Periartritda qo‘llaniladigan dorilar: turlari va ta’sir mexanizmi
Periaartritda qo‘llaniladigan preparatlar bo‘g‘im atrofi to‘qimalarini jarohatlovchi kasallikni davolash uchun mo‘ljallangan. Patologiya bo‘g‘im xaltasi, paylar va bo’gimlarga ta’sir qiladi.
Kasallik kelib chiqishining asosiy sababi pay va tog‘aylarning takroriy mikrojarohatlari hisoblanadi. Kasallik rivojlanishining qo‘zg‘atuvchisi mushak spazmlari, sovuq qotish, zarba yoki yiqilishdan olingan jarohatlar bo‘lishi mumkin.
Ko‘pincha periartrit bilak, yelka va tirsak bo‘g‘imlarini zararlaydi. Yelka bo‘g‘imi zararlanganda yelka-kurak periartriti rivojlanadi. Bunday holda, shifokor yelka-kurak periartritini davolash uchun maxsus dori-darmonlarni buyuradi. Yelka-kurak periartritida kasallik o‘z vaqtida dori-darmonlar bilan davolanmasa, yelkada harakat cheklanishiga olib kelishi mumkin.
Periartritga qarshi dori vositalar turlari
Dori-darmonlar bilan davolash uzoq vaqt davomida dori vositalarini qabul qilishni nazarda tutadi.
Og‘riqni qoldirish va yallig‘lanishni bartaraf etish uchun quyidagi dori turlari qo‘llaniladi:
-
mahalliy nosteroid dori vositalari;
-
og‘riq qoldiruvchi;
-
miorelaksantlar - spazmlarni bartaraf etadi, mushaklarni bo‘shashtiradi;
-
xondroprotektorlar - bo‘g‘imlarning fiziologik faoliyatini yaxshilashga yordam beradi, bo‘g‘im ichidagi suyuqlikni kamaytiradi, shishni bartaraf etadi;
-
va boshqalar.
Agar bu vositalar bilan davolash kerakli natija bermasa va og‘riq yo‘qolmasa, shifokor bemorga blokada buyuradi. U butun terapiya kursi davomida kamida 3 hafta oralig‘ida 2 marta o‘tkaziladi. Ushbu davolash usulini qo‘llashdan oldin, qarshi ko‘rsatmalarning yo‘qligiga ishonch hosil qilish va nojo‘ya reaksiyalar xavfini minimallashtirish kerak.
Dori-darmonlardan tashqari, samarali davolash va tezroq sog‘ayish uchun kompleksda boshqa muolajalar ham o‘tkazilishi kerak. Masalan, davolash gimnastikasi shikastlangan bo‘g‘imlarning harakatchanligini oshirishga va mushaklar tonusini normallashtirishga yordam beradi.
Toshkentda periartritga qarshi dori-darmonlarni sotib olish
Periartritga qarshi eng yaxshi dori vositalarini PharmaClick.uz internet-aptekasi saytidan topishingiz va xarid qilishingiz mumkin. Bu yerda Toshkent bo‘ylab uyga va respublikaning boshqa shaharlaridagi olib ketish punktlariga yetkazib berish orqali buyurtma berish mumkin bo‘lgan ko‘plab dori-darmonlar mavjud. Dori-darmonlarni hoziroq buyurtma qiling yoki oldindan band qiling, biz esa ularni o‘z vaqtida yetkazib berishni ta’minlaymiz.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.