Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Langena kaps № 30
Nomi | Narx | |||||
Лангена капс № 30 (0340723##2 405) |
UZS 92 900
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Kelib chiqqan mamlakat
Bolgariya
Производитель / Ishlab chiqaruvchi
Dr Sertus Ilac Sanayi ve Ticaret Ltd Sirketi, Турция произведено: Adipharm Ltd.
Retsept bo'yicha dorilar
Нет
Chiqarish shakli
Капсулы
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Ishlab chiqarilgan
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Langena
Ta'sir etuvchi moddalar (XPN) o‘simliklardan olinadigan majmuaviy preparat.
Dori shakli
qattiq jelatin kapsulalar.
Tarkibi
Har bir kapsula quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar
quyidagi o‘simliklarning quruq ekstraktlari
jenьshenь ildizi (Panax ginseng)40 mg;
ikki parrakli ginkgo barglari (Ginkgo biloba) 40 mg;
qora smorodina mevalari (Ribes nigrum) 30 mg;
Koenzim Q10 50 mg;
yordamchi moddalar kalьtsiy karbonati, magniy stearati, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, suvsiz kalьtsiy gidrofosfati.
kapsulaning qobig‘ini tarkibi titan dioksidi, azorubin, indigotin, jelatin.
Ta'rifi №0 o‘lchamli, korpusi va qopqoqchasi binafsha rangli, tarkibida oq rangli zarrachalar bilan jigarrang-sariq rangli kukun aralashmasini saqlovchi qattiq jelatin kapsulalar.
Farmakoterapevtik guruhi
nerv tizimi kasalliklarini davolash uchun qo‘llanadigan boshqa preparatlar.
ATX kodi N07XX
Farmakologik hususiyatlari
Langena quvvatni, shuningdek keksa yoshida quvvatni, optimal saqlab turishga yordam beradi. Jismoniy va aqliy faollikni ushlab turadi, yurak qon-tomir tizimining faoliyatini, qonni organizmda aylanib yurishini va vena qon-tomirlari tonusini yaxshilaydi. Uzoq vaqt davomida qo‘llanganida terini bo‘shashishini va organizmni erta qarishini oldini oladi.
Jenьshenь ildizini quruq ekstrakti tarkibida saponin glikozid-ginsenozidlari, efir moylari, stirol, peptidlar, vitaminlar va minerallar saqlaydi. Jenьshenь ekstrakti markaziy nerv tizimiga rag‘batlantiruvchi ta'sir ko‘rsatadi, aqliy va jismoniy ish qobiliyatini oshiradi. Moddalar va energiya almashinuvi, hujayralarning faolligini stimullaydi, organizmning hujayralari tomonidan kislorodni o‘zlashtirilishini yaxshilaydi va shu bilan odamning energetik imkoniyatlarini ahamiyatli darajada oshiradi. Jenьshenь ekstrakti ichki sekretsiya bezlarining faoliyatini boshqaradi, arterial bosimni biroz oshiradi, shuningdek qon zardobida xolesterin va glyukozaning darajasini pasaytiradi (gipoglikemik ta'sir ko‘rsatadi). Tashqi muhitning noxush omillari va stress holatlariga organizmning qarshiligini oshiradi. Organizmning nospetsifik rezistentligini oshiradi.
Preparatning tarkibiga kiruvchi ikki parrakli ginkgo barglarining quruq ekstrakti, uning tarkibidagi flavonoid glikozidlari va terpen laktonlari qon-tomirlar devorini mustahkamlashishiga va elastikligini oshishiga yordam beradi, qonning reologik hususiyatlarini tiklaydi. Mikrotsirkulyatsiyani va bosh miya va periferik to‘qimalarni kislorod va glyukoza bilan ta'minlanishini yaxshilaydi. Ikki parrakli ginkgo ekstrakti hujayralarda moddalar almashinuvini normallashtiradi, eritrotsitlarni agregatsiyasiga to‘sqinlik qiladi, trombotsitlar agregatsiyasini ingibitsiya qiladi, venalarning tonusini oshiradi va qon-tomirlarni qon bilan to‘lishini boshqaradi.
Qora smorodina mevalarini quruq ekstrakti flavonoidlar (antotsianlar), linolen kislotasi, S, A, V6, V12, Ye vitaminlari, minerallar va antioksidantlarga boydir. Menopauza, teri kasalliklari (ekzema, psoriaz) va artritlarning simptomlarini yengillashtiradi. Sochlar, tishlar va milklarning holatini yaxshilaydi. Kataraktani rivojlanishini oldini oladi.
Koenzim Q10 (ubixinon) hujayralarda oksidlanish fosforlanish jarayonlarini rag‘batlantiradi. Energiya almashinuvi va hujayralarni normal hayot faoliyati uchun zarurdir. Odam taxminan 30 yoshdan oshgandan so‘ng organizmida Koenzim Q10 ning darajasi pasayadi. Koenzim Q10 muntazam ravishda qabul qilinganida, u organizmdagi yetilgan hujayralarning faol hayot faoliyatini uzaytiradi, qariyotgan hujayralarning faoliyatini tiklaydi, ortiqcha yuklamalar, stresslar va boshqa salbiy ta'sirlarga nisbatan hujayralarning immun javob reaktsiyasi kuchini va ularning chidamliligini oshiradi, yurak qon-tomir tizimining a'zolari va to‘qimalari, jigar, buyraklar, terining ish faoliyatini yaxshilaydi; biologik qarish jarayonlarini sekinlashtiradi.
Farmakokinetikasi
Langena preparatining ta'siri uning tarkibidagi komponentlarni umumiy hususiyatlari bilan ifodalanadi, shuning uchun kinetik tekshirishlarni o‘tkazish imkoni yo‘q.
Qo‘llanilishi
• diqqat va/yoki xotirani pasayishi, intellektual hususiyatlarni buzilishi, havotirlik, qo‘rquv hissi, uyquni buzilishi bilan kechuvchi turli etiologiyali distsirkulyator entsefalopatiya;
• vegetativ distoniya sindromi;
• turli etiologiyali astenik holatlar, astenik sindrom;
• periferik qon aylanishini va mikrotsirkulyatsiyani buzilishlari;
• neyrosensor buzilishlar (bosh aylanishi, quloqlarni shang‘illashi, gipoakuziya, sariq tanani keksalik oqibatidagi degeneratsiyasi, diabetik polineyropatiya);
• ko‘rishni yomonlashishi (katarakta, retinopatiya);
• ayniqsa o‘tkazilgan og‘ir kasalliklardan so‘ng yoki jismoniy, aqliy va emotsional yuklamalarda (shu jumladan, stress holatlarida) organizmning qarshiligini oshirish, immunitetni mustahkamlash maqsadida;
• erkaklar va ayollar bepushtligida kompleks davolashda; erektil disfunktsiyada (impotentsiyada);
• klimakterik va hayz ko‘rish siklidan oldin kuzatiladigan sindromni kompleks davolashda;
• organizmni qarishini oldini olish uchun va muddatdan oldin qarishni bartaraf qilish uchun;
• teri hujayralarini regeneratsiyasi va yosharishi uchun, ajinlarni hosil bo‘lishi, terini bo‘shashishini oldini olish uchun;
• tana vaznini pasaytirish bo‘yicha dasturlarda;
• milk kasalligi (parodontit) ni davolashda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Langena preparati ichga 1-2 kapsuladan ovqatlanish vaqtida yoki ovqatdan so‘ng kunning birinchi yarmida yetarli miqdordagi suyuqlik bilan qabul qilinadi. Davolash davomiyligi 2 haftadan 2 oygacha bo‘lgan davrni tashkil etadi, shundan so‘ng ikki haftalik tanaffus qilish kerak.
Nojo‘ya ta'sirlari
Preparat yaxshi o‘zlashtiriladi, nojo‘ya samaralar kam rivojlanadi.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan dispeptik buzilishlar, ko‘ngil aynishi;
Markaziy nerv tizimi tomonidan bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi.
Allergik reaktsiyalar teri toshmasi, terini qichishishi.
Boshqalar qon ivishini pasayishi (uzoq vaqt davomida qo‘llanganidan so‘ng) bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
• preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda;
• qon ivishi pasayganida;
• me'da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligini zo‘rayish bosqichida;
• bosh miyada qon aylanishini o‘tkir buzilishlarida;
• yurak qon-tomir tizimini og‘ir kasalliklarida (o‘tkir koronar sindrom, yurak ritmini buzilishi);
• tutqanoq, tirishish holatlarida;
• homiladorlik va laktatsiya davrida;
• 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Preparat uyqu va analьgetik dori vositalari hamda spazmolitiklarning ta'sirini kuchaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparatni qabul qilish vaqtida (ayniqsa oq tanli patsiyentlarga) quyosh nuri ostida va solyariylarda uzoq vaqt bo‘lishdan saqlanish kerak.
Bir vaqtda fotosensibilizatsiyani chaqirishi mumkin bo‘lgan dori vositalarni qo‘llashdan saqlanish kerak.
Rejalashtirilayotgan jarrohlik aralashuvidan 2 hafta oldin preparatni qabul qilishni to‘xtatish kerak.
Langena preparatini MAO ingibitorlari bilan bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Davolanish vaqtida avtotransportni boshqarish va diqqatni jamlash hamda psixomotor reaktsiyalar tezligini talab etuvchi boshqa potentsial havfli faoliyat turlarini bajarishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Homiladorlik va laktatsiya davrida preparatni qo‘llash mumkin emas.
Pediatriyada qo‘llanishi
Langena preparatini 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga qo‘llash mumkin emas.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Preparatning dozasi oshirib yuborilganida markaziy nerv tizimining faoliyati susayishi, uyquchanlik bo‘lishi mumkin.
Davolash simptomatik davolash o‘tkaziladi.
Chiqarilish shakli
Qattiq jelatin kapsulalar. 15 kapsula blisterda. 2 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
Namlik va yorug‘likdan himoyalangan joyda 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
Savdo belgisi va qayd etish sertifikatining egasi
«Dr Sertus Ilach Sanayi ve Tidjaret Limited Shirketi», Turkiya
(“Dr Sertus İlaç Sanayi ve Ticaret Limited Şirketi”, Turkey).
Ishlab chiqarilgan
«Adifarm Ltd», Bolgariya (130 bulьvar Simeonovsk shossesi, 1700 Sofiya)
“Adipharm Ltd”, Bulgaria (130 Simeonovskoshosseblvd., 1700 Sofia).
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.