichga terapevtik dozalarda qabul qilinganidan keyin qon plazmasida alendronat natriyning kontsentratsiyasi odatda aniqlab bo‘ladigan kontsentratsiyadan ham ancha past kontsentratsiyada (5 ng/ml dan kam) bo‘ladi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi taxminan 78% ni tashkil etadi.
Metabolizmga uchramaydi.
Asosan buyraklar orqali chiqariladi. Yarim chiqarilish davri yakuniy bosqichida 10 yildan ko‘proq vaqtni tashkil etishi mumkin, bu faol moddani suyaklardan ajralib chiqishi bilan bog‘liq.
Qo‘llanilishi
• ayollarda postmenopauzada suyaklarni sinishini, shu jumladan son suyagini sinishini va umurtqa pog‘onasini kompression sinishlarini oldini olish maqsadida osteoporozni davolash;
• erkaklarda suyaklarni sinishini oldini olish maqsadida osteoporozni davolash uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparatni qabul qilish qoidasi
Londromaks preparatini birinchi ovqatlanish, ichimlik ichish yoki dori vositalarini qabul qilishdan kamida 30 minut oldin oddiy suv bilan qabul qilish kerak. boshqa ichimliklar (shu jumladan mineral suv), ovqat va ayrim dori vositalari preparatning so‘rilishini pasaytirishi mumkin.
Me'daga tushishini yengillashtirish va qizilo‘ngachni ta'sirlanishini kamaytirish uchun tabletkalarni ertalab, o‘rindan turgan zahoti, bir stakan suv bilan, og‘iz bo‘shlig‘i va halqumda yaralar hosil bo‘lishi mumkinligi tufayli chaynamasdan va shimmasdan qabul qilish kerak. Shundan keyin patsiyentlar kamida 30 minut davomida yotishlari mumkin emas. Londromaks tabletkasini uxlashdan oldin yoki o‘rindan turishdan oldin qabul qilish mumkin emas.
Ayollar va erkaklarda osteoporozni davolash uchun preparat 70 mg dan haftada 1 marta buyuriladi.
Keksa yoshdagi patsiyentlar, yengil yoki o‘rtacha darajadagi buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi = 35-60 ml/min) bo‘lgan patsiyentlar uchun preparatning dozasiga tuzatish kiritish talab etilmaydi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Umuman olganda, Londromaks yaxshi o‘zlashtiriladi. Nojo‘ya reaktsiyalar odatda ahamiyatsiz darajada bo‘ladi va davolashni bekor qilish talab etilmaydi.
Noxush reaktsiyalarni uchrash tezligini quyida keltirilgan ko‘rsatkichlari quyidagi tarzda aniqlangan juda tez-tez (≥ 1/10), tez-tez (≥ 1/100, ammo < 1/10), tez-tez emas (≥ 1/1000, ammo < 1/100), kam hollarda (≥ 1/10000, ammo < 1/1000).
Immun tizimi tomonidan kam hollarda – o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari, shu jumladan eshakemi va angionevrotik shish.
Metabolizm va ovqatlanishni buzilishlari kam hollarda – ko‘proq moyilligi bo‘lgan omillar tomonidan chaqirilgan, simptomatik gipokaltsiyemiya.
Markaziy nerv tizimi tomonidan tez-tez – bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, tez-tez emas – disgevziya.
Ko‘rish a'zolari tomonidan tez-tez – ko‘zlarni yallig‘lanishi (uveit, sklerit, episklerit).
Eshitish va muvozanat a'zolari tomonidan tez-tez – vertigo.
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan tez-tez – qorinda og‘riq, dispepsiya, qabziyat, diareya, meteorizm, qizilo‘ngach yarasi, disfagiya, qorinni dam bo‘lishi, nordon kekirish; tez-tez emas – ko‘ngil aynishi, qusish, gastrit, ezofagit, qizilo‘ngach eroziyasi, melena; kam hollarda – qizilo‘ngachni torayishi, og‘izhalqumda yaralarni hosil bo‘lishi, me'da-ichak yo‘llarining yuqori bo‘limlari perforatsiyasi, yarasi va qon ketishi.
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan tez-tez – alopetsiya, qichishish; tez-tez emas – toshma, eritema; kam hollarda – yorug‘likka sezuvchanlik toshmasi, og‘ir darajadagi teri reaktsiyalari, shu jumladan Stivens-Djonson sindromi va toksik epidermal nekroliz.
Skelet-mushak, biriktiruvchi va suyak to‘qimalari tomonidan juda tez-tez – skelet mushak og‘rig‘i (suyaklarda, mushaklarda yoki bo‘g‘imlarda), ba'zida kuchli og‘riq; tez-tez – bo‘g‘imlarni shishi; kam hollarda – jag‘ suyagi osteonekrozi, son suyagini atipik, ko‘st osti va diafizar sinishlari (bisfosfonatlar sinfiga noxush reaktsiya); juda kam hollarda – tashqi eshituv yo‘lining osteonekrozi (bisfosfonatlar sinfiga noxush reaktsiya).
Shubha qilingan noxush reaktsiyalar xaqida xabarlar
Dori vositasi qayd etilgandan keyin shubha qilingan noxush reaktsiyalar xaqida olingan xabarlar muhim hisoblanadi. Patsiyentda dori vositasiga nisbatan jiddiy noxush reaktsiya aniqlanganida yoki yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan yangi noxush reaktsiya paydo bo‘lganida Milliy farmakogohlik tizimiga muvofiq ma'lumot berishingizni so‘raymiz.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
• preparatning faol moddasiga yoki yordamchi komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
• qizilo‘ngach kasalliklari (strikturasi, axalaziyasi);
• preparatni qabul qilgandan so‘ng 30 minut davomida tikka turish yoki o‘tirish qobiliyatini yo‘qligi;
• gipokaltsiyemiyada qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Londromaks kaltsiy preparatlari (shu jumladan ozuqaviy qo‘shimchalari) va antatsidlar bilan bir vaqtda qo‘llanganida, uni so‘rilishini buzilish ehtimoli bor. Demak, Londromaks va boshqa dori vositalarini qabul qilishlar o‘rtasidagi oraliq kamida 30 minutni tashkil etishi kerak.
Londromaks va gormonni o‘rnini bosuvchi davolash (estrogen + progestin) birga qo‘llanganida majmuaviy davolash havfsizligi va o‘zlashtirilishi ushbu preparatlarning har bir alohida qo‘llanganida kuzatiladigan havfsizlik va o‘zlashtirilishiga mos keladi.
Ranitidinni vena ichiga yuborish preparatning biokiraolishligini 2 marta oshiradi.
Nosteroid yallig‘lanishga vositalar gastrotoksikligini kuchaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Alendronat me'da-ichak yo‘llarining yuqori bo‘limlarini shilliq qavatiga mahalliy ta'sirlovchi ta'sir ko‘rsatishi mumkin. Alendronat me'da-ichak yo‘llarining faol kasalliklari (disfagiya, qizilo‘ngachning kasalliklari, gastrit, duodenit) yoki anamnezida me'da-ichak yo‘llarining jiddiy kasalliklari (peptik yara, me'da-ichak yo‘llaridan faol qon ketishi yoki me'da-ichak yo‘llarining yuqori bo‘limlarini jarrohlik yo‘li bilan davolash, piloroplastikadan tashqari) bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llanganida, kasallikning kechishini potentsial zo‘rayishi mumkinligi tufayli, ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Preparat qizilo‘ngachning ma'lum Barret yarasi bo‘lgan patsiyentlarga buyurilganida aniq patsiyent uchun alendronatni qo‘llashdan kutiladigan foyda va potentsial havf nisbatini baholash kerak.
Alendronat qabul qilayotgan patsiyentlarda, qizilo‘ngach tomonidan (ba'zida og‘ir va gospitalizatsiyani talab etuvchi) ezofagit, qizilo‘ngach yarasi va eroziyasi, kam hollarda qizilo‘ngachni keyinchalik torayishi bilan kechuvchi reaktsiyalar kuzatilgan. Shu sababli, shifokorlar qizilo‘ngach tomonidan kuzatilishi mumkin bo‘lgan reaktsiyalarni ko‘rsatuvchi belgilar va simptomlarni yodda tutishlari kerak. Qizilo‘ngachni, disfagiya, yutganda og‘riq yoki to‘sh suyagi orqasida og‘riq, jig‘ildon qaynashini paydo bo‘lishi yoki kuchayishi kabi ta'sirlanish simptomlari rivojlanganida alendronat bilan davolashni to‘xtatish va tibbiy yordamga murojaat qilish kerakligi yuzasidan patsiyent ogohlantirilgan bo‘lishi kerak.
Alendronat preparatini noto‘g‘ri qabul qilayotgan va/yoki qizilo‘ngach tomonidan simptomlar rivojlanganidan keyin ham uni qo‘llashni davom ettirayotgan patsiyentlarda qizilo‘ngach tomonidan kuzatiladigan og‘ir darajadagi noxush ko‘rinishlarni rivojlanish havfi yuqori bo‘ladi. Shifokorni patsiyentga ma'lumot berganligi, patsiyent esa preparatni qabul qilish xaqidagi ma'lumotni e'tiborga olganligi juda muhimdir, yo‘riqnomaga rioya qilmaslik qizilo‘ngach tomonidan noxush reaktsiyalarni rivojlanish havfini oshirishi mumkin.
Me'da va o‘n ikki barmoq ichakning yarasi, ba'zida og‘ir darajada va asoratlar bilan kechuvchi yaralar rivojlanganligi (operatsiyadan keyin qo‘llanganida) yuzasidan juda kam xabarlar mavjud.
Rak bilan xastalangan va bisfosfonatlarni, asosan vena ichiga olgan patsiyentlarda odatda tishni olib tashlash va/yoki mahalliy infektsiya (shu jumladan osteomiyelit) bilan bog‘liq jag‘ osteonekrozini rivojlanish holatlari yuzasidan xabar berilgan. Bunday patsiyentlarning ko‘pchiligi kimyoterapiya va kortikosteroidlar olishgan. Jag‘ osteonekrozi shuningdek osteoporoz bilan xastalangan, bisfosfonatlarni peroral qabul qilgan patsiyentlarda ham kuzatilgan.
Jag‘ osteonekrozini individual rivojlanish havfi baholaganda quyidagi omillarni inobatga olish kerak
• bisfosfonatning faolligi (alendronat kislotasi uchun maksimal), qo‘llash usuli va umumiy dozasi;
• onkologik kasalliklarni borligi, kimyoterapiya, rentgenterapiya, kortikosteroidlarni qo‘llash, chekish;
• anamnezida tish kasalliklarini borligi, og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenasiga rioya qilmaslik, periodont kasalligi, noinvaziv stomatologik muolajalar va yomon tanlangan tish protezlari.
Peroral bisfosfonatlar bilan davolashni boshlashdan avval patsiyentlarning tishlarini ko‘ruvdan o‘tkazish bilan muvofiq profilaktik davolash o‘tkazish kerak. Davolanish vaqtida patsiyentlar imkon boricha invaziv stomatologik muolajalarni o‘tkazishdan saqlanishlari kerak. Bisfosfonatlar bilan davolanish vaqtida jag‘ osteonekrozi rivojlangan patsiyentlarni jarrohlik stomatologik davolash ularning holatini yomonlashtirishi mumkin. Stomatologik davolash o‘tkazish talab etilgan patsiyentlarda bisfosfonatlarni qo‘llash to‘xtatilganida jag‘ osteonekrozini rivojlanish havfini pasayishidan dalolat beruvchi ma'lumotlar mavjud emas. Davolash rejasi davolovchi shifokor tomonidan har bir patsiyent uchun foyda va havf nisbatini klinik baholashga asoslanishi kerak.
Bisfosfonatlar bilan davolanish vaqtida barcha patsiyentlar og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenasiga sinchkov rioya qilishlari, muntazam stomatologik ko‘ruvlarni o‘tkazish va og‘iz bo‘shlig‘i tomonidan tishlarni qimirlashi, og‘riq yoki shishni paydo bo‘lishi kabi barcha simptomlar xaqida xabar berishi kerak.
Bisfosfonatlar bilan davolanganda, ayniqsa uzoq muddat davolanganda tashqi eshituv yo‘lini osteonekrozi kuzatilgan. Tashqi eshituv yo‘lining osteonekrozini kuzatilishi mumkin bo‘lgan havf omillari steroidlarni qo‘llash, kimyoterapiya va/yoki mahalliy omillar (infektsiya va jarohatlar) hisoblanadi. Bisfosfonatlar qabul qilayotgan va eshitish a'zolari tomonidan simptomlar, shu jumladan surunkali quloq infektsiyalari bo‘lgan patsiyentlarda tashqi eshituv yo‘lining osteonekrozi rivojlanishi mumkinligini inobatga olish kerak.
Bisfosfonatlarni qabul qilayotgan patsiyentlarda suyaklar, bo‘g‘imlarda va/yoki mushaklarda og‘riq kuzatilgan. Preparat qayd etilgandan keyin qo‘llanganida ushbu simptomlar kam hollarda og‘irlashgan va/yoki ish qobiliyatini yo‘qolishiga olib kelgan. Bunday simptomlar namoyon bo‘lish boshlangungacha bo‘lgan vaqt davolash boshlangandan so‘ng bir kundan bir necha oygacha tebranib turgan. Ko‘pchilik patsiyentlarda davolash tugaganidan so‘ng simptomlarni yengillashishi kuzatilgan. Qisman patsiyentlarda preparat takroran buyurilganida simptomlarni qayta yuzaga kelishi kuzatilgan.
Son suyagini atipik ko‘st osti va diafizar sinishlari bisfosfonatlar bilan davolanganda, ayniqsa osteoporoz uzoq muddat davomida davolangan patsiyentlarda kuzatilgan. Bunday ko‘ndalang yoki qiyshiq ko‘ndalang sinishlar son suyagining istalgan joyida, bevosita kichik ko‘st ostidan boshlab, bevosita bo‘rtiq usti kengaygan joyigacha kuzatilishi mumkin. Bunday sinishlar minimal jarohatlarda yoki jarohatlarsiz ham yuz beradi, va ayrim patsiyentlarda sonda yoki chov sohasida og‘riq bilan kechadi; rentgen suratlarda son suyagini butunlay sinishi yuz berishidan bir necha hafta yoki oy oldin stress sinish belgilari tez-tez kuzatiladi. Sinishlar ko‘proq ikki tomonlama bo‘ladi, shuning uchun bitta son suyagining tanasini sinishi bo‘lgan patsiyentlarda ikkinchi oyoqning son suyagini ham ko‘ruvdan o‘tkazish kerak. Bunday sinishlarni yomon bitganligi xaqida xabar berilgan. Son suyagini atipik sinishiga shubha qilingan patsiyentlarda foyda havf nisbatiga asoslanib patsiyentning holatini baholash o‘tkazilgunicha bisfosfonatlarni bekor qilish mumkinligini ko‘rib chiqish kerak. Bisfosfonatlar bilan davolanish vaqtida chov sohasida yoki son suyagining ichki yoki tashqi tomonida og‘riq paydo bo‘lgan har qanday holatlarda xabar berish kerakligi yuzasidan patsiyentlarni ogohlantirish kerak; son suyagini butunlay sinishi kuzatilmaganligini aniqlash uchun bunday simptomlar bo‘lgan barcha patsiyentlarni baholash kerak.
Preparat qayd etilgandan keyin qo‘llanganida kam hollarda og‘ir darajadagi teri reaktsiyalari, shu jumladan Stivens-Djonson sindromi va toksik epidermal nekroliz rivojlanganligi xaqida xabar berilgan. Londromaks 70 mg preparatini qabul qilish o‘tkazib yuborilganida, dozasini ertasiga ertalab, patsiyentning yodiga tushganidan keyin qabul qilish kerak. Bir kunda ikkita tabletka qabul qilish mumkin emas; dastlab belgilangan qo‘llash tartibiga, ya'ni bir tabletkadan haftada bir marta qabul qilish tartibiga qaytish kerak.
Alendronat buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan, kalavalar filtratsiyasi tezligi minutiga 35 ml dan kam bo‘lgan patsiyentlarga tavsiya etilmagan.
Osteoporozni rivojlanishiga olib keluvchi boshqa sabablarni ko‘rib chiqish kerak.
Alendronat bilan davolashni boshlashdan oldin gipokaltsiyemiyani muvofiqlashtirish kerak.
Minerallar (D vitamini tanqisligi va gipoparatireoidizm kabilar) metabolizmini izdan chiqaradigan boshqa buzilishlarni samarali davolash kerak. Bunday holatlari bo‘lgan patsiyentlarni Londromaks 70 mg tabletkalari bilan davolash vaqtida qon zardobida kaltsiyning darajasini va gipokaltsiyemiyaning simptomlarini nazorat qilish kerak.
Alendronatni suyaklardagi minerallarning miqdorini oshishiga ijobiy ta'sir qilishi sababli, ayniqsa glyukokortikoidlarni qabul qilayotgan patsiyentlarning qon zardobida kaltsiy va fosfatlarning darajasi pasayishi mumkin, chunki ularda kaltsiyni so‘rilishi pasayishi mumkin. Bunday pasayish odatda ahamiyatsiz hisoblanadi va simptomsiz kechadi. Shunday bo‘lsa ham, kam hollarda simptomatik gipokaltsiyemiya xaqida xabar berilgan, u ayrim hollarda yaqqol ifodalangan va moyillik holatlari (gipoparatireoidizm, D vitamini tanqisligi va kaltsiyni malabsorbtsiyasi) bo‘lgan patsiyentlarda ko‘proq rivojlangan. Kaltsiy va D vitaminini yetarli darajada iste'mol qilishni ta'minlash ayniqsa glyukokortikoidlarni qabul qilayotgan patsiyentlar uchun muhimdir.
Yordamchi moddalar
Ushbu preparat tarkibida laktoza saqlaydi. Galaktozani o‘zlashtirolmaslik, Lapp laktaza yetishmovchiligi yoki glyukoza-galaktoza malabsorbtsiyasi kabi kam uchraydigan nasliy muammolari bo‘lgan shaxslar ushbu preparatni qabul qilish mumkin emas.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Homiladorlikda Londromaks preparatini qo‘llash mumkin emas. Homilador ayollarda alendronat natriyni qo‘llash yuzasidan ma'lumotlar yetarli emas. Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda homiladorlikka, embriofetal yoki postnatal rivojlanishga bevosita zararli ta'siri aniqlanmagan. Homilador kalamushlarda alendronat natriyni qo‘llash gipokaltsiyemiya bilan bog‘liq bo‘lgan distotsiyani chaqirgan.
Laktatsiya davrida preparatni buyurish zarurati bo‘lganida emizishni to‘xtatish kerak.
Pediatriyada qo‘llanishi
Londromaks bolalardagi osteporozda havfsizligi va samaradorligi yuzasidan mavjud bo‘lgan ma'lumotlar yetarli bo‘lmaganligi sababli 18 dan kichik bo‘lgan bolalarda qo‘llash tavsiya etilmagan.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sirini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Shunga qaramasdan, Londromaks preparati qo‘llanganida kuzatiladigan ma'lum noxush reaktsiyalar ayrim patsiyentlarning avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari gipokaliyemiya, gipofosfatemiya, MIY yuqori bo‘limlari tomonidan noxush reaktsiyalar, shu jumladan dispepsiya, jig‘ildon qaynashi, ezofagit, gastrit, me'da va qizilo‘ngach yarasi bo‘lishi mumkin.
Davolash alendronat natriy bog‘lab olishi uchun patsiyent sut yoki antatsidlar qabul qilishi kerak. qizilo‘ngachni ta'sirlanishini oldini olish uchun qusishni chaqirish kerak. Patsiyentlar vertikal holatda bo‘lishlari kerak. Spetsifik davolash yuzasidan ma'lumotlar yo‘q.
Chiqarilish shakli
Tabletkalar. 4 tabletka blisterda. 1 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
Savdo belgisi va qayd etish sertifikatining egasi
«Rotafarm Ilachlari Limited Shirketi», Turkiya
(“Rotapharm Ilaçlari Limited Şirketi”, Turkey).
Ishlab chiqarilgan
«Uorld Meditsin Ilach San. ve Tidj. A.Sh.», Turkiya
(Bagdjilar Ilchesi, Gyuneshli, Evren Maxallesi,
Djami Yolu Djad. №50 K. 1V Zemin 4-5-6, Istambul)
"World Medicine İlaç San. ve Tic. A.Ş.", Turkey
(Bağcılar İlçesi, Güneşli, Evren Mahallesi,
Cami Yolu Cad. No50 K. 1B Zemin 4-5-6, İstanbul).
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
«EvroFarmBiznes» MChJ,
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Yakkasaroy tumani, Yakkasaroy ko‘ch. 1 uy.
Tel 212-18-41, 212-20-58
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.