Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Flunol 150 kaps. №1
Nomi | Narx | |||||
Флунол 150 капс. №1 (VLHA02AA##2 096) |
UZS 14 500
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Флуконазол
Страна производитель
Узбекистан
Дозировка
150 мг
Производитель
Nobel-Pharmsanoat,ИП,Узбекистан
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Капсулы
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Flunol®
Ta'sir etuvchi modda (XPN) Flukonazol
Dori shakli
Kapsulalar
Tarkibi
Faol modda Flukonazol 50 mg yoki 150 mg.
Yordamchi moddalar suvsiz laktoza, makkajo‘xori kraxmali, aerosil, magniy stearati, natriy laurilsulfati.
Ta'rifi
50 mg – oq/ko‘k rangli, oq kukun saqlovchi, №3 qattiq jelatinli kapsulalar.
150 mg – oq/pushti rangli, oq kukun saqlovchi, №1 qattiq jelatinli kapsulalar.
Farmakoterapevtik guruhi
Zamburug‘larga qarshi vosita.
ATX kodi J02AC01
Farmakologik xususiyatlari
Preparat triazol unumlari guruhiga mansub. Zamburug‘larga qarshi ta'sir mexanizmi, sitoxromi R450 ga bog‘liq bo‘lgan zamburug‘ fermentlari sintezini yuqori tanlab ingibitsiya qilishi bilan bog‘liq bo‘lib, bu o‘z navbatida hujayra tomonidan sterollar sintezini kamayishiga olib kelishi va natijada xujayra devorini o‘tkazuvchanligi buzilishiga olib keladi.
Antiandrogen faollikka ega emas.
Opportunistik mikozlarda, shu jumladan Candida spp. chaqirgan (shu jumladan immunodepressiya fonidagi kandidozning yoyilgan shakllari), Cryptococcus neoformans va Coccidioides immitis (shu jumladan bosh miya ichki infektsiyalari), Micosporum spp. va Trichophyton spp.; Blastomyces dermatidis, Histoplasma capsulatum chaqirgan endemik mikozlarda (shu jumladan immunodepressiyadagi) faoldir.
Farmakokinetikasi
Og‘iz orqali qabul qilinganda me'da-ichak yo‘llaridan yaxshi so‘riladi (kabul qilingan dozaning 90% gacha). Ovqat bilan birga qabul qilish so‘rilish miqdoriga ta'sir qilmaydi. Qabul qilingandan 0,5-1,5 soat o‘tganidan so‘ng plazmadagi kontsentratsiyasining eng yuqori cho‘qqisiga erishiladi, plazmadan yarim chiqarilish davri (T1/2) taxminan 30 soatni tashkil qiladi. Qondagi kontsentratsiyasining kattaligi qabul qilingan preparatning miqdoriga bevosita bog‘liq. Preparat 3-5 kun qabul qilingandan so‘ng qon plazmasida miqdorini turg‘unligiga erishiladi va doim qabul qilinganda, bir yildan keyin ham taxminan shu miqdorda qoladi. Plazma oqsillari bilan kam darajada bog‘lanishi (11-12%) va gidrofil xususiyatlari preparatni organizmda tez va bir tekis taqsimlanishini ta'minlaydi. So‘lak va balg‘amdagi kontsentratsiyasi uning plazmadagi miqdori kabidir, orqa miya suyuqligidagi kontsentratsiyasi plazmadagi miqdorining 80% ni tashkil qiladi. Terining shox qavati, epidermis, derma va ter suyuqligidagi kontsentratsiyasi plazmadagidan ortiq bo‘ladi. Preparatning metabolitlari periferik qonda topilmagan. Asosan buyrak orqali (taxminan 80% o‘zgarmagan xolda) chiqariladi. Klirensi kreatinin klirensi (KK) bilan proportsionaldir.
Qo‘llanilishi
• Cryptococcus zamburug‘lari tomonidan chaqirilgan tizimli shikastlanishlar, shu jumladan, meningit, sepsis, o‘pka va teri infektsiyalari, normal immun javobi bo‘lgan bemorlarda ham, immunodepressiyaning turli shakllarida ham (shu jumladan OITS bo‘lgan bemorlarda, a'zolar ko‘chirib o‘tkazilgan retsipiyentlar); OITS bo‘lgan bemorlarda kriptokokkli infektsiyani oldini olish maqsadidagi bir maromda ushlab turuvchi davolash.
• Yoyilgan kandidoz kandidemiya, disseminatsiyalangan kandidoz (ko‘zlar, endokard, qorin bo‘shlig‘i a'zolari, nafas a'zolari va siydik-jinsiy a'zolarining shikastlanishi bilan).
• Davolash sitotoksik yoki immunodepressiv davolash kursi olayotgan xavfli o‘smalari bo‘lgan bemorlarda, shuningdek ularni rivojlanishiga moyillik qiluvchi boshqa omillar bo‘lganida ham o‘tkazilishi mumkin - davolash va oldini olishda.
• Shilliq qavatlarning kandidozi og‘iz bo‘shlig‘i, tomoq, qizilo‘ngach, noinvaziv bronx-o‘pka kandidozlari, kandiduriya, teri-shilliq qavati va surunkali peroral atrofik kandidoz (tish protezlarini taqish bilan bog‘liq bo‘lgan).
• Genital kandidoz vaginal (o‘tkir va qaytalanuvchi). Kandidoz balanit. Vaginal kandidozni qaytalanishlari tez-tezligini (yiliga uch va ko‘proq epizodlar) kamaytirish maqsadida profilaktik qo‘llash.
• Xavfli o‘smalari bo‘lgan bemorlarda ximio- va nurli davolash fonida zamburug‘li infektsiyalarni oldini olish; OITS bo‘lgan bemorlarda orofaringeal kandidozning qaytalanishlarini oldini olish.
• Teri mikozlari oyoq panjalari, tana, chov sohasi, onixomikoz, kepaksimon temiratki, terining kandidozli infektsiyalari.
• Immuniteti normal bo‘lgan bemorlardagi chuqur endemik mikozlar (koktsidiomikoz, parakoktsidiomikoz, sporotrixoz va gistoplazmoz) da qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga. Kapsulalar chaynalmaydi, suv yoki boshqa suyuqlik bilan birga ichiladi. Doza infektsiyaning og‘irligi va qo‘zg‘atuvchining tabiatiga qarab, shaxsiy ravishda belgilanadi.
Kattalarga kriptokokkli meningitda va boshqa lokalizatsiyali kriptokokkli infektsiyalarda birinchi kun odatda 400 mg buyuriladi, so‘ngra esa davolash sutkada 1 marta 200 mg - 400 mg dozada davom ettiriladi. Kriptokokkli infektsiyalarda davolash davomiyligi mikologik tekshirish bilan tasdiqlangan klinik samaradorlikka bog‘liq; kriptokokkli meningitda u odatda kamida 6-8 hafta davom ettiriladi.
OITS bo‘lgan bemorlarda kriptokokkli meningitni qaytalanishini oldini olish uchun, birlamchi davolash kursi to‘liq yakunlanganidan keyin, flukonazol sutkada 200 mg dozada uzoq vaqt davri davomida buyuriladi.
Kandidemiya, disseminatsiyalangan kandidoz va boshqa invaziv kandidozli infektsiyalarda odatdagi doza birinchi sutkada 400 mg ni tashkil qiladi, so‘ngra esa - 200 mg dan. Yetarli klinik samaradorlik bo‘lmaganida preparatning dozasi sutkada 400 mg gacha oshirilishi mumkin. Davolash davomiyligi klinik samaradorlikka bog‘liq.
Orofarengial kandidozda preparat odatda 50-100 mg dan sutkada 1 marta buyuriladi; davolash davomiyligi - 7-14 kun. Zarurati bo‘lganida, immunitetni yaqqol pasayishi bo‘lgan bemorlarda davolash davomliroq bo‘lishi mumkin. OITS bo‘lgan bemorlarda orofarengial kandidozning qaytalanishlarini oldini olish uchun, birlamchi to‘liq davolash kursi yakunlanganidan keyin, preparat 150 mg dan haftada 1 marta buyurilishi mumkin.
Tish protezlarini taqish bilan bog‘liq bo‘lgan og‘iz bo‘shlig‘ining atrofik kandidozida, flukonazol odatda 50 mg dan sutkada 1 marta protezga ishlov berish uchun mahalliy antiseptik vositalar bilan birga buyuriladi.
Kandidozning boshqa lokalizatsiyalarida (genital kandidozdan tashqari), masalan ezofagitda, noinvaziv bronx-o‘pka shikastlanishida, kandiduriyada, teri va shilliq qavatlarning kandidozida va x.k., samarali doza odatda davolashni 14-30 kun davomiyligida sutkada 50-100 mg ni tashkil qiladi.
Vaginal kandidozda flukonazol bir marta ichga 150 mg dozada qabul qilinadi. Vaginal kandidozning qaytalanishlari tez-tezligini pasaytirish uchun preparat 150 mg dozada oyda 1 marta ishlatilishi mumkin. Davolash davomiyligi shaxsiy ravishda belgilanadi; u 4 dan 12 oygacha o‘zgaradi. Ayrim bemorlarga tez-tezroq qo‘llash talab qilinishi mumkin.
Candida spp. chaqirgan balanitda, flukonazol ichga bir marta 150 mg dozada buyuriladi.
Kandidozni oldini olish uchun zamburug‘li infektsiyani rivojlanish xavfini darajasiga qarab, flukonazolning tavsiya etiladigan dozasi sutkada 1 marta 50-400 mg ni tashkil qiladi. Tarqalgan infektsiyaning yuqori xavfi bo‘lganida, masalan kutilayotgan yaqqol yoki uzoq muddat saqlanayotgan neytropeniyali bemorlarda, tavsiya etilgan doza sutkada 1 marta 400 mg ni tashkil qiladi. Flukonazol kutilayotgan neytropeniyadan bir necha kun oldin; neytrofillar soni 1000/mm3 dan ko‘proqqa oshganidan keyin yana 7 sutka davomida buyuriladi.
Teri mikozlarida, shu jumladan, oyoq panjalari, chov sohasining terisi mikozlari va terining kandidozlaridatavsiya etiladigan doza 150 mg haftada 1 marta yoki 50 mg sutkada 1 martani tashkil qiladi. Davolash davomiyligi odatdagi xollarda 2-4 haftani tashkil qiladi, lekin oyoq panjalarining mikozlarida davomliroq (6 haftagacha) davolash talab qilinishi mumkin.
Kepaksimon temiratkida - 300 mg haftada 1 marta 2 hafta davomida, ayrim bemorlarga haftada 300 mg uchinchi doza talab qilinishi mumkin, shu vaqtning o‘zida bir qism hollarda 300 mg - 400 mg bir marta qabul qilish yetarli bo‘ladi; davolashning muqobil tartibi 50 mg dan kuniga 1 marta 2-4 hafta davomida qo‘llash hisoblanadi.
Onixomikozda tavsiya qilingan doza 150 mg haftada 1 martani tashkil qiladi. Davolashni infektsiyalangan tirnoq almashgunicha (infektsiyalanmagan tirnoq o‘sib chiqkunicha) davom ettirish kerak.Qo‘llar va oyoq panjasi barmoqlarida tirnoqlarni takroriy o‘sishi uchun muvofiq 3-6 oylar va 6-12 oylar talab qilinadi. Lekin o‘sish tezligi turli odamlarda, shuningdek yoshga qarab keng chegaralarda o‘zgarishi mumkin.
Chuqur endemik mikozlarda preparatni sutkada 200-400 mg dozada 2 yilgacha qo‘llash talab qilinishi mumkin. Davolash davomiyligi shaxsiy ravishda belgilanadi; koktsidiomikozda u 11-24 oylarni; parakoktsidiomikozda 2-17 oylarni; sporotrixozda 1-16 oylarni va gistoplazmozda 3-17 oylarni tashkil qilishi mumkin.
Bolalarda kattalardagi o‘xshash infektsiyalarda bo‘lgani kabi, davolash davomiyligi klinik va mikologik samaraga bog‘liq. Bolalarda preparatni kattalardagidan, ya'ni sutkada 400 mg dan ko‘p bo‘lmagan yuqori sutkalik dozalarda qo‘llash mumkin emas. Preparat har kuni sutkada 1 marta qo‘llanadi.
Qizilo‘ngach kandidozida bolalarda flukonazol bir marta 3 mg/kg sutkalik dozada, quyidagi o‘rtacha dozalarda buyuriladi 3-6 yoshda (tana vazni 15-20 kg) - 50 mg; 7-9 yoshda (tana vazni 21-29 kg) - 50-100 mg; 10-12 yoshda (tana vazni 30-40 kg) - 100-150 mg; 12-15 yoshda (tana vazni 40-50 kg) - 100-150 mg. Davolash davomiyligi - kamida 3 hafta va simptomlar regresiyasidan keyin yana 2 hafta davomida.
Shilliq qavatlarning kandidozida bolalarda flukonazol bir marta 3 mg/kg sutkalik dozada, quyidagi o‘rtacha dozalarda buyuriladi 3-6 yoshda (tana vazni 15-20 kg) - 1-nchi kuni 100-150 mg, keyin - 50 mg dan; 7-9 yoshda (tana vazni 21-29 kg) - 1-nchi kuni -100-200 mg, keyin - 100 mg dan; 10-12 yoshda (tana vazni 30-40 kg) - 1-nchi kuni - 100-150 mg, keyin - 100 mg dan; 12-15 yoshda (tana vazni 40-50 kg) - 1-nchi kuni - 250-300 mg, keyin - 100-150 mg dan. Davolash davomiyligi - kamida 3 hafta.
Yoyilgan kandidozda va kriptokokkli infektsiyada (shu jumladan meningitda) bolalarda flukonazol bir marta 6-12 mg/kg sutkalik dozada, quyidagi o‘rtacha dozalarda buyuriladi 3-6 yoshda (tana vazni 15-20 kg) - 100-250 mg; 7-9 yoshda (tana vazni 21-29 kg) - 100-300 mg; 10-12 yoshda (tana vazni 30-40 kg) - 200-350 mg; 12-15 yoshda (tana vazni 40-50 kg) - 250-400 mg. Davolash davomiyligi - 10-12 hafta davomida (likvorda qo‘zg‘atuvchilarning yo‘qligi laboratoriyada tasdiqlanmagunicha) davom etadi.
Immuniteti pasaygan bolalarda zamburug‘li infektsiyalarni oldini olish uchun, ularda infektsiyani rivojlanish xavfi sitotoksik ximioterapiya yoki nur bilan davolash natijasida rivojlanayotgan neytropeniya bilan bog‘liq, flukonazol induktsiyalangan neytropeniyaning yaqqolligi va saqlanishini davomiyligiga qarab, quyidagi o‘rtacha dozalarda buyuriladi 3-6 yoshda (tana vazni 15-20 kg) - 50-250 mg; 7-9 yoshda (tana vazni 21-29 kg) - 50-300 mg; 10-12 yoshda (tana vazni 30-40 kg) - 100-350 mg; 12-15 yoshda (tana vazni 40-50 kg) - 100-400 mg. Davolash davomiyligi - induktsiyalangan neytropeniya bartaraf qilingunicha davom etadi.
Buyrak faoliyatini buzilishlari bo‘lgan bolalarda preparatning sutkalik dozasini, buyrak yetishmovchiligining yaqqollik darajasiga muvofiq kamaytirish kerak (kattalardagi kabi proportsional bog‘liqlikda).
Keksa yoshli bemorlarda buyrak faoliyatini buzilishlari bo‘lmaganida, preparatni dozalashni odatdagi tartibiga amal qilish kerak. Buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi minutiga 50 ml dan kam) bo‘lgan bemorlarda, dozalash tartibini quyida ko‘rsatilgandek to‘g‘rilash kerak.
Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan bemorlarda preparatni qo‘llash. Flukonazol asosan siydik bilan o‘zgarmagan holda chiqariladi. U bir marta qabul qilinganida dozani o‘zgartirish talab qilinmaydi. Buyrak faoliyati buzilgan bemorlarga preparat takror buyurilganida, dastlab 50 mg dan 400 mg gacha bo‘lgan “zarb” dozani yuborish kerak. Agar kreatinin klirensi (KK) minutiga 50 ml ni tashkil qilsa, preparatning odatdagi dozasi (tavsiya etilgan dozaning 100%) sutkada bir marta qo‘llanadi. KK minutiga 11 dan 50 ml gacha bo‘lsa, tavsiya etilgan dozaning 50% ga teng dozasi qo‘llanadi. Muntazam dializda bo‘lgan bemorlarda preparatning bir dozasi har bir gemodializ seansidan keyin qo‘llanadi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Preparat odatda juda yaxshi o‘zlashtiriladi. Ayrim hollarda quyidagilar kuzatilishi mumkin
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan ta'mni o‘zgarishi, qusish, ko‘ngil aynishi, diareya, meteorizm, qorin og‘rig‘i, jigar faoliyatini buzilishi (sariqlik, giperbilirubinemiya, alaninaminotransferaza, aspartataminotransferaza, ishqoriy fosfataza faolligini oshishi, gepatit, gepatotsellyulyar nekroz), shu jumladan o‘lim bilan yakunlanuvchi.
Nerv tizimi tomonidan bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, tirishishlar.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan QT intervali davomiyligini oshishi, yurak qorinchalarini xilpillashi/titrashi.
Qon yaratish a'zolari tomonidan leykopeniya, trombotsitopeniya, neytropeniya, agranulotsitoz.
Allergik reaktsiyalar teri toshmasi, ko‘p shaklli ekssudativ eritema (shu jumladan Stivens-Djonson sindromi), toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi), anafilaktoid reaktsiyalar (shu jumladan angionevrotik shish, yuzning shishi, eshakemi, terini qichishishi).
Boshqalar buyrak faoliyatini buzilishi, alopetsiya, giperxolesterinemiya, gipertriglitseridemiya, gipokaliyemiya.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Homiladorlik, laktatsiya (davolash zarurati tug‘ilgan hollarda emizish to‘xtatiladi), 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar, terfenadinni bir vaqtda qabul qilish, preparatga yoki azol strukturasiga yaqin bo‘lgan birikmalarga bo‘lgan yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Kumarin antikoagulyantlari bilan bir vaqtda qo‘llanganida protrombin vaqtini uzaytiradi; peroral gipoglikemik vositalar - sulfonilmochevina hosilalari bilan - ularning T1/2 oshishi natijasida gipoglikemiya rivojlanishining xavfi oshadi; rifampitsin bilan - tuberkulyozga qarshi preparatni organizmdan chiqarilish tezlashadi, bu uning dozasini oshirishni talab qiladi; terfenadin bilan-terfenadinni organizmdan chiqarilishi sekinlashadi, bu nojo‘ya ta'sirlari (hatto xavfli) rivojlanish imkoniyatini yaratishi mumkin; fenitoin bilan - plazmada fenitoin miqdori oshadi va uning ta'siri kuchayadi, bu dozani korrektsiya qilishni talab qilishi mumkin; siklosporin bilan - plazmada siklosporin miqdorini ortishi mumkin. Preparat sizapirid, astemizol, rifabutin, takrolimus va boshqa R450 sitoxrom tizimi ishtirokida metabolizmga uchraydigan preparatlar bilan birga qo‘llanilganda ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish kerak.
Maxsus ko‘rsatmalar
Jigar faoliyati yaqqol buzilgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llaniladi, uning faoliyatini yanada yomonlashuv belgilari paydo bo‘lsa preparatni to‘xtatish kerak. Davolash boshida jigar faoliyati me'yorida bo‘lgan bemorlarda, jigarni shikastlanish belgilari paydo bo‘lganda ham shunday yo‘l tutish kerak. Buyrak faoliyati buzilgan bemorlarda preparat bir marta qo‘llanganda dozani to‘g‘irlash talab qilinmaydi. Qayta qo‘llanganda KK qarab mo‘ljallanadi. Agar KK 50 ml/minutdan ko‘p bo‘lsa, dozani to‘g‘irlash kerak bo‘lmaydi; KK 11 dan 20 ml/minutgacha bo‘lganda odatdagi dozani 33% qabul qilinadi 72 soat intervali bilan; KK 21 dan 40 ml/minut o‘tgacha bo‘lganda odatdagi dozani yarmi qabul qilinadi, 48 soat intervali bilan. Dializda bo‘lgan bemorlarda, har bir seans dializdan so‘ng bir doza qabul qilinadi. Invaziv/tizimli zamburug‘ infektsiyasi bo‘lgan bemorlarda toshmalar paydo bo‘lganida, ularni sinchkovlik bilan kuzatish va bullyoz o‘zgarishlar yoki ko‘p shaklli eritemalar paydo bo‘lsa preparatni to‘xtatish kerak. Davolashni ekishga namuna olishdan oldin boshlash mumkin, lekin natijalari ma'lum bo‘lgach, uni albatta to‘g‘irlash kerak.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.
Dozaning oshirib yuborilishi
Simptomlari ko‘ngil aynishi, qusish, ich ketishi, og‘ir holatlarda— tirishishlar, gallyutsinatsiyalar, paranoidal holat.
Davolash belgilarga muvofiq (me'dani yuvish, tezlashtirilgan diurez). Gemodializ dastlabki 3 soat ichida plazmadagi flukonazol miqdorini50% ga kamaytiradi.
Chiqarilish shakli
«Flunol® 50», kapsulalar 50 mg dan, №7.
«Flunol® 150», kapsulalar 150 mg dan, №1, №2.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
4 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha - Flunol® 50 №7, Flunol® 150 №2.
Retseptsiz - Flunol® 150 №1.
Ishlab chiqaruvchi
"NOBEL PHARMSANOAT" ChEK
Dori vositasining sifati bo‘yicha iste'molchilarning fikr-mulohazalari, e'tirozlari va dori preparatining nojo‘ya ta'sirlari yoki samarasini yo‘qligi haqidagi xabarlarni quyidagi manzilga yuborish mumkin
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Qorasuvbo‘yi ko‘ch, 5 "A"
Tel (99871) 265 90 99; Faks (99871) 265 91 99; E-mail pv@nobel.uz, www.nobel.uz
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.