Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Fitolizin 100gr pasta
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Сгущенный экстракт смеси золотарника травы, хвоща полевого травы, горца птичьего травы
Страна производитель
Польша
Дозировка
100 г
Производитель
Herbapol Warszawa Sp.zo.o
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Паста для приема внутрь
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
FITOLIZIN®
Dori shakli
ichga qabul qilish uchun pasta
Tarkibi
100 g pasta quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar oddiy zolotarnik o‘ti, dala qirqbo‘g‘imi o‘ti, achchiqtaron o‘ti, bug‘doyiq ildizpoyasi, piyoz qipig‘i, qayin barglari, pajitnik urug‘lari, petrushka ildizi, lyubistok ildizi - 67,2 g; marmarak moyi - 1,0 g, qalampir yalpizli moy 0,5 g, qarag‘ay moyi 0,2 g, shirin apelsin moyi 0,15 g aralashmasining quyultirilgan ekstrakti (11,3 – 1,6; spirt 450);
yordamchi moddalar glitserin 99,5%, agar, bug‘doy kraxmali, vanilin, etilparagidroksibenzoat (E214), tozalangan suv
Ta'rifi mayda donador, yarim qattiq konsistentsiyali, qo‘ng‘ir-yashil rangli, o‘ziga xos xushbo‘y xidli pasta.
Farmakoterapevtik guruhi
Urologiyada qo‘llanadigan boshqa dori vositalari.
ATX kodi G04BC
Farmakologik xususiyatlari
Siydik haydovchi, yallig‘lanishga qarshi, spazmolitik ta'sir ko‘rsatadi, qum va mayda konkrementlarni siydik chiqarish yo‘llaridan yuvib chiqarib yuborilishiga yordam beradi, siydikning mineral komponentlarini kristallanishini kamaytiradi.
Qo‘llanilishi
O‘simliklardan olinadigan an'anaviy dori preparati bo‘lib, siydik yo‘llarining infektsion-yallig‘lanish kasalliklari bilan xastalangan patsiyentlarni, urolitiazni (mayda konkrementlar, “qum” bor bo‘lganida) kompleks davolash tarkibida va nefrourolitiazni profilaktikasi sifatida qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalarga, ichga pastaning 1 choy qoshig‘ini 1/2 stakan iliq, shirin suvda eritib, kuniga 3-4 marta ovqatdan keyin qabul qilish buyuriladi.
Keksa yoshdagi patsiyentlar keksa yoshdagi patsiyentlar uchun dozani modifikatsiya qilish tavsiya etilmaydi.
Bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda preparatning xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan.
Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlar Fitolizin® ni buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llash mumkin emas.
Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlar jigar yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda preparatni dozalash tartibi yuzasidan tavsiyalar yo‘q.
Preparatni qo‘llash kursi davomiyligi preparatni ko‘pi bilan 2-4 hafta davomida ishlatish mumkin. Agar simptomlar kuchaysa yoki o‘tib ketmasa, zudlik bilan shifokorga murojaat qilish kerak.
Diurezni kuchayishini ta'minlash uchun adekvat miqdorda suyuqlik qabul qilish tavsiya qilingan.
Nojo‘ya ta'sirlari
Nojo‘ya ta'sirlarni yuz berish tezligi yuz berish tezligiga muvofiq quyidagi tarzda tasniflangan juda tez-tez (≥1/10); tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha); tez-tez emas (≥1/1,000 dan <1/100 gacha); kam hollarda (≥1/10,000 dan <1/1,000 gacha); juda kam hollarda (<1/10,000); tez-tezligi noma'lum mavjud ma'lumotlar asosida tezligini aniqlsh mumkin emas.
Ultrabinafsha nurlarga yuqori sezuvchanlikda fotosensibilizatsiya ko‘rinishlari yuz berishi mumkin.
Oq qayin bargi
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar (ko‘ngil aynishi, qusish, diareya) va allergik reaktsiyalar (qichishish, toshma, eshakemi, allergik rinit). Tez-tezligi noma'lum.
Pajitnik
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar qorinni dam bo‘lishi, diareya.
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar bosh aylanishi. Tez-tezligi noma'lum.
Oddiy Zolotarnik
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar va allergik reaktsiyalar. Tez-tezligi noma'lum.
Dala qirqbo‘g‘imi
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan o‘rtacha buzilishlar va allergik reaktsiyalar (masalan, toshma). Tez-tezligi noma'lum.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
• Preparatning komponentlariga individual yuqori sezuvchanlik (preparatning komponentlariga allergik reaktsiyalar), astradoshlar (murakkab guldoshlar) (Asteraceae (Compositae)), soyabonlilar oilasi o‘simliklariga, zolotarnikka, lyubistokka yoki oq qayin changiga (oq qayin bargiga) individual yuqori sezuvchanlik
• buyrak yetishmovchiligi
• yurak yetishmovchiligi
• yurak yoki buyrak kasalligi oqibatidagi shishlarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Preparatning siydikni haydovchi ta'siri tufayli, boshqa bir vaqtda qo‘llanilayotgan dori vositalarining tez chiqarib yuborilishi ehtimolini xisobga olish kerak.
Fitolizin® quyidagilarning ta'sirini kuchaytirishi mumkin
- antikoagulyantlar, nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar
- gipoglikemik dori vositalari
- litiy tuzlarini saqlovchi dori vositalari
- monoaminooksidaza ingibitorlarining ta'sirini kuchaytirishi mumkin
- pentobarbital, aminopirin va paratsetamolning ta'sirini uzaytirishi mumkin.
Fitolizin® ingichka ichakda dori vositalarini so‘rilishini, shu jumladan, beta-karotin, alfa-tokoferol va xolesterinni so‘rilishini kamaytirishi mumkin
Maxsus ko‘rsatmalar
Agar simptomlar kuchaysa, o‘tib ketmasa yoki ularga yondosh ravishda isitma, og‘riq va siyishni qiyinlashishi yoki siydikda qon paydo bo‘lishi kuzatilsa, zudlik bilan shifokorga murojaat qilish kerak.
Fitolizin®ni 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlarda qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Dori preparati ko‘pi bilan 4% (hajm/hajm) etanol saqlaydi, ya'ni bir dozada ko‘pi bilan 200 mg etanol saqlanadi, bu 5 ml pivo yoki 2 ml vinoga ekvivalentdir. U alkogolizm bilan aziyat chekuvchi patsiyentlarga zarar keltirishi mumkin. Preparatning tarkibida etanolni borligi, preparat homilador yoki emizikli ayollarga, bolalarga yoki jigar kasalliklari diagnostika qilingan yoki tutqanog‘i bo‘lgan patsiyentlarga buyurilganda e'tiborga olinishi kerak.
Pajitnikning qandni pasaytiruvchi samarasi tufayli, diabet yuzasidan davolanayotgan patsiyentlarda qonda qand darajasini sinchkov nazoratini amalga oshirish kerak.
Fitolizin® bug‘doy kraxmali saqlaydi. Bug‘doy kraxmali glyuten saqlashi mumkin, biroq faqat juda ham oz miqdorlarda saqlashi mumkin.
Fitolizin® etilparagidroksibenzoat saqlaydi, u yuqori sezuvchanlik reaktsiyasini (sekin kechuvchi reaktsiyani) chaqirishi mumkin.
Fitolizin® preparatini qo‘llash vaqtida ko‘p miqdorda suyuqlik qabul qilish tavsiya etiladi.
Homiladorlik va laktatsiya davrda preparatni qo‘llanishi
Preparatning komponentlarini genotoksik ta'sirga taalluqli bo‘lgan yetarli ma'lumotlar yo‘qligi sababli, preparatni homiladorlik va emiziklik davrida qo‘llash tavsiya etilmaydi. Preparatni homiladorlik davrida, agar shifokor fikriga ko‘ra, ona uchun kutilayotgan foyda homila uchun potentsial xavfdan ustun bo‘lsa, qo‘llash mumkin.
Avtotransportni va potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sirini o‘ziga xosligi
Hozirgi vaqtga qadar diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaktsiyalarning tezligini talab etuvchi potentsial xavfli faoliyat turlarini bajarish qobiliyatiga salbiy ta'siri aniqlanmagan, biroq preparatda etanol saqlanishini hisobga olish kerak.
Bir doza 5 ml pivo yoki 2 ml vinoga to‘g‘ri keladi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Xozirgi vaqtgacha dozani oshirib yuborilishi hollari aniqlanmagan.
Chiqarilish shakli
Ichga qabul qilish uchun pasta; 100 g dan ichki yuzasi lak bilan qoplangan alyuminiy tubalarda. Har bir tuba tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
Yopiq o‘ramlarda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Shifokor retseptisiz.
Ishlab chiqaruvchi
Gerbapol Varshava MChJ
Polsha, 05-800 Prushkov, Oluvkov ko‘ch. 54.
Dori vositalarini sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
“Polfarma” vakolatxonasi AJ,
Toshkent sh., Fidokor ko‘ch., 32
Tel +99871 150 21 74, 150 21 75, 150 21 76
Faks +998971 150 21 77
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.