Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Urolesan sirop 180 ml
Nomi | Narx | |||||
Уролесан сироп 180 мл (70823##2 215) |
UZS 65 100
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Kelib chiqqan mamlakat
Ukraina
Дозировка
180 мл
Производитель / Ishlab chiqaruvchi
Артериум, Украина
Retsept bo'yicha dorilar
Нет
Chiqarish shakli
Сироп
Ko'rsatmalar
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Perparatning savdo nomi Urolesan (Urolesan)
Dori shakli
sirop
Tarkibi
100 ml sirop quyidagilarni saqlaydi
foal moddalar qarag‘ay moyi – 0,419 g, qalampir yalpiz moyi – 0,105 g, yovvoyi sabzi mevasining suyuq ekstrakti (Extractum fructum Dauci sativi fluidum) (11) (ekstragent 96% etanol) – 1,204 g, oddiy qulmoq qubbalarining suyuq ekstrakti (Extractum fructum Strobili lupuli fluidum) (11) (ekstragent 96% etanol) – 1,726 g, tog‘rayhon o‘tining suyuq ekstrakti (Extractum herbae Origani fluidum) (11) (ekstragent 96% etanol) – 1,195 mg;
yordamchi moddalar polisorbat-80; limon kislotasi, monogidrat; sorbin kislotasi; qandli sirop; dinatriy edetati; tozalangan suv.
Ta'rifi To‘q-sarg‘ish rangli, ko‘kimtir tusli, o‘ziga xos hidli suyuqlik. Tuslanishi mumkin.
Farmakoterapevtik guruhi
Urologiyada qo‘llanadigan vosita.
ATX kodi G04VX
Farmakologik xususiyatlari
Kelib chiqishi o‘simlik bo‘lgan majmuaviy preparat. Urolesan preparatini tarkibiga kiruvchi moddalar siydik chiqarish yo‘llari va buyraklarda yallig‘lanish ko‘rinishlarini kamaytiradi, buyrak va jigarda qon aylanishini kuchayishiga yordam beradi, diuretik, antibakterial, safro haydovchi ta'sir ko‘rsatadi, siydikda kolloid himoya hosil qiladi va yuqori siydik yo‘llari va o‘t pufagi silliq mushaklarining tonusini normallashtiradi.
Urolesan mochevina va xloridlar chiqarilishini oshiradi, siydik pufagi va buyrakdan mayda konkrementlar va qumlarni chiqarilishini osonlashtiradi.
Farmakokinetikasi
Preparat yaxshi so‘riladi, uning ta'siri 20-30 minutdan keyin boshlanadi va 4-5 soat davom etadi. Maksimal samarasi 1-2 soat o‘tgach amalga oshadi. Ovqat hazm qilish yo‘llari va buyraklar orqali chiqariladi.
Qo‘llanilishi
O‘tkir va surunkali siydik chiqarish yo‘llari va buyrak infektsiyalari (tsistit i piyelonefritlar); siydik-tosh kasalligi va siydik kislotali diatez (konkrementlarni olib tashlagandan keyin ularni hosil bo‘lishini oldini olish); surunkali xoletsistit (shu jumladan kalkulyoz), o‘t yo‘llarini diskineziyasi, o‘t-tosh kasalligida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparat ichga, ovqatdan oldin qabul qilinadi.
Kattalar uchun tavsiya etiladigan dozalari sirop 1 choy qoshiqdan (5 ml) sutkada 3 marta. O‘tkir holatlarda (shu jumladan buyrak va jigar sanchiqlarida) davolash kursi davomiyligi 5 kundan 7 kungacha, surunkali holatlarda – 7 kundan 1 oygachani tashkil etadi. Buyrak va jigar sanchiqlari paydo bo‘lganda bir martalik dozani 2 choy qoshiqqacha bir marta oshirish mumkin (10 ml), keyin oldingi odatdagi bir martalik (5 ml) dozani qabul qilishlarga qaytiladi.
Bolalar uchun tavsiya etiladigan dozalari 2-7 yosh – 2-4 ml dan sutkada 3 marta; 7-14 yosh – 4-5 ml dan sutkada 3 marta. Dozalash shprits-dozator yordamida amalga oshiriladi.
Nojo‘ya reaktsiyalari
Odatda Urolesan yaxshi o‘zlashtiriladi. Preparatni qabul qilganda
– ovqat hazm qilish yo‘llari tomonidan dispeptik ko‘rinishlar (jumladan ko‘ngil aynishi, qusish);
– immun tizimi tomonidan allergik reaktsiyalar, jumladan qichishishni his qilish, yuzni qizarishi, teri toshmasi, eshakemi, angionevrotk shish (og‘izda achishish hissi, nafasni qiyinlashishi, yuzni, tilni shishlari), anafilaktik shok;
– markaziy va periferik nerv tizimi tomonidan bosh aylanishi, umumiy holsizlik, bosh og‘rig‘i, ataksiya, mushaklar tremori;
– yurak-qon tomir tizimi tomonidan arterial gipertenziya, gipotenziya, bradikardiya kuzatilishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
– Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
– gastrit, me'da va o‘n ikki barmoqli ichakning yara kasalligi;
– anamnezida tirishishlari bo‘lgan bolalar (fibril yoki fibrilsiz)da qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
O‘rganilmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Agar konkrementlarni o‘lchami 3 mm dan yuqori bo‘lsa, preparatni qo‘llash mumkin emas. Qandli diabet, shuningdek qonda glyukozani tutilishi oshgan patsiyentlar Urolesan® preparatini qo‘llaganda ehtiyotkor bo‘lishlari zarur (preparat tarkibiga qandli sirop kiradi). Bronxospazm paydo bo‘lish xavfi tufayli bronxial astmasi bo‘lgan bemorlar ehtiyotkorlik bilan qabul qilsin.
Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanishi. Homiladorlik yoki emizish davrida preparatni qo‘llanilishi o‘rganilmagan.
Avtotransportni yoki boshqa mexanizmlarni boshqarishda reaktsiya tezligiga ta'sir xususiyati. O‘rganilmagan.
Bolalar. Preparatni 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar qabul qilmasin.
Iste'mol qilishdan oldin chayqatilsin.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Doza oshirib yuborilganda ko‘ngil aynishi, bosh aylanishi kuzatilishi mumkin.
Davolash juda ko‘p iliq ichimlik, tinchlik, foallashtirilgan ko‘mir, atropin sulьfat (0,0005- 0,001 g) buyurish kerak..
Chiqarilish shakli
Sirop. 90 ml dan bankalarda yoki flakonlarda yoki 180 ml dan flakonlarda alyumin qopqoq yoki qalpoq bilan tiqinlangan. Har bir banka yoki flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi va shprits-dozator bilan birga qutida.
Saqlash sharoiti
Original o‘ramda 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Ochilganidan keyin 28 sutkadan ortiq bo‘lmagan muddatda 2°C dan 8°C gacha bo‘lgan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
ning nomi va manzili
«Galichfarm» JAJ, Ukraina, 79024, Lьvov sh., Oprыshkovskaya ko‘chasi, 6/8.
O‘zbekiston Respublikasi hududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
O‘zbekiston Respublikasida “Arterium” Korporatsiyasini vakolatxonasi, Tashkent sh., 100000, Mustakillik ko‘chasi, 59-uy.
tel. +99871 237 51 53
faks +99871 237 51 54 .

Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.