Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Terfalin sprey 1% 30g
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Тербинафина гидрохлорид
Страна производитель
Узбекистан
Дозировка
10 мг/мл
Производитель
Nobel-Pharmsanoat,ИП,Узбекистан
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Спрей для наружного применения
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Terfalin
Ta'sir etuvchi modda (XPN) Terbinafingidroxloridi
Dori shakli
Sirtga qo‘llash uchun sprey
Tarkibi
faol modda terbinafin gidroxlorid 0,30 g.;
yordamchi moddalar 96% etil spirti, setomakrogol 1000, propilenglikolь, tozalangan suv.
Tavsifi
Rangsiz, tiniq suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi
Zamburug‘larga qarshi vositalar.
ATX kodi D01BA02
Farmakologik xususiyatlari
Mahalliy qo‘llash uchun zamburug‘larga qarshi preparat. Past kontsentratsiyalarda dermatofitlar (Trichophyton rubrum, Trichophyton mentagrophytes, Trichophyton verrucosum, Trichophyton violaceum, Trichophyton tonsurans, Microsporum canis, Epidermophyton floccosum) ga nisbatan, mog‘or zamburug‘lariga (asosan Candida albicans), Pityrosporum orbiculare ga nisbatan fungitsid faollikka ega. Achitqilarga nisbatan faolligi zamburug‘ning turiga qarab, fungitsidli yoki fungistatik xarakterga ega.
Terbinafin zamburug‘ning ho‘jayra membranasidagi skvalenepoksidaza fermentini (R450 sitoxromi tizimiga taalluqli bo‘lmagan) ingibitsiya qilib, zamburug‘larning ho‘jayra membranasida sterollarning sintezini ilk bosqichida spetsifik ravishda susaytiradi, bu esa ergosterol tanqisligiga, ho‘jayra ichida skvalenni to‘planishiga va zamburug‘ hujayrasining halok bo‘lishiga olib keladi.
Terbinafin gormonlar yoki boshqa dori vositalarning metabolizmiga ta'sir qilmaydi. Trichophyton rubrum uchun minimal bostiruvchi kontsentratsiyasi - 0.001-0.06 mkg/ml. Qo‘l panjalarining onixomikozlarida davolash samaradorligi 95%, oyoq panjalarining onixomikozlarida - 90% dan ortiq. Silliq terinining surunkali dermatofitiyalarida 75-95% bemorlarda remissiya kuzatiladi. Silliq terinining kuchayib borayotgan kandidozida, yirik va barmoqlar oralig‘idagi burmalarni, Candida albicans bilan bog‘liq bo‘lgan paronixiyalar va nistatin, levorin bilan klotrimazol va mikonazol bilan birga davolashga rezistent boshqa zamburug‘larni davolanayotganda kuzatilgan sub'ektiv yaxshilanish 3-4 sutkada, jarayonni to‘liq to‘zalishi 3-5 haftadan keyin kuzatiladi.
Farmakokinetikasi
Mahalliy qo‘llanganda so‘rilishi 5% dan kamni tashkil qiladi, yaqqol namoyon bo‘lmagan tizimli ta'sir ko‘rsatadi.
Qo‘llanilishi
Sezgir qo‘zg‘atuvchilar tomonidan chaqirilgan (trixofitiya, mikrosporiya, epidermofitiya, rubrofitiya, teri va shilliq qavatini kandidozi) teri va tirnoqlarning zamburug‘li kasalliklarida (onixomikozdan tashqari), rang-barang temiratkida (faqat mahalliy qo‘llanishga mo‘ljallangan dori vositalar) qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalarga terfalin sprey kuniga ko‘rsatmalarga qarab, 1 yoki 2 marta qo‘llash mumkin. Preparatni qo‘llashdan oldin zararlangan sohalarni yaxshilab tozalab quritish kerak. Preparatni zararlangan sohalarga yaxshilab namlangunicha sepiladi va undan tashqari zararlangan sohalarning atrofiga, xamda intakt teriga sepiladi.
Davolashning o‘rtacha davomiyligi va preparatni ishlatishlar soni
• tana, boldir dermatomikozi sutkada 1 marta 1 haftani tashkil qiladi;
• oyoq panjasi dermatomikozida sutkada 1 marta1 haftani tashkil qiladi;
• oyoq panjasi zamburug‘i tomonidan chaqirilgan terini yo‘g‘onlashuvida, yorilganda, teri qichishishi va qipiqlanishida 2 hafta davomida sutkada 1-2 marta buyuriladi;
• rang-barang temiratkida 1-2 hafta davomida sutkada 1-2 marta buyuriladi;
• teri kandidozida 1-2 hafta davomida sutkada 1-2 marta buyuriladi.
Odatda klinik ko‘rinishlarning yaqqolligini kamayishi davolanishning birinchi kunlaridayoq aniqlanadi. Agar davolanish nomuntazam yoki oldindan to‘xtatilsa, infektsiyani qayta boshlanish xavfi mavjud. Davolanishni bir-ikki haftasidan keyin yaxshilanish belgilari kuzatilmasa, tashxisni qayta ko‘rib chiqish lozim.
Keksa yoshdagi shaxslarda dozalash tartibiga tuzatish kiritish talab qilinmaydi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Preparatni sepilgan sohalarda qizarish, qichishish yoqi achishish xissi paydo bo‘lishi mumkin. Allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga o‘tkir sezuvchanlikda qo‘llanilmaydi.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Sprey uchun boshqa dorilar bilan o‘zaro ta'siri noma'lum.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparatni sprey ko‘rinishida faqat sirtga qo‘llash uchun mo‘ljallangan.
Spreyni terining shikastlangan sohalariga sepishda ehtiyorkorlikka rioya qilish lozim, chunki spirt ta'sirlanish chaqirish mumkin.
Preparatni ko‘zga tushishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak, chunki u ta'sirlanish chaqirishi mumkin. Preparat ko‘zga tasodifan tushganida, uni darxol oqar suv bilan yuvish kerak, turg‘un ta'sirlanish xollarida shifokor bilan maslaxatlashish kerak.
Agar preparat tasodifan nafas yo‘llariga tushib qolsa va shu tariqa qandaydir simptomlar kuzatilsa va ayniqsa bu simptomlar turg‘un saqlanib tursa, shifokor bilan maslaxatlashish kerak.
Allergik reaktsiyalar rivojlanganida preparatni bekor qilish lozim.
Xomiladorlikda preparatni sirtga qo‘llash uchun klinik qo‘llash tajribasi cheklangan, shuning uchun preparatni faqat jiddiy ko‘rsatmalar bo‘yicha qo‘llash mumkin.
Terbinafin ko‘krak suti bilan chiqariladi. Ammo emizikli onalarda preparatni qo‘llanilganda go‘dakka qandaydir salbiy ta'sir extimoli kam, chunki terbinafinni sirtga qo‘llanganda teri orqali tizimli so‘rilishi unchalik katta emas.
Eksperimental tadqiqotlarda terbinafinning teratogen xususiyatlari aniqlanmagan. Bugungi kungacha preparatni sprey ko‘rinishida qo‘llanganda qandaydir rivojlanish nuqsonlari xaqida ma'lum qilinmagan.
Spreyni bolalarda qo‘llash tajribasi cheklangan, shu sababli uni bolalarda qo‘llash tavsiya qilinmaydi.
Preparatni bolalar ola olmaydigan joyda saqlash va uni yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatmaslik lozim.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilishi spreyni tasodifan ichga qabul qilingandakuzatilishi mumkin.
Belgilari bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, epigastral soxada og‘riq va bosh aylanishi.
Davolash simptomatik davolash o‘tkaziladi.
Chiqarilish shakli
«Terfalin», sirtga qo‘llash uchun sprey 1%, 30 g flakonlarda.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
"Nobel İlaç Sanayii ve Ticaret A.Ş.", Turkiya
Qadoqlangan
"NOBEL PHARMSANOAT" ChEK
Dori vositasining sifati bo‘yicha iste'molchilarning fikr-mulohazalari, e'tirozlari va dori preparatining nojo‘ya ta'sirlari yoki samarasining yo‘qligi xabarlar quyidagi manzilga yuborilishi mumkin
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Qorasuvbo‘yi ko‘chasi, 5 "A"
Tel (99871) 265 90 99; Faks (99871) 265 91 99; E-mail pv@nobel.uz, www.nobel.uz
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.