Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Olzap tab. 5mg №30
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Оланзапин
Страна производитель
Грузия
Дозировка
5 мг
Производитель
GM Pharmaceuticals Ltd
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
Xalqaro patentlanmagan nomi
olanzapin.
Farmakoterapevtik guruhi
Antipsixotik preparat (neyroleptik).
ATX kodi - [N05AH03].
TARKIBI
Preparatning qobiq bilan qoplangan bir tabletkasi 5 mg yoki 10 mg faol modda – olanzapin saqlaydi.
Yordamchi moddalar mikrokristalli sellyuloza, laktoza, polivinilpirrolidon, gidroksipropiltsellyuloza, magniy stearati.
TA'SIRI
Bir qator retseptor tizimlariga keng farmakologik ta'sir doirasiga ega bo‘lgan antipsixotik preparat (neyroleptik).
Olanzapinni serotoninli 5-NT2A/S, 5-NT3, 5-NT6-retseptorlar, dopaminli D1, D2, D3, D4, D5-retseptorlar, muskarinli M1-5-retseptorlar, adrenergik α1-retseptorlar va gistaminli N1-retseptorlariga yaqinligi aniqlangan. Olanzapinni serotoninli 5NT-retseptorlari, dopamin va xolinergik retseptorlariga nisbatan antagonizmining mavjudligi aniqlangan. Olanzapin dopaminli D2-retseptorlariga nisbatan, serotoninli 5NT2-retseptorlariga yaqqol yaqinlik va faollikka ega. Olanzapin mezolimbik dopaminergik neyronlarning qo‘zg‘aluvchanligini selektiv pasaytiradi va shu vaqtning o‘zida motor funktsiyasini boshqarishda ishtirok qiluvchi striar nerv yo‘llariga ahamiyatsiz ta'sir ko‘rsatadi.
Olanzapin katalepsiyani (motor funktsiyaga nojo‘ya ta'sirini aks ettiruvchi kayfiyatni buzilishini) chaqiruvchi dozadan kamroq dozalarda shartli himoya refleksini (antipsixotik faollikni xarakterlovchi sinama) pasaytiradi. Boshqa antipsixotiklardan (neyroleptiklar) farqli ravishda, olanzapin anksiolitik sinamani o‘tkazishda xavotirlikka qarshi samarani kuchaytiradi.
Shizofreniyasi bo‘lgan patsiyentlar ishtirok qilgan tadqiqotlarda olanzapin ham produktiv (alahlash, gallyutsinatsiyalar va b.), ham negativ buzilishlarni statistik ishonchli reduktsiyasini ta'minlashi ko‘rsatilgan.
Farmakokinetikasi
Olanzapin ichga qabul qilinganidan keyin me'da-ichak yo‘llaridan yaxshi so‘riladi. Plazmada Smax ga 5-8 soatdan keyin erishiladi. Ovqat qabul qilish olanzapinni so‘rilishiga ta'sir qilmaydi. Olanzapinning T½ 33 (12-47) soatni tashkil qiladi. Olanzapinning farmakologik ko‘rsatkichlari jins, yosh, chekishga bo‘lgan maylning mavjudligiga qarab turli bo‘ladi.
Qo‘llanilishi
Olzap quyidagilarda buyuriladi
-shizofreniya va yaqqol produktiv (alahlash, gallyutsinatsiyalar, avtomatizm) va/yoki negativ (emotsional va ijtimoiy faollikni pasayishi, nutqni kamayishi) simptomatikali, shuningdek yo‘ldosh affektiv buzilishlarli boshqa psixotik buzilishlarni zo‘rayishini davolash, tutib turuvchi va davomli qaytalanishlarga qarshi davolash;
-bipolyar affektiv buzilishlarni, o‘tkir maniakal yoki psixotik ko‘rinishlar bilan va ularsiz, va davrlarni tez o‘zgarishi bilan va ularsiz aralash shaklli buzilishlarni davolashda qo‘llaniladi.
Qo‘llashmumkin bo‘lmagan holatlar
-Preparatningkomponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Ehtiyotkorlikchoralari
Har qanday neyroleptiklarni, shu jumladan olanzapinni qo‘llashda tana haroratini ahamiyatli ko‘tarilishi, mushaklarning rigidligi, ruhiy holatni o‘zgarishi va vegetativ buzilishlar (turg‘un bo‘lmagan puls va arterial bosim, taxikardiya, yurak aritmiyasi, terni ko‘p ajralishi) kabi klinik ko‘rinishlarni o‘z ichiga oluvchi xavfli neyroleptik sindrom rivojlanishi mumkin. Qo‘shimcha belgilari – kreatinfosfokinaza darajasini oshishi, mioglobinuriya (rabdomioliz) va o‘tkir buyrak yetishmovchiligi. Xavfli neyroleptik sindromini klinik ko‘rinishlari yoki ushbu sindromning boshqa simptomlarisiz tana haroratini ahamiyatli oshishi olanzapinni bekor qilishni talab qiladi.
Olanzapin bilan davolash galoperidolni qo‘llashga qaraganda medikamentoz to‘g‘rilashni talab qiluvchi diskineziya sindromini kam rivojlanishi bilan kechadi. Biroq neyroleptiklar bilan uzoq muddat davolashda kechki diskineziya xavfini hisobga olish lozim. Kechki diskineziyaning belgilarini rivojlanishida dozani kamaytirish yoki olanzapinni bekor qilish tavsiya qilinadi. Kechki diskineziyaning simptomlari preparat bekor qilinganidan keyin kuchayishi yoki manifestatsiyalanishi mumkin.
Olanzapinni qabul qilish, davolashning erta davrlarida jigar transaminazalarining (aspartataminotransferaza va alaninaminotransferaza) darajasini tranzitor, asimptomatik oshishi bilan kechadi. Jigar funktsiyasining yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlar va potentsial gepatotoksik preparatlarni qabul qilayotgan patsiyentlarda alohida ehtiyotkorlik kerak. Preparatni qo‘llash vaqtida jigar transaminazalarining darajalarini oshishi holida patsiyentni sinchkovlik bilan kuzatish va zarurati bo‘lganida dozani kamaytirishni talab qilinadi.
Olanzapinni anamnezida tutqanoq hurujlari yoki tirishishga tayyorlik bo‘sag‘asini pasaytiruvchi omillar ta'sirida bo‘lgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Olanzapinni leykotsitlar va/yoki neytrofillar miqdorini kamayishi (turli sabablar tufayli), anamnezida dori vositalarining ta'siri ostida suyak ko‘migining funktsiyasini susayishi/toksik buzilish belgilari, yo‘ldosh kasallik, anamnezdagi radioterapiya yoki ximioterapiya, gipereozinofiliya yoki miyeloproliferativ kasalligi bilan bog‘liq bo‘lgan suyak ko‘migi funktsiyasining susayishi bo‘lgan patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan buyurish lozim.
Olanzapin bilan davolash kam preparatning antixolinergik faolligi bilan bog‘liq nojo‘ya samaralari bilan kechadi. Ammo, prostata bezining giperplaziyasi, falajli ichak tutilishi, yopiqburchakli glaukoma va o‘xshash holatlari bo‘lgan patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.
Olanzapin nazariy levodopa va dopamin agonistlarining ta'sirini bostirishi mumkin. Olanzapinni markaziy ta'sirga ega boshqa dori vositalari va alkogol bilan majmuada ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Olanzapinni qabul qilayotgan patsiyentlar mexanik vositalarni, shu jumladan avtomobilni boshqarishda ehtiyotkorlikka rioya qilishlari kerak, chunki olanzapin uyquchanlikni chaqirishi mumkin.
Homiladorlik va laktatsiya
Olanzapinni homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llashning xavfsizligi o‘rganilmagan. Homiladorlikda preparatni faqat davolashning ona uchun potentsial foydasi, homila uchun potentsial xavfdan ahamiyatli yuqori bo‘lgan holatlardagina buyurish mumkin. Laktatsiya davrida preparatni qo‘llashning zarurati bo‘lganida emizishni to‘xtatish kerak.
Dozani oshirib yuborilishi
Ko‘proq aniqlangan simptomlari taxikardiya, qo‘zg‘alish/tajavuzkorlik, artikulyatsiyani buzilishlari, turli ekstrapiramid buzilishlar va og‘irlik darajasidagi ongni buzilishlari (sedativ samaradan komagacha).
Dozani oshirib yuborilishi
ning klinik ahamiyatga ega boshqa oqibatlari deliriy, tirishishlar, xavfli neyroleptik sindrom, nafasni susayishi, aspiratsiya, arterial gipertenziya yoki gipotenziya, aritmiyalar, yurak va nafasni to‘xtatishi.
Davolash olanzapin uchun spetsifik antidot yo‘q. Qusishni sun'iy chaqirish tavsiya qilinmaydi. Dezintoksikatsiyaning standart usullari ko‘rsatilgan (me'dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mirni qabul qilish, bu olanzapinni ichga qabul qilinganida biokiraolishligini 50-60% ga kamaytiradi).
Klinik holatga muvofiq simptomatik davolash va hayot uchun muhim a'zolarning funktsiyasini nazorat qilish (arterial gipotenziya, tomirli kollapsni davolash va nafas funktsiyasini tutib turish) ko‘rsatilgan. β-adrenoretseptorlarning agonisti bo‘lgan epinefrin, dopamin va boshqa simpatomimetiklarni qo‘llash mumkin emas, chunki ularni rag‘batlantirish arterial gipotenziyani og‘irlashtirishi mumkin.
Dorilarningo‘zaro ta'siri
Chekuvchi patsiyentlar va karbamazepin qabul qilayotgan patsiyentlarda olanzapinning klirensi oshadi. Olanzapinning dozasini bir marta yuborish quyidagi preparatlar bilan davolash fonida ko‘rsatib o‘tilgan dori vositalarining metabolizmini bostirilishi bilan kechmagan imipramin yoki uning metaboliti dezipramin, varfarin, teofillin, diazepam, shuningdek – litiy va biperiden.
Etanol bilan majmuada olanzapinning sedativ samarasi kuchayishi mumkin. Alyuminiy va magniy saqlovchi antatsidlar yoki simetidinni bir marta qabul qilish, olanzapinning ichga qabul qilinganidagi biokiraolishligiga ta'sir qilmaydi. Faollashtirilgan ko‘mirni bir marta qabul qilish olanzapinning biokiraolishligini 50-60% ga kamaytiradi. Fluoksetin olanzapinning maksimal kontsentratsiyasini oshishini va klirensini pasayishini chaqiradi.
Olanzapin va valproat orasida klinik ahamiyatli farmakokinetik o‘zaro ta'sirning ehtimoli kam.
Qo‘llashusuliva dozalari
Shizofreniya va o‘xshash psixotik buzilishlarda
Olanzapinning tavsiya qilingan boshlang‘ich dozasi 10 mg dan sutkada 1 martani tashkil qiladi.
Ovqat qabul qilish preparatni so‘rilishiga ta'sir ko‘rsatmaydi.
Olanzapinning terapevtik dozalari sutkada 5-20 mg diapazonida tebranib turadi. Sutkalik dozani patsiyentning klinik holatiga qarab shaxsiy tanlash kerak. Sutkada 10 mg ni tashkil qiluvchi standart dozani oshirishni, faqat patsiyentni klinik tekshirishdan keyingina o‘tkazish tavsiya qilinadi.
Bipolyar buzilishlarda
Olanzapinning tavsiya qilingan boshlang‘ich dozasi 15 mg dan sutkada 1 martani tashkil qiladi.
Olanzapinning terapevtik dozalari sutkada 5-20 mg diapazonida tebranib turadi. Sutkalik dozani patsiyentning klinik holatiga qarab shaxsiy tanlash kerak. Sutkada 15 mg ni tashkil qiluvchi standart dozani oshirishni, faqat patsiyentni klinik tekshirishdan keyingina o‘tkazish tavsiya qilinadi. Dozani asta-sekin, kamida 24 soat oraliq bilan oshirib borish kerak.
Turli guruh patsiyentlarida dozani tanlash
Keksa yoshli, shuningdek og‘ir buyrak yetishmovchiligi yoki o‘rtacha darajali og‘irlikdagi jigar funktsiyasining yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarga preparat sutkada 5 mg boshlang‘ich dozada buyuriladi. Olanzapinning metabolizmini sekinlashishi mumkin bo‘lgan omillar majmuasi (ayol jinsli, keksa yoshli, chekmaydigan patsiyentlar) bo‘lgan patsiyentlar uchun boshlang‘ich dozani kamaytirish tavsiya qilinadi.
18 yoshgacha bo‘lgan patsiyentlarda olanzapinning xavfsizligi va samaradorligi o‘rganilmagan.
Nojo‘yata'sirlari
Olanzapinning eng ko‘p uchraydigan nojo‘ya samarasi uyquchanlik va tana vaznini oshishidir. Shuningdek, qon plazmasida prolaktinning kontsentratsiyasini oshishi kuzatiladi, kuchsiz ifodalangan va tranzitor bo‘lgan, prolaktinning darajasini normallashishi asosan olanzapinni bekor qilmasdan yuz beradi.
Tez-tez bosh aylanishi, asteniya, akatiziya, ishtahani oshishi, periferik shishlar, ortostatik gipotenziya, og‘izni qurishi, qabziyat. Kamdan-kam hollarda jigar transaminazalari faolligini tranzitor, asimptomatik oshishi; ayrim hollarda – glyukozaning miqdorini oshishi va eozinofiliya kuzatiladi.
Yaroqlilikmuddati va saqlash
10-25oS haroratda, bolalar ololmaydigan joyda saqlansin!
Yaroqlilik muddati
– 2 yil. Preparatni yaroqlilik muddati tugaganidan keyin ishlatish mumkin emas.
Chiqarilish shakli
Qobiq bilan qoplangan tabletkalar 5 mg yoki 10 mg dan; o‘ramda 30 tabletka.
Dorixonalardan berish tartibi
Shifokor retsepti bo‘yicha!
Ishlab chiqaruvchi
GM Pharmaceuticals Ltd.
Gruziya, Tbilisi sh., Ponichala 65
Tel. +995 32 2404801/02; Faks +995 32 2404803
Sifati bo‘yicha Organizatsiya, prinimayuщaya pretenzii (predlojeniya) po kachestvu
Predstavitelstvo OOO «GMP»,
Respublika Uzbekistan, 100000, g. Tashkent,
prospekt Mustakillik, 75, tel. 141-03-73
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.