Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Terfalin krem 1% 15g
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Тербинафин
Страна производитель
Турция
Дозировка
1% 15 г
Производитель
Nobel-Pharmsanoat,ИП, Узбекистан
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Крем
Ko'rsatmalar
Preparatning savdo nomi
Terfalin
Ta'sir etuvchi modda terbinafin
Dori shakli
krem
Tarkibi
faol modda terbinafin gidroxloridi (terbinafinga ekvivalent 8,888 mg);
yordamchi moddalar natriy gidroksidi, benzil spirti, sorbitan monostearati, setilpalmitat, setil spirti, stearil spirti, polisorbat, izopropilmiristat, tozalangan suv.
Ta'rifi oq rangli, kuchsiz xidli krem.
Farmakoterapevtik guruhi
zamburug‘larga qarshi vositalar.
ATX kodi D01AE15
Farmakologik xususiyati
Terbinafin zamburug‘larda kechadigan sterol biosintezining ilk bosqichini spetsifik ravishda o‘zgartiradi. Bu ergosterol tanqisligiga va skvalenni hujayra ichida to‘planishiga olib keladi, bu esa zamburug‘ hujayrasini nobud bo‘lishini chaqiradi. Terbinafinni ta'siri zamburug‘ hujayrasining membranasida joylashgan skvalenepoksidazani fermentini ingibitsiya qilish yo‘li orqali amalga oshiradi.
In vitro sharoitdagi tadqiqotlar shu ko‘rsatdiki, dermatofitlar skvalenepoksidaza fermenti terbinafinga nisbatan 4000 marta sezuvchan, sut emizuvchilar skvalenepoksidazasiga nisbatan.
Terbinafin mikroorganizmlarning koloniyalari ko‘pincha shtammlariga ham in vitro ham klinik tadqiqotlarda, Trichophiton mentagraphytes va Trichophiton rubrum turlariga nisbatan faol.
In vitro sharoitdagi tadqiqotlarda quyidagi mikroorganizmlarning ko‘pgina koloniyalari terbinafinga sezgirlikka ega Candida albicans, Epidermophuton floccosum, Scopulariopsis brevicaulis.
Farmakokinetika
Terbinafinni mahalliy qo‘llaganda qon aylanish tizimiga kira olishi minimal darajada. Krem surtilgandan so‘ng maksimal kontsentratsiyaga Smax 4 soatdan so‘ng erishiladi.
Qo‘llanilishi
- Trichophyton (masalan, T.rubrum, T.mentagrophytes, T.verrucosum, T.violaceum), Microsporum canis va Epidermophyton floccosum kabi dermatofitlar tomonidan chaqirilgan terining zamburug‘li infektsiyalari;
- asosan Candida (masalan, C. albicans) turkumi tomonidan chaqirilgan terining achitqi zamburug‘li, infektsiyalari;
- Pityrosporum orbiculare (shuningdek Malassezia furfur nomi bilan mashhur), (Pityriasis versicolor) tomonidan chaqirilgan rang-barang temiratkida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Terfalin 1% li kremni shikastlangan teriga va unga yaqin joylashgan sog‘lom teriga (teri oldindan tozalangan va quruq teriga) yupqa qilib, sutkada 1-2 marta surtiladi, biroz ishqalanadi. Bichilish bilan kechuvchi infektsiyalarda (sut bezlarining osti, barmoqlararo sohalar, dumbalar orasi, chov sohasi), krem surtilgan joylarni doka bilan, ayniqsa kechasiga yopish mumkin.
Davolash kursining davomiyligi kasallikning xarakteriga va og‘irligiga qarab belgilanadi.
Davolashning o‘rtacha davomiyligi
- boldir, tana dermatomikozlari 1 hafta davomida kuniga 1 marta;
- oyoq kafti dermatomikozida kuniga 1 marta 1 hafta davomida; oyoq kafti zamburug‘lari chaqirgan oyoqdagi qadoq, teridagi yoriq, terini qichishishi va qipiqlanishida – kuniga 1-2 marta 2 hafta davomida buyuriladi;
- teri kandidozi 1-2 hafta davomida kuniga 1 yoki 2 marta buyuriladi;
- rang-barang temiratki - 2 hafta davomida kuniga 1 yoki 2 marta surtiladi.
Kasallikning klinik ko‘rinishlarini yaqqolligini kamayishi odatda davolashning birinchi kunlarida aniqlanadi. Nomuntazam davolash yoki davolashni muddatidan oldin to‘xtatish kasallikni qaytalanishiga olib kelishi mumkin.
Keksa yoshdagi patsiyentlar
Keksa yoshdagi patsiyentlar uchun preparatning dozasiga tuzatish kiritish talab etilmaydi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Nojo‘ya ta'sirlarni uchrash tezligini baholashda quyidagi gradatsiyalar ishlatilgan juda tez-tez (≥1/10); tez-tez (≥1/100, <1/10); tez-tez emas (≥1/1000, <1/100); kam hollarda (≥1/10000, <1/1000), juda kam hollarda (<1/10000) shu jumladan alohida holatlar.
Immun tizimi tomonidan yakka habarlar – o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari (toshmlar).
Ko‘rish a'zolari tomonidan kam hollarda – ko‘zni ta'sirlanishi.
Teri qoplamalari tomonidan tez-tez – terini qipiqlanishi, qichishishi; tez-tez emas – terini shikastlanishi, qatron hosil bo‘lishi, pigmentatsiyani buzilishi, eritema, terida achishish hissi; kam hollarda – terini qurib qolishi, kontakt dermatit, ekzema; alohida habarlar – toshma.
Mahalliy reaktsiyalar va boshqalar tez-tez emas og‘riq, shu jumladan, surtilgan joyda achishish; kam hollarda – kasallik simptomlarini zo‘rayishi.
Terbinafin gidroxloridi ko‘zga tasodifan tushganda qo‘zni qichishishini chaqirishi mumkin.
Krem surtilgan joylarda qichishish, terini qipiqlanishi, og‘riq, teri ta'sirlanishi, teri pigmentatsiyasini o‘zgarishi, achishish hissi, eritema, po‘stloq hosil bo‘lishi kuzatilishi mumkin. Bu kuchsiz simptomlarni kam holatlarda yuzaga keladigan va davolashni bekor qilinishini talab etuvchi toshma kabi o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalaridan farqlash kerak. Ayrim hollarda zamburug‘li infektsiya kechishi avj olishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- terbinafinga yoki har qanday boshqa yordamchi moddalarga yuqori sezuvchanlikda;
-12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Mahalliy qo‘llanganda Terbinafinni boshqa dorilar bilan o‘zaro ta'siriga taalluqli ma'lumotlar yo‘q.
Maxsus ko‘rsatmlar
Muntazam davolanmagan hollarda yoki davolanish muddatidan avval to‘xtatilsa, infektsiyani qaytalanish xavfi mavjud.
Terfalin krem faqat sirtga qo‘llash uchun mo‘ljallangan bo‘lib, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatiga, burun, qo‘z atrofiga va qinga surtish mumkin emas.
Krem surtilgandan so‘ng ta'sirlanish kuzatilsa, davolashni to‘xtatish va samarani bir maromda saqlab turuvchi davolashni buyurish lozim.
Shikastlangan joylarni zich qilib bog‘lash mumkin emas.
Oyog‘ida zamburug‘li infektsiyalari bo‘lgan patsiyentlar oyoqni siqmaydigan va havo yaxshi aylanib turadigan poyabzal kiyishlari kerak. Poyabzalni va paypoqni kuniga bir marta almashtirish kerak.
Shikastlangan sohalar bilan kontaktdan so‘ng, xar gal qo‘llarni yuvish lozim.
Xomiladorlik va laktatsiya
Homiladorlikda Terfalinni qo‘llash yuzasidan klinik tajriba cheklanganligi tufayli, preparatni faqat qat'iy ko‘rsatmalar bo‘yicha qo‘llash kerak.
Ma'lumki, terbinafin ko‘krak suti bilan ajralib chiqadi. Emizikli ayollar tomonidan Terfalin kremini qo‘llanganda chaqaloqlarga biron-bir salbiy ta'sir ehtimoli kam, chunki kremni teri orqali tizimli so‘rilishi juda ham oz.
Eksperimental taqiqotlarda terbinafinni teratogen xususiyatlari aniqlanmagan. Xozirgi vaqtgacha Terfalinni qo‘llaganda qandaydir nuqsonlar rivojlanganligi haqida ma'lumotlar kelib tushmagan.
Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlash va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmaslik kerak.
Dozani oshirib yuborilishi
Terbinafinni sirtga qo‘llanganda dozani oshirib yuborilishi bo‘yicha ma'lumotlar yo‘q. Biroq, agar, kremni tasodifan ichga qabul qilib yuborilsa, faollashtirilgan ko‘mir, shuningdek simptomatik va bir maromda saqlab turuvchi davolash buyuriladi.
Chiqarilish shakli
“Terfalin” 1% krem 15 g dan tublarda.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
“Nobel Almatinskaya Farmatsevticheskaya Fabrika” AJ, Qozog‘iston
Qadoqlovchi
MChJ "NOBEL PHARMSANOAT" CHEK
Dori vositasining sifati bo‘yicha iste'molchilarning fikr-mulohazalari, e'tirozlari va dori preparatining nojo‘ya ta'sirlari yoki samarasini yo‘qligi haqidagi xabarlarni quyidagi manzilga yuborish mumkin
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Mirzo Ulug‘bek tumani, Qorasuvbo‘yi ko‘ch., 5 "A"
Tel (99871) 265 90 99; Faks (99871) 265 91 99; E-mail pv@nobel.uz, www.nobel.uz
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.