Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Flukonal (Flukonal) kaps. 150mg №3
Nomi | Narx | |||||
Флуконазол (Флуконал) капс. 150мг №3 (NF240902##2 405) |
UZS 3 600
UZS 3 800
-5%
Экономия UZS 200
Stokda yetarli (19)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Kelib chiqqan mamlakat
O'zbekiston
Дозировка
150 мг
Производитель / Ishlab chiqaruvchi
Nova Pharm
Retsept bo'yicha dorilar
Нет
Chiqarish shakli
Капсулы
Ko'rsatmalar
Preparatning savdo nomi
Flukonal
Ta'sir etuvchi modda (XPN) flukonazol
Dori shakli
kapsulalar
Tarkibi
faol modda flukonazol - 150 mg;
yordamchi moddalar sut qandi, mikrokristall sellyuloza, magniy stearati, kartoshka kraxmali, natriy kraxmal glikolyati.
Ta'rifi №1, bir tomoni tiniq, boshqa tomoni qizil qattiq jelatin kapsullar.
Kapsula ichidagi – oq yoki deyarli oq rangli kukun.
Farmakoterapevtik guruhi
Zamburug‘larga qarshi vosita.
ATX kodi J02AC01
Farmakologik xususiyatlari
Zamburug‘larga qarshi preparat, triazol hosilasi. Ta'sir mexanizmi zamburug‘ hujayrasining sitoxrom R 450 ga qaram 14a-demetilaza fermentini yaqqol ingibitsiya kilinishi va buning okibatida zamburug‘ning hujayra devorini asosiy komponenti - ergosterolning sintezini bostirilishi bilan bog‘liq. Candida spp., Microsporum spp.,
Trichoptyton spp., Cryptococcus neoformans, Blastomyces dermatitides. Coccidioides immitis, Histoplasma capsulatum larga nisbatan yuqori faol.
Farmakokinetika
Ichga kabul qilinganda me'da-ichak yo‘llaridan yaxshi so‘riladi, uning biokiraolishligi 90% ni tashkil qiladi. Ichga, och qoringa 150 mg qabul qilingandan keyin maksimal kontsentratsiyasi (Cmax) plazmadagi mikdorining 90% ni tashkil qiladi.
Bir vaqtda ovqat bilan qabul qilishi preparatning so‘rilishiga ta'sir qilmaydi.
Plazmadagi kontsentratsiyasi qabul qilingandan so‘ng 0,5 - 1,5 soatdan keyin cho‘qqisiga yetadi, flukonazolning yarim chiqarilish davri (T½) taxminan 30 soatni tashkil qiladi.
Plazmadagi kontsentratsiyasi dozaga to‘g‘ri proportsionaldir. Muvozanat kontsentratsiyasining (Css) 90% lik darajasiga davolashning 4-5 kunida erishiladi (sutkada 1 marta qabul qilinganida).
Odatdagi sutkalik dozadan 2 marta yukori bo‘lgan zarb dozani (birinchi kuni) yuborish, ikkinchi kunga kelib, 90% ga mos keluvchi Css darajasiga erishish imkonini beradi. Tabiiy taqsimlanish hajmi (Vd) organizmdagi suvning umumiy miqdoriga yaqinlashadi.
Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi- 11-12% ni tashkil qiladi.
Flukonazol organizmning barcha biologik suyuqliklariga yaxshi kiradi. Preparatning so‘lak va balg‘amdagi kontsentratsiyasi uning plazmadagi darajasi bilan bir xil. Zamburug‘li meningiti bo‘lgan bemorlarda flukonazolning orqa miya suyuqligidagi miqdori, uning plazmadagi darajasining 80% ni tashkil qiladi.
Shox kavatda, epidermisda, dermada va ter suyuqligida zardobdagiga qaraganda yuqori kontsentratsiyalarga erishiladi. Flukonazol asosan buyraklar orqali chiqariladi; yuborilgan dozaning taxminan 80% siydik bilan o‘zgarmagan holda chiqariladi. Flukonazolning klirensi kreatinin klirensiga (KK) proportsionaldir. Periferik qonda flukonazolning metabolitlari aniqlanmagan.
Qo‘llanilishi
- kriptokokkoz, shu jumladan kriptokokkli meningit va shu infektsiyaning boshqa sohalarda joylashgan turlari (shu jumladan o‘pka, teri), ham immunosupressiyasi bo‘lgan bemorlarda, ham immunosupressiyaning turli shakllari bo‘lgan bemorlarda (shu jumladan OITS bo‘lgan bemorlarda, a'zolarni ko‘chirib o‘tkazishda)
- preparatni OITS bo‘lgan bemorlarda kriptokokkli infektsiyani oldini olish uchun qo‘llanilishi mumkin;
- yoyilgan kandidoz, shu jumladan kandidemiya, tarqalgan kandidoz va invaziv kandidoz infektsiyasiniig boshqa shakllari (shu jumladan qorin pardasi, endokard, ko‘z, nafas va siydik yo‘llarining infektsiyalari). Davolash xavfli o‘smalari bo‘lgan bemorlarda, jadal davolash bo‘limidagi bemorlarda, sitostatik yoki immunosupressiv davolash kurslarini o‘tayotgan bemorlarda, hamda kandidozni rivojlanishiga olib keluvchi boshqa omillar bo‘lganida ham o‘tkazilishi mumkin;
- shilliq qavatlarnig kandidozi, shu jumladan og‘iz bo‘shlig‘i va xalqumning kandidozi (shu jumladan tish protezlarini taqish bilan bog‘lik og‘iz bo‘shlig‘ining atrofik kandidozi), qizilo‘ngach kandidozi, noinvaziv bronx-o‘pka infektsiyalari, kandiduriya; OITS bo‘lgan bemorlarda orofaringeal kandidozning qaytalanishlarini oldini olish;
- genitaya kandidoz qin kandidozini (o‘tkir va surunkali qaytalanuvchi), qin kandidozining qaytalanishlari sonini kamaytirish maqsadida profilaktik qo‘llash (yiliga 3 va undan ko‘p hollarda) kandidozli balanitni davolash;
- sitostatik kimyoterapiya yoki nur bilan davolash natijasida bunday infektsiyalarga moyil bo‘lgan xavfli o‘smalari bo‘lgan bemorlarda zamburug‘li infektsiyalarni oldini olish;
- teri mikozlari, shu jumladan oyoq panjasi, tana, chov sohasi mikozlari, kepaklanuvchi temiratki, onixomikozlar va teri kandidozida qo‘llanadi;
Dozani oshirib yuborilishi
Preparatning dozasini oshib yuborilishi to‘g‘risidagi ma'lumotlar taqdim qilinmagan.
Doza oshirib yuborilganida me'dani yuvish, diurezni ko‘paytirishni ta'minlash va simptomatik davolash o‘tkazish kerak. 3 soat gemodializ seansi o‘tkazilganidan so‘ng preparatning plazmadagi konpentratsiyasi 50% ga kamayadi.
Chiqarilish shakli
150 mg dozadan 3 kapsuladan PBX/alyumin fol'gali kontur –uyali o‘ramda.
Bir kontur-uyali o‘ram qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga karton qutili pachkaga (penal) joylanadi.
Saqlash sharoiti
Quruk, yorug‘likdan himoyalangan joyda 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Yaroqlilik muddati
o‘tganidan keyin ishlatilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
«NOVA PHARM» MCCJ KK
Uzbekiston Respublikasi, Surxondaryo viloyati, Termiz sh., So‘fi Olloyor ko‘ch., 10, №2 burilish.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.