Radikulitda qanday vositalar yordam beradi?
Umurtqa pog‘onasida degenerativ o‘zgarishlar ro‘y berib, orqa miya ildizlari bosilib qolganda radikulitga qarshi preparatlar qo‘llaniladi.
Ushbu kasallik odatda normal hayot faoliyatiga xalaqit beradigan kuchli bel og‘rig‘i bilan kechadi. Radikulitning paydo bo‘lish sabablari ko‘p. Ulardan quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin:
-
umurtqalarning kompression sinishlari;
-
osteoxondroz, spondiloliz, spondiloartroz va boshqa kasalliklarda degenerativ o‘zgarishlar;
-
qaddi-qomat bilan bog‘liq muammolar;
-
yallig‘lanish (revmatoid artrit, spondilodissit va boshqalar);
-
o‘smalar
Radikulitning dastlabki belgilari paydo bo‘lganda, mutaxassisga murojaat qilish kerak. Vertebrolog shifokor optimal davolash usulini tanlaydi.
Shuni ta’kidlash joizki, radikulitga qarshi tabletkalarni qabul qilish qo‘shimcha shartlar bajarilganda yaxshi natijani kafolatlaydi:
-
Korset taqish.
-
Traksiya.
-
Manual terapiya.
-
To‘shak rejimi
-
Fizioterapiya.
-
Tibbiy gimnastika.
Radikulitda qo’llaniladigan dori vositalarining turlari
Medikamentoz davolash radikulitda simptomatika va harakat funksiyalari buzilishini bartaraf etish uchun o‘tkaziladi.
Radikulitda og‘riq xurujlarini bartaraf etish uchun quyidagi dorilar ajratiladi:
-
blokadalar;
-
yallig‘lanishga qarshi nosteroid vositalar;
-
qon tomir va siydik haydovchi dorilar;
-
sirtga qo‘llash uchun preparatlar.
Harakat funksiyasi buzilganda tioktat kislota preparatlari, ipidakrin, shuningdek, B guruh vitaminlari qo‘llaniladi. Jarrohlik aralashuvidan saqlanish uchun samarali davolash o‘tkazish muhim.
Radikulitni davolash uchun preparatlarni Toshkentda xarid qilish
Radikulitga qarshi samarali dori vositasini arzon narxlarda PharmaClick.uz internet-apteka saytidan xarid qilishingiz mumkin. Dori vositalarining keng assortimentidan mos keladigan preparatni tanlang va Toshkent bo‘ylab uyingizga yetkazib berish xizmati yordamida tezda buyurtma bering. Buyurtmalarni boshqa shaharlarga ham yetkazib beramiz. Agar dori-darmonlar bo‘yicha savollaringiz bo‘lsa, bemalol onlayn mutaxassislarimizga murojaat qiling.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.