Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Futsis DT tab. 50mg №4
Nomi | Narx | |||||
Фуцис ДТ таб. 50мг №4 (1003775##2 407) |
UZS 42 900
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Фуцис ДТ таб. 50мг №4 (1003775##2 409) |
UZS 42 900
Stokda yetarli (3)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Kelib chiqqan mamlakat
Hindiston
Дозировка
50 мг
Производитель / Ishlab chiqaruvchi
Kusum Healthcare Pvt. Ltd
Retsept bo'yicha dorilar
Да
Chiqarish shakli
Таблетки
Ko'rsatmalar
Preparatning savdo nomi
Futsis Ta'sir etuvchi modda(XPN) flukonazol
Dori shakli
tabletkalar
Tarkibi
Har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi faol modda flukonazol 50 mg, 100 mg, 150 mg, 200 mg;
yordamchi moddalar mikrokristallik sellyuloza (PH102), laktoza monogidrati, povidon
K-30, izopropil spirti, tozalangan talk, magniya stearati, natriy kraxmalglikolyati (Tip A), natriy kroskarmellozasi.
Ta'rifi oq rangli, dumaloq shaklli, bir tomonida sindirish uchun chizig‘i bo‘lgan chekkalari yassilangan tekis tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
muntazam qo‘llanish uchun zamburug‘larga qarshi vositalar. ATX kodi J02AC01.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
Ta'sir mexanizmi Flukonazol triazol guruhiga mansub zamburug‘ga qarshi vosita hisoblanadi. Uning asosiy ta'sir mexanizmi sitoxrom R-450 bilan bevosita ifodalangan 14 dimetillash zamburug‘li alfa-lanosterolni susaytirishdan iborat bo‘lib, bu zamburug‘li ergosterin biosintezining muhim bosqichi hisoblanadi. 14 alьfa-metilsterol to‘planishi zamburug‘li hujayralar membranasida ergosteriolning kelgusi yo‘qotilishlari bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lib, flukonazolning zamburug‘ga qarshi faolligi sababi bo‘lishi mumkin. Flukonazol sutemizuvchilar R-450 i turli ferment tizimlariga nisbatan zamburug‘ning R-450 sitoxromi fermentlari uchun ko‘proq selektiv ekanligi ko‘rsatilgan.
Flukonazolni 28 kungacha vaqt davomida kuniga 50 mg dozada qo‘llash erkaklarda plazmadagi testosteronning kontsentratsiyasiga yoki tug‘ish yoshidagi ayollarda steroidlarning tarkibiga ta'sir ko‘rsatmaydi. Flukonazol kuniga 200 mg.dan 400 mg.gacha dozada steroidlar endogen darajalariga yoki sog‘lom ko‘ngilli erkaklarda AKTGni rag‘batlantirishga klinik ahamiyatli ta'sir ko‘rsatmaydi. Antipirin bilan o‘zaro ta'sir tadqiqotlari shuni tasdiqlaydiki, flukonazolning bir yoki bir necha 50 mg dozalari uning metabolizmiga ta'sir ko‘rsatmaydi.
In vitro sezuvchanligi
In vitro flukonazol Candida aksariyat klinik tarqalgan turlari (shu jumladan C. albicans, C. parapsilosis, C. tropicalis)ga nisbatan zamburug‘ga qarshi faollikni namoyon etadi. C. glabrata flukonazolga keng diapazonli moyillikni namoyish etadi, ayni paytda esa C. krusei flukonazolga chidamlidir.
Flukonazol Cryptococcus neoformans va Cryptococcus gattii, shuningdek endemik shakllari Blastomyces dermatiditis, Coccidioides immitis, Histoplasma capsulatum va Paracoccidioides brasiliensisga qarshi in vitro faollikni ham namoyon etadi.
Farmakokinetik / farmakodinamik hususiyatlari
Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda minimal bostiruvchi kontsentratsiya va Candida spp eksperimental mikozlariga qarshi samaradorlik o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik mavjud bo‘lgan. Klinik tadqiqotlarda AUC va flukonazol dozasi o‘rtasida deyarli 11 chiziqli bog‘liqlik mavjud. Oral kandidozini davolashda va kamroq darajada kandidemiyani davolashda AUC yoki doza va muvaffaqiyatli klinik javob o‘rtasida ham, garchi mukammal bo‘lmasada, to‘g‘ri bog‘liqlik mavjud. Xuddi shunday tarzda, flukonazolning yanada yuqori minimal bostiruvchi kontsentratsiyasiga ega shtammlari tomonidan qo‘zg‘atilgan infektsiyalarda davolash samaradorligi ehtimoli kamroq.
Rezistentlik mexanizmlari
Candida spp azol zamburug‘ga qarshi agentlarga bir qator rezistentlik mexanizmlarini rivojlantirdi. Ma'lumki, ushbu rezistentlik mexanizmlaridan bir yoki bir nechtasini rivojlantirgan zamburug‘ shtammlari flukonazolga yuqori minimal bostiruvchi kontsentratsiyalarni namoyon qiladi, bu in vivo va klinik samaradorlikka salbiy ta'sir ko‘rsatadi.
C. albicansdan farqli ravishda, ko‘pincha o‘z xususiyatiga ko‘ra flukonazolga moyil bo‘lmagan Candida turlari (masalan, Candida krusei) bilan superinfektsiyalar to‘g‘risida xabarlar mavjud. Bunday holatlarda, muqobil zamburug‘ga qarshi terapiya talab qilinishi mumkin.
Farmakokinetikasi
Vena ichidan va peroral tarzda yuborilganda flukonazolning farmakokinetik xususiyatlari o‘xshashdir. So‘rilishi
Peroral tarzda qabul qilingandan so‘ng flukonazol yaxshi so‘riladi, plazmadagi darajalari (va tizimli biokiraolishligi) esa vena ichidan yuborilganda erishilgan darajaga nisbatan 90%dan ko‘proq miqdorni tashkil etadi. Ichga qabul qilinganda
so‘rilishi ovqatlanishga bog‘liq bo‘lmaydi. Qorin ochligi holatida plazmadagi eng yuqori kontsentratsiyalari doza yuborilgandan so‘ng 0,5 va 1,5 soat o‘rtasida kuzatiladi. Plazmadagi kontsentratsiya dozaga mutanosibdir. Kuniga bir marta chastota bilan ko‘p karra qabul qilish orqali qo‘llanganda 4-5-sutkaga kelib 90% barqaror darajalarga erishiladi. Odatdagi sutkalik dozadan ikki baravar yuqori kuchli doza qo‘llanishi (1-kunda) 2-kunda plazmada taxminan 90%gacha barqaror darajalarga erishilishni ta'minlaydi.
Taqsimlanishi
Aniq taqsimlanish hajmi organizmdagi suvning umumiy miqdoriga yaqinlashadi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanish darajasi past (11-12%).
Flukonazol barcha tadqiq qilinadigan biologik suyuqliklarga yaxshi singib kiradi. Flukonazolning so‘lak va balg‘amdagi darajalari plazmadagi darajalar bilan bir xil. Zamburug‘li meningitga ega patsiyentlarda flukonazolning orqa miya suyuqligidagi darajalari plazmadagi taalluqli darajalarning taxminan 80%ini tashkil etadi.
Flukonazolning zardobdagi kontsentratsiyasidan yuqori teridagi yuqori kontsentratsiyasiga epidermis muguz parda qatlamida, epidermada va ekrin terda erishiladi. Flukonazol muguz parda qatlamida to‘planadi. Kuniga bir marta 50 mg dozada 12 kundan keyin flukonazol kontsentratsiyasi 73 mkg/g.ni tashkil etgan va davolash to‘xtatilgandan so‘ng 7 kundan keyin kontsentratsiya 5,8 mkg/g.ni tashkil etgan. Haftasiga bir marta 150 mg dozada qabul qilingan 7-kunda flukonazolning muguz parda qatlamidagi kontsentratsiyasi 23,4 mkg/g.ni tashkil etgan va davolash to‘xtatilgandan so‘ng 7 kundan keyin kontsentratsiya 7,1 mkg/g darajasida saqlanib qolgan.
Flukonazolning tirnoqlardagi kontsentratsiyasi haftasiga bir marta 150 mg dozada 4 oy qabul qilingandan so‘ng sog‘lom tirnoqlarda 4,05 mkg/g va shikastlangan tirnoqlarda 1,8 mkg/g.ni tashkil etgan; flukonazol terapiya tugagandan so‘ng 6 oydan keyin ham tirnoq namunalarida aniqlangan.
Biotransformatsiyasi
Flukonazol faqat kam darajada metabolizatsiyalanadi. Radioaktiv dozadan faqat 11%i siydikda o‘zgargan ko‘rinishda ajralib chiqadi. Flukonazol CYP2C9 va CYP3A4 izofermentlarining o‘rtacha ingibitori hisoblanadi (“Dorilarning o‘zaro ta'siri”ga qarang). Shuningdek, flukonazol CYP2C19 izofermentining kuchli ingibitori hisoblanadi.
Chiqarilishi
Flukonazol uchun plazmadan yarim chiqarilish davri taxminan 30 soatni tashkil etadi. Asosiy ekskretsiya yo‘li – buyrak bo‘lib, bunda yuboriladigan dozaning taxminan 80%i siydikda o‘zgarmagan dori vositasi sifatida namoyon bo‘ladi. Flukonazol klirensi kreatinin klirensiga proportsional. Aylanuvchi metabolitlar dalil-isbotlari yo‘q.
Plazmadan uzoq vaqtli yarim chiqarilish davri vaginal kandidozda kuniga bir marta va boshqa tavsiyalar uchun haftasiga bir marta bir martali doza uchun uzoq vaqtli terapiyani ta'minlaydi.
Buyrak faoliyati yetishmovchiligida farmakokinetikasi
Og‘ir buyrak faoliyati yetishmovchiligiga ega patsiyentlarda (glomerulyar filьtratsiya darajasi <20 ml/daqiqa) yarim chiqarilish davri 30 soatdan 98 soatgacha uzaytirilgan. Taalluqli ravishda, dozani kamaytirish kerak. Flukonazol gemodializ va kamroq darajada peritoneal dializ bilan ajralib chiqadi. Gemodializning uch soatlik seansidan so‘ng qondan taxminan 50% flukonazol chiqarib tashlanadi.
Laktatsiya davridagi farmakokinetikasi
O‘z bolalarini emizishni vaqtincha yoki uzoq vaqt to‘xtatib qo‘ygan o‘n nafar emizuvchi ayollarda o‘tkazilgan farmakokinetik tadqiqotda 150 mg flukonazolning bir martali dozasi qabul qilingandan so‘ng 48 soat mobaynida flukonazolning plazma va ona sutidagi kontsentratsiyalari baholangan. Flukonazol ona sutida ona plazmasidagi miqdordan taxminan 98% o‘rtacha kontsentratsiyada aniqlangan. Doza yuborilgandan so‘ng 5,2 soatdan keyin ona sutida o‘rtacha eng yuqori kontsentratsiya 2,61 mg/l.ni tashkil etgan. Chaqaloq tomonidan ona suti orqali qabul qilinadigan flukonazolning taxminiy kundalik dozasi (kuniga o‘rtacha 150 ml/kg sut iste'mol qilingan sharoitda), sutning o‘rtacha eng yuqori kontsentratsiyasiga qarab, sutkasiga 0,39 mg/l.ni tashkil etadi, bu tavsiya etiladigan neonatal dozaning taxminan 40%i (tug‘ilgandan < 2 haftasi) yoki shilliq parda kandidozida tavsiya etilgan bolalar dozasining 13%ini tashkil etadi.
Bolalardagi farmakokinetikasi
5 ta tadqiqotda 2 ta tadqiqotda bir martali dozalar, 2 ta tadqiqotda ko‘p karrali dozalar va vaqtidan oldin (chala) tug‘ilgan chaqaloqlar bilan 1 ta tadqiqotda, jami 113 nafar bolada farmakokinetik ma'lumotlar o‘rganilgan. Bitta tadqiqot ma'lumotlari tadqiqotlar vaqtida ta'riflash liniyasida o‘zgarishlar sababli izohlanmaydigan holatga kelgan. Qo‘shimcha ma'lumotlar insonparvarlik asosidagi tadqiqotlardan olingan.
9 oylikdan 15 yoshgacha bolalarga 2-8 mg/kg flukonazol qo‘llangandan so‘ng AUC 1 mg/kg doza birligiga taxminan 38 mkg·ch/ml.ni tashkil etgan. Flukonazolning plazmadan o‘rtacha yarim chiqarilish davri 15 soatdan 18 soatgacha, taqsimlanish hajmi esa ko‘p karrali dozalardan so‘ng taxminan 880 ml/kg.ni tashkil etadi. Bir martali dozadan so‘ng flukonazolning plazmadan yarim chiqarilish davri yuqoriroq bo‘lgan va taxminan 24 soatni tashkil etgan. Buni 11 kunlikdan 11 oylikkacha bolalarda vena ichidan bir martali 3 mg/kg yuborilgandan keyingi flukonazolning plazmadan yarim chiqarilish davri bilan solishtirib bo‘ladi. Ushbu yosh guruhida taqsimlanish hajmi taxminan 950 ml/kg.ni tashkil etgan.
Chaqaloqlarda flukonazol qo‘llanish tajribasi vaqtidan oldin (chala) tug‘ilgan bolalarda farmakokinetik tadqiqotlar bilan cheklanadi. Taxminan 28 hafta o‘rtacha gestatsiya davomiyligiga ega 12 nafar vaqtidan oldin (chala) tug‘ilgan bolada birinchi dozani qabul qilish paytida o‘rtacha yoshi 24 soat (9-36 soat diapazoni)ni, tug‘ilganda o‘rtacha vazni esa 0,9 kg (0,75-1,10 kg diapazoni)ni tashkil etgan. Yetti nafar patsiyent tadqiqotni yakunladi har 72 soatdan keyin maksimal 5 marta vena ichidan 6 mg/kg.dan flukonazol infuziyasi yuborildi. O‘rtacha yarim chiqarilish davri (soat) 1-kunda 74 (44-185 diapazoni)ni tashkil etgan bo‘lib, u vaqt o‘tishi bilan 7-kunda 53 (30-131 diapazoni) va 13-kunda 47 (27-68 diapazoni) o‘rtacha miqdorigacha kamaygan. Egri chiziq maydoni (mkg·ch/ml) 1-kunda 271 (173-385 diapazoni)ni tashkil etgan va 7-kunda 490 (292-734 diapazoni) o‘rtacha miqdori bilan ko‘paygan va 13-kunda 360 (167-566 diapazoni) o‘rtacha miqdori bilan kamaygan. Taqsimlanish hajmi (ml/kg) 1-kunda 1183 (1070-1470 diapazoni)ni tashkil etgan va vaqt o‘tishi bilan 7-kunda 1184 (510-2130 diapazoni) va 13-kunda 1328 (1040-1680 diapazoni) o‘rtacha miqdorigacha ko‘paygan.
Keksa yoshdagi patsiyentlarda farmakokinetikasi
Flukonazolning bir martali 50 mg dozasini ichga qabul qilgan 65 yosh va undan katta yoshdagi 22 nafar patsiyentda farmakokinetik tadqiqot o‘tkazilgan. Ushbu patsiyentlarning o‘n nafari bir vaqtning o‘zida diuretiklar qabul qilgan. Cmax 1,54 mkg/ml.ni tashkil etgan va doza yuborilgandan so‘ng 1,3 soatdan keyin kuzatilgan. AUC o‘rtacha miqdori 76,4 ± 20,3 mkg·ch/ml, o‘rtacha yarim chiqarilish davri esa 46,2 soatni tashkil etgan. Farmakokinetik ko‘rsatkichlarning ushbu miqdorlari sog‘lom yosh ko‘ngilli erkaklar uchun xuddi shunday miqdorlarga nisbatan yuqoriroq bo‘lgan. Diuretiklarning birga qabul qilinishi AUC yoki Cmax miqdorlarini jiddiy o‘zgartirmagan. Bundan tashqari, keksa yoshdagilar uchun kreatinin klirensi (74 ml/daqiqa), siydikda o‘zgarmagan dori vositasining foizi (0-24 soat, 22%) va flukonazol buyrak klirensi miqdori (0,124 ml/daqiqa/kg), odatda, yoshroq ko‘ngillilardagiga nisbatan pastroq bo‘lgan. Shunday qilib, keksa yoshdagilarda flukonazol taqsimlanishlari o‘zgarishi ushbu patsiyentlar guruhi buyrak funktsional tavsiflari kamayishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Qo‘llanilishi
Futsis quyidagi zamburug‘li infektsiyalarda tavsiya etiladi (“
Farmakodinamika
” bo‘limiga qarang). Kattalarga quyidagi kasalliklarni davolash uchun • kriptokokkli meningit (“
Maxsus ko‘rsatmalar
”ga qarang); • koktsidioidomikoz (“
Maxsus ko‘rsatmalar
”ga qarang); • invaziv kandidoz; • shilliq pardalar kandidozi, og‘iz-tomoq kandidozi, qizilo‘ngach kandidozi, kandiduriya va surunkali teri va shilliq pardalar kandidozi;
• surunkali oral atrofik kandidozi (tish protezidan foydalanish tufayli kelib chiqqan), og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenasi yoki mahalliy davolash yetarlicha bo‘lmagan holatda;
• vaginal kandidoz, o‘tkir yoki qaytalanuvchan; maxalliy terapiya to‘g‘ri kelmagan holatda;
• kandidozli balanit, maxalliy terapiya to‘g‘ri kelmagan holatda;
• dermatomikoz, shu jumladan tovon dermatomikozi, silliq teri dermatomikozi, chov dermatomikozi, turli rangli temiratki va teri kandidoz infektsiyalari, muntazam terapiya tavsiya etilgan holatda;
• dermatofit onixomikoz (onixomikoz), boshqa dori vositalari to‘g‘ri kelmagan holatda.
Kattalarga profilaktika uchun
• yuqori qaytalanish xavfiga ega patsiyentlarda kriptokokkli meningit;
• yuqori qaytalanish xavfiga duch keladigan OIV yuqtirilgan patsiyentlarda qizilo‘ngachyoki og‘iz-tomoq kandidozi,;
• qaytalanuvchi vaginal kandidoz chastotasi kamayishi (yiliga 4 yoki undan ko‘proq epizodlar);
• uzoq vaqtli neytropeniyaga ega patsiyentlarda (masalan, kimyoviy terapiya qabul qiladigan gematologik xavfli yangi o‘smalarga ega patsiyentlarda yoki gematopoetik naychali hujayralar transplantatsiyasini olayotgan patsiyentlarda) kandidoz infektsiyalari profilaktikasi (“
Farmakodinamika
” bo‘limiga qarang). 6 yoshdan 17 yoshgacha bolalar va o‘smirlarga Futsis shilliq pardalar (og‘iz-tomoq, qizilo‘ngach) kandidozini, invaziv kandidozni, kriptokokkli meningitni davolash va susaygan immunitetli patsiyentlarda kandidozli infektsiyalarni profilaktika qilish uchun tavsiya etilgan. Futsis takrorlanish yuqori xavfiga ega bolalarda kriptokokkli meningit qaytalanishi oldini olish uchun quvvatlovchi terapiya sifatida qo‘llanishi mumkin (“
Maxsus ko‘rsatmalar
”ga qarang). Terapiya kulьtural va boshqa laboratoriya tadqiqotlari natijalari olingungacha boshlanishi mumkin; biroq ushbu natijalar olinishi bilan taalluqli tarzda antiinfektsion terapiyaga tuzatish kiritilishi kerak. Zamburug‘ga qarshi dori vositalaridan tegishlicha foydalanish bo‘yicha rasmiy qo‘llanma to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqilishi kerak.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari Flukonazol bilan dozani oshirib yuborilishi to‘g‘risida xabar berilgan. Gallyutsinatsiyalar va paranoidal xatti-harakat to‘g‘risida xabar berilgan.
Davolash
Dozani oshirib yuborilishi
holatida simptomatik davolash, ya'ni quvvatlovchi terapiya va me'dani yuvib tashlash samarali bo‘lishi mumkin. Flukonazol, asosan, siydik orqali ajralib chiqadi, shu tufayli majburiy diurez ajralib chiqish tezligini oshirishi mumkin. Uch soatli gemodializ seansi plazmadagi darajasini taxminan 50%ga pasaytiradi.
Chiqarilish shakli
4 ta tabletkadan blisterda, 1 ta blister tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnoma bilan birga karton o‘ramda.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25ºC dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlik muddati
3 yil.
Dorixonadan berilish tartibi
Retsept buyicha.
Ishlab chiqaruvchi
Kusum Healthcare Pvt. Ltd.
Manzili
Plot No. M-3, Indore Special Economic Zone,
Phase-II, Pithampur, Dist.-Dhar, Madhya Pradesh-454774, Xindiston.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.