Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Fluzamed ko‘z tomchilari 0.3% 5ml dan №1
Nomi | Narx | |||||
Флузамед глазные капли 0,3% по 5мл №1 (306002122##2 266) |
UZS 66 500
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Флуконазол
Страна производитель
Румыния
Дозировка
0,3% 5 мл
Производитель
World Medicine Ophthalmics, Великобритания произведено: S.C. Rompharm Company S.R.L.
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Капли глазные
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Ishlab chiqarilgan
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Fluzamed
Ta'sir etuvchi modda (XPN) flukonazol
Dori shakli
ko‘z tomchilari
Tarkibi
1ml preparat quyidagilarni saqlaydi
faol modda flukonazol – 3mg;
yordamchi moddalar dinatriy gidrofosfat dodekagidrati, natriy digidrofosfat monogidrati, propilenglikol, benzalkoniy xloridi, tozalangan suv.
Ta'rifi rangsiz, tiniq suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi
zamburug‘larga qarshi vosita.
ATX kodi S01A
Farmakologik xususiyatlari
Farmakologik ta'siri – zamburug‘larga qarshi ta'sir ko‘rsatadi. Sitoxrom R450 ga bog‘liq bo‘lgan qator fermentlarni bloklaydi va zamburug‘larning hujayra membranalarida sterollarni sintezini yuqori selektiv ingibitsiya qiladi.
Flukonazol Sandida spp., Cryptococcus neoformans, Microsporum spp., Trichophyton spp. qatori zamburug‘lari chaqirgan infektsiyalarda, shuningdek Blastomyces dermatitidis, Coccidioides immitis va Histoplasma capsulatum qo‘zg‘atuvchilari chaqirgan infektsiyalarda samaralidir.
Flukonazol ko‘z to‘qimalari bo‘ylab yaxshi taqsimlanadi. Bir marta qo‘llanganida 15 minutdan keyin flukonazol S.albicans va C.parapsilosis kabi mikroorganizmlarning eliminatsiyasi uchun zarur bo‘lgan kontsentratsiyadan ortiq kontsentratsiyaga erishadi, ko‘p marta yuborilganida esa flukonazolning kontsentratsiyasi S.tropicalis ni eliminatsiyasi uchun zurur bo‘lgan kontsentratsiyadan oshadi, shu sababli flukonazol Candida qatori zamburug‘lari chaqirgan keratitlarni davolashda amfoteritsin V ga yaxshi muqobil hisoblanadi.
Qo‘llanilishi
Quyidagi zamburug‘li oftalmologik infektsiyalar
• skleritlar;
• endogen endoftalmitlar;
• operatsiyadan keyingi endoftalmitlar;
• keratomikozlar;
• zamburug‘li keratitlar;
• kanalikulitlarda ko‘llanadi
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparat faqat mahalliy qo‘llash uchun mo‘ljallangan.
1-2 tomchidan bemor ko‘zining kon'yunktivasiga kuniga 4 marta buyuriladi. Davolashning davomiyligi 3 haftadan ko‘p bo‘lmasligi kerak. Davolash shifokor kuzatuvi ostida o‘tkazilishi kerak.
Nojo‘ya ta'sirlari
Ko‘rish a'zolari tomonidan kam hollarda ko‘zni ta'sirlanishi va qizarishi kuzatilishi mumkin. Preparat tomizilganidan keyin ko‘rish o‘tkirligi vaqtinchalik yo‘qolishi mumkin.
Ovqat-hazm qilish tizimi tomonidan ko‘ngil aynishi, diareya, qorinda og‘riq, meteorizm.
Ayirish tizimlari tomonidan jigar faoliyatini buzilishi, gepatit, gepatotsitlar nekrozi, ALT va ASTning zardobdagi darajasini oshishi, buyraklar faoliyatini buzilishi, plazmada xolesterin va triglitseridlarning darajasini oshishi, gipokaliyemiya.
Boshqa a'zolar tomonidan bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, tirishishlar, toshma, Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz, leykopeniya, trombotsitopeniya, anafilaktik reaktsiyalar, angionevrotik shish, yuzni shishi, qichishish, ta'm bilishni buzilishi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
• o‘ta yuqori sezuvchanlik (shu jumladan, anamnezda boshqa azol zamburug‘lariga qarshi dori vositalariga) da qo‘llash mumkin emas;
• terfenadin, astemizol yoki sizapridni bir vaqtda qabul qilish mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Gipoglikemik vositalar – sulfanilmochevina hosilalari bilan birga qo‘llanganida gipoglikemiya rivojlanishi mumkin.
Kumarin antikoagulyantlari bilan bir vaqtda qo‘llanganida protrombin vaqtini uzayishi kuzatiladi.
Rifampitsin bilan bir vaqtda qo‘llanganida flukonazolning yarim chiqarilish davrini qisqarishi aniqlanadi.
Fenitoin bilan bir vaqtda qo‘llash fenitoinning kontsentratsiyasini klinik jihatdan sezilarli darajada oshishi bilan kechishi mumkin, bu uning dozasini pasaytirishni talab etadi.
Rifabutin bilan bir vaqtda qo‘llash rifabutinning zardobdagi kontsentratsiyasini oshishiga olib kelishi mumkin, uveit rivojlanishi mumkin.
Siklosporin bilan bir vaqtda qo‘llash siklosporinning qondagi kontsentratsiyasini oshishiga olib kelishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Mikrobli kontaminatsiyadan saqlanish uchun pipetka uchini biron-bir yuzaga tegib ketishidan saqlash lozim.
Preparat bilan davolanish vaqtida kontakt linzalarni taqish tavsiya etilmaydi.
Flakon ochilganidan keyin preparat bir oy davomida ishlatilsin.
Agar preparat bilan davolanishda 7-10 kun davomida yaxshilanish kuzatilmasa, u holda kasallikni preparatga sezgir bo‘lmagan mikroorganizmlar tomonidan chaqirilgan deb taxmin qilish mumkin.
Boshqa oftalmologik eritmalar kabi preparat qonga so‘rilishi mumkin. Buyraklar faoliyatini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarga, immunitetni susayishi bo‘lgan holatlarda (chaqaloqlik davri, OITS va boshqalar) ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Gepatotoksiklik belgilari, toshmalar, bullez o‘zgarishlar, ko‘p shaklli eritma paydo bo‘lganida davolashni bekor qilish kerak.
Flukonazol sitoxrom R450 fermentlar tizimi ishtirokida metabolizmga uchraydigan boshqa preparatlarni bir vaqtda olayotgan bemorlarga qo‘llanganida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanilishi
Preparatni ona uchun kutilgan foyda, homila uchun kuzatiladigan potentsial xavfdan ustun bo‘lgan hollardagina qo‘llash mumkin. Davolash davrida emizishni to‘xtatish lozim.
Pediatriyada qo‘llanishi.
Bolalarda qo‘llash xavfsizligi aniqlanmagan.
Avtomobil va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Fluzamed tomchilarini, diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaktsiyalar tezligini talab etuvchi potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanadigan patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborish hollari kuzatilmagan.
Chiqarilish shakli
Fluzamed ko‘z tomchilari 5 ml dan buraladigan qopqoqli plastik-flakon tomchilagichda chiqariladi. Har bir flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saklash sharoiti
250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Ochilganidan keyin – 1oy.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
Savdo belgisi va qayd etish sertifikatining egasi
“Uorld Meditsin” Buyuk Britaniya
(“World Medicine”, Buyuk Britaniya)
Ishlab chiqarilgan
“Romfarm Kompani S.R.L”, Ortopen, Yeroilor ko‘ch., 1A, Ruminiya
(“Rompharm Company S.R.L”, Otopeni, Eroilor street 1A, Romania)
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.