Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Uriklar kapsulalar №30
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Корень петрушки, береза, ромашка, брусника
Страна производитель
Болгария
Производитель
Rotapharm Limited, Великобритания произведено: Adipharm Ltd
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Капсулы
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Uriklar
Dori shakli
kattiq jelatin kapsulalar
Tarkibi
Har bir kapsula quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar
Selder ildizining quruq ekstrakti60 mg;
Oq qayin daraxti bargining quruq ekstrakti60 mg;
Moychechak o‘tining quruq ekstrakti10 mg;
Brusnika barglarining quruq ekstrakti30 mg;
Loviya etining maydalangan kukuni80 mg;
natriy sitrati20 mg;
kaliy sitrati20 mg;
yordamchi moddalar mikrokristall sellyuloza, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, magniy stearati.
kapsula qobig‘ining tarkibi titan dioksidi, temir (II) oksidi, xlorofillin, tozalangan suv, jelatin.
Ta'rifi qopqoqchasi va korpusi yashil rangli, oq zarrachalari bo‘lgan sarg‘ish-jigarrang rangli bir jinsli, o‘ziga xos hidli kukun, saqlovchi №0 o‘lchamli qattiq jelatin kapsulalar.
Farmakoterapevtik guruhi
Urologik kasalliklarni davolash uchun qo‘llanadigan boshqa preparatlar.
ATX kodi G04BX
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
O‘simliklardan olinadigan majmuaviy preparat bo‘lib, sitrat kompleksi mavjudligi tufayli, buyraklardagi va siydik chiqarish yo‘llaridagi toshlarni dezintegratsiyasi va chiqarilishiga yordam beradi. Uriklar spazmolitik ta'sir ko‘rsatadi, siydik chiqarish yo‘lari orqali toshlarni o‘tishiga yordam beradi, buyrak va siydik yo‘llari sanchig‘larida og‘riqni kamaytiradi, buyrak funktsiyasini yaxshilaydi va diurezni oshiradi.
Mikroblarga qarshi va yallig‘lanishga qarshi ta'sir ko‘rsatadi.
Preparat kristall-kolloid muvozanatini boshqaradi, siydikda toshlarni hosil bo‘lishiga yordam beruvchi elementlar (shovul kislotasi, kaltsiy, gidroksiprolin) ning kontsentratsiyasini pasaytiradi. Tosh yadrosining atrofida zarralarni to‘planishiga to‘sqinlik qiladi, bu uning kelgusidagi o‘sishini oldini oladi.
Boshqa uroseptiklar bilan bir vaqtda qo‘llanganida, Uriklar ularning bakteritsid samarasini kuchaytiradi.
Preparatning litolitik samarasi siydikning rN bog‘liq emas.
Farmakokinetikasi
Uriklar preparatining terapevtik samarasi, komponentlarining ta'sirini yig‘indisi bilan ifodalanadi, shuning uchun kinetik kuzatuvlarni o‘tkazish mumkin emas.
Qo‘llanilishi
Quyidagilarni majmuaviy davolash uchun qo‘llanadi
siydik-tosh kasalligi
kristalluriya (siydik kislotasi diatezi);
surunkali va o‘tkir sistit va piyelonefrit;
surunkali glomerulonefritda qo‘llanadi.
Buyraklarda va siydik-chiqarish yo‘llarida toshlarni paydo bo‘lishini oldini olish uchun (shu jumladan, toshlar olib tashlagandan keyin) qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Uriklar preparati ichga, yetarli miqdordagi suv bilan qabul qilinadi.
Kattalar – 1-2 kapsuladan sutkada 2-3 marta, 6 yoshdan oshgan bolalar – 1 kapsuladan sutkada 2-3 marta qo‘llanadi.
Preparatni qabul qilish kursining davomiyligi shifokor tomonidan belgilanadi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Preparat komponentlariga ba'zida allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Uriklar antiseptiklar va antibiotiklar bilan bir vaqtda qabul qilinganida ularning ta'sirini kuchaytiradi.
Sitrat kompleksini saqlovchi boshqa preparatlar bilan bir vaqtda qabul qilinganida siydikda rN miqdorini nazorat qilish lozim.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparatning biron-bir komponentiga yoki murakkabguldoshlar oilasiga (Asteraceae) mansub o‘simliklarni individual o‘zlashtiraolmaslik paydo bo‘lganida Uriklarni qabul qilish mumkin emas.
Yurak va buyrak yetishmovchiligi oqibatida shishlar paydo bo‘lganida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanilishi
Preparatni davolovchi shifokor nazorati ostida qo‘llash mumkin.
Pediatriyada qo‘llanilishi
Preparatni 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash bo‘yicha ma'lumotlar mavjud emas.
Avtotransportni xaydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Uriklar avtomobilni xaydash va psixomotor reaktsiyalarning yuqori tezligini talab qiluvchi ishlarni bajarish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
Dozani oshirib yuborilishi
Uriklar preparatining dozasini oshirib yuborilishi holatlari haqida xabar berilmagan.
Chiqarish shakli
Qattiq jelatin kapsulalar. 15 kapsula blisterda. 2 ta blister tibbiyotda qo‘llanishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
Namlikdan va yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Yaroqlilik muddati
tugaganidan so‘ng qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz beriladi.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.