Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Ketilept tab 100 mg №60
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Кветиапин
Страна производитель
Венгрия
Производитель
Egis Pharmaceuticals Private Limited Company
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
Ketilept® qobiq bilan qoplangan tabletkalar 25 mg
Ketilept® qobiq bilan qoplangan tabletkalar 100 mg
Ketilept® qobiq bilan qoplangan tabletkalar 150 mg
Ketilept® qobiq bilan qoplangan tabletkalar 200 mg
Ketilept® qobiq bilan qoplangan tabletkalar 300 mg
Kvetiapin
Ushbu dori vositasini qabul qilishni boshlashdan oldin, ushbu yo‘riqnomani to‘liq va diqqat bilan o‘qib chiqing, chunki u Siz uchun muhim ma'lumot saqlaydi.
-Ushbu varaqani saqlab qo‘ying. Ehtimol, Sizga uni yana bir marta o‘qib chiqish kerak bo‘lishi mumkin.
-Agar Sizda qo‘shimcha savollar paydo bo‘lsa, shifokorga yoki farmatsevtga murojaat qiling.
-Ushbu dori vositasi shaxsan Sizga buyurilgan. Uni boshqa shaxslarga bermang. Xatto agar ularda kasallikning xuddi shu simptomlari bo‘lsa ham, u ularga zarar yetkazishi mumkin.
-Agar Sizda har qanday nojo‘ya samara paydo bo‘lsa yoki Siz bu yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan nojo‘ya samaralarini sezsangiz, bu haqida davolovchi shifokoringiz yoki farmatsevtga xabar bering.
Ushbu ilova-varaqa quyidagi ma'lumotni saqlaydi
1.Ketilept® qobiq bilan qoplangan tabletkalari preparati nima va u nima uchun qo‘llanadi
2.Ketilept® qobiq bilan qoplangan tabletkalari preparatini qo‘llashni boshlashdan oldin nimani bilish kerak.
3.Ketilept® qobiq bilan qoplangan tabletkalari preparatini qanday qo‘llash kerak
4.Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralari
5.Ketilept® qobiq bilan qoplangan tabletkalari preparatini qanday saqlash kerak
6.
Yaroqlilik muddati
7.
Dorixonalardan berish tartibi
8.O‘ram ichidagisi va boshqa ma'lumotlar
1 Ketilept® qobiq bilan qoplangan tabletkalari preparati nima va u nima uchun qo‘llanadi
Ketilept® qobiq bilan qoplangan tabletkalari preparati nima
Sizga buyurilgan dori vositasi Ketilept deb ataladi. Uning faol moddasi kvetiapindir. Ketilept® antipsixotik deb nomlanadigan preparatlar sinfiga kiradi.
Ketilept® qobiq bilan qoplangan tabletkalari preparati nima uchun qo‘llanadi
Antipsixotik preparatlar ruhiy kasalliklarning simptomlarini yaxshilashlari mumkin, masalan, gallyutsinatsiyalar (patsiyent tushuntirib beraolmaydigan tovushlarni eshitadi), qandaydir va qo‘rqituvchi fikrlar, xulqni o‘zgarishi, yolg‘izlik xissi va ongni chalkashishi.
Ketilept® shuningdek kayfiyatni buzilishi tufayli o‘zlarini juda “ko‘tarinki” his qiluvchi yoki qo‘zg‘algan patsiyentlarni davolash uchun ham qo‘llanadi. Bunday patsiyentlar odatdagidan kam uxlaydilar, juda gapdon va ta'sirchan bo‘ladilar.
Bundan tashqari Ketilept® tushkun kayfiyatli, g‘ayratsiz, aybdorlik hissi bo‘lgan, ishtahasi yo‘qolgan yoki uyqusizligi bo‘lgan patsiyentlarni davolash uchun ham qo‘llanadi.
Davolovchi shifokoringiz Sizga Ketilept® preparatini xatto, agar Sizning holatingiz yaxshilanayotgan bo‘lsa ham, Sizning kasalligingizning simptomlari qaytalanishini oldini olish maqsadida ham buyurishni davom ettirishi mumkin.
Agar Siz bunday simptomlardan aziyat chekayotganingizni O‘z qarindoshingizga yoki yaqin do‘stingizga aytsangiz va ulardan ushbu ilova-varaqani o‘qib berishni so‘rasangiz, bu ehtimol Sizga yordam beradi. Sizning simptomlaringizni mumkin bo‘lgan yomonlashishi haqida yoki, agar ular Sizning xulqingizda o‘zgarishlarni sezsalar, ularni Sizga xabar berishlarini so‘rang.
Agar Sizda Ketilept® qobiq bilan qoplangan tabletkalari preparatining ta'siri, yoki nima maqsadda Sizga buyurilgani xaqida savollar paydo bo‘lsa, davolovchi shifokoringiz bilan maslahatlashing.
2. Ketilept® qobiq bilan qoplangan tabletkalari preparatini qo‘llashni boshlashdan oldin nimani bilish kerak.
Ketilept® qobiq bilan qoplangan tabletkalari preparatini quyidagi xollarda qabul qilmang
• Agar Sizda kvetiapinga yoki 8-bo‘limda keltirilgan bu preparatning boshqa har qanday yordamchi moddalariga allergiya bo‘lsa (8-bo‘limda keltirilgan)
• Agar Siz quyidagi preparatlardan birini qabul qilayotgan yoki yaqinda qabul qilgan bo‘lsansiz OITV proteazasi ingibitorlari, masalan, nelfinavir, OITS infektsiyasini davolash uchun, azol saqlovchi preparatlar, masalan, ketokonazol (zamburug‘li kasalliklarni davolash uchun), eritromitsin, klaritromitsin (antibiotiklar) yoki nefazodon(depressiyani davolash uchun preparat).
Tibbiy qo‘llashdagi ehtiyotkorlik choralari
Ketilept® qobiq bilan qoplangan tabletkalari preparatini qabul qilishni boshlash oldidan davolovchi shifokoringiz yoki farmatsevt bilan maslahatlashing, agar
• Sizda yoki Sizning oila a'zolaringizda yurak kasalliklari bo‘lgan yoki bo‘lsa (masalar, yurak ritmini biroz tezlashashi, “QT intervalini uzayishi” sifatida ma'lum bo‘lgan o‘zgarish, yoki Sizning yurak ritmingizga ta'sir qiluvchi har qanday tibbiy vositalar ishlatilayotgan bo‘lsa;
• Sizda qon bosimi past bo‘lsa;
• Sizda insult bo‘lgan, ayniqsa, agar Siz keksa yoshda bo‘lsangiz;
• Sizda yoki Sizning oila a'zolaringizda tromboz bo‘lgan bo‘lsa (tomirlarda qon laxtasini hosil bo‘lishi), chunki bunday tibbiy vositalar tomirlarda qon laxtalarini shakllanishini chaqirishi mumkin;
• Sizning jigaringiz kasal bo‘lsa;
• Sizda qachonlardir tutqanoq xuruji bo‘lgan bo‘lsa;
• Sizda yuqori harorat, nafas tez-tezligi yuqori, ko‘p terlash, ongning holati o‘zgargan, va mushaklarni qotib qolishi paydo bo‘lgan bo‘lsa (4-bo‘limga qarang “xavfli neyroleptik sindrom”);
• Sizda og‘ir uyquchanlik bor bo‘lsa;
• Sizda diabet bo‘lsa, yoki Sizda diabetning xavf omillari bor bo‘lsa (oilada diabetni yoki homiladorlik vaqtida qonda qandning darajasini yuqori bo‘lishi). Bunday holda Sizning davolovchi shifokoringiz Ketilept® preparati qo‘llangan vaqtda qoningizda qand darajasini tekshirishi mumkin;
• Sizda pankreatit (me'da osti bezini yallig‘lanishi) rivojlansa yoki pankreatitni rivojlanish xavf omillari bo‘lsa, masalan, o‘t-toshlari yoki triglitseridlarning darajasi yuqori bo‘lsa (Sizning qoningizda yog‘ning ma'lum turi);
• Sizda ilgari boshqa dori vositalarini qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan yoki bog‘liq bo‘lgan qonning oq xujayralarining soni past bo‘lgani Sizga ma'lum bo‘lsa;
• Siz dementsiyasi (miya faoliyatini buzilishi) bo‘lgan keksa odam bo‘lsansiz. Agar bu shunday bo‘lsa, unda Siz Ketilept® preparatini qabul qilmasligingiz kerak, chunki tibbiy vositalar guruhi, unga Ketilept® ham kiradi, insultni rivojlanishi yoki, ayrim hollarda dementsiyasi bo‘lgan keksa patsiyentlarda o‘lim xavfini oshirishi mumkin.
Agar Sizni kasalxonaga yo‘llashsa, SizKetilept® preparatini qabul qilayotganingizni tibbiyot xodimlariga ayting.
O‘z joniga qasd qilish xaqida fikrlar yoki depressiyani yomonlashishi
Agar Sizda depressiya va/yoki xavotirli holat bo‘lsa, Sizda o‘zingizga zarar yetkazish fikri paydo bo‘lishi mumkin. Bu holat antidepressantlar bilan davolashni boshida yaqqolroq ifodalangan bo‘lishi mumkin, chunki bu tibbiy vositalarning ta'siri darhol boshlanmaydi, ularning ta'siri boshlangunicha odatda ikki-uch hafta, balki ko‘proq ham o‘tadi.
Bunday fikrlarning paydo bo‘lishini ehtimoli yuqoriroq, agar
• Sizda ilgari o‘z joniga qasd qilish yoki o‘ziga zarar yetkazish fikri paydo bo‘lgan bo‘lsa;
• agar Siz yosh, katta odam bo‘lsangiz. Klinik tekshirishlarning natijalari ruxiy kasalliklari bo‘lgan 25 yoshdan kichik katta patsiyentlarda, o‘z-o‘zini o‘ldirish bilan bog‘liq bo‘lgan xulqning yuqori xavfini aniqlangan bo‘lsa.
Agar Sizda o‘z joniga qasd qilish yoki o‘ziga zarar yetkazish fikri paydo bo‘lsa, davolovchi shifokorga murojaat qiling yoki darhol kasalxonaga murojaat qiling.
Agar Siz bunday simptomlardan aziyat chekayotganingizni O‘z qarindoshingizga yoki yaqin do‘stingizga aytsangiz va ulardan ushbu ilova-varaqani o‘qib berishni so‘rasangiz, bu ehtimol Sizga yordam beradi. Sizning simptomlaringizni yomonlashishi mumkinligi haqida yoki, agar ular Sizning xulqingizda o‘zgarishlarni sezsalar, ularni Sizga xabar berishlarini so‘rang.
Ketilept® qabul qilayotgan patsiyentlarda, tana vaznini oshishi kuzatilgan. Siz va shifokoringiz Sizning tana vazningizni muntazam nazorat qilishi kerak.
Bolalar va o‘smirlar
Bolalar va o‘smirlarda Ketilept® preparatining xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan. Ketilept® bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarga tavsiya etilmaydi.
Boshqa dori vositalari va Ketilept® qobiq bilan qoplangan tabletkalari preparati
Davolovchi shifokorga yoki farmatsevtga Siz qabul qilayotgan, yaqinda qabul qilgan yoki qabul qilishni rejalashtirgan har qanday dori vositalari haqida xabar bering, shu jumladan retseptsiz beriladiganlari haqida ham.
Davolovchi shifokorga quyidagi hollarda xabar bering
• agar Siz quyidagilarga qarshi dorilar qabul qilayotgan bo‘lsangiz
oinfektsiyalar (masalan, eritromitsin antibiotiki, zamburug‘larga qarshi preparat ketokonazol, OITV proteazasi ingibitorlari);
oxavotirlik;
odepressiya;
otutqanoq (fenitoin, karbamazepin yoki valproat natriy);
oyuqori arterial bosim.
• agar Siz qanday dori vositalarini qabul qilayotganingizni bilmasangiz.
• agar Siz quyidagi preparatlardan birini qabul qilayotgan bo‘lsangiz
orifampitsin (tuberkulyozga qarshi);
obarbituratlar (uyqusizlikka qarshi);
otioridazin (antipsixotik vosita);
oyurakka ta'sir qiluvchi dori vositalari, masalan elektrolit muvozanatini o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan preparatlar (kaliy yoki magniyning darajasini pasayishi), masalan, siydik xaydovchi vositalar yoki ayrim antibiotiklar.
Har qanday dori vositasini qabul qilishni to‘xtatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.
Agar Sizda siydikda dorilarning darajasini aniqlasalar, unda Ketilept® preparatini qo‘llash, xatto Siz metadon yoki tritsiklik antidepressantlarni (TAD) qabul qilmagan bo‘lsangiz ham, metadon va TAD ga soxta-musbat natija berishi mumkin. Tahlil natijalarini spetsifikroq sinamalar bilan tasdiqlash kerak.
Ketilept® tabletkalari preparatini ovqat, ichimliklar va alkogol bilan qabul qilish
Ketilept® ni ovqat qabul qilishdan qatiy nazar qabul qilish mumkin.
Ketilept® preparatini qabul qilish vaqtida alkogolli ichimliklarni iste'mol qilishdan saqlaning. Agar Siz muntazam alkogol iste'mol qilsangiz, Ketilept® preparatini qabul qilishni boshlashdan oldin, bu haqida davolovchi shifokorga xabar bering.
Ketilept preparati bilan davolanish vaqtida greypfrut sharbatini ichmang.
Homiladorlik va emizish
Homiladorlik
Agar Siz homilador bo‘lsangiz, emizsangiz, homiladorman deb o‘ylasangiz, homilador bo‘lishni rejalashtirgan bo‘lsangiz, bu haqida shifokoringizga xabar bering.
Homiladorlik vaqtida dastlab davolovchi shifokor bilan maslahatlashmasdan, Siz Ketilept® preparatini qabul qilmasligingiz kerak.
Homiladorlikning oxirgi uch oyligida (homiladorlikni oxirgi uch oyi) Ketilept® preparatini qabul qilgan onalarning yangi tug‘ilgan chaqaloqlarida quyidagi simptomlar kuzatilishi mumkin qaltirash, mushaklarni qotishi va/yoki kuchsizligi, uyquchanlik, qo‘zg‘alish, nafasni buzilishi va emizishdagi qiyinchiliklar. Agar Sizning bolangizda bu simptomlardan biron-biri rivojlansa, shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Emizish
Agar Siz bola emizsangiz, Ketilept® preparatini qabul qilmasligingiz kerak.
Har qanday dori vositalarini qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.
Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri
Ketilept® uyquchanlik chaqirishi mumkin. Ketilept® Sizga qanday ta'sir qilishini bilmaguningizcha, Siz transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarmasligingiz kerak.
Ketilept® qobiq bilan qoplangan tabletkalari preparati laktoza saqlaydi
Laktozani o‘zlashtiraolmaydigan patsiyentlar parhezni tuzganlarida, har bir 25 mg,
100 mg, 150 mg, 200 mg va 300 mg Ketilept® qobiq bilan qoplangan tabletkada muvofiq 4,42 mg, 17,05 mg, 17,05 mg, 34,1 mg va 50,94 mg laktoza saqlanishini hisobga olishlari kerak.
Agar shifokor Sizda ayrim qandlarni o‘zlashtiraolmaslik bor deb aytgan bo‘lsa, bu dori vositasini qo‘llashdan oldin maslahat uchun shifokorga murojaat qiling.
3. Ketilept® qobiq bilan qoplangan tabletkalari preparatini qanday qabul qilish kerak.
Bu preparatni doimo qatiy shifokorning buyurishi bo‘yicha qabul qiling. Agar Sizda ishonch bo‘lmasa, albatta shifokor yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.
Ketilept® preparatini qabul qilish tartibini shifokor belgilaydi. Shifokor Sizga muvofiq boshlang‘ich dozani buyuradi, uni keyinchalik oshirishi mumkin. Turli ko‘rsatmalarda turli dozalash tartibi tavsiya etiladi. Agar Sizga odatdagi tavsiya etiladigan doza buyurilgan bo‘lsa, unda Siz kasalligingizga qarab va davolashning shaxsiy ehtiyojlariga qarab, Siz kuniga 150 mg dan 800 mg gacha qabul qilishingiz mumkin.
Agar Siz keksa yoshli odam bo‘lsangiz yoki jigar yoki Sizda buyrak faoliyatini buzilishlari bo‘lsa, shifokor Sizga Ketilept® preparatining pastroq dozasini buyurishi mumkin.
Ketilept® qobiq bilan qoplangan tabletkalarini chaynamasdan, butunligicha suv bilan birga yuting. Ketilept® preparatini ovqat qabul qilishdan qatiy nazar qabul qilish mumkin.
Hatto agar o‘zingizni yaxshi his qilsangiz ham, shifokor bu preparatni bekor qilmagunigacha, Ketilept® tabletkalarini qabul qilishni to‘xtatmang.
Bolalar va o‘smirlar
Ketilept® qobiq bilan qoplangan tabletkalarini bolalar va 10 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarga buyurish mumkin emas.
Agar Siz Ketilept® qobiq bilan qoplangan tabletkalar preparatini haddan ziyod ko‘p qabul qilgan bo‘lsangiz
Agar Siz Ketilept® preparatini Sizga buyurilgan dozadan ko‘p qabul qilgan bo‘lsangiz, iloji boricha tezroq shifokoringizga yoki yaqindagi kasalxonaga murojaat qiling.
Dozani oshirib yuborilishi
ning simptomlari odatda uyquchanlik, sedativ samara, yurak urishini tezlashishi va qon bosimini pasayishikuzatiladi.
Agar Siz Ketilept® qobiq bilan qoplangan tabletkalar preparatini bir yoki bir necha dozalarini qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz
Agar Siz dozani o‘tkazib yuborgan bo‘lsangiz, buni eslashingiz bilan uni qabul qiling. O‘tkazib yuborilgan dozani keyingi doza bilan bir vaqtda yoki unga yaqin qabul qilmang. Shundan keyin preparatni qabul qilishni shifokor buyurgan tartib va dozalarda qabul qilishni davom ettiring.
O‘tkazib yuborilgan dozaning o‘rnini to‘ldirish uchun ikkilangan dozani qabul qilmang.
Agar Siz Ketilept® qobiq bilan qoplangan tabletkalari preparatini qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz
Hatto agar o‘zingizni yaxshi sezsangiz ham, shifokor bu preparatni bekor qilmagunigacha, Ketilept® preparatini qabul qilishni to‘xtatmang.
Agar Siz Ketilept® preparatini qabul qilishni to‘satdan to‘xtatsangiz, unda ko‘ngil aynishi, qusish, uyqusizlik, bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, ich ketishi yoki ta'sirchanlik kabi simptomlar qaytishi mumkin; shuningdek kasalligingizni simptomlari yangidan kuzatilishi mumkin. Shifokor Sizga preparatni qabul qilishni tugatish oldidan, Sizga dozani asta-sekin pasaytirishni maslahat berishi mumkin.
4. Mumkin bo‘lgan nojo‘ya reaktsiyalar
Barcha dori vositalari kabi, ushbu preparat nojo‘ya reaktsiyalar chaqirishi mumkin, lekin ular hamma patsiyentlarda ham paydo bo‘lavermaydi.
Agar Siz quyidagi simptomlardan birini sezsangiz shifokorga xabar bering yoki darhol yaqindagi kasalxonaga murojjat qiling
• Haroratni oshishi, tomoqda doimiy og‘riq, og‘izda yaralar (bu oq qon tanachalarining og‘ir kasalligini asorati bo‘lishi mumkin);
• Tutqanoq xurujlari;
• Terining yuzasidan ko‘tariluvchi shishlar/blyashkalar (eshakemi) bilan allergik reaktsiyalar, terining shishi, og‘iz atrofini shishi;
• Nazorat qilinmaydigan xarakatlar, asosan yuzni va tilni (kechki diskineziya);
• Yuqori harorat, nafasni tezlashishi, qon bosimini axamiyatli oshishi yoki yurak ritmini tezlashishi, ko‘p terlash, mushaklarni qotishi, odatdagi bo‘lmagan uyquchanlik yoki hushdan ketishni his qilish (xavfli neyroleptik sindromning simptomlari);
• Sariqlik (teri va ko‘zlarni sarg‘ayishi);
• Gepatit (jigarni yallig‘lanishi);
• Davomli, og‘riqli erektsiya (priapizm);
• Venalarda qon laxtalarini hosil bo‘lishi, asosan oyoqlarning (simptomlari oyoqlarda shish, og‘riq va qizarishni o‘z ichiga oladi);
• Nafasni qiyinlashishi, bosh aylanishi va kollapsni o‘z ichiga oluvchi og‘ir allergik reaktsiya (u anafilaksiya deb ataladi);
• Tez rivojlanuvchi terining shishi, odatda ko‘zlar, lablar atrofida va tomoqda (angionevrotik shish);
• Og‘ir teri toshmalari, ular juda tez rivojlanishi mumkin. Simptomlariga qizarish, pufaklarni hosil bo‘lishi va terini kepaklanishi kiradi, pufaklar shuningdek og‘iz va burun atrofida ham hosil bo‘lishi mumkin.
Boshqa mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralari
Juda tez-tez uchraydigan nojo‘ya samaralari (ular 10 patsiyentlardan 1 dan ko‘prog‘ida paydo bo‘ladi)
• Bosh aylanishi (yiqilishlarga olib kelishi mumkin);
• Bosh og‘rig‘i;
• Uyquchanlik (bu Ketilept® tabletkalarini qabul qilish davom ettirilganida yuz berishi mumkin) (yiqilishlarga olib kelishi mumkin);
• Og‘izni qurishi;
• Tana vaznini oshishi;
• Ko‘ngil aynishi, qusish, uyqusizlik, bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i va ta'sirchanlikni o‘z ichiga oluvchi bekor qilish simptomlari (Siz Ketilept® preparatini qabul qilishni to‘xtatganingizda rivojlanuvchi simptomlar). Ketilept® preparatini qabul qilishni asta-sekin to‘xtatish kerak.
Tez-tez uchraydigan nojo‘ya samaralari (ular 100 patsiyentlardan 1-10 tasida paydo bo‘ladi)
• Yurak urishini tezlashishi
• Kuchli, keskin tezlashgan yurak urishini yoki yurak qiskarishlarini o‘tkazib yuborilishini his qilish
• Qabziyat
• Hazm bo‘lmaslik
• Kuchsizlik (yiqilishlarga olib kelishi mumkin)
• Qo‘llar va oyoqlarni shishi
• Xushdan ketishlar
• Burunni bitishi
• Turgan xolatda qon bosimini pasayishi, bu bosh aylanishiga yoki hushdan ketish xolatiga olib kelishi mumkin (yiqilishlarga olib kelishi mumkin)
• Qonda qandning darajasini oshishi
• Ko‘rish o‘tkirligini yomonlashishi
• Mushaklarning harakatlanishini boshlanishida qiyinchiliklarni o‘z ichiga oluvchi normal bo‘lmagan mushak harakatlari, qaltirash, harakat bezovtaligi yoki og‘riq bilan birga kechmaydigan mushaklarning qotishi hissi.
• Tungi dahshatlar va normal bo‘lmagan tushlar
• Yuqori ochlik hissi
• Qo‘zg‘aluvchanlik hissi
• Nutqni buzilishlari
• O‘z-o‘zini o‘ldirish bilan bog‘liq fikrlar va depressiya holatini yomonlashishi. Bu haqida darhol davolovchi shifokoringizga xabar bering yoki kasalxonaga murojaat qiling!
• Hansirash
• Qusish (asosan keksalarda)
• Haroratni ko‘tarilishi
Tez-tez bo‘lmagan nojo‘ya samaralari (ular 1000 patsiyentlardan 1-10 tasida paydo bo‘ladi)
• Oyoqlarda harakat bezovtaligi (oyoqlarning harakatini yengib bo‘lmaydigan zarurati)
• Yutishni qiyinlashishi
• Yurakka elektrik impulslarni nonormal o‘tkazilishi (EKG da QT intervalini uzayishi)
• Seksual faoliyatni buzilishi
• Qandli diabetni rivojlanishi
• Yurak qisqarishlarini normaga qaraganda sekinroqritmi, u davolashni boshida rivojlanishi mumkin, bu qon bosimini pasayishiga va hushdan ketish xolatiga olib kelishi mumkin.
Kam uchraydigan nojo‘ya samaralari (ular 10000 patsiyentlardan 1-10 tasida paydo bo‘ladi)
• Erkaklar va ayollarda kutilmaganda sutni chiqishi bilan sut bezlarini kattalashishi
• Hayz ko‘rish siklini buzilishi
• Haroratni pasayishi (gipotermiya)
• Qorin va belda keskin og‘riq chaqiruvchi me'da osti bezini yallig‘lanishi
Juda kam uchraydigan nojo‘ya samaralari (10000 patsiyentlardan 1 dan kamida)
• Siydikning xajmini nazorat qiluvchi gormonni normal bo‘lmagan ishlab chiqarilishi
• Mushak tolalarini yemirilishi va mushaklarda og‘riq (rabdomioliz)
Tez-tezligi noma'lum (mavjud ma'lumotlar asosida tez-tezligini aniqlash mumkin emas)
• Terida noto‘g‘ri shaklli qizil nuqtalarni paydo bo‘lishi bilan toshmalar.
Kvetiapin ham kiruvchi preparatlar sinfi, yurak ritmining buzilishlarini chaqirishi mumkin, ular jiddiy bo‘lishi mumkin, ayrim xollarda esa hatto o‘limga ham olib kelishi mumkin.
Quyida keltirilgan nojo‘ya samaralari faqat agar, qon tahlilga olingan bo‘lsa aniqlanadi
• Qon xujayralarining ayrim turlarining (oq va qizil qon tanachalari, qon plastinkalari kabi) miqdorini o‘zgarishi
• Jigar fermentlarining darajasini oshishi (Ketilept® preparatini ishlatish davom ettirilganida bu samara o‘tib ketadi)
• Qonda ayrim yog‘larning darajasini o‘zgarishi (lipidlar darajasini oshishi, ya'ni triglitseridlar va xolesterinni)
• Kreatin-fosfokinaza darajasini oshishi (mushaklarning doimiy elementi)
• Qonda qandning darajasini oshishi
• Prolaktinning darajasini oshishi (kam xollarda sut bezlarining kattalashishini, erkaklar va ayollarda kutilmaganda ko‘krak sutini chiqishini, shuningdek hayz ko‘rish siklining buzilishini chaqirishi mumkin)
• Qonda natriyning darajasini pasayishi
• Qonda qalqonsimon bezi gormonining darajasini pasayishi
Agar Siz xuddi shu kasallikdan boshqa preparat qabul qilgan bo‘lsangiz va shu preparat hayz ko‘rishni to‘xtashini chaqirgan bo‘lsa, Ketilept®ga o‘tgandan keyin ular qayta tiklanishi mumkin.
Bolalar va o‘smirlar
Bolalar va o‘smirlarda kattalardagi kabi nojo‘ya samaralari rivojlanishi mumkin.
Quyidagi nojo‘ya samaralar faqat bolalar va o‘smirlarda kuzatilgan
Juda tez-tez (ular 10 patsiyentlarda 1 dan ko‘pida paydo bo‘ladi)
• Qon bosimini oshishi
Quyidagi nojo‘ya samaralar ko‘proq bolalar va o‘smirlarda kuzatilgan

• Qonda prolaktin deb ataluvchi gormonning darajasini oshishi
• Kam xollarda bu sut bezlarining kattalashishini, kutilmaganda o‘g‘il bolalar va qiz bolalarda ko‘krak sutini chiqishini, shuningdek hayz ko‘rish siklining buzilishini (hayz ko‘rishni bo‘lmasligi yoki muntazam bo‘lmagan hayz ko‘rishlar) buzilishini chaqirishi mumkin.
• Ishtahani oshishi
• Mushak harakatlarini boshlanishida qiyinchiliklar, qaltirash, harakat bezovtaligi xissi yoki og‘riq bilan birga kechmaydigan mushaklarni qotishi.
Agar Sizda har qanday nojo‘ya samara paydo bo‘lsa, bu xaqida shifokoringizga yoki farmatsevtga xabar bering. Bu ushbu yo‘riqnomada keltirilmagan nojo‘ya samaralariga ham taalluqli.
5. Ketilept® qobiq bilan qoplangan tabletkalar preparatini qanday saqlash kerak.
25oS dan yuqori bo‘lmagan xaroratda saqlansin.
Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin!
6.
Yaroqlilik muddati
Yaroqlilik muddati
o‘ramida ko‘rsatilgan.
O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin preparatni ishlatmang.
Dori vositalarini maishiy chiqindilar yoki oqava suvlarga tashlash mumkin emas. Agar kerak bo‘lmagan preparatni yo‘qotish kerak bo‘lsa, farmatsevt bilan maslahatlashing. Bu choralar atrof muhitni ifloslanishini oldini olishga yordam berishi mumkin.
7.
Dorixonalardan berish tartibi
Shifokor retsepti bilan beriladi.
8. O‘ram ichidagisi va boshqa ma'lumot
Ketilept® qobiq bilan qoplangan tabletkalari preparati nima saqlaydi
Ta'sir etuvchi modda har bir qobiq bilan qoplangan tabletkada 25 mg, 100 mg, 150 mg, 200 mg va 300 mg kvetiapin muvofiq 28,78 mg,115,13 mg, 172,70 mg, 230,26 mg va 345,40 mg kvetiapin fumarati)
Yordamchi moddalar mikrokristallik sellyuloza, laktoza monogidrati, natriy karboksimetilkraxmal (A turi), povidon, magniy stearati, suvsiz kolloid kremniy dioksidi.
Qobiq
Opadry II 33G28523 oq gipromelloza, titan dioksidi (E171), laktoza monogidrati, makrogol 3350, triatsetin (qobiq bilan qoplangan tabletkalar 25 mg, 100 mg, 300 mg),
Opadry II 33G28523 oq va Opadry II 33G28523 pushti gipromelloza, titan dioksidi (E171), laktoza monogidrati, makrogol 3350, triatsetin, temir III oksidi (E172), temir II oksidi (E172) (qobiq bilan qoplangan tabletkalar 150 mg, 200 mg).
Ketilept® qobiq bilan qoplangan tabletkalari preparatining tashqi ko‘rinishi va o‘ram ichidagisi
Tashqi ko‘rinishi
25 mg oq yoki deyarli oq, dumaloq, ikki tomoni qavariq bir tomonida Ye xarfi ko‘rinishidagi gravirovkali va boshqa tomonida 201 raqami, hidsiz yoki deyarli hidsiz qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
100 mg oq yoki deyarli oq, dumaloq, ikki tomoni qavariq bir tomonida Ye xarfi ko‘rinishidagi gravirovkali va boshqa tomonida 202 raqami, hidsiz yoki deyarli hidsiz qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
150 mg pushti, dumaloq, ikki tomoni qavariq bir tomonida Ye xarfi ko‘rinishidagi gravirovkali va boshqa tomonida 203 raqami, hidsiz yoki deyarli hidsiz qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
200 mg to‘q-pushti, dumaloq, ikki tomoni qavariq bir tomonida Ye xarfi ko‘rinishidagi gravirovkali va boshqa tomonida 204 raqami, hidsiz yoki deyarli hidsiz qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
300 mg oq yoki deyarli oq, dumaloq, ikki tomoni qavariq bir tomonida Ye xarfi ko‘rinishidagi gravirovkali va boshqa tomonida 205 raqami, hidsiz yoki deyarli hidsiz qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
O‘rami
Qobiq bilan qoplangan tabletkalar 10 donadan blisterga joylangan. 3 yoki 6 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
MARKETING LITSENZIYASI EGASI VA ISHLAB ChIQARUVChI
“Farmatsevticheskiy zavod EGIS” YoAJ
1106 Budapesht, Keresturi ko‘ch., 30-38
VENGRIYa
Ishlab chiqarish maydoni
“Farmatsevticheskiy zavod EGIS” YoAJ
1165 Budapesht, Byokenfyoldi ko‘ch., 118-120.
VENGRIYA

Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.